Ташкент
logo
SavatKirish

OMEGA 3 MIK kapsulalar 450mg N50

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Belarusiya
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Ishlab chiqaruvchi:UP MINSKINTERKAPS
ATX kodi:C10AХ06
Barcha Omega-3-mik dorilari
6 ta dorixonada bor
Narxi 61 300 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 6 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

OMEGA 3 MIK kapsulalar 450mg N50 o'xshash dorilari

PRESTOZEK KOMBI tabletkalari 5mg 4 mg+5 mg N30
Retseptli
PRESTOZEK KOMBI tabletkalari 5mg 4 mg+5 mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
VALAM tabletkalari 10mg/160mg N28
VALAM tabletkalari 10mg/160mg N28
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
Narxi
163 000 so'm dan
LORISTA ND tabletkalari 100mg/25mg N28
Retseptli
LORISTA ND tabletkalari 100mg/25mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
Narxi
22 700 so'm dan

OMEGA 3 MIK kapsulalar 450mg N50 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 капсула 450 мг эйконол сақлайди.
Желатин капсула қобиғи таркиби: желатин, глицерин, метилпарагидроксибензоат Е-215, пропилпарагидроксибензоат Е-216, тозаланган сув.

Farmakodinamikasi

Dori vositasining farmakologik xususiyatlari biologik faol moddalar: “Omega-3” oilasiga mansub to'yingan va to'yinmagan yog' kislotalarining (eykozapentayen – bir kapsulada kamida 12%, dokozageksayen va boshqalar) yig'indisi, bir kapsulada 79 XB - retinol (A vitamini) va bir kapsulada 27 XB - xolekalьtsiferolning (D vitamini) muvozanatlangan majmuasining borligi bilan belgilanadi.
”Omega-6”: “Omega-3” da KTYoK miqdori optimalga yaqin va 1,0:8,0 ga teng.
Gipolipidemik, antiaterosklerotik, antiagregant ta'sir ko'rsatadi.
Gipolipidemik ta'sirining asosida PZLP (past zichlikdagi lipoproteidlar) va JPZLP (juda past zichlikdagi lipoproteidlar) ning tuzilishi va miqdorini normallashishi yotadi.
“Omega-3-MIK” xujayra membranalarining suyuqlik xususiyatlarini o'zgarishiga va membrana retseptorlarining funktsional faolligini oshishiga yordam beradi, bu lipoproteidlarning fermentlar bilan lipid-xujayra o'zaro ta'sirini va lipoproteidlarning metabolizmini yaxshilaydi. Jigarda triglitseridlarning sintezini (yog' kislotalarining eterifikatsiyasini ingibitsiya qilish hisobiga) tutib qoladi. Triglitseridlarning darajasini kamayishiga shuningdek yog' kislotalarining beta-oksidlanishini oshishi ham (triglitseridlarning sintezi uchun tasarrufda mavjud bo'lgan erkin yog' kislotalarining miqdorini kamayishi) yordam beradi. Natijada giperlipidemiyani pasayishi va demak aterosklerotik jarayon faolligini kuchsizlanishi ro'y beradi.
YuZLP darajasini oshishi juda ahamiyatsiz va doimiy emas. Ular fibratlar qabul qilinganidan keyingiga qaraganda ancha kam.
Uzoq muddatli gipolipidemik samarasi (preparatni kamida bir yil davomida qabul qilgandan keyin) noma'lum.
Triglitseridlarning darajasini kamayishi yurak ishemik kasalligini rivojlanish xavfini kamaytirishining ishonchli dalillari mavjud emas.
Preparatning antiagregant ta'siri, uning ta'siri ostida xujayra membranalarining, shu jumladan eritrotsitlarning membranalarini lipidli tarkibini o'zgarishi, ularda araxidon kislotasining miqdorini kamayishi va eykozapentayen kislotasining darajasini oshishi bilan bog'liq. Buning natijasida tromboksan A2 va trombotsitlar agregatsiyasini va eykozopantayen kislotasidan tromboksan A3 va proagregant ta'sirga ega bo'lmagan boshqa uch to'yinmagan eykozanoidlarning sintezini oshishini kuchaytiruvchi boshqa ikki to'yinmagan eykozanoidlarning (araxidon kislotasining derivatlarining) sintezini pasayishi ro'y beradi. Qonning ivishini boshqa omillarining yaqqol o'zgarishlari kuzatilmaydi.

Farmakokinetikasi

“Omega-3” oilasiga mansub yog' kislotalarini so'rilish vaqtida va undan so'ng, metabolizmi uch yo'l bo'ylab boradi:
- yog' kislotalari avval jigarga olib kelinadi, u yerda lipoproteidlarning turli toifalarining tarkibiga kiritiladi va lipidlaring periferik zahiralariga yo'llanadi;
- xujayra membranalarining fosfolipidlari lipoproteidlarning fosfolipidlari bilan almashtiriladi, shundan keyin yog' kislotalari turli eykozanoidlarning o'tmishdoshi sifatida chiqishi mumkin;
- ko'pchilik yog' kislotalari energetik ehtiyojlarni ta'minlash maqsadida oksidlanadi.
Qon plazmasi fosfolipidlaridagi “Omega-3” sinfiga mansub yog' kislotalarining kontsentratsiyasi xujayra membranalarining tarkibiga kiruvchi bu yog' kislotalarining kontsentratsiyasiga mos keladi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan reaktsiyalar: reflyuks yoki baliq hidi bilan kekirish, ko'ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya yoki qabziyat. Gipertriglitseridemiyasi bo'lgan patsiyentlarda – jigar transaminazalarining faolligini o'rtacha oshishi.
Dermatologik reaktsiyalar: kam hollarda – ekzema, akne.
Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Antikoagulyant davolashda bo'lgan patsiyentlar Omega-3-MIK ni qabul qilish davrida doimiy shifokor kuzatuvi ostida bo'lishlari kerak, zarurati bo'lganda antikoagulyantning dozasiga muvofiq tuzatish kiritish kerak.
Jigar faoliyatini buzilishi bo'lgan patsiyentlarda jigar faoliyatini muntazam monitoringi (AST va ALT faolligini aniqlash) kerak.
Endogen gipertriglitseridemiyada preparat davolovchi oziqlanishga qo'shimcha sifatida, faqat agar parhez chora-tadbirlari muvofiq reaktsiya uchun yetarli bo'lmaganida qabul qilinadi. Ikkilamchi endogen gipertriglitseridemiyada (ayniqsa nazorat qilib bo'lmaydigan diabetda) dori vositasini qo'llash tajribasi cheklangan.
Jarohatlarda va jarrohlik operatsiyalarida (qon ketishi vaqtini oshish xavfi tufayli), keksa yoshdagi patsiyentlarga (70 yoshdan oshgan) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Polivitamin majmualar va A va D vitaminlarini saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo'llash tavsiya qilinmaydi.
Dori vositasini qabul qilish davrida sutkalik ratsionda o'simlik moyining miqdorini 10-20 g gacha kamaytirish tavsiya qilinadi.
Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash imkoniyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Preparatni qo'llanishi uchun asosiy ko'rsatmalar quyidagilar:
- infarktdan keyingi holat, shuningdek miokard infarktini ikkilamchi profilaktikasi (statinlar, antitrombotik vositalar, beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari bilan majmuaviy davolash tarkibida);
- endogen gipertriglitseridemiya (Fredrikson tasnifi bo'yicha IV tip) parhezga qo'shimcha sifatida uning samarasi yetarli bo'lmaganida monoterapiya sifatida;
- aralash giperlipidemiya (Fredrikson tasnifi bo'yicha IIb va III tip) statinlar bilan majmuada;
- YuIK bo'lgan bemorlarda behosdan o'lim xavfini pasaytirishda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- ekzogen gipertriglitseridemiya (giperxilomikronemiya) (Fredrikson bo'yicha I tip);
- surunkali xoletsistit, pankreatit, gepatobiliar tizim kasalliklarini zo'rayishi;
- o't-tosh kasalligi;
- gemorragik sindrom;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Dori vositasi peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llanganida qon ketish vaqtini oshish xavfi oshadi.
Preparatni varfarin bilan birga buyurilishi hech qanday gemorragik asoratlarga olib kelmaydi. Biroq qabul qilish davrida va u tugaganidan keyin protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.
Gipertriglitseridemiyani davolashda fibratlar bilan birga qo'llash to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Dozirovkasi

Даволаш мақсадида суткада 8-12 капсуладан, 2-3 қабулга бўлиб, овқатдан кейин 30 минут ўтгач сув билан бирга ичга қабул қилинади. Даволаш давомийлиги шахсий равишда белгиланади.
Профилактика мақсадида бир ой давомида суткада 2-6 капсуладан қабул қилиш тавсия қилинади. Курс йилига икки марта такрорланади.
Тавсия этилган дозани ошириш мумкин эмас.
Буйрак фаолиятини бузилиши бўлган пациентларда дозага тузатиш киритиш талаб этилмайди.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo'ya samaralarni namoyon bo'lishi yoki ularning yaqqolligini kuchayishi.
Davolash: simptomatik, preparatni bekor qilish.

OMEGA 3 MIK kapsulalar 450mg N50 analoglari

Narxi
95 000 so'm dan

OMEGA 3 MIK kapsulalar 450mg N50 savollari

OMEGA 3 MIK kapsulalar 450mg N50 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil