×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PAREMENTA KIDS eritma 7% N250 ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Parenteral oziqlantirish uchun preparatlar, aminokislotalar.
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories, СП ООО
ATX kodi:
- B05BA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol moddalar:

L-Izoleytsin                         5,34 g / 7,6 g

L-Leytsin                               8,31 g / 12,0 g

L-Lizin atsetat                     6,7 g / 9,55 g

L-Metionin                          1,25 g / 1,8 g

L-Fenilalanin                     3,0 g / 4,27 g

L-Treonin                              3,6 g / 5,12 g

L-Triptofan                          1,25 g / 1,8 g

L-Valin                                  4,52 g / 6,73 g

L-Gistidin                            2,2 g / 3,12 g

L-Alanin                               4,9 g / 6,98 g

L-Arginin                             8,61 g / 12,27 g

L-Asparaginat kislotasi     3,7 g / 5,27 g

L-Glutaminat kislotasi       5,76 g/ 8,2 g

L-Glitsin                                2,7 g / 3,85 g

L-Prolin                                5,7 g / 8,12 g

L-Serin                                  3,47 g/ 4,95 g

N-Atsetil-L-Tirozin            0,542 g / 0,542 g

Taurin                                     0,5 g/ 0,7 g

yordamchi moddalar:

Natriy metabisul'fiti         0,2 g

Trilon B                                   0,1 g

1M Natriy gidroksidi         rN 5,5 gacha

In'ektsiya uchun suv                1000 ml gacha

Сhiqarilish shakli

100 ml va 250 ml dan polipropilen paketlarda. 


7% va 10% li infuziya uchun eritma. 
faol moddalar:

L-Izoleytsin                         5,34 g / 7,6 g

L-Leytsin                               8,31 g / 12,0 g

L-Lizin atsetat                     6,7 g / 9,55 g

L-Metionin                          1,25 g / 1,8 g

L-Fenilalanin                     3,0 g / 4,27 g

L-Treonin                              3,6 g / 5,12 g

L-Triptofan                          1,25 g / 1,8 g

L-Valin                                  4,52 g / 6,73 g

L-Gistidin                            2,2 g / 3,12 g

L-Alanin                               4,9 g / 6,98 g

L-Arginin                             8,61 g / 12,27 g

L-Asparaginat kislotasi     3,7 g / 5,27 g

L-Glutaminat kislotasi       5,76 g/ 8,2 g

L-Glitsin                                2,7 g / 3,85 g

L-Prolin                                5,7 g / 8,12 g

L-Serin                                  3,47 g/ 4,95 g

N-Atsetil-L-Tirozin            0,542 g / 0,542 g

Taurin                                     0,5 g/ 0,7 g

yordamchi moddalar:

Natriy metabisul'fiti         0,2 g

Trilon B                                   0,1 g

1M Natriy gidroksidi         rN 5,5 gacha

In'ektsiya uchun suv                1000 ml gacha

7%, 10% li Parementa Kids preparati tarkibiga kiruvchi aminokislotalar fiziologik komponentlar hisoblanadi. Parenteral yuborilgandan keyin ular organizmning erkin aminokislotalar to'plamiga (pul) qo'shiladi va barcha metabolik jarayonlarda, jumladan oqsillar sintezi ishlatish uchun intiroq etadi. 

Aminokislotalar oqsillar sintezi uchun zarur bo'lgan komponentlar hisoblanadi. Barcha aminokislotalar L - shaklda bo'ladi, bu oqsil biosintezida ularning to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish imkoniyatini ta'minlaydi. L-aminokislotalar anabolik jarayonlarda qatnashadi (oqsillarni sintezi), katabolik jarayonlarni sekinlashtiriladi, reparatsiya jarayonlarni tezlashtiradi, organizmning ekstra- va intratsellyulyar suyuqligini gomeostazini boshqaruvchi bufer tizimining qismi hisoblanadi. 
Vena ichiga yuborilgan 7%, 10% li Parementa Kids preparatning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Aminokislotalar organizmning erkin aminokislotalar umumiy puliga kirishadi va interstitsial suyuqlikda va a'zolar va to'qimalar hujayralararo bo'shliqlarda taqsimlanadi. Qon plazmasida va hujayralar tsitoplazmasida bemorning umumiy va oziqlanish holatlariga, yoshiga bog'liq bo'lgan chegaralgan doirasida erkin aminokislotalar kontsentratsiyasi boshqariladi. To'g'ri yuborilganda (asta-sekin va doimiy tezlik bilan) 7%, 10% Parementa Kids  aminokislotalar muvozanatini buzmaydi. 

Aminokislotalarning ozgina qismi buyraklar orqali chiqariladi. Plazmada aminokislotalar T1/2 ahamiyatli darajada yoshga bog'liq. 

Vena ichiga eritmalarni yuborish suyuqlik va/yoki eritilgan moddalar bilan yuklamani chaqirishi mumkin, bu qon zardobida elektrolitlar kontsentratsiyasini kamayishiga, gipergidratatsiyaga, dimlanish holatiga yoki o'pka shishiga olib keladi. 

Preparat to'g'ri qo'llanganda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan. Periferik venaga 7%, 10% Parementa Kids preparati yuborilganda mahalliy reaktsiyalar belgilari: qizarish, flebitlar, trombozlar kuzatilishi mumkin. Punktsiya sohasini har kuni kuzatish tavsiya qilinadi.

Dermatologik reaktsiyalar: eritema.

Shifokor retsepti bo'yicha.
Erta yoshdagi bolalarda parenteral oziqlanishda quyidagi ko'rsatkichlarni: siydik azoti, ammiak miqdori, glyukoza, elektrolitlar, triglitseridlar (yog'li emul'siyalar qo'shimcha yuborilganda), jigar fermentlari, zardobni osmolyarligi, kislota-ishkor muvozanati va suv-elektrolit almashinuvi hisobga olish kerak. Juda tez infuziya buyrak orqali aminokislotalar yo'qolishiga, va shu tufayli amnokislotalar disbalansiga  olib kelishi mumkin.

Jigar va buyrak funktsiyalarni og'ir buzilishlarida aminikislotalarning muvozanatini boshqarishi buziladi. Bunday holatlarda parenteral oziqlanish uchun maxsus amnokislotalarning eritmalarni qo'llash lozim.

Aminokislotalarni eritmasini umumiy sutkalik dozasi oqsilni sutkalik ehtiyojiga va patsientning metabolik va klinik javobiga bog'liq. Azot muvozanatini va suyuqlik  muvozanatini tuzatish bilan har kunli aniq tana vaznini aniqlash oksilni individual ehtiyojini eng yaxshi baholash usuli hisoblanadi. 

7%, 10% Parementa Kids yangi tug'ilgan chaqaloqlar, erta yoshdagi bolalar va vaqtidan oldin tug'ilgan bolalar qisman parenteral oziqlanish uchun mo'ljallangan. Uglevodlar, yog'li emul'siyalareritmalar, va shuningdek vitamin, elektrolitlar va mikroelement preparatlar bilan birga to'liq parenteral oziqlanishni ta'minlaydi.

Quyidagilarda parenteral oqsilli oziqlantirish uchun qo'llanadi:

• Me'da-ichak yo'li funktsiya ko'rsatmaydigan.

• ovqat hazm qilishdan me'da-ichak yo'lini vaqtincha chegaralganda (masalan, operatsiyadan keyingi erta davrida choklarni ochilib ketish xavfi).

• Og'iz yoki enteral zond orqali zarur bo'lgan nutrientlar va energiya bilan tegishli oziqlanishni to'liq ta'minlash uchun imkon bo'lmaganida qo'llanadi.

Parenteral oziqlanishni pediatrik ehtiyojlari kattalarga qaraganda chaqalaqlarni suyuqlikda va kilogramm tana vazniga kaloriyalarda yuqoriroq ehtiyojlari bilan cheklanadi.
• ta'sir etuvchi moddalarga yoki har qanday yordamchi moddalarga o'ta yuqori sezuvchanlik;

• natriy disul'fitga (natriy metabisul'fitga) yuqori sezuvchanlik;

• og'ir jigar yetishmovchiligi;

• gemofil'tratsiya yoki gemodializ yo'qligidagi og'ir buyrak yetishmovchiligi;

• aminokislotalar tug'ma almashinuvining buzilishlarda qo'llash mumkin emas.i;

Parenteral oziqlantirish uchun umumiy qarshi ko'rsatmalar

• hayot uchun xavfli qon aylanishni og'ir buzilishlari (masalan shok);

• og'ir gipoksiya;

• yaqqol namoyon bo'lgan metabolik atsidoz;

• gipergidratatsiya.

Ehtiyotkorlik bilan

• tug'ma bo'lmagan aminokislotalar almashinuvining buzilishi;

• plazmaning yuqori osmolyarligi bo'lgan patsientlarda;

• giperkaliemiyada ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi

Jigar yetishmovchiligida individual dozalash talab qilinadi.

Buyrak funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi

Buyrak yetishmovchiligida individual dozalash talab qilinadi.

Mikrobiologik ifloslanish yuqori xavfi tufayli aminokislotalar eritmalarni boshqa dori preparatlari aralashtirish mumkin emas.
 
7%, 10% Paremental Kids preparatga boshqa dori vositalarni qo'shishishdan saqlanish lozim, chunki bu toksik reaktsiyalar chaqirishi mumkin. Har qanday holatlarda preparatlarni nomutanosibligini, sterilligini saqlanishi va yaxshilar aralashisiga ishonch hosil qilish kerak.
Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25° C dan yuqori bo'lmagan haroratda.
 
Faqat shikastlanmagan paketdagi tiniq eritmalar ishlatilsin.
 
Paket ochilganidan keyin preparatni darhol ishlatish kerak.
 
Ochilgan paket saqlanmasin.
 
Avval ishlatilgan paketdagi preparat qayta qo'llanilmasin.
 
Muzlatilmasin!

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.  

Yaroqlilik muddati

2 yil. 

O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so'ng ishlatilmasin.
Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish eritma.

7% Parementa Kids preparati periferik yoki markaziy vena ichiga tomchilab davomli yuborish uchun mo'ljallangan. 

Yuborishni maksimal tezligi: aminokislotalar 1 kg tana massasiga 0,1 g gacha, soatiga = 1,67 ml/kg.

Maksimal sutkalik doza:

• 1 yoshgacha bo'lgan bolalar –1 kg tana massasiga 1,5-2,5 g aminokislota yoki 7% li Parementa Kids eritmani sutkada 1 kg tana massasiga 25 ml dan 40 ml gacha  - 10 kg gacha. 10 kg ko'p bo'lgan bemorlar kuniga birinchi 10 kg tana massasiga 25 g aminokislota  plyus tana massasi har bir 10 kg ko'p bo'lganida 1 g dan 1,25 g gacha aminokislotalar.

• 1 yoshgacha bo'lgan bolalar –1 kg tana massasiga 1,5-2,5 g aminokislota yoki 7% li Parementa Kids eritmani sutkada 1 kg tana massasiga 25 ml dan 40 ml gacha  - 10 kg gacha. 10 kg ko'p bo'lgan bemorlar kuniga birinchi 10 kg tana massasiga 25 g aminokislota  plyus tana massasi har bir 10 kg ko'p bo'lganida 1 g dan 1,25 g gacha aminokislotalar.

• 2-5 yoshdagi bolalar –1 kg tana massasiga 1,5 g aminokislota yoki eritmani sutkada 1 kg tana massasiga 25 ml buyuriladi.  

Dozalarni dastlabki darajasi 1 g/kg/kuniga, istalgan darajaga erishish uchun  aminokislotalar kuniga 0,5 g/kg asta sekin oshirish mumkin.

10% Parementa Kids preparati asosan markaziy vena ichiga tomchilab davomli yuborish uchun mo'ljallangan. 

Yuborishni maksimal tezligi: soatiga aminokislotalar 1 kg tana massasiga 0,1 g gacha, bu soatiga 1 kg tana massasiga 1 ml teng. .

Maksimal sutkalik doza:

• 1 yoshgacha bo'lgan bolalar –1 kg tana massasiga 1,5-2,5 g aminokislota yoki 10% li Parementa Kids eritmani sutkada 1 kg tana massasiga 15 ml dan 25 ml gacha buyuriladi.

• 2-5 yoshdagi bolalar –sutkada 1 kg tana massasiga 1,5 g aminokislota yoki eritmani sutkada 1 kg tana massasiga 15 ml buyuriladi.  

• 6-14 yoshdagi bolalar –sutkada 1 kg tana massasiga 1,0 g aminokislota yoki eritmani sutkada 1 kg tana massasiga 10 ml teng.  

7%, 10% Parementa Kids parenteral oziqlanish zaruriyati saqlanib turguncha qo'llanadi.

Aminokislotalar boshqa eritmalar kabi doza oshirib yuborilganda yoki 7%, 10% Parementa Kids preparatining infuziyani  yuborish tezligi oshirilganda etni uvishishi, qusish, ko'ngil aynishi, buyrak aminoatsidoz kuzatilishi mumkin. Shuningdek preparat qon aylanishini o'tkir buzilishlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda preparatni yuborishni darhol to'xtatish kerak. Giperkaliemiya paydo bo'lganida har 3-5 g glyukozaga 1-3 XB insulin qo'shish bilan 5% li glyukoza eritmasini 200 ml dan 500 mlgacha yuborish kerak.

Davolash. Dozani oshirib yuborilishi paydo bo'lgan holatda infuziyani darhol to'xtatish kerak. Keyinchalik kamaygan dozada ular qaytaralanishi mumkin. Doza oshirib yuborilishida maxsus antidoti yo'q. Shoshilinch muolajalar umumiy samarani bir maromda ushlab turuvchi xarakterga ega bo'lib, nafas va yurak-qon tomir tizimlarining funktsiyasiga alohida etibor berilishi kerak. Biokimyoviy ko'rsatkichlar nazorati va aniqlangan buzilishlarni tegishli davolash katta ahamiyatiga ega. 

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PAREMENTA KIDS eritma 7% N250 ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PAREMENTA KIDS eritma 7% N250 ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PAREMENTA KIDS eritma 7% N250 ml dori vositasi Jurabek Laboratories, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PAREMENTA KIDS eritma 7% N250 ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PAREMENTA KIDS eritma 7% N250 ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 4000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9