×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PIPERASID poroshok 2,0 g + 0,25 g N5

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antibiotik (penitsillinlar guruhi)
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories, СП ООО
ATX kodi:
- J01CR05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PEO poroshok 1g N1 GM Pharmaceuticals Ltd. Ispaniya
40 000 s`om dan
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
7 800 s`om dan
SIPROFIN tabletkalari 500mg N10 Novugen Pharma, ИП ООО O'zbekiston
20 000 s`om dan
SIPROLET ko'z tomchilari 5ml 3mg/ml Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
3 400 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Faol moddalar:

Piperatsillin (piperatsilinning natriy tuzi ko'rinishida) - 2.0 g yoki 4.0 g;

Tazobaktam (tazobaktam natriy tuzi ko'rinishida) -                 0.25 g yoki 0,5 g

Сhiqarilish shakli

2.25 g va 4.5 g flakonlarda infuzion eritma tayyorlash uchun kukun. Flakon qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Infuzion eritmani tayyorlash uchun kukun 
Faol moddalar:

Piperatsillin (piperatsilinning natriy tuzi ko'rinishida) - 2.0 g yoki 4.0 g;

Tazobaktam (tazobaktam natriy tuzi ko'rinishida) -                 0.25 g yoki 0,5 g

Ta'sir mexanizmi

Piperatsid preparati (steril piperatsillin va tazobaktam) - vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan yarimsintetik antibiotik bo'lgan natriy piperatsillini va beta-laktamaza ingibitori natriy tazobaktami saqlovchi bakteriyalarga qarshi majmuaviy preparat. Shunday qilib, tazobaktam va piperatsillin keng ta'sir doirasiga ega va β-laktamaza ingibitorini xususiyatlarini birlashtiradi.

Piperatsillin bakteritsid faollikni namoyon qiladi, bu hujayra bo'linishi va hujayra devori sintezi paytida to'siqning ingibitsiya qilinishini natijasi bo'lib hisoblanadi. Piperatsillin va boshqa beta-laktam antibiotiklar ushbu reaktsiyani bajaruvchi bakterial fermentlar - penitsillin-bog'lovchi oqsillar (PBO) bilan o'zaro ta'sirlashish orqali sezgir mikroorganizmlarda hujayra devori peptidoglikanlar biosintezining oxirgi bosqich transpeptidatsiyasini bloklaydi. 

In vitro tajribalarida piperatsillin turli grammusbat va grammanfiy aerob va anaerob bakteriyalarga qarshi faollikni namoyon qiladi. 

Piperatsillin piperatsillin va boshqa β-laktam antibiotiklarini kimyoviy inaktivatsiya qiladigan β-laktamaza oilasining ayrim fermentlariga ega bo'lgan bakteriyalarga qarshi pasaygan faollikka ega. 

Tazobaktam PBO ga past yaqinlik tufayli o'zining juda past bakteriyalarga qarshi faollikka ega bo'lib, ko'plab chidamli mikroorganizmlarga qarshi ta'sirini tiklashga yoki piperatsillinning kuchayishiga yordam beradi. 

Tazobaktam ko'p A sinf β-laktamazalarning (penitsillinazalar, tsefalosporinazalar va keng doirasi faollikka ega fermentlarning) kuchli ingibitori hisoblanadi. U A sinfi karbapenemazalari va D sinfi β-laktamazalariga qarshi doimiy  bo'lmagan faollikka ega.  

Tazobaktam ko'pchillik C sinfi tsefalosporinaz va V sinfi metallobektalaktamazlarga nisbatan deyarli faol emas.

Tazobaktam va piperatsillinning ikki xususiyatlari ferment preparatlari sifatida baholanganda tazobaktam va boshqa ingibitorlar tomonidan kamroq darajada ingibitsiya bo'lgan β-laktamazalarga ega bo'lgan ayrim mikroorganizmlarga nisbatan faollikning oshishi asosida yotadi: tazobaktam tavsiya etilgan dozalash tartibida qo'llanganda erishilgan kontsentratsiyada β-laktamazalarning xromosoma orqali induktsiya qilinishiga olib kelmaydi, piperatsillin esa bir qator β-laktamazalar ta'siriga nisbatan chidamli.

Boshqa beta-laktam antibiotiklari kabi, piperatsillin tazobaktam bilan majmuada yoki u siz sezgir mikroorganizmlarga nisbatan vaqtga bog'liq ravishda bakteritsid faollikni namoyish qiladi.

Grammusbat bakteriyalarda β-laktam bakteriyalarga qarshi preparatlarga, shu jumladan tazobaktam va piperatsillinga rezistentlikning asosiy mexanizmi bo'lib maqsadli penitsillin bog'lovchi oqsillarning (PBO) o'zgarishi hisoblanadi. Ushbu mexanizm stafilokokklarda rivojlanadigan metitsillinga chidamlilik va Streptococcus pneumoniae, shuningdek viridans guruhidagi Streptococcus spp. penitsillinga chidamlilik asosida yotadi. PBO o'zgarishlar tufayli qarshilik shuningdek Haemophilus influenzae va Neisseria gonorrhoeae kabi murakkab oziqlanish ehtiyojlariga ega bo'lgan grammmanfiy shtammlarida rivojlanadi. Piperatsillin/tazobaktam majmuasi β-laktam bakteriyalarga qarshi preparatlarga chidamliligi PBO ning o'zgarishi bilan aniqlanadigan shtammlarga qarshi faol emas. Yuqorida aytib o'tilganidek, tazobaktam tomonidan ingibitsiya qilinganigan ba'zi β-laktamazalar mavjud. 

Bakteriyalarga qarshi faollik doirasi

Tazobaktam va piperatsillinning majmuasi quyida keltirilgan mikroorganizmlarning aksariyat shtammlariga qarshi, in vitro tajribalarida ham, qo'llash uchun ko'rsatma bo'lgan klinik infektsiyalarda ham faollik ko'rsatgan.

Aerob va fakul'tativ anaerob grammusbat mikroorganizmlar:

Staphylococcus aureus (faqat metitsillin-sezgir shtammlar)

Aerob va fakultativ anaerob grammanfiy mikroorganizmlar:

Acinetobacter baumanii, Escherichia coli, Haemophilus influenzae (β-laktamaza-negativ, ampitsillin-rezistent shtammlaridan tashqari), Klebsiella pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa (shtammga sezuvchan aminoglikozidlar bilan majmuada qo'llaniladi). 

Grammanfiy anaeroblar: 

Bacteroides fragilis  (V. fragilis, V. ovatus, V. thetaiotaomicron va V. vulgatus) guruhi. 

In vitro tajribalarida quyidagi ma'lumotlar olingan, ammo ularning klinik ahamiyati noma'lum.

Shunga qaramasdan quyidagi mikroorganizmlarning 90% nisbatan in vitro sharoitida minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyasi (MIK) tazobaktam va piperatsillinga sezuvchanlikning bo'sag'a qiymatidan kam yoki tengdir. Biroq, tazobaktam va piperatsillinning xavfsizligi va samaradorligi adekvat va yaxshi nazorat qilinadigan tadqiqotlarda, ushbu bakteriyalar tomonidan kelib chiqadigan klinik infektsiyalarni davolash uchun qo'llanilganda aniqlanmagan.

Aerob va fakul'tativ anaerob grammusbat mikroorganizmlar:

Enterococcus faecalis (faqat ampitsillin- yoki penitsillin-sezuvchan shtammlari), Staphylococcus epidermidis (faqat metitsillin- sezgir shtammlari), Streptococcus agalactiae*, Streptococcus pneumoniae (faqat penitsillin-sezgir shtammlari), Streptococcus pyogenes*, Streptococcus spp.. viridans* guruhi.

Aerob va fakul'tativ anaerob grammanfiy mikroorganizmlar:

Citrobacter koseri, Moraxella catarrhalis, MorganelIa morganii, Nasseria gonorrhoeae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Providencia Stuartii, Providencia rettgeri, Salmonella enterica.

Grammusbat anaeroblar: 

Clostridium perfringens 

Grammanfiy anaeroblar: 

Bacteroides distasonis, Prevotella melaninogenica

* β-laktamaza ishlab chiqarmaydi va shuning uchun faqat piperatsillinga sezgir hisoblanadi.

Plazmada barqaror holatida piperatsillin va tazobaktamning o'rtacha kontsentratsiyalar qiymati 1-2 Jadvallarda ko'rsatilgan. Piperatsillin va tazobaktamning plazmadagi maksimal kontsentratsiyalariga vena ichiga yuborilgandan keyin darhol erishiladi. Tazobaktam bilan majmuada yuborilganda piperatsillinning kontsentratsiyasi monoterapiya sifatida ekvivalent dozada yuborilganda piperatsillinga o'xshaydi.

1-Jadval. Kattalarda tazobaktam va piperatsillinni besh minutlik vena ichiga yuborilgandan keyin plazmadagi muvozanat kontsentratsiyalarining qiymatlari

Plazmadagi piperatsillinning kontsentratsiyasini qiymatlari (mkg/ml)

 Piperatsillin/ tazobaktamning dozasi 5** min  30 min  1 soat  2 soat  3 soat  4soat 
 2 g/0,25 g 237  76  38  13 
 4 g/0,5 g 364  165  92  37  16 

Plazmadagi tazobaktam kontsentratsiyasining qiymatlari (mkg/ml)
Piperatsillin/ tazobaktam dozasi  5** min  30 min  1 soat  2 soat  3 soat  4 soat 
2 g/0,25 g  23,4  8,0  4,5  1,7  0,9  0,7 
4 g/0,5 g  34,3  17,9  10,8  4,8  2,0  0,9 

**5 minutlik yuborishdan keyin

2 Jadval: Kattalarda tazobaktam va piperatsillinni o'ttiz minutlik vena ichiga yuborilgandan keyin plazmadagi muvozanat kontsentratsiyalarining qiymatlari

Plazmadagi piperatsillin kontsentratsiyasining qiymatlari (mkg/ml)

Piperatsillin/ tazobaktam dozasi  30** min  1 soat  1,5 soat  2 soat  3 soat  4 soat 
2 g/0,25 g  134  57   29 17 
4 g/0,5 g  298  141  87  47  16 

Plazmadagi tazobaktam kontsentratsiyasining qiymatlari (mkg/ml)

Piperatsillin/ tazobaktam dozasi  30** min  1 soat  1,5 soat  2 soat  3 soat  4 soat 
2 g/0,25 g  14,8  7,2  4,2  2,6  1,1  0,7 
4 g/0,5 g  33,8  17,3  11,7  6,8  2,8  1,3 
**30 minutlik yuborishdan keyin

2 g piperatsillin/0.25 g dan tazobaktam majmuasi 4 g piperatsillin/0,5 g gacha tazobaktam majmuasining dozasi oshirilganda muvofiq ravishda piperatsillin va tazobaktam kontsentrasiyasining qiymatlarini (taxminan 28%) noproportsional oshishi kuzatiladi.

Ham piperatsillin va ham tazobaktamning oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 30% ni tashkil etadi, shuningdek, tazobaktamning mavjudligi piperatsillinning bog'lanishiga ta'sir qilmaydi, piperatsillinning mavjudligi esa tazobaktamning bog'lanishiga ta'sir qilmaydi.

Tazobaktam va piperatsillin to'qimalar va organizm suyuqliklarida, jumladan ichak, o't pufagining shilliq qavatida, o'pka, safro, ayollarning jinsiy tizimida (bachadon, tuxumdon va fallopiy naylari) va suyaklarda keng taqsimlanadi. To'qimalardagi o'rtacha kontsentratsiyalari plazma kontsentratsiyalarining 50 dan 100% gachani tashkil qiladi. Gematoentsefalik to'siq orqali o'tishi haqida ma'lumotlar yo'q.

Biotransformatsiyasi. Metabolizm natijasida piperatsillin past faollikka ega dezetil hosilasiga; tazobaktam - nofaol metabolitga aylanadi.
Сhiqarilishi. Piperatsillin va tazobaktam kalavali fil'tratsiyasi va kanalchalar sekretsiyasi orqali buyraklardan chiqariladi. Piperatsillin o'zgarmagan ko'rinishida tez chiqariladi, yuborilgan dozaning 68% siydikda aniqlanadi. Tazobaktam va uning metabolitlari buyrak ekskretsiyasi orqali tez chiqariladi, yuborilgan dozaning 80% o'zgarmagan ko'rinishida, qolgan miqdori esa metabolitlar ko'rinishida aniqlanadi. 

Shuningdek piperatsillin, tazobaktam va dezetilpiperatsillin o't bilan chiqariladi.

Sog'lom ko'ngillarga piperatsillin va tazobaktam majmuasi bir martalik va takroriy dozalar yuborilgandan keyin plazmadan piperatsillin va tazobaktamning yarim chiqarilish davri 0,7 dan 1,2 soatgacha o'zgargan va preparatning dozasi yoki infuziya davomiyligiga bog'liq bo'lmagan. Kreatinin klirensi pasayganda piperatsillin va tazobaktamning yarim chiqarilish davri uzayadi. Tazobaktam piperatsillinning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Piperatsillin tazobaktamning chiqarilish tezligini kamaytiradi.

Buyrak funktsiyasini buzilishi

Kreatinin klirensi pasayishiga qarab piperatsillin va tazobaktamning yarim chiqarilish davri oshadi. Kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan pasayganda piperatsillin va tazobaktamning yarim chiqarilish davri, normal buyrak funktsiyasi bo'lgan patsientlarga nisbatan muvofiq ravishda 2 va 4 martaga oshadi.

Gemodializ vaqtida piperatsillinning 30 dan 50% gacha va tazobaktamning 5% metabolit ko'rinishida chiqariladi. Peritoneal dializ o'tkazilganda piperatsillin va tazobaktam muvofiq taxminan 6% va 21% chiqariladi va 18% tazobaktam metabolitlarn ko'rinishida chiqariladi.
Jigar funktsiyasini buzilishi

Garchi jigar funktsiyasi buzilgan patsientlarda piperatsillin va tazobaktamning yarim chiqarilish davri (muvofiq 25% va 18% ga) oshsada, dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Nojo'ya ta'sirlar yuzaga chiqish tez-tezligiga ko'ra ko'rsatilgan: juda tez-tez (≥1 / 10); tez-tez (≥1 / 100 - <1/10); tez- tez emas (≥1 / 1000 - <1/100); kam hollarda (≥1 / 10000 - <1/1000); juda kam hollarda (<1/10 000) va noma'lum (mavjud ma'lumotlarga ko'ra baholash mumkin emas).

Allergik reaktsiyalar: tez- tez emas: eshakemi, teri qichishishi, toshma; kam hollarda: bullyoz demratit, ko'p shaklli eritema; juda kam hollarda: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar (jumladan, anafilaktik shok).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez diareya, ko'ngil aynishi, qusish. Tez-tez emas qabziyat, dispepsiya, sariqlik, stomatit. Kam hollarda: qorin og'rig'i, sohta membranoz kolit.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: tez-tez emas: ALT va AST darajalarini oshishi; kam hollarda: bilirubin, ishqoriy fosfataza, gamma-glutamiltransferaza darajasini oshishi, gepatit.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: tez-tez emas: trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya; kam hollarda: anemiya, qon ketish belgilari (jumladan, purpura, burun qonashi, qon ketishni uzoq davom etishi), eozinofiliya, gemolitik anemiya. Juda kam hollarda: agranulotsitoz, ijobiy to'g'ridan-to'g'ri Kumbs sinamasi, pantsitopeniya, qisman tromboplastin vaqtini uzoq davom etishi, uzoq davom etuvchi protrombin vaqti, trombotsitoz.

Buyraklar va siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda: interstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligi. 

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas: bosh og'rig'i, uyqusizlik; kam hollarda: mushak zaifligi, gallyutsinatsiyalar, tirishishlar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas: arterial bosimni pasayishi, “oqimlar”. 

Mahalliy reaktsiyalar: flebit, tromboflebit, yuborilgan joyda gipertermiya, yuborilgan joyda giperemiya va zichlashish. 

Boshqalar: zamburug'li superinfektsiyalar, isitma, artralgiya. 

Laborator ko'rsatkichlar: gipoal'buminemiya, gipoglikemiya, gipoproteinemiya, gipokaliemiya, eozinofiliya, «jigar» transaminazalarining (alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza) faolligini ortishi, giperbilirubinemiya, ishqoriy fosfataza, gamma-glutamiltransferaza faolligini ortishi, qon zardobida kreatinin va mochevina kontsentratsiyasini ortishi. Kistozli fibroz bo'lgan patsientlarda piperatsillin bilan davolash isitma va toshma holatlari sonining oshishi bilan birga kelgan.
Beta-laktam antibiotiklarining yuqori dozalarini qabul qilish, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda entsefalopatiyaga (es-xushning o'zgarishi, miokloniya, tirishishlar) olib kelishi mumkin.

Shifokor retsepti bo'yicha

Piperatsid preparati bilan davolanishni boshlashdan oldin, anamnezida mumkin bo'lgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini, shu jumladan penitsillinlar yoki tsefalosporinlarni qo'llanish bilan bog'liq bo'lgan aniqlash uchun patsientni batafsil so'roq qilish kerak. Ayniqsa ko'p allergiyasi bo'lgan patsientlarda boshqa beta-laktam antibiotiklar bilan yuqori sezuvchanlikning kesishgan reaktsiyalari rivojlanishi mumkin. O'ta og'ir yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi (anafilaksiyalar) rivojlanganda, preparat darhol bekor qilish va epinefrinni yuborish kabi, shoshilinch choralar qo'llash kerak.
  
Antibiotiklar chaqirgan sohta membranoz kolit hayot uchun xavfli og'ir, uzoq davom etuvchi diareya bilan namoyon bo'lishi mumkin. Sohta membranoz kolit bakteriyalarga qarshi davolash vaqtida ham, undan keyin ham rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda piperatsillin+tazobaktamni yuborishni zudlik bilan to'xtatish va tegishli davolashni (masalan, peroral vankomitsin, metronidazol) buyurish lozim.
 
Peristal'tikani ingibitsiya qiluvchi preparatlarni qo'llash mumkin emas.
 
Piperatsillin+tazobaktam bilan davolashda, ayniqsa, uzoq muddat, leykopeniya va neytropeniya rivojlanishi mumkin, shuning uchun periferik qon ko'rsatkichlarini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
 
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarga yoki gemodializda bo'lgan patsientlarga piperatsillin/tazobaktamni potentsial nefrotoksikligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak ("Nojo'ya ta'sirlar" bo'limiga qarang). Buyrak funktsiyasi buzilish darajasiga qarab dozaga va yuborish tez-tezligiga tuzatish kiritish kerak ("Qo'llash usuli va dozalari" bo'limidagi "Buyrak yetishmovchiligida kattalar va bolalar (tana vazni >50 kg) uchun tavsiya etilgan dozalar " kichik bo'limiga qarang).
Ko'p markazli va randomizatsiya qilingan nazoratli tadqiqotlar ma'lumotlaridan foydalanganda ikkilamchi tahlilda og'ir holatdagi patsientlarda juda tez-tez ishlatiladigan antibiotiklarni kosachalar fil'tiratsiyasi tezligi (KFT), qo'llashdan keyin o'rganib chiqildi. Boshqa antibiotiklar bilan solishtirilganda piperatsillin/tazobaktam qo'llash KFT qayta tiklanishini juda past darajasi bilan bog'liq bo'lgan. Ushbu tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, piperatsillin/tazobaktam ushbu patsientlarda buyrak funktsiyasining tiklanishini kechikishiga sabab bo'lgan. Piperatsillin/tazobaktam va vankomitsinni birgalikda qo'llashda o'tkir buyrak shikastlanishining tez-tezligi oshishi mumkin (“Boshqa dori vositalar bilan o'zaro ta'sirlanish”  bo'limiga qarang).

Bir qator hollarda (ko'pincha buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda) qon ketishi ortishi va qon ivish tizimining laboratoriya ko'rsatkichlarida o'xshash o'zgarishlar (qon ivish vaqti, trombotsitlar agregatsiyasi va protrombin vaqti) sodir bo'lishi mumkin. Qon ketishi yuzaga kelganda, preparat bilan davolashni to'xtatish va tegishli davoni buyurish kerak.
 
Superinfektsiyaga olib kelishi mumkin bo'lgan chidamli mikroorganizmlarning paydo bo'lish ehtimolini yodda tutish kerak, ayniqsa Piperatsid preparati bilan davolanishni uzoq kursida. Patsientlarni davolanish vaqtida diqqat bilan kuzatish kerak. Superinfektsiya rivojlanish holatida, tegishli choralar ko'rish kerak.
 
Boshqa penitsillin qatori preparatlarini qo'llagandagi kabi, ayniqsa buyrak funktsiyasi buzilgan patsientlarda, preparatni yuqori dozalarda foydalanishda, tirishishlar sifatida namoyon bo'lgan nevrologik asoratlar rivojlanishi mumkin.
 
Ushbu dori piperatsillin 1 grammiga 2,35 mEkv (54 mg) natriy saqlaydi, bu patsientlar organizmiga natriy tushushini umumiy o'sishiga olib kelishi mumkin. Gipokaliemiya yoki kaliy chiqarilishiga olib keluvchi preparatlar qabul qabul qiluvchi patsientlarda Piperatsid bilan davolanish paytida gipokaliemiya rivojlanishi mumkin (muntazam ravishda qon zardobida elektrolitlar tarkibini tekshirish kerak).
 
Laboratoriya tahlillariga ta'sir etish. Penitsillin guruhining boshqa preparatlari kabi, Piperatsidni yuborish natijasida siydikda glyukoza mavjudligiga noto'g'ri ijobiy reaktsiya bo'lishi mumkin (reduktsion usul). Fermentativ glyukozooksidaz reaktsiyalariga asoslangan glyukoza mavjudligini aniqlash uchun testlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Piperatsillin+tazobaktam olayotgan patsientlarda Bio-Rad (Platelia Asergillus IFA) korxonasining test-tizimi ishlab chiqargan galaktomann testiga yolg'on musbat natija berishi haqida ma'lumotlar mavjud.

Platelia Asergillus testini qo'llaganda  aspergillyoz bo'lmagan polisaxaridlar va polifuranozlar bilan o'zaro teskari reaktsiyalar haqida xabar qilingan. Shunday qilib, tazobaktam va piperatsillin qabul qilgan patsientlar galaktomann testining ijobiy natijasiga tanqidiy yondoshishlari va boshqa diagnostika usullar yordamida qayt tekshirishlari kerak.

Maxsus guruhdagi patsientlarda qo'llanishi

Bolalarda qo'llash. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash bo'yicha tajriba yo'q. Preparat 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Hozirgi vaqtda homilador ayollar ishtirokida  piperatsillin/tazobaktam majmuasini yoki piperatsillin yoki tazobaktamni alohida olib borilgan va yaxshi nazorat qilingan tadqiqotlar mavjud emas. Piperatsid va tazobaktam yo'ldosh orqali o'tadi. Preparat homiladorlik paytida faqat kutilgan foyda ayol va homila uchun potentsial xavfdan ortiq bo'lgan hollarda qo'llanilishi mumkin.

Piperatsillin kichik kontsentratsiyalarda ona sutiga chiqariladi, ona sutidaga tazobaktamning ajralishi o'rganilmagan. Preparatni emizish davrida faqat ona uchun kutilgan foyda, emizish davridagi bola uchun xavfdan yuqori bo'lganda qo'llash mumkin, yoki davolanish vaqtida emizishni to'xtatish kerak.

Avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Piperatsid preparatining avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning tezligi va diqqat e'tiborning yuqori kontsentratsiyasini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turi bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sirini o'rganish tadqiqotlari olib borilmagan.

Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo'ya ta'sirlar (tirishishlar) yuzaga kelsa, ko'rsatilgan faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.
Piperatsid preparati tazobaktam va piperatsillinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan tizimli va/yoki mahalliy bakterial infektsiyalarni davolash uchun qo'llaniladi.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar.

* quyi nafas yo'llari infektsiyalari;

* siydik chiqarish yo'llari infektsiyalari (asoratlangan va asoratlanmagan);

* intraabdominal infektsiyalari;

* teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalari;

• septitsemiya;

* ginekologik infektsiyalari (shuningdek, tug'ruqdan keyingi endometrit va adneksit);

* neytropeniyasi bo'lgan patsientlarda bakterial infektsiyalari (aminoglikozidlar bilan majmuada);

* suyak va bo'g'im infektsiyalari;
 
* aralash infektsiyalarida (grammusbat/grammanfiy aerob va anaerob mikroorganizmlar chaqirgan) qo'llaniladi.

2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.

* intraabdominal infektsiyalari;

* neytropeniya fonida bakterial infektsiyalarida (aminoglikozidlar bilan majmuada) qo'llaniladi. 
• Piperatsillin, tazobaktam, beta-laktam preparatlariga (shu jumladan, penitsillin, tsefalosporinlarga), preparatning boshqa komponentlariga yoki  β-laktamaza ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik. 

• 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan 

o og'ir qon ketishlari (shu jumladan, anamnezda)

o mukovitsidoz (gipertermiya va teri toshmasi rivojlanish xavfini oshishi)

o soxta membranoz enterokolit

o bolalarda

o homiladorlik, emizish davri;

o buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml kam)

o gemodializda bo'lgan patsientlar;

o antikoagulyantlarni yuqori dozada birga qo'llash.

o gipokaliemiya.


Probenetsid. Probenetsid va Piperatsid bir vaqtda qo'llanilganida yarim chiqarilish davrini uzaytirilishiga va ham piperatsillin ham tazobaktamning buyrak klirensining pasayishiga olib keladi, biroq, ta'sir qiluvchi moddalarning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi o'zgarishsiz qoladi.
 
Antibiotiklar.

Tobramitsin. Piperatsillin, shu jumladan tazobaktam bilan birga qo'llanilganda buyrak funktsiyasi normal va yengil va o'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda tobramitsinning farmakokinetikasida klinik jihatdan sezilarli o'zgarishlar chaqirmaydi. Tobramitsin qo'llanishida piperatsillin, tazobaktam va metabolitlarning farmakokinetikasi sezilarli o'zgarmaydi.
 
Vankomitsin. Tadqiqotlar vankomitsin monoterapiyasiga nisbatan piperatsillin/tazobaktam va vankomitsinni bir vaqtning o'zida yuborishda patsientlarda o'tkir buyrak yetishmovchiligining o'sishini ko'rsatdi. Ushbu tadqiqotlarning ba'zilari o'zaro ta'sir darajasi vankomitsin dozasiga bog'liq ekanligini ma'lum qildi. Pirabaktam va vankomitsinni bir vaqtda qo'llanilganida buyrak funktsiyasini kuzatish kerak. Piperatsillin/tazobaktam va vankomitsin orasida farmakokinetik o'zaro ta'sir kuzatilmadi.
 
Aminoglikozidlar. In vitro sharoitda aminoglikozidlarning beta-laktam antibiotiklari bilan fizik mutanosibligi tufayli Piperatsid va aminoglikozidlarni aralashtirish mumkin emas. Ularni alohida yuborish tavsiya etiladi. Agar aminoglikozidlar bilan bir vaqtda davolash buyurilgan holatda, in'ektsiya uchun eritmasini tayyorlash uchun  Piperatsid kukuni va aminoglikozidni  alohida suyultirish va eritish kerak.

Antikoagulyantlar. Geparin, oral antikoagulyantlar va qon ivish tizimiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan boshqa preparatlar, shu jumladan trombotsitlar funktsiyasini, bir vaqtda qo'llanilganda qon ivish ko'rsatkichlarini muntazam ravishda kuzatish kerak.

Vekuroniy. Piperatsillin vekuroniy bilan bir vaqtda qo'llanilganda nerv-mushak blokadasining uzoq davom etishiga olib keladi. Shu kabi o'xshash ta'sir mexanizmi hisobga olib, piperatsillin boshqa qutbsiz miorelaksantlar majmuasi bilan birga qo'llanganda analogik ta'sir kuzatilishi mumkin. Jarrohlik aralashuvlarda Piperatsidni qo'llashda shuni hisobga olish kerak.

Piperatsillin metotreksatning chiqarilishini kamaytirishi mumkin (toksik samara oldini olish uchun qon plazmasida metotreksat kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak).

Boshqa dori vositalar bilan farmatsevtik mutanoosibligi

Piperatsillin/tazobaktam aminoglikozidlar bilan farmakologik nomutanosib. Piperatsillin/tazobaktam va aminoglikozidlarning eritmalari aralashtirilganda ularning faolsizlantirishi kuzatilishi mumkin, shuning uchun bu preparatlarni alohida yuborish tavsiya etiladi. Bir vaqtda qo'llash afzal bo'lgan hollarda piperatsillin/tazobaktam va aminoglikozidlarning eritmalarini alohida tayyorlash lozim.

Piperatsillin/tazobaktamning kimyoviy beqarorligi tufayli natriy bikarbonati saqlovchi eritmalar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.
 
Ringer laktati eritmasi piperatsillin /tazobaktam bilan nomutanosib.
 
Qon preparatlari yoki al'bumin gidrolizatlariga Piperatsillin-Tazobaktamni qo'shish mumkin emas.

Piperatsidni boshqa preparatlar bilan bir shpritsda yoki infuzion flakonda aralashtirish mumkin emas, chunki ularning mutanosibligi aniqlanmagan. Piperatsidni agar ularning mutanosibligi isbot qilinmagan bo'lsa, har qanday boshqa preparatardan alohida infuzion tizimi orqali yuborilishi kerak.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

2 yil. 

O'ramda ko'rsatilagn yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llanilmasin.


Oq yoki deyarli oq kristal kukun
Piperatsid preparati vena ichiga tomchilab kamida 20-30 minut davomida qo'llaniladi. Preparatning dozasi va davolashni davomiyligi infektsion jarayonni og'irligi va klinik va bakteriologik ko'rsatkichlar dinamikasi bilan belgilanadi.
Normal buyrak funktsiyasi bo'lgan 12 yoshdan katta bolalar va kattalar

Tavsiya etilgan sutkalik doza 12 g piperatsillin/1.5 g tazobaktamni tashkil qiladi har 6-8 soatda bir necha marta yuborish uchun bo'linadi. Umumiy sutkalik doza infektsiyaning og'irligi va joylashishiga bog'liq. Sutkalik doza bir necha in'ektsiya uchun bo'lingan 18 g piperatsillin/2.25 g tazobaktamga erishi mumkin.

2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar
Neytropeniyada

Normal buyrak funktsiyasi va neytropeniya fonida isitma bilan yuzaga chiqgan, tana vazni 50 kg dan kam bo'lgan bolalarda Piperatsid preparatining dozasi, aminoglikozidning muvofiq dozasi bilan majmuada har 6 soatda yuboriladigan 1 kg tana vazniga 90 mg (80 mg piperatsillin / 10 mg tazobaktam) ni tashkil etadi.

Tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan bolalarda Piperatsid preparati kattalardagidek dozalanadi va u aminoglikozidning muvofiq dozasi bilan majmuada qo'llaniladi.
Intraabdominal infektsiyasida

Tana vazni 40 kg gacha va normal buyrak funktsiyasi bo'lgan bolalarda tavsiya etilgan doza har 8 soatda 1 kg 112.5 mg (100 mg piperatsillin/12.5 mg tazobaktam) ni tashkil etadi.

Tana vazni 40 kg dan ortiq va normal buyrak funktsiyasi bo'lgan bolalarda kattalardagi kabi bir xil doza qo'llaniladi.

Preparatni infektsiyaning klinik belgilari yo'qolganidan keyin kamida 48 soat davomida davom ettirilishini hisobga olib davolashni davomiyligi 5 dan 14 kungacha ni tashkil qiladi,
Buyrak funktsiyasining buzilishi

Buyrak yetishmovchiligi yoki gemodializda bo'lgan patsientlarga dozani va yuborish tez-tezligini buyrak funktsiyasining buzilish darajasini qarab tuzatish kiritish lozim. 

Buyrak yetishmovchiligida kattalar va bolalar (tana vazni >50 kg) uchun tavsiya etilgan dozalar 
Kreatinin klirensi (ml/min)   Tazobaktam va piperatsillinni tavsiya etilgan dozasi 
>40  Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi 
20-40  Sutkada 12 g/1,5 g 
4 g/0,5 g har 8 soatdan keyin
<20
Sutkada 8 g/1 g
4 g/0,5 g har 12 soatdan keyin 

Gemodializda bo'lgan patsientlar uchun piperatsillin/tazobaktamning maksimal sutkalik dozasi 8 g/1 g ni tashkil qiladi. Bundan tashqari gemodializ o'tkazilganda 4 soat davomida piperatsillinning 30-50% chiqariladi, har bir dializ seansidan keyin bitta qo'shimcha 2 g/0.25 g piperatsillin/tazobaktam qo'llash lozim.

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan 2-12 yoshdagi bolalar:

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bolalarda tazobaktam va piperatsillinning farmakokinetikasi o'rganilmagan. Buyrak yetishmovchiligi va neytropeniya birga bo'lgan holatlarda preparatning dozasi haqida ma'lumotlar yo'q. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan 2-12 yoshdagi bolalar uchun Piperatsid preparatni dozasiga tuzatish kiritishni quyidagicha tavsiya etiladi:

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bolalar (tana vazni <50 kg) uchun preparatning tavsiya etilgan dozalar 
Kreatinin klirensi (ml/min)  Tazobaktam va piperatsillinning tavsiya etilgan dozalari 
>50  112,5 mg/kg (100 mg piperatsillin / 12,5 mg tazobaktam) har 8 soat 
≤50       78,75 mg/kg (70 mg piperatsillin / 8,75 mg tazobaktam) har 8 soat
  
Bunday dozani o'zgarishi faqat taxminiy hisoblanadi. Har bir patsient dozani oshirib yuborish belgilarini o'z vaqtida aniqlash uchun sinchkov nazorat ostida bo'lashi kerak. Preparatning dozasiga va uni yuborish orasidagi intervaliga quyidagi tarzda tuzatish kiritish kerak.
Jigar funktsiyasining buzilishi

Jigar funktsiyasining buzilishida dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Keksa patsientlar

Keksa patsientlarda buyrak funktsiyasini buzilishi mavjud bo'lganida dozaga tuzatish kiritish zarur..
Preparatni tayyorlash bo'yicha tavsiyalar

Piperatsid preparati faqat vena ichiga yuborish uchun qo'llaniladi!

Preparat belgilangan hajmlarga muvofiq quyidagi erituvchilardan birida eritiladi. Flakon ichidagi to'liq eriguncha (doimiy aylanishda, odatda 5-10 minut davomida) aylanma harakatda aylantiriladi. Tayyor eritma rangsiz yoki och sariq suyuqlikni namoyon qiladi.

Dozalash/flakon (piperatsillin/tazobaktam)  Eritamning kerakli hajmi 
2 g + 0,25 g 10 ml 
4 g + 0,5 g  20 ml 

Piperatsid preparati bilan birga, preparatni eritish uchun ishlatiladigan erituvchilar: 

• 0.9% li natriy xloridi eritmasi;

• 5% li glyukoza eritmasi

• in'ektsiya uchun steril suv. 

Keyinchalik tayyorlangan eritma quyida sanab o'tilgan mos erituvchilarda vena ichiga yuborish uchun zarur bo'lgan hajmgacha (masalan, 50 ml dan 150 ml gacha) suyultirilishi kerak:

• 0.9% li natriy xlorid eritmasi;

• in'ektsiya uchun steril suv (maksimal tavsiya etilgan hajm -50 ml)

• 5% li dekstroza eritmasi.

Mikroblar bilan ifloslanish xavfini kamaytirish uchun piperatsillin-tazobaktam eritmani tayyorlagandan keyin darhol qo'llash kerak.
Ishlatilmagan eritmani yo'q qilish kerak.

Simptomlar. Dozani oshirib yuborish belgilari, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, yuqori nerv-mushak qo'zg'aulvchanlik va tirishishlar( ayniqsa, buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda).
  
Davolash. O'ziga xos antidot ma'lum emas. Klinik beligalarga ko'ra simptomatik davo tavsiya etiladi. Zardobda piperatsillin yoki tazobaktamning yuqori kontsentratsiyalarini kamaytirish uchun gemodializ etilishi mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PIPERASID poroshok 2,0 g + 0,25 g N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PIPERASID poroshok 2,0 g + 0,25 g N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PIPERASID poroshok 2,0 g + 0,25 g N5 dori vositasi Jurabek Laboratories, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PIPERASID poroshok 2,0 g + 0,25 g N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PIPERASID poroshok 2,0 g + 0,25 g N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 4000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9