POLISORB MP suspenziya 3,0g N10

POLISORB MP suspenziya 3,0g N10 o'xshash dorilari



POLISORB MP suspenziya 3,0g N10 qo'llanmasi
Polisorb MP preparati ichga qabul qilingandan so'ng faol modda parchalanmaydi va MITYda so'rilmaydi. Organizmda o'zgarmagan holda tez chiqariladi.
Kam hollarda: allergik reaksiyalar, qabziyat.
Polisorb MP preparatini uzoq muddat (14 kundan ortiq) qabul qilishda vitaminlar va kalsiyning so‘rilishi buzilishi mumkin, shu munosabat bilan polivitamin preparatlari va kalsiy saqlovchi preparatlarni profilaktik qabul qilish tavsiya etiladi.
Sirtga Polisorb MP kukunini yiringli yaralar, trofik yaralar va kuyishlarni kompleks davolashda ishlatish mumkin.
— zo‘rayish bosqichidagi me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi;
— me’da-ichakdan qon ketishlar;
— ichak atoniyasi;
— preparatni individual o‘zlashtira olmaslik.
Polisorb MP preparati boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanilganda oxirgilarining terapevtik samaradorligi pasayishi mumkin.
Bolalar uchun Polisorb MP sutkalik dozasi tana vazniga bog'liq.
Bemorning tana vazni (kg) Sutkalik doza (g)
minimal o'rtacha maksimal
10.0 1.0 1.5 2.0
15.0 1.5 2.25 3.0
20.0 2.0 3.0 4.0
25.0 2.5 3.75 5.0
30.0 3.0 4.5 6.0
40.0 4.0 6.0 8.0
50.0 5.0 7.5 10.0
60.0 6.0 9.0 12.0
1 choy qoshiq Polisorb MP "tepasi bilan" 1 g preparatni, 1 osh qoshiq "tepasi bilan" - 3 g preparatni saqlaydi.
Preparat ichga faqat suvli suspenziya ko'rinishida qabul qilinadi. Suspenziya olish uchun kerakli miqdordagi Polisorb MP preparati 1/4-1/2 stakan suvda yaxshilab aralashtiriladi.
Preparat ovqatdan yoki boshqa dori vositalarini qabul qilishdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Har bir qabul qilishdan oldin yangi suspenziya tayyorlash tavsiya etiladi.
Oziq-ovqat allergiyasida preparatni bevosita ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida qabul qilish kerak.
Davolash davomiyligi tashxis va kasallikning og'irligiga bog'liq. O'tkir intoksikatsiyalarda davolash kursi 3-5 kunni; allergik kasalliklar va surunkali intoksikatsiyalarda - 10-14 kungachani tashkil qiladi. 2-3 haftadan keyin davolash kursini takrorlash mumkin.
Xususiyatlar POLISORB MP suspenziya 3,0g N10
Polisorb boshqa chiqarish shakllari



POLISORB MP suspenziya 3,0g N10 analoglari







