Apteka.uz
SavatKirish

REEPITOL maz 30g N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gretsiya
Kategoriya:Dermatologik
Ishlab chiqaruvchi:HELP S.A.,
Vakil:VEGAPHARM
Barcha REEPITHOL dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

REEPITOL maz 30g N1 haqida qo'llanma

Tarkibi

faol modda: tozalangan qoraqarag'ayning elimi (taxminan 65% etanoldagi eritmasi) – 176,4 mg; 

yordamchi moddalar: vazelin, mikrokristalli mum, suyuq parafin, Montane 481 VG (sorbitan oleat, asalari mumi, gidrogenizirlangan kanakunjut moyi, stearin kislotasi aralashmasi).

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

30 g balzam buraladigan qopqoq bilan alyumin yoki PE/al/PE tubalarda.

1 tubadan davlat va rus tilidagi qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birgalikda karton qutiga joylashtiriladi.

Farmakologik ta'siri

Balzamning asosiy ta'sir mexanizmi - yaraning ustida bevosita himoya qatlamini hosil qilish. Balzam mikroblarga qarshi ta'sirga egadir va antimikrob to'siqni hosil qiladi. Ushbu mexanik to'siq yarani mikrobiologik ifloslanishdan himoya qiladi, infektsiyani oldini oladi (patogen mikroorganizmlar yarani davolashni susaytiradi), terining qayta epitelizasiyasiga va yaralarni tabiiy davolashga yordam beradi. Oddiy qoraqarag'ayning elimi dori emasligi sababli uning farmakologik faolligi o'rganilmagan.

Nojo'ya samaralari

Reepitol qo'llanilganida elim tarkibidagi moddalarga allergik reaktsiya bo'lishi mumkin. Qo'llanilgan yuzada allergik reaktsiya mahalliy terining tirnash xususiyati bilan namoyon bo'ladi (allergik kontakt dermatit). Aholining taxminan 1-3% elimga allergiyasi bor. Elim asosidagi balzamning qo'llanilishini allergiyaning biron bir simptomlari aniqlanganida bekor qilinishi zarur.

Agar elimlarga sezuvchanlik noma'lum bo'lsa, Reepitolni terining katta bo'lmagan yuzasida sinovdan o'tkazish kerak. Agar allergik alomatlar 3 kun ichida paydo bo'lsa (qichishish, qizarish, shishish, po'rsildoqlar va hokazolar), Reepitol balzamidan foydalanish mumkin emas. Agar davolanish davrida allergiya alomatlari keyinroq paydo bo'lsa, Reepitol balzamidan foydalanishni darhol to'xtatish kerak. Shoshilinch holatlarda siz shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi

Homiladorlik va emizishda nojo'ya samaralar ehtimoli haqidagi ma'lumot yo'q. Amaliyot tajribasi kamligi sababli, Reepitol homiladorlik va emizish vaqtida qo'llanmasligi kerak.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Avtotransport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli harakatlanadigan mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi

Reepitol yuqtirilgan va yuqtirilmagan, o'tkir va surunkali terining shikastlanishini davolash uchun ishlatiladi: shilinish, yoriqlar, kuyish yaralari, trofik yoki diabetik yaralar, murakkab xirurgik yaralar va ochiq po'rsildoqlar.  

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Balzamning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Klinik jixatdan muhim o'zaro tasirlar qayt etilmagan.

Dozirovkasi

Kattalarga va bolalarga: shilinishlar, terining shikastlanishlarini suv bilan yuvish va quritish kerak. Yaralarning yuzasi va ochilgan pufakchalar shifokor yoki hamshiraning tavsiyalariga binoan tozalanadi. Reepitol balzamini bevosita shikastlangan teri yuzasiga kuniga 1-2 marta surtish kerak. Zarurat tug'ilganida, shikastlangan teri yuzasiga havo o'tkazuvchi doka yoki bint bilan himoyalash kerak. 

Reepitol yaraning sirtida antimikrob plyonka hosil qiladi, u yarani ifloslanishlardan himoyalaydi va samarali bitishiga yordam beradi. Balzamning ko'zlarga yoki og'izga tushib qolishidan saqlaning.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. REEPITOL maz 30g N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

REEPITOL maz 30g N1 o'xshash dorilari

BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•125 ta dorixonada bor
Narxi
68 900 so'm dan
BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•126 ta dorixonada bor
Narxi
62 700 so'm dan
TERBIZID krem 1% 10g
Retseptsiz
TERBIZID krem 1% 10g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•39 ta dorixonada bor
Narxi
37 000 so'm dan
GERPEVIR maz 5g 2,5%
GERPEVIR maz 5g 2,5%
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
Kievmedpreparat, PAO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan
Analoglar REEPITOL maz 30g N1
Analoglari yo'q

REEPITOL maz 30g N1 haqida savollar

REEPITOL maz 30g N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil