REEPITHOL
REEPITHOL chiqarilish shakllari
REEPITHOL haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Balzamning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Tarkibi
faol modda: tozalangan qoraqarag'ayning elimi (taxminan 65% etanoldagi eritmasi) – 176,4 mg;
yordamchi moddalar: vazelin, mikrokristalli mum, suyuq parafin, Montane 481 VG (sorbitan oleat, asalari mumi, gidrogenizirlangan kanakunjut moyi, stearin kislotasi aralashmasi).
Farmakologik ta'siri
Balzamning asosiy ta'sir mexanizmi - yaraning ustida bevosita himoya qatlamini hosil qilish. Balzam mikroblarga qarshi ta'sirga egadir va antimikrob to'siqni hosil qiladi. Ushbu mexanik to'siq yarani mikrobiologik ifloslanishdan himoya qiladi, infektsiyani oldini oladi (patogen mikroorganizmlar yarani davolashni susaytiradi), terining qayta epitelizasiyasiga va yaralarni tabiiy davolashga yordam beradi. Oddiy qoraqarag'ayning elimi dori emasligi sababli uning farmakologik faolligi o'rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlik va emizishda nojo'ya samaralar ehtimoli haqidagi ma'lumot yo'q. Amaliyot tajribasi kamligi sababli, Reepitol homiladorlik va emizish vaqtida qo'llanmasligi kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli harakatlanadigan mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Klinik jixatdan muhim o'zaro tasirlar qayt etilmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalarga va bolalarga: shilinishlar, terining shikastlanishlarini suv bilan yuvish va quritish kerak. Yaralarning yuzasi va ochilgan pufakchalar shifokor yoki hamshiraning tavsiyalariga binoan tozalanadi. Reepitol balzamini bevosita shikastlangan teri yuzasiga kuniga 1-2 marta surtish kerak. Zarurat tug'ilganida, shikastlangan teri yuzasiga havo o'tkazuvchi doka yoki bint bilan himoyalash kerak.
Reepitol yaraning sirtida antimikrob plyonka hosil qiladi, u yarani ifloslanishlardan himoyalaydi va samarali bitishiga yordam beradi. Balzamning ko'zlarga yoki og'izga tushib qolishidan saqlaning.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













