Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Asab tizimi  / Trizotek inyeksiya uchun eritma 5 ml № 5

Trizotek inyeksiya uchun eritma 5 ml № 5

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Asab tizimi
ATX kodi:N06BX
1 ta dorixonada bor
Narxi 115 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Trizotek inyeksiya uchun eritma 5 ml № 5 o'xshash dorilari

SEVPRAM tabletkalari 10mg N28
Retseptli
SEVPRAM tabletkalari 10mg N28
Turkiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Tursiya proizvedeno: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
•122 ta dorixonada bor
Narxi
80 000 so'm dan
Tagista tabletkalari 8mg N10
Retseptli
Tagista tabletkalari 8mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
Narxi
25 000 so'm dan
ASENTRA tabletkalari 100mg N28
Retseptli
ASENTRA tabletkalari 100mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.

Trizotek inyeksiya uchun eritma 5 ml № 5 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 100% moddaga qayta hisoblangan tiazot kislotasining morfoliniyli tuzi – 25 mg, , piratsetam – 100 mg;

yordamchi moddalar: in’eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Chiqarilish shakli

5 ml dan ampulada, 5 ampuladan plyonka bilan qoplangan kontur uyali o‘ramda, 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.

10 ml dan ampulada, 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda, 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.

Farmakodinamikasi

TRIZOTЕK® serebrofaol vositalari guruhiga mansub, nootrop, ishemiyaga qarshi, antioksidant va membranani barqarorlashtiruvchi xususiyatlarni namoyon etadi. Preparatning farmakologik samarasi tiotriazolin va piratsetamning o‘zaro potensiyalovchi ta’siri bilan bog‘liq.

TRIZOTЕK® aerob va anaerob oksidlanish reaksiyalarida glyukozani utilizatsiyasini tezlashtiradi, bioenergetik jarayonlarni me’yorlashtiradi, miya to‘qimalarida metabolizmini barqarorlashtiradi va organizmning gipoksiyaga bo‘lgan chidamliligini oshiradi.

Preparat kislorodning faol shakllarini hosil bo‘lish yo‘llarini tormozlaydi, fermentativ antioksidant tizimining faolligini tiklaydi, ayniqsa superoksiddismutazani, ishemiyada miya to‘qimalarida erkin radikal jarayonlarni tormozlaydi, qonning reologik xususiyatlarini fibrinolitik tizimini faollashishi hisobiga yaxshilaydi va muvofiq nekroz va ishemiya sohalarini barqarorlashtiradi va kamaytiradi.TRIZOTЕK® metabolik GAMK – shuntini ishlash jadalligini va GAMK ni ishemiyaga uchragan to‘qimalardagi konsentratsiyasini oshiradi.

TRIZOTЕK® miyaning integrativ va kognitiv faoliyatini yaxshilaydi, o‘rganish jarayoniga yordam beradi, amneziyani bartaraf qiladi, qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraning ko‘rsatkichlarini oshiradi. TRIZOTЕK® stress oqibatlarini (xavotirlik xissi, fobiyalar, depressiyalar, uyquni buzilishi) bartaraf etadi, chala tug‘ilgan bolalarda jismoniy va aqliy rivojlanishini orqada qolishini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Og‘iz orqali qabul qilinganda yaxshi so‘riladi, turli organlar va to‘qimalarga, shu jumladan miya to‘qimalariga kiradi. Platsenta to‘sig‘i orqali kirib boradi. Preparatning har bir komponenti alohida metabolizmga uchraydi. Piratsetam organizmda deyarli metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi. T½ - 4-8 soat Tiotriazolin og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi, uning mutlaq biokirisha olishi 53% ni tashkil qiladi. Plazmadagi Cmax ga 200 mg bir martalik dozadan keyin 1,6 soatdan keyin erishiladi. T½ deyarli 8 soat.

Dori shakli

In’eksiya uchun eritma.

Nojo'ya samaralari

TRIZOTЕK® in’eksiya uchun eritma preparati klinik qo‘llanganida nojo‘ya reaksiyalarning quyidagi hollari kuzatilishi mumkin:

markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik;

ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynish, qusish;

immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, anafilaktik shok;

yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi;

vestibulyar tizim tomonidan: bosh aylanishi;

umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: teri giperemiyasi va yuborish joyida qichishish.

Bemorlarda preparatning alohida komponentlari bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi mumkin:

• piratsetam bilan bog‘liq:

qon va limfa tomonidan: gemorragik buzilishilar;

immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaktoid reaksiyalar;

ruhiy buzilishlar: asabiylik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, xavotrlik, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar;

nerv tizimi tomonidan: giperkineziya, uyquchanlik, ataksiya, muvozanatni buzilishi, tutqanoq xurujlari sonini oshishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, tremor;

eshitish a’zolari va labirint tomonidan: bosh aylanishi;

ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: abdominal og‘riq, qorinning yuqori qismida og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish;

teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: angionevrotik shish, dermatitlar, toshma, eshakemi, qichishish;

reproduktiv tizim tomonidan: jinsiy faollikni oshishi;

qon tomirlari tomonidan buzilishlar: gippotenziya, tromboflebit;

umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: asteniya, yuborish joyida og‘riq, isitma, tana vaznini oshishi;

• tiazot kislotasi bilan bog‘liq:

patsiyentlarda, asosan keksa yoshli patsiyentlarda, xususan boshqa preparatlarni qabul qilish fonida quyidagi holatlari ta’riflangan:

allergik reaksiyalar: teri giperemiyasi, isitma;

markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi;

yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni oshishi;

me’da-ichak yo‘llari tomonidan: og‘izni qurishi, qorinni dam bo‘lishi;

nafas tizimi tomonidan: hansirash, bo‘g‘ilish (nafas siqish) xurujlari.

Maxsus saqlash sharoitlari

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir etish xususiyati.
Hozirgi vaqtgacha bundan xabarlar yo‘q. Biroq TRIZOTЕK® ni avtotransportni boshqarayotgan yoki xavfli mexanizmlar bilan ishlayotgan shaxslarda qo‘llanganida, nerv tizimi tomonidan mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalarni hisobga olib, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Qo'llanilishi

Ishemik insultni va uning nutqni buzilishi, ruxiy va somatik buzilishlar, faollikni pasayishi, emotsional sohani buzilishi kabi oqibatlarini davolash; qon tomir patologiyasi oqibatidagi, toksik va travmatik ensefalopatiyani (tiklanish davrida) davolash; alkogolli intoksikatsiyada abstinent sindromni bartaraf etish, diabetik ensefalopatiyada qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

• Piratsetamga yoki tiazot kislotasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

• buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi;

• Xantington xoreyasi;

• bosh miyada qon aylanishining gemorragik tipdagi o‘tkir buzilishida qo‘llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

TRIZOTЕK® ni kislotali rN muhitiga ega bo‘lgan preparatlar bilan buyurish mumkin emas.

Tireoid gormonlar. Tireoid gormonlar bilan majmuada qo‘llanganda kuchli jizzakilik, dezoriyentatsiya va uyquni buzilishi yuz berishi mumkin.

Atsenokumarol. Qaytalanuvchi trombozni og‘ir kechishi bilan xastalangan bemorlarda piratsetamni yuqori dozalarda (sutkada 9,6 g) qo‘llanilishi atsenokumarolning protrombin vaqti qiymatini 2,5-3,5 ga erishish uchun kerak bo‘lgan dozasiga ta’sir qilmagan, lekin uni bir vaqtda qo‘llanganda trombotsitlar agregatsiyasi darajasi, fibrinogen, Villebrand faktorlarining darajasini (koagulyatsion faollik (VIII: S); ristotsetin ko-faktori (VIII: vW: Rco) va qon plazmasi proteini (VIII: vW: Ag)), qon va plazmani qovushqoqligini ancha pasayishi aniqlangan.

Farmakokinetik o‘zaro ta’sirlar. Piratsetamning farmakodinamikasini boshqa preparatlarning ta’siri ostida o‘zgarish ehtimoli past, chunki preparatning 90% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.

In vitro sharoitida o‘tkazilgan tajribalarda piratsetam sitoxrom R450 ning CYP1A2, 2B6, 2C8, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 4A9/11 izoformalarini 142, 426, 1422 mkg/ml konsentratsiyalarda susaytirmaydi. 1422 mkg/ml konsentratsiyada CYP2A6 ni (21% ga) va 3A4/5 ni (11% ga) biroz susayishi aniqlangan. Shuning uchun shu fermentlar tomonidan biotransformatsiyaga uchraydigan preparatlar bilan o‘zaro ta’sir ehtimoli kam.

Tutqanoqqa qarshi vositalar. Piratsetamni sutkada 20 mg dozada 4 hafta davomida va undan ortiq qo‘llanganda tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda qon zardobidagi tutqanoqqa qarshi preparatlarning (karbamazepin, fenitoin, fenobarbital, natriy valproati) konsentratsiyasi darajasining egri chizig‘i va maksimal konsentratsiyasini o‘zgartirmagan.

Alkogol. Alkogol bilan birga qabul qilish piratsetamning qon zardobidagi konsentratsiyasi darajasiga ta’sir qilmagan va 1,6 g piratsetam qabul qilinganda alkogolning qon zardobidagi konsentratsiyasi o‘zgarmagan.

Ta'rifi

Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish tusli suyuqlik.

Dozirovkasi

Ishemik insultda va uning oqibatlarini davolash uchun oldindan 0,9% li natriy xloridi eritmasining 100-150 ml da suyultirilgan 20-30 ml preparat buyuriladi va vena ichiga tomchilab sutkada bir marta yuboriladi. Davolash kursi 2 haftani tashkil qiladi.

Ensefalopatiyani davolash va alkogolli intoksikatsiyada abstinent sindromini bartaraf etish uchun mushak ichiga 5 ml preparat sutkada bir marta 10-15 sutka davomida buyuriladi.

Diabetik ensefalopatiyada 5 ml dan mushak ichiga sutkada bir marta 10 kun davomida yuboriladi, keyinchalik TRIZOTЕK® preparatini 1 tabletka (400 mg/100 mg) dan sutkada 3 marta 45 kun davomida ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin buyuriladi.


Bolalar uchun qo'llanilishi

Pediatriya amaliyotida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyot choralari

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Preparatni keksa yoshli yurak-qon tomir patologiyasi bo‘lgan shaxslarga yuqorida ta’riflangan nojo‘ya reaksiyalarni bu guruh bemorlarida ko‘proq aniqlanishi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Allergiyaga moyilligi bo‘lgan shaxslarda allergik reaksiyalar ko‘proq uchraydi.

Piratsetam trombotsitlar agregatsiyasini susaytirgani tufayli, uni gemostazni buzilishi, qon ketishlari bilan kechuvchi holatlari (me’da-ichak yo‘llari yaralari) bo‘lgan bemorlarga, katta jarrohlik operatsiyalarida (shu jumladan stomatologik aralashuvlarida), og‘ir qon ketishlari simptomlari bo‘lgan bemorlarga yoki anamnezida gemorragik insult bo‘lgan bemorlarga; antikoagulyantlarni, trombotsitar antiagregantlarni, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasining past dozalarini qo‘llayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarda uzoq muddat davolashda buyrak faoliyati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilib turish tavsitya qilinadi.

Trizotek inyeksiya uchun eritma 5 ml № 5 savollari

Trizotek inyeksiya uchun eritma 5 ml № 5 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil