Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Asab tizimi  / MAVIKS inyektsiya uchun eritma 2ml 20mg / 2ml N5

MAVIKS inyektsiya uchun eritma 2ml 20mg / 2ml N5

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Xitoy
Kategoriya:Asab tizimi
Ishlab chiqaruvchi:Shanghai Dongbao Biopharmaceutical Co., Ltd, Kitay proizvedeno: Jilin Qijian Bio-Pharmaceutical Co., Ltd
ATX kodi:N07XA
Barcha MAVIKS dorilari
104 ta dorixonada bor
Narxi 614 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 104 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MAVIKS inyektsiya uchun eritma 2ml 20mg / 2ml N5 o'xshash dorilari

Tagista tabletkalari 8mg N10
Retseptli
Tagista tabletkalari 8mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
Narxi
25 000 so'm dan

MAVIKS inyektsiya uchun eritma 2ml 20mg / 2ml N5 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Bir ampula (2 ml) da quyidagilar saqlanadi: 
faol modda: monsialotetrageksozilgangliozid (natriyli tuzi ko'rinishida) – 20 mg; 
yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati, in'ektsiya uchun suv.


Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

 In'ektsiya uchun eritma 2 ml dan shisha (1 tipi) ampulalarda. 5 ampula qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakologik ta'siri

Gangliozidlar sut emizuvchilarning hujayra membranalarida mavjud bo'lgan, tarkibida sialat kislotasi saqlagan qandli sfingolipidlar toifasiga kiradi. Ularning miqdori ayniqsa nerv tizimida yuqori bo'ladi. Gangliozid nerv hujayralarining membranalari tarkibiga kiradi, ular nerv hujayralarini rivojlanishi, o'sishi va differentsiasiyasida muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari, gangliozid hujayralar shikastlanganidan so'ng ularni tiklanish jarayoni uchun juda muhim, chunki ularning regenerasiyasiga yordam beradi. U shuningdek sinapsni hosil bo'lishi va o'sishini rag'batlantiradi, innervasiya faoliyatini tiklaydi, nerv o'tkazuvchanligini yaxshilaydi, bosh miyaning elektrik faolligini rag'batlantiradi va boshqa neyrofiziologik ko'rsatkichlarni tiklaydi, hujayra membranalarini himoya qiladi, hujayra membranalarida enzimatik faollikning ba'zi turlarini tiklanishini rag'batlantiradi. Maviks Markaziy nerv tizimi funktsiyasining buzilishini davolashda ahamiyatli rol o'ynaydigan eng muhim gangliozidlardan biri hisoblanadi. U shuningdek Markaziy nerv tizimining hujayra membranalarda, ionlarni hujayralarga kirishi va ulardan chiqishida muvozanatni saqlab turishga qaratilgan Na+-K+-ATF-fermenti va Ca+2-Mg+2-ATF-fermentining faolligini tutib turadi; hujayralar ichida kaltsiy ionlarini to'planishini bartaraf qilish uchun nerv hujayralarining shishini kamaytiradi. Maviks preparati neyrotoksiklikni oldini oladi, boshqa nerv hujayralariga erkin radikallarning shikastlovchi ta'sirini kamaytiradi. Shunday qilib, monosialotetrageksozilgangliozid nerv tizimini tiklanishini (nervlarni rekontruktsiyasi, neyroplastika) rag'batlantirish hususiyatiga ega, va shakllari, biokimyosi, neyrofiziologiya va hulq-atvorning turli ko'rsatkichlarini faollashtirib, nervlarning reparasiyasini tezlashtirish va nerv tizimining faoliyatini maksimal darajada tiklash hususiyatiga ega. 

Eksperimentlar monosialotetrageksozilgangliozid bosh va orqa miyaning shikastlangan tomirlarini tiklanishini rag'batlantirishi mumkinligini ko'rsatdi. Kalamushlarning o'rta miyasi va yo'l-yo'l tanasi to'qimalarining kulturasiga, sichqonlarning neyroblastoma N2A hujayralariga va jo'jalardagi nerv tugunlarining orqa ildizchalariga monosialotetrageksozilgangliozidni yuborish nervlarning o'sishi va shoxlanishini rag'batlantirishi mumkin. Monosialotetrageksozilgangliozid yuborilganidan so'ng neyromushak biriktiruvchi hosilalarning bioelektrik faolligi oshib, qutblanishi esa kamayib, monosialotetrageksozilgangliozid to'qimalarda bioelektrik qo'zg'aluvchanlikni tushib ketishini kamaytirishi mumkinligini ko'rsatadi. Monosialotetrageksozilgangliozid bosh miyada gemodinamik ko'rsatkichlarni yaxshilaydi va uning shishini pasaytiradi. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar monosialotetrageksozilgangliozid Parkinson kasalligida buzilgan hulq-atvorning hususiyatlarini yaxshilashi mumkinligini ko'rsatdi.

Nojo'ya samaralari

Pasientlarning juda kam miqdorida toshma kuzatilgan. Bunday reaktsiya kuzatilganida preparatni qo'llashni to'xtatish kerak. 
Kam hollarda preparat yuborilgandan so'ng toshma toshishi mumkin, bunday holatlarda davolashni to'xtatish kerak. 
Juda kam hollarda pasientlarda et uvishishi, yurak urishini tezlashishi, arterial bosimni pasayishi va boshqalar kuzatish mumkin. Infuziya vaqtida tana haroratini oshishi ko'rinishida allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Shunday simptomlar paydo bo'lganida preparatni qo'llashni va davolashni zudlik bilan to'xtating.

Maxsus saqlash sharoitlari

Klinika amaliyotida bu preparat vena ichiga sekin tomchilab, natriy xloridining 0,9% li eritmasida suyultirgandan so'ng yuborish kerak. 

Ushbu preparatning kontsentrasiyasi ko'pi bilan 0,4 mg/ml bo'lishi kerak, ya'ni natriy xloridining 0,9% li 100 ml eritmasida suyultirilsa, ko'pi bilan 2 ampula (40 mg) qo'shiladi; natriy xloridining 0,9% li 250 ml eritmasida suyultirilsa, ko'pi bilan 5 ampula (100 mg) qo'shiladi. Preparat sutkada 100 mg va undan ortiq dozada, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarga, yuborilganida, ikkiga bo'lib: ertalab va kechqurun yuborish tavsiya etiladi. 

Klinika amaliyotida ishlatilganida, vena ichiga sekin, yuborish tezligi soatiga 50~100 ml (minutiga 15~30 tomchi) bo'lishi kerak. Haddan tashqari tez yuborish mumkin emas. 

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi 

Homilador va emizikli ayollarga preparatni qo'llash mumkin emas, chunki ularda monosialotetrageksozilgangliozidning havfsizligi bo'yicha klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan. 

Pediatriyada qo'llanishi 

Bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga preparatni qo'llashga qarshiliklar yo'k.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Markaziy nirv tizimin lomailishlari, shu yumladan va orca IIV jarahatlari, cerebrovascularus buzilishlari, Parkinson kasalligi kasalligida kullanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga allergiyasi bo'lgan yoki lipidlar metabolizmini genetik buzilishlari bo'lgan pasientlarga qo'llash mumkin emas (gangliozid organizmda to'planadi va dementsiya, oilaviy amavroz, to'r pardani degenerasiyasi kabi kasalliklarni og'irlashtiradi). 
Preparat bilan bir vaqtda yoki yuborilgandan so'ng 60 minut oldin va keyin boshqa dori vositalarni qo'llash mumkin emas

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Dorilarning o'zaro ta'siri yuzasidan ma'lumotlar yo'q.

Ta'rifi

Тиниқ, рангсиз ёки деярли рангсиз суюқлик.

Dozirovkasi

Bosh miyada qon aylanishini o'tkir va surunkali buzilishi 
O'tkir fazasida Maviks preparatini 100 mg dozada 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirib, vena ichiga infuziya ko'rinishida har kuni yuborish tavsiya etiladi. 2-3 haftadan keyin samarasini tutib turuvchi dozada – 20-40 mg dan har kuni, odatda 6 hafta davomida, mushak ichiga in'ektsiya yoki vena ichiga infuziya holida yuborish maqsadga muvofiqdir. Bosh miyada qon aylanishini surunkali buzilishlarida Maviks preparatini 60-100 mg dozada 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan vena ichiga infuziya ko'rinishida 10-14 kun davomida har kuni yuborish tavsiya etiladi. So'ngra har kuni 20-40 mg dan samarani bir maromda tutib turuvchi dozaga o'tiladi, 3 hafta davomida yuboriladi. 
Bosh va orqa miya jarohatlarida preparatni 20-40 mg dan har kuni mushak ichiga in'ektsiya ko'rinishida va 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirib, vena ichiga sekin infuziya holida yuborish tavsiya etiladi. 
Parkinson kasalligida davolashni birinchi kunida Maviksning dozasi 500-1000 mg ni tashkil etadi, vena ichiga infuziya holida yuboriladi. 2-kundan boshlab preparat 200 mg dan har kuni teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga infuziya holida, odatda 18 hafta davomida yuboriladi. 
Periferik nerv tizimining kasalliklari 
Diabetik periferik neyropatiyada Maviks preparatini 20-40 mg dan har kuni, kuniga bir marta 14 kun davomida vena ichiga infuziya holida yuborish tavsiya etiladi. Keyingi 14 kun davomida preparatni 20 mg dozada mushak ichiga yuborish tavsiya etilgan.
Oksaliplatin va boshqalar bilan ad'yuvant ximiyaterapiyaning neyrotoksik ta'sirida rivojlangan periferik neyropatiyada Maviks preparati 20 mg dan har kuni kuniga bir marta, 14 kun davomida vena ichiga infuziya holida yuboriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Nojo'ya ko'rinishlarni kuchayishi kuzatiladi.

Analoglar MAVIKS inyektsiya uchun eritma 2ml 20mg / 2ml N5
Analoglari yo'q

MAVIKS inyektsiya uchun eritma 2ml 20mg / 2ml N5 savollari

MAVIKS inyektsiya uchun eritma 2ml 20mg / 2ml N5 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil