SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20

SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20 o'xshash dorilari




SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20 qo'llanmasi
Sutkalik doza qabul qilinganda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiya 2–3 soatdan keyin erishiladi, 8-soatga kelib asta-sekin pasayadi va 24 soatdan keyin Sikloferon iz miqdorida aniqlanadi. Preparatning yarim chiqarilish davri 4–5 soatni tashkil qiladi, shuning uchun uni tavsiya etilgan dozalarda qo'llash organizmda to'planish uchun sharoit yaratmaydi.
Allergik reaksiyalar
Sikloferon transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qalqonsimon bez kasalliklarida shifokor-endokrinolog maslahati zarur.
Agar preparatning navbatdagi dozasi o'tkazib yuborilgan bo'lsa, birinchi imkoniyatdayoq vaqt oralig'ini hisobga olmasdan va dozani ikki baravar oshirmasdan boshlangan sxema bo'yicha kursni davom ettirish kerak.
Davolash samarasi bo'lmaganda shifokorga murojaat qilish zarur.
Preparatning dozasini oshirib yuborish to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Homiladorlik, emizish davri, 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yutish akti takomillashmaganligi sababli), preparat komponentlariga individual toqatsizlik, dekompensatsiyalangan jigar sirrozi.
EHTIYOTKORLIK BILAN
Ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari zo‘rayish bosqichida (eroziyalar, oshqozon va/yoki o‘n ikki barmoqli ichak yaralari, gastritlar va duodenitlar) va anamnezda allergik reaksiyalar bo‘lganda preparatni qabul qilishdan oldin albatta
davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA QO‘LLANILISHI
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
SikloferonВ® ko'rsatilgan kasalliklarni davolashda qo'llaniladigan barcha dori preparatlari (shu jumladan interferonlar va kimyoterapevtik preparatlar) bilan mutanosib.
SikloferonВ® interferonlar va nukleozidlar analoglari ta'sirini kuchaytiradi.
Birga qo'llanilganda SikloferonВ® kimyoterapiya va interferonoterapiyaning nojo'ya ta'sirlarini kamaytiradi.
4–6 yoshli bolalarga: har qabulga 150 mg dan (1 tabletka);
7–11 yoshli bolalarga: har qabulga 300–450 mg dan (2–3 tabletka);
kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: har qabulga 450–600 mg dan (3–4 tabletka).
Takroriy kursni birinchi kurs tugaganidan 2–3 hafta o‘tgach o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Kattalarda:
1. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni davolashda preparat 1, 2, 4, 6, 8-kunlari qabul qilinadi (davolash kursi – 20 tabletka). Davolashni kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lganda boshlash zarur.
Grippning og‘ir kechishida birinchi kuni oltita tabletka qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganda qo‘shimcha ravishda simptomatik terapiya (isitma tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi vositalar) o‘tkaziladi.
2. Gerpes infeksiyasida preparat 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20, 23-kunlari qabul qilinadi (davolash kursi – 40 tabletka). Davolash kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lganda eng samarali hisoblanadi.
To‘rt yoshdan boshlab bolalarda:
1. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarda preparat yoshga doir dozalarda 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20, 23-kunlari qabul qilinadi. Davolash kursi holatning og‘irligi
va klinik simptomlarning yaqqolligiga qarab 5 dan 10 qabulgachani tashkil qiladi.
2. Gerpes infeksiyasida preparat davolashning 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14-kunlari qabul qilinadi. Davolash kursi holatning og‘irligi va klinik simptomlarning yaqqolligiga qarab o‘zgarishi mumkin.
3. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarning shoshilinch nospetsifik profilaktikasi uchun (gripp yoki boshqa etiologiyali O‘RK bilan og‘rigan bemorlar bilan bevosita muloqotda, gripp epidemiyasi davrida): 1, 2, 4, 6, 8-kunlari. Keyin 72 soat (uch sutka) tanaffus qilinadi va kurs
11, 14, 17, 20, 23-kunlari davom ettiriladi. Umumiy kurs 5 dan 10 qabulgachani tashkil qiladi.
Xususiyatlar SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20
Sikloferon boshqa chiqarish shakllari

SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20 analoglari








