Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Vitaminlar  / VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N10

VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Vitaminlar
Farmakoterapevtik guruh:

Vitaminlar

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
ATX kodi:A11ЕA
Barcha VITAMIN V KOMPLEKS dorilari
12 ta dorixonada bor
Narxi 14 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 12 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N10 o'xshash dorilari

SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
115 000 so'm dan
Narxi
102 200 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•105 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan

VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Retsept bo‘yicha.

Tarkibi

2 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) 10 mg, riboflavin natriy fosfati, 100 % riboflavin ekv. (V2 vitamini) 2 mg, piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 10 mg, nikotinamid (RR vitamini) 100 mg. yordamchi moddalar: dinatriy edetati, metilparagidroksibenzoati (Ye218), glitserin, xlorid kislotasi, in’eksiya uchun suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: 2 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) 10 mg, riboflavin natriy fosfati, 100 % riboflavin ekv. (V2 vitamini) 2 mg, piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 10 mg, nikotinamid (RR vitamini) 100 mg.

yordamchi moddalar: dinatriy edetati, metilparagidroksibenzoati (Ye218), glitserin, xlorid kislotasi, in’eksiya uchun suv.

Chiqarish shakli

2 ml.dan ampulalar.

Farmakodinamikasi

V guruhi vitaminlari suvda eriydi va turli xil kimyoviy tuzilmalarga ega bo‘lgan organik birikmalarni namoyon qiladi. Ular organizmning hayotiy funksiyalari uchun mutlaqo zarurdir. Past konsentratsiyalarda ular biologik faollikka ega va hujayra funksiyalariga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ular bir qator ferment tizimlarining tarkibiga kirib, uglevod, oqsil va lipid almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi. Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini). Organizmda faol tiaminpirofosfatga aylanadi va koferment sifatida pirouzum va alfa-ketoglutar kislotalarini, glyukoza oksidlanishining pentoza fosfat yo‘lining fermenti – transketolazaning oksidalnuvchi dekarboksilirlanishida ishtirok etuvchi, piruvatdekarboksilaza, alfa-ketoglutaratdekarboksilaza birikmalari tarkibiga kiradi. Vitamin V1 nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi. U sinapslarda nerv impulslarining o‘tkazilishiga ta’sir qiladi. Natriy fosfat riboflovini (V2 Vitamini). Riboflavinning fiziologik ahamiyati flavin kofermentlari sintezining substrat faollashuvi - ATF bilan o‘zaro ta’sirlashish bilan belgilanadi, proton o‘tkazishida va oksidlanish qaytarilish jarayonini boshqarishda ishtirok etuvchi flavinmononukleotid va flavinadenindinukleotid hosil qiladi va hujayra nafas olishida ishtirok etadi. Uglevodlar, lipidlar, aminokislotalar, temir va porfirinlar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, hamda eritropoetin, gemoglobin sintezida, o‘sish jarayonlarida ishtirok etadi. Markaziy va vegetativ nerv tizimining funksiyasiga ta’sir qiladi, normal ko‘rish funksiyasini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Bir oz oshqazonni sekretor funksiyasini oshiradi (me’da shirasini xlorid kislotasi xosil bo‘lishida ishtirok etadi), o‘t ajralishini yaxshilaydi, ichakning normal mikroflorasini ushlab turish uchun zarur. Jigarning glikogenofiksirlovchi, sintetik, antitoksik funksiyasini yaxshilaydi, jigar hujayralarini insulin ta’siriga sezuvchanligini oshiradi, insulinni inkretsiyalaydi,qonda bilirubin darajasini normallashtiradi, fagotsitoz jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi. Piridoksin gidroxloridi (Vitamin V6) - piridoksalfosfatgacha fosfat kislotasini qoldig‘ini organik moddalar molekulasiga qo‘shiladi va turli to‘qimalarda, jumladan, nerv to‘qimasida aminokislotalarni karboksil guruxini ajralash va aminokislotalardan ketokislotalarga aminoguruxni qaytuvchan o‘tkazilishida koferment sifatida ishtirok etadi. Bu nerv tizimining rivojlanishi va faoliyatida muhim vitamin hisoblanadi. Triptofan, glutamin kislota, sistein, metionin almashinuvida, hamda aminokislotalarni hujayra membranasi orqali tashilishida muhim rol o‘ynaydi. Neyrotransmitterlar sintezini faollashtiradi. Antinotsitseptik ta’sirga ega - og‘riq impulslarini o‘tkazish tizimiga ta’sir qiladi, og‘riq ma’lumotlarini turli darajalarda o‘tkazilishini nazorat qiladi. V12 vitamini, foliy kislotasi almashinuvida, porfirinlar sintezida, to‘yinmagan yog‘ kislotalari almashinuvida ishtirok etadi. Qon xosil qilish va immun tizimi faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Miofibrillarda metabolik jarayonlarga aktivlovchi ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa miokard gipoksiyasida. Prolaktin darajasini kamaytirish qobiliyatiga ega. Vitamin V6 homiladorlik davrida ma’lum darajada ko‘ngil aynishini yo‘qotadi. Nikotinamid (vitamin RR yoki V3 vitmaini). Tuzilishi jixatdan nikotin kislotasiga yaqin, lekin shu bilani birga aniq qon tomir kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi, uni qo‘llaganda teri yuzalarini qizarishi va boshga qon "quyilish" hissi kuzatilmaydi. U hujayradagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi va kodegidrogenaza I (NAD) va II (NADF) ning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Yog‘lar, oqsillar, aminokislotalar, purinlar, to‘qima nafasida, glikogenoliz almashinuvida ishtirok etadi. Bundan tashqari, preparat pellagraga qarshi ta’sirga ega.

Farmakokinetikasi

Taqsimlanishi Vitamin V1 va V6 yuborilgan joyda tez so‘riladi va barcha to‘qimalarda taqsimlanadi. Vitamin V6. Yuborilgan dozaning 70-80% gachasi mushaklarda taqsimlanadi, 10 % gacha jigarda, qolgan qismi boshqa to‘qimalar va a’zolarda taqsimlanadi. Metabolizmi V1 vitamini yuqori darajada metabolizmga uchraydi va uning asosiy metabolitlari bo‘lib tiaminkarbon kislotasi va piramin hisoblanadi. Piridoksin va pirodaksamin piridoksalkinaza fermenti tomonidan fosforlanadi va so‘ngra flavinga muxtoj ferment yordamida piridoksal 5-fosfatga aylanadi. Nikotinamid N-metil-nikotinamidgacha metabolizmga uchraydi, va so‘ngra oksidlanadi. Chiqarilishi V1 vitamini siydik bilan va bir qismi safro bilan chiqariladi. V1 vitamini ko‘krak suti bilan ham ajraladi. V2 vitamini o‘zgarmagan ko‘rinishda yoki riboflavin 5-fosfati ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. V6 vitamini asosan metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Gemodializ orqali chiqariladi, shuning uchun gemodializ o‘tkazilayotgan patsiyentlarda yuqoriroq dozalar- tavsiya etilgan dozaning 100% dan 300 % gacha dozalarda davolash tavsiya etiladi. Nikotinamid asosan safro bilan, yuqoriroq dozalarda esa metabolitlar yoki o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali ham chiqariladi.

Dori shakli

In’eksiya uchun eritma.

Nojo'ya samaralari

Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari-eshakemi, qichishish yoki Kvinke tipidagi shish, ayniqsa allergiyaga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Nikotinamid (vitamin V Kompleks tarkibida) yuz terisi qizarishi va qizib ketish hissini chaqirishi mumkin. Riboflavin siydikni to‘q sariq rangga bo‘yash mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Yomon sifatli jarayonlarda o‘sma xujayralarning profileratsiyasini rag‘batlantirish mumkinligi tufayli Vitamin V Kompleksni (tiamin saqlovchi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Vitmain V Kompleksini qo‘llashdan oldin anafilaktik shok paydo bo‘lishini juda kam, jiddiy xavfi tufayli, in’eksiya uchun eritmasiga teri-allergik reaksiya sinamasi tavsiya etiladi. Preparat Erlix reaktivi yordamida siydikdagi urobilinogenni aniqlashda soxta ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Preparat tarkibidagi riboflavin siydikni to‘q sariq rangga bo‘yashi mumkin. Preparat allergik reaksiyalarga, odatda kontakt dermatit kabi sekirn reaksiyalar, kamdan-kam hollarda-eshakemi va bronxospazmga olib kelishi mumkin bo‘lgan, yordamchi modda sifatida metil paragidroksibenzoatini o‘z ichiga oladi. Anamnezida oshqozon yarasi, gastrit, qon ketish, podagra, jigar va o‘t yo‘llari zararlanishi bo‘lgan bemorlarda nikotinamiddan foydalanish alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi. Ayniqsa Vitamin V kompleksi bilan uzoq muddat davolanish talab qilinganda, transaminazalar, ishqoriy fosfataza, GGTP, bilirubin, siydik kislotasi, trombotsitlar darajasini nazorat qilish kerak. Preparat 1 mmoldan kamroq (23 mg) dozada natriy saqlaydi, ya’ni qonda natriy darajasini nazorat qilish kerak bo‘lgan bemorlar uchun xavfsizdir. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash Preparatni homiladorlik vaqtida shifokor ko‘rsatmasiga binoan terapevtik dozalarda qo‘llash mumkin. Yuqori dozalarni qo‘llash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda piridoksinga moyillik sindromini chaqirishi mumkin. Xavfsizlikni tasdiqlovchi nazorat klinik tadqiqotlar yo‘qligi tufayli, xomiladorlik davrida dori vositasidan foydalanish, faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan foyda/xavf nisbatini baholashdan so‘ng qo‘llash mumkin. Vitamin V Kompleks preparatini emizish davridagi ayollarda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Vitamin V6 ona suti orqali chiqariladi va uning konsentratsiyasi ona tomonidan qabul qilingan dozaga bog‘liq. Agar preparatdan foydalanish kerak bo‘lgan holatda, davolash paytida ko‘krak suti bilan boqishni to‘xtatish kerak. Dori vositasini avtotransport vositalarini yoki potensial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga hosligi Vitamin V Kompleksi terapevtik dozalarda transport vositasini boshqarish va murakkab mexanizmlarda ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Qo'llanilishi

V guruhi vitaminlari preparati (V1, V2, V6) va nikotinamid tansiqligida quyidagi kasalliklarda qo‘llanadi: • markaziy va vegetativ nerv tizimi: nevritlar, polinevritlar (alkogolli, toksik, postinfeksion), diabetik polinevropatiya, nevralgiyalar, ishias, markaziy genezli spastik holatlar, miasteniya, Vernik ensefalopatiyasi, vegetativ nevrozlar, asteniya; • teri: dermatitlar, neyrodermitlar, ekssudativ diatez, psoriaz, qizil yuguruk, furunkulez; • boshqalar: stomatit, glossit, kolit, spru, ateroskleroz, surunkali alkogolizm, gepatitlar, anemiya, intoksikatsiyada qo‘llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

• preparatning faol moddalari yoki har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya); • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar. • II-III darajada arterial gipertenziyasida qo‘llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Nomutanosiblik In vitro nomutanosibligi isbotlik tufayli Vitamin V Kompleksni quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda(bir shpritsda aralashtirish) qo‘llash tavsiya etilmaydi: • benzilpenitsillin va oksatsillin(antibiotikni inaktivatsiyasi va pretsipitatsiyasi); • makrolidlar(erimaydigan cho‘kmani xosil qilish); • xloramfenikol(pretsipitatsiya); • S vitamini( V6 vitmini inaktivatsiyasi). Xlorampromazin V6 vitmainini siydik bilan birga chiqishini kuchaytiradi. Probenatsid V2 vitaminining tubulyar sekretsiyasini susaytiradi, buning natijasida uni siydik bilan chiqarilishi sekinlashadi va terpayevtik nojo‘ya ta’sirlari kuchayishi mumkin. V1 vitamini bo‘lganligi, ayrim antigipertenziv dori vositalarning(adrenolitiklar) samarasi susayishi, shuningdek barbituratlar va glutemidning sedativ samarasini susaytirishi mumkin. V1 vitamini tritsiklik antidepressantlarni(nortriptilin, imipramin, dezipramin), ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda ta’sirini kuchaytirishi mumkin. V6 vitamini levodopaning parkinsonga qarshi ta’sirini kamaytiradi. Nikotinamid va tutqanoqqa qarshi vositalarni (karbamazepin, diazepam i natriy valproat) bir vaqt qabul qilish ularning tirishishiga qarshi samarasini kuchaytirishi mumkin.

Ta'rifi

Tiniq, sariq-yashil rangli, tiamin gidroxloridiga xos xidli suyuqlik.

Dozirovkasi

Preparat odatda mushak ichiga va kamroq hollarda - vena ichiga tavsiya etiladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - kuniga yoki kunora 1 ml dan. 12 yoshdan katta bolalarga va kattalarga - kuniga yoki kunora 1-2 ml dan buyuriladi. Davolash kursi 5-10 kunni tashkil qiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Ortiqcha V vitaminlari tanadan osongina chiqariladi, shuning uchun preparatning dozasini oshirib yuborish ehtimol kam. Simptomlari: juda yuqori dozalarda (10 g dan ortiq) Vitamin V Kompleksi dozani oshib ketish simptomlari (qo‘zg‘alish, tremor, qo‘rquv, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishish) ga olib kelishi mumkin. Davolash simptomatik.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni homiladorlik vaqtida shifokor ko‘rsatmasiga binoan terapevtik dozalarda qo‘llash mumkin. Yuqori dozalarni qo‘llash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda piridoksinga moyillik sindromini chaqirishi mumkin. Xavfsizlikni tasdiqlovchi nazorat klinik tadqiqotlar yo‘qligi tufayli, xomiladorlik davrida dori vositasidan foydalanish, faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan foyda/xavf nisbatini baholashdan so‘ng qo‘llash mumkin.


Vitamin V kompleks preparatini emizish davridagi ayollarda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Vitamin V6 ona suti orqali chiqariladi va uning konsentratsiyasi ona tomonidan qabul qilingan dozaga bog‘liq. Agar preparatdan foydalanish kerak bo‘lgan holatda, davolash paytida ko‘krak suti bilan boqishni to‘xtatish kerak.

VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N10 boshqa chiqarish shakllari

VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 3ml N10
VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 3ml N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Ellington General L.P., Velikobritaniya proizvedeno: Bicon Pharmaceutical Jiangsu Co. Ltd
VITAMIN V KOMPLEKS — YeT inyeksiya uchun eritma 2ml N10
VITAMIN V KOMPLEKS — YeT inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Eastmount Invest L.P., Velikobritaniya proizvedeno: Kivipharm Co., Ltd
VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N10
VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sofarma, AO
•12 ta dorixonada bor
Narxi
14 000 so'm dan
Analoglar VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Analoglari yo'q

VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N10 savollari

VITAMIN V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 2ml N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil