VITARICH sirop 200ml

VITARICH sirop 200ml qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
Vitarich vitaminlar va mikroelementlarni saqlovchi majmuaviy preparatdir, uning farmakologik ta'siri tarkibiga kiruvchi vitaminlar va mikroelementlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Retinol palmitat (A vitamini) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, purin va pirimidin asoslari sintezini rag'batlantiradi, ATF sinteziga yordam beradi, teri, shilliq qavatlar, shuningdek ko'rish a'zosining normal ishlashini ta'minlaydi. Xolekaltsiferol (D3 vitamini) oqsil (kaltsiyni bog'lovchi) sintezini rag'batlantiradi, ichak devori orqali qon va to'qimalarga kaltsiy tashilishini yaxshilaydi; suyak o'sishi zonalarida tog'ay to'qimasi rivojlanishini normallashtiradi; oqsil stromasi sintezini, qon plazmasidan kaltsiyni qamrab olishni va uning suyaklarda fosfatlar shaklida to'planishini faollashtiradi; buyraklarning proksimal naychalarida kaltsiy, natriy va fosfatlar reabsorbtsiyasini engillashtiradi. Tokoferol atsetat (E vitamini) tabiiy antioksidant hisoblanadi va erkin radikal jarayonlarini tormozlaydi, hujayra va hujayra osti membranalarini shikastlovchi peroksidlar hosil bo'lishining oldini oladi. Tokoferol atsetat gem va gem saqlovchi fermentlar sintezini rag'batlantiradi, to'qima nafasini yaxshilaydi, xolesterin sintezini ingibitsiya qiladi; kapillyarlarning o'tkazuvchanligi va mo'rtligi oshishini, urug' naychalari, moyaklar va platsenta funktsiyasining buzilishini ogohlantiradi; reproduktiv funktsiyani normallashtiradi. Tiamin gidroxloridi (B1 vitamini) jigarda fosforillanish natijasida karboksilazaga aylanadi, u ko'plab fermentativ reaktsiyalarning kofermenti hisoblanadi. B1 vitamini uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvini, shuningdek nerv sinapslarida qo'zg'alishni uzatish jarayonlarini tartibga solishda muhim rol o'ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada kardiomiotsitlar metabolizmini va ularning qisqarish funktsiyasini yaxshilashga yordam beradi. Riboflavin (B2 vitamini) hujayra nafasi va ko'rish idroki jarayonlarining muhim katalizatori hisoblanadi. ATF bilan o'zaro ta'sir qilib, flavoproteinlar kofermentlarini hosil qiladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tartibga soladi, to'qima nafasida, uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvida, ko'zning normal ko'rish funktsiyasini saqlashda, gemoglobin va eritropoetin sintezida ishtirok etadi. Piridoksin gidroxloridi (B6 vitamini) organizm tomonidan to'yinmagan yog' kislotalaridan foydalanishni yaxshilaydi, asab tizimi, jigar funktsiyasi, qon yaratilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Piridoksin oltingugurt saqlovchi aminokislota – taurin (metionin va tsiteindan) sinteziga yordam beradi, u nerv-mushak o'tkazuvchanligini, mushak qisqaruvchanligini normallashtiradi, tirishishlar rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Sianokobalamin (B12 vitamini) organizmda (asosan jigarda) koferment shakliga – adenozilkobalamin yoki kobamamidga aylanadi, u B12 vitaminining faol shakli hisoblanadi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamamid dezoksiriboza va DNK, kreatin va metionin hosil bo'lishi uchun, shuningdek normal qon yaratilishi uchun zarur – eritrotsitlarning etilishiga yordam beradi. Eritrotsitlarda sulfgidril guruhlarini saqlovchi birikmalar to'planishiga yordam beradi, bu ularning gemolizga tolerantligini oshiradi. Qon ivish tizimini faollashtiradi, tromboplastik faollik va protrombin faolligining oshishini chaqiradi. Jigar va asab tizimi funktsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. To'qimalarning regeneratsiya qobiliyatini oshiradi. Dekspantenol koenzim A ning tarkibiy qismi sifatida uglevodlar va yog'larning atsetillanishi va oksidlanishi jarayonlarida, yog' kislotalari va gormonlar sintezida muhim rol o'ynaydi. Nikotinamid to'qima nafasi jarayonlarida, uglevodlar, yog'lar va aminokislotalar metabolizmida ishtirok etadi. L-lizin (aminosirka kislotasi) eng muhim almashtirib bo'lmaydigan aminokislota hisoblanadi va organizmning normal o'sishi, gormonlar, antitelolar, fermentlar hosil bo'lishi, shuningdek to'qimalarni tiklash uchun zarur. Kaliy yodid oshqozon-ichak traktidan so'rilgandan so'ng qalqonsimon bezda yodgacha oksidlanadi, u yodning tiroksinga qo'shilishini va uning di- va monoyodtirozinga aylanishini ta'minlaydi, tireotrop gormon sintezi va ajralishini tormozlaydi. Mis metabolizm jarayonlarida muhim rol o'ynaydi, eritrotsitlarning normal funktsiyasi va temir almashinuvi uchun zarur. Rux organizmda fiziologik va patologik jarayonlarda muhim rol o'ynaydi, metabolik va immun jarayonlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, skeletning normal shakllanishi va to'qimalar regeneratsiyasi uchun zarur; insulin, kortikotropin, somatotropin va gonadotropinlar kabi hayotiy muhim gormonlar tarkibiga kiradi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Vitarich preparatini qabul qilish vaqtida vitaminlar va mikroelementlarni saqlovchi boshqa preparatlarni qo'llash tavsiya etilmaydi. Preparat qabul qilinganda siydik sariq rangga bo'yalishi mumkin, bu mutlaqo zararsiz va preparat tarkibida riboflavin mavjudligi bilan bog'liq. Tavsiya etilgan dozani oshirmang. Ishlatishdan oldin chayqatilsin. Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo'llanilishi Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni qo'llash xavfsizligi bo'yicha adekvat va qat'iy nazorat qilinadigan tadqiqotlar o'tkazilmagan. Homiladorlikning II va III trimestrlarida tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda biror-bir salbiy oqibatlar qayd etilmagan.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
qandli diabet (Vitarich siropi 5 ml siropda 2 g qand saqlaydi); A va D gipervitaminozi; preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dozirovkasi
Preparat ichishga qabul qilinadi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 1 choy qoshiq siropdan kuniga 1-2 marta (kuniga 10 ml sirop, bir martalik doza o'lchov stakanchasida 5 ml dan) buyurish tavsiya etiladi. 4 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 1 choy qoshiq siropdan kuniga 2-3 marta (kuniga 10-15 ml sirop, bir martalik doza o'lchov stakanchasida 5 ml dan). 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 1 osh qoshiq siropdan kuniga 1-2 marta (kuniga 10-20 ml sirop, bir martalik doza o'lchov stakanchasida 10 ml dan). Siropni qoshiqchadan yoki o'lchov stakanchasi bilan berish mumkin va suv bilan ichishga ruxsat etiladi. Ishtaha bo'lmaganda siropni 1 oy davomida har kuni qo'llash kerak. Takroriy qabul qilish kursi - 1-3 oydan keyin, kurslar orasidagi intervalni kamaytirish yoki oshirish zaruratini shifokor individual hal qiladi. Kattalarga, shu jumladan homiladorlarga 1-2 osh qoshiqdan yoki o'lchov stakanchasida 10 ml dan kuniga 3 marta
Hajm/og'irlik
VITARICH sirop 200ml o'xshash dorilari



VITARICH boshqa chiqarish shakllari



