Apteka.uz
SavatKirish

VITARICH

VITARICH chiqarilish shakllari

VITARICH tabletkalari N100
Retseptsiz
VITARICH tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Saga Laboratories Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
24 200 so'm dan
VITARICH tabletkalari N30
Retseptsiz
VITARICH tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Saga Laboratories Ltd
•92 ta dorixonada bor
Narxi
64 500 so'm dan
- VITARICH qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- VITARICHning tarkibi
- VITARICH ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- VITARICH narxi Toshkent dorixonalarida

VITARICH haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITARICH

VITARISH

Preparatning savdo nomi: Vitarich

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi:

Faol modda:

Retinol palmitati (A vitamini)                                                          5000 TB

Xolekalsiferol (D3 vitamini)                                                 400 TB

Tokoferol asetati (Ye vitamini)                                                 15 TB

Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)                                          10 mg

Riboflavin (V2 vitamini)                                                           10 mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                 2 mg

Sianokobalmain (V12 vitamini)                                                 7,5 mkg

Nikotinamid                                                                                              50 mg

Kalsiy pantotenati                                                                    10 mg

Askorbin kislotasi                                                                                  75 mg

Magniy oksidi                                                                               30 mg

Magniy sulfat                                                                              2,8 mg

Mis sulfati                                                                                  2 mg

Rux sulfati                                                                                   63 mg

Selen dioksidi                                                                              70 mkg

Ta‘rifi: kapsulasimon shaklli, qizil-pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar va mikroelementlar.

ATX kodi: A11AA04

 

Farmakologik xususiyatlari

Vitarich vitaminlar va mikroelementlarni saqlovchi majmuaviy preparat bo‘lib, farmakologik ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi vitaminlar va mikroelementlarning xususiyatlariga bog‘liq.

Retinol palmitati (A vitamini) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, purin va pirimidin asoslari sintezini rag‘batlantiradi, ATF sinteziga yordam beradi, teri, shilliq qavati, shuningdek ko‘rish a‘zolarini normal faoliyatini ta‘minlaydi.

Xolekalsiferol (D3 vitamini) oqsil (kalsiy bog‘lovchi oqsil) sintezini rag‘batlantiradi kalsiyni ichak devori orqali qon va to‘qimalarga tashilishini yaxshilaydi; suyaklarning o‘sish sohalarida tog‘ay to‘qimalarini rivojlanishini normallashtiradi, oqsil stromasi sintezini faollashtiradi, kalsiyni qon plazmasidan qamrab olinishini va uni suyaklarda fosfatlar ko‘rinishida mustahkam fiksasiyalanishini faollashtiradi, buyrakning proksimal naychalarida kalsiy, natriy va fosfatlarni qayta so‘rilishini yengillashtiradi.

Tokoferol asetati (Ye vitamini) tabiiy antioksidant hisoblanadi va erkin radikalli jarayonlarni tormozlaydi, hujayra va hujayra organella membranalarini shikastlovchi peroksidlarni hosil bo‘lishini bartaraf qiladi. Tokoferol asetati gem va gem saqlovchi fermentlar sintezini rag‘batlantiradi, to‘qimalar nafas faoliyatini yaxshilaydi. Xolesterin sintezini ingibirlaydi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini va sinuvchan oshishini, urug‘ naychalari, urug‘don va yo‘ldosh faoliyatini buzilishini oldini oladi, reproduktiv faoliyatni normallashtiradi.

Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) jigarda ko‘pchilik ferment reasiyalarining kofermenti hisoblangan fosforlanish natijasida karboksilazaga aylanadi. V1 vitamini karbonsuvlar, oqsillar va yog‘larni almashinuvi, shuningdek nerv sinapslarida qo‘zg‘alishni o‘tkazilishi, jarayonlarini boshqarilishida muhim rol o‘ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada kardiomiesitlarni metabolizmiga va ularning qisqaruvchanlik faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi.

Riboflavin (V2 vitamini) hujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarida muhim katalizator hisoblanadi. ATF bilan o‘zaro ta‘sirga kirishib, flavoproteinlar koenzimini hosil qiladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, to‘qimalarni nafas jarayonlarida, karbonsuvlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida ishtirok etadi. Ko‘zlarni normal ko‘rish faoliyatini tutib turishda, gemoglobin va eritropoetinni sintezida ishtirok etadi.

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) organizm tomonidan to‘yinmagan yog‘ kislotalarini ishlatilishini yaxshilaydi, nerv tizimiga, jigar faoliyatiga, qon yaratilishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Piridoksin oltingugurt saqlagan aminokislotalarni – taurinnni (metionin va sisteindan) sintezlanishiga yordam beradi, u nerv-mushak o‘tkazuvchanligini, mushak qisqaruvchanligini normallashtiradi, tirishishlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Sianokobolamin (V12 vitamini) organizmda (asosan jigarda) koferment shakliga – adenozil kobalaminga yoki kobamidga aylanandi, u V12 vitaminining faol shakli hisoblanadi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamid dezoksiriboza va DNK, kreatin va metioninni hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, shuningdek normal qon yaratilishi uchun ham- eritrositlarni yetilishga yordam beradi. Eritrositlarda sulfgidril guruhlarni saqlagan birikmalarni to‘planishiga yordam beradi, bu ularni gemolizga nisbatan tolerantligini oshiradi. Qonni ivish tizimini faollashtiradi, tromboplastik faollikni va protrombin faollikni oshiradi. Jigar va nerv tizimini faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. To‘qimalarni regenerasiyasiga bo‘lgan qobiliyatini oshiradi.

Nikotinamid to‘qimalarni nafas jarayonlarida, karbonsuvlar, yog‘lar va aminokislotalarning metabolizmida ishtirok etadi.

Pantotenat kislotasi organizmda asetillanish koenzimini (KOA) tarkibiga kiradi, u asetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Pantoten kislotasi karbonsuvlarni, yog‘larni almashinuvida va asetilxolinni sintezida ishtirok etadi. U buyrak usti bezi po‘stlog‘ida ancha miqdorda saqlanadi va kortikosteroidlarni hosil bo‘lishini  rag‘batlantiradi.

Askorbin kislotasi organizmni hayot faoliyatida muhim rol o‘ynaydi, yaqqol kuchli tiklovchi (antioksidant) xususiyatlarga ega. Ko‘pchilik biokimyoviy reaksiyalarda vodorodni tashilishini boshqaradi, glyukozani trikarbon kislotasi siklida ishlatilishini yaxshilaydi, tetragidrofolat kislotasini, steroid gormonlarni, kollagenni va prokollagenni sintezida, to‘qimlarni regenerasiyasida ishtirok etadi. Hujayralaro moddalarni kolloid holatini va kapillyarlar normal o‘tkazuvchanligini (gialuronidaza faolligini susayishi oqibatida) tutib turishga yordam beradi. Xolesterin almashinuvida ishtirok etadi, jigarning detoksikasion va oqsil sintezlovchi faoliyatini (nafas fermentlarini faollashuvi natijasida) kuchaytiradi, jigarda glikogenni to‘planishiga va protrombinni hosil bo‘lishiga yordam beradi. Me‘da osti bezini safro ajralib chiqarilishi va tashqi sekretor faoliyatini yaxshilaydi.

Magniy mushak va suyak to‘qimasini shakllanishida, shuningdek oqsillarni sintezida ishtirok etadi.

Mis metabolizm jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi, eritrositlarni va temir almashinuvini normal faoliyati uchun kerak.

Rux organizmda fiziologik va patologik jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi, metabolik va immun jarayonlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, skeletni normal shakllanishi va to‘qimalarni regenerasiyasi uchun kerak, insulin, kortikotropin, somatotropin va gonadotropin kabi hayotiy muhim gormonlarni tarkibiga kiradi.

Selen organizmni fermentativ antioksidant faoliyatini normal taminlovchi muhim mikroelementalardan biri, u antitelalarni hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi va bu bilan shamollash va infeksion kasalliklardan himoyani oshiradi, eritrositlarni ishlab chiqarilishida ishtirok etadi, jinsiy faollikni rag‘batlantirib va uzayishiga yordam beradi.

Qo‘llanilishi

Giporvitaminozni, mineral moddalarni va mikroelementlarni yetishmovchiligini, shu jumladan quyidagilarda qo‘llanadi:

– jadal aqliy va jismoniy yuklama davrida,

– o‘tkazilgan kasalliklardan keyin sog‘ayish davrida,

– yetarli bo‘lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda,

– homiladorlik davrida va emizish davrida.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – sutkada 1 tabletkadan ovqatdan keyin buyuriladi.

Preparatni qabul qilish davomiyligini shifokor shaxsiy ravishda belgilaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Vitarich preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba‘zida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bo‘lishi mumkin, ammo ular preparatni bekor qilinishini talab qilmaydi. Allergik reasiyalar kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vitarich preparatini qabul qilish vaqtida vitaminlarni va mikroelementlarni saqlagan preparatlarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat qabul qilinganda siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu mutloq xavfsiz bo‘lib, preparatning tarkibida riboflavinni bo‘lishi bilan bog‘liqdir.

Tavsiya qilingan dozani oshirmang.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilgan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim. Davolash: preparatni qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar. 10 tabletkadan alyumin folgali blisterda. 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

qandli diabet (Vitarich siropi 5 ml siropda 2 g qand saqlaydi); A va D gipervitaminozi; preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Farmakologik ta'siri

Vitarich vitaminlar va mikroelementlarni saqlovchi majmuaviy preparatdir, uning farmakologik ta'siri tarkibiga kiruvchi vitaminlar va mikroelementlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Retinol palmitat (A vitamini) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, purin va pirimidin asoslari sintezini rag'batlantiradi, ATF sinteziga yordam beradi, teri, shilliq qavatlar, shuningdek ko'rish a'zosining normal ishlashini ta'minlaydi. Xolekaltsiferol (D3 vitamini) oqsil (kaltsiyni bog'lovchi) sintezini rag'batlantiradi, ichak devori orqali qon va to'qimalarga kaltsiy tashilishini yaxshilaydi; suyak o'sishi zonalarida tog'ay to'qimasi rivojlanishini normallashtiradi; oqsil stromasi sintezini, qon plazmasidan kaltsiyni qamrab olishni va uning suyaklarda fosfatlar shaklida to'planishini faollashtiradi; buyraklarning proksimal naychalarida kaltsiy, natriy va fosfatlar reabsorbtsiyasini engillashtiradi. Tokoferol atsetat (E vitamini) tabiiy antioksidant hisoblanadi va erkin radikal jarayonlarini tormozlaydi, hujayra va hujayra osti membranalarini shikastlovchi peroksidlar hosil bo'lishining oldini oladi. Tokoferol atsetat gem va gem saqlovchi fermentlar sintezini rag'batlantiradi, to'qima nafasini yaxshilaydi, xolesterin sintezini ingibitsiya qiladi; kapillyarlarning o'tkazuvchanligi va mo'rtligi oshishini, urug' naychalari, moyaklar va platsenta funktsiyasining buzilishini ogohlantiradi; reproduktiv funktsiyani normallashtiradi. Tiamin gidroxloridi (B1 vitamini) jigarda fosforillanish natijasida karboksilazaga aylanadi, u ko'plab fermentativ reaktsiyalarning kofermenti hisoblanadi. B1 vitamini uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvini, shuningdek nerv sinapslarida qo'zg'alishni uzatish jarayonlarini tartibga solishda muhim rol o'ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada kardiomiotsitlar metabolizmini va ularning qisqarish funktsiyasini yaxshilashga yordam beradi. Riboflavin (B2 vitamini) hujayra nafasi va ko'rish idroki jarayonlarining muhim katalizatori hisoblanadi. ATF bilan o'zaro ta'sir qilib, flavoproteinlar kofermentlarini hosil qiladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tartibga soladi, to'qima nafasida, uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvida, ko'zning normal ko'rish funktsiyasini saqlashda, gemoglobin va eritropoetin sintezida ishtirok etadi. Piridoksin gidroxloridi (B6 vitamini) organizm tomonidan to'yinmagan yog' kislotalaridan foydalanishni yaxshilaydi, asab tizimi, jigar funktsiyasi, qon yaratilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Piridoksin oltingugurt saqlovchi aminokislota – taurin (metionin va tsiteindan) sinteziga yordam beradi, u nerv-mushak o'tkazuvchanligini, mushak qisqaruvchanligini normallashtiradi, tirishishlar rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Sianokobalamin (B12 vitamini) organizmda (asosan jigarda) koferment shakliga – adenozilkobalamin yoki kobamamidga aylanadi, u B12 vitaminining faol shakli hisoblanadi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamamid dezoksiriboza va DNK, kreatin va metionin hosil bo'lishi uchun, shuningdek normal qon yaratilishi uchun zarur – eritrotsitlarning etilishiga yordam beradi. Eritrotsitlarda sulfgidril guruhlarini saqlovchi birikmalar to'planishiga yordam beradi, bu ularning gemolizga tolerantligini oshiradi. Qon ivish tizimini faollashtiradi, tromboplastik faollik va protrombin faolligining oshishini chaqiradi. Jigar va asab tizimi funktsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. To'qimalarning regeneratsiya qobiliyatini oshiradi. Dekspantenol koenzim A ning tarkibiy qismi sifatida uglevodlar va yog'larning atsetillanishi va oksidlanishi jarayonlarida, yog' kislotalari va gormonlar sintezida muhim rol o'ynaydi. Nikotinamid to'qima nafasi jarayonlarida, uglevodlar, yog'lar va aminokislotalar metabolizmida ishtirok etadi. L-lizin (aminosirka kislotasi) eng muhim almashtirib bo'lmaydigan aminokislota hisoblanadi va organizmning normal o'sishi, gormonlar, antitelolar, fermentlar hosil bo'lishi, shuningdek to'qimalarni tiklash uchun zarur. Kaliy yodid oshqozon-ichak traktidan so'rilgandan so'ng qalqonsimon bezda yodgacha oksidlanadi, u yodning tiroksinga qo'shilishini va uning di- va monoyodtirozinga aylanishini ta'minlaydi, tireotrop gormon sintezi va ajralishini tormozlaydi. Mis metabolizm jarayonlarida muhim rol o'ynaydi, eritrotsitlarning normal funktsiyasi va temir almashinuvi uchun zarur. Rux organizmda fiziologik va patologik jarayonlarda muhim rol o'ynaydi, metabolik va immun jarayonlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, skeletning normal shakllanishi va to'qimalar regeneratsiyasi uchun zarur; insulin, kortikotropin, somatotropin va gonadotropinlar kabi hayotiy muhim gormonlar tarkibiga kiradi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Vitarich preparatini qabul qilish vaqtida vitaminlar va mikroelementlarni saqlovchi boshqa preparatlarni qo'llash tavsiya etilmaydi. Preparat qabul qilinganda siydik sariq rangga bo'yalishi mumkin, bu mutlaqo zararsiz va preparat tarkibida riboflavin mavjudligi bilan bog'liq. Tavsiya etilgan dozani oshirmang. Ishlatishdan oldin chayqatilsin. Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo'llanilishi Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni qo'llash xavfsizligi bo'yicha adekvat va qat'iy nazorat qilinadigan tadqiqotlar o'tkazilmagan. Homiladorlikning II va III trimestrlarida tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda biror-bir salbiy oqibatlar qayd etilmagan.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Vitarich preparatini qabul qilish vaqtida vitaminlar va mikroelementlar saqlovchi boshqa preparatlarni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Preparat ichishga qabul qilinadi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 1 choy qoshiq siropdan kuniga 1-2 marta (kuniga 10 ml sirop, bir martalik doza o'lchov stakanchasida 5 ml dan) buyurish tavsiya etiladi. 4 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 1 choy qoshiq siropdan kuniga 2-3 marta (kuniga 10-15 ml sirop, bir martalik doza o'lchov stakanchasida 5 ml dan). 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 1 osh qoshiq siropdan kuniga 1-2 marta (kuniga 10-20 ml sirop, bir martalik doza o'lchov stakanchasida 10 ml dan). Siropni qoshiqchadan yoki o'lchov stakanchasi bilan berish mumkin va suv bilan ichishga ruxsat etiladi. Ishtaha bo'lmaganda siropni 1 oy davomida har kuni qo'llash kerak. Takroriy qabul qilish kursi - 1-3 oydan keyin, kurslar orasidagi intervalni kamaytirish yoki oshirish zaruratini shifokor individual hal qiladi. Kattalarga, shu jumladan homiladorlarga 1-2 osh qoshiqdan yoki o'lchov stakanchasida 10 ml dan kuniga 3 marta

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. VITARICH preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

VITARICH narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
64 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
64 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
64 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
64 900 so'm
Bron qilish

VITARICH haqida savollar

VITARICH haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil