×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VOMITON inyeksiya uchun eritma 4ml 0,2% N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Kusishga karshi vosita
Faol modda:
Ондансетрон
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- A04AA01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KLIN ENEMA eritma 135ml Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd Pokiston
7 800 s`om dan
BISAKODIL suppozitorii 10mg N10 Фармаприм, ООО Moldova
4 400 s`om dan
LASIDOFORTE kapsulalar N10 World Medicine Europe, Болгария произведено: Adipharm LTD Bolgariya
35 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: ondansetron gidroxlorid digidrati - 2 mg;

yordamchi moddalar-. limon kislotasi, natriy xloridi, natriy sitrat digidrati, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.

Chiqarilish shakli

2 va 4 ml li ampulalar.


In'ektsiya uchun eritma.
faol modda: ondansetron gidroxlorid digidrati - 2 mg; yordamchi moddalar-. limon kislotasi, natriy xloridi, natriy sitrat digidrati, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha
Ondansetron - 5NTz serotonin retseptorlarining selektiv antagonistidir. Ximioterapiya va nur terapiya natijasida, shuningdek, operatsiya davrdan keyin paydo bo‘luvchi ko‘ngil aynishi va kusishni bartaraf kilish uchun qo‘llaniladi. Ko‘ngil aynishi va qusishga qarshi ta'sir mexanizmi aniq ma'lum emas. Ximioterapivtik preparatlar va nur terapiyani qo‘llaganda ingichka ichakda 5NTz - serotonin retseptorlarni faollashtirish va adashgan nervning afferent tolalarini qo‘zg‘alishi orqali qusish refleksini chaqiruvchi serotoninni(5NT) ajralib chiqishi kuzatiladi. Adashgan nervning afferent oxirlarini faollashuvi, uz navbatida, IV korinchaning (trigger soxa) tubining orqa maydoniga 5NT ajralishini chakirishi mumkin, shunday kilib, markaziy mexanizmlar orkali kusish refleksini ishga solishi mumkin. Ondansetron bu jarayonlarni initsiatsiyasini bloklaydi. Shunday qilib, preparatning sitotoksik ximioterapiya va radioterapiya ko‘zg‘atgan yoki operatsiyadan keyingi davrdagi kungil aynishi va kusishni bostirish ta'siri, kusish refleksini boshqaruvchi markaziy (kusish refleksi) va periferik (me'da-ichak yuli) nerv tizimidagi neyronlarni 5NTz - retseptorlariga antagonistik ta'siri tufayli amalga oshadi. Ondansetron anksiolitik faollikka eta, sedativ samara, xarakatlar koordinatsiyasini buzilishi yoki faollik va ish kobiliyatni pasayishini chaqirmaydi. Somatik va psixomatik simptomlarga ta'sir kilib, yengil va o‘rta og‘irlik darajasidagi alkogolli abstinent sindromini simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi. Ondansetron dofamin retseptorlari bilan bog‘lanmaydi va kon plazmasidagi prolaktin kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi. Preparat dengiz kasalligidagi ko‘ngil aynishi va kusishga kuchsiz ta'sir qiladi.
Ondansetronning farmakokinetik ko‘rsatkichlari uni ko‘p marotaba yuborganda o‘zgarmaydi. So‘rilishi. Ondansetron mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda bir xil tizimli ta'sirga ega. Taqsimlanishi. Ondansetronning plazma oqsillari (70-76%) bilan bog‘lanish o‘rtacha qobiliyatiga ega. Ondansetronning kattalarda mushak ichiga va vena ichiga yuborilishidagi taqsimlanishi o‘hshash, muvozanat holatidagi taqsimlanish hajmi taxminan 140 l ni tashkil qiladi.  Metabolizmi Ondansetron asosan bir necha fermentlar ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydi. CYP2D6 fermentining (spartein/debrizoxinli tipidagi polimorfizmi) bo‘lmasligi ondansetronning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Chiqarilishi. Ondansetron qon oqimi tizimidan asosan jigar metabolizmi orqali chiqariladi. Yuborilgan dozani 5% dan kamrog‘i siydik bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Ondansetronning yarim chiqarilish davri mushak ichiga yuborilgandan keyin ham, vena ichiga yuborilgandan keyin ham taxminan 3 soatni tashkil qiladi. Patsiyeshplarning maxsus guruhlari Jinsi. Ondansetronning farmakokinetikasi patsiyentlar jinsiga bog‘lik. Ayollarda erkaklarga qaraganda tizimli klirens va taqsimlanish xajmi (ko‘rsatkichlar tana massasiga ko‘ra to‘g‘irlangan) kamligi aniqlangan. Bolalar va usmirlar (1 oydan 17 yoshgacha) Klinik tadqiqotlarda 1 dan 24 oygacha bo‘lgan bolalar (51 patsiyent) ondansetronni jarrorxlik aralashuvidan oldin 0,1 mg/kg yoki 0,2 mg/kg gacha qabul qilishgan. 1 dan 4 oygacha bo‘lgan patsiyentlarda klirens 5 dan 24 oygacha yoshdagi patsiyentlarga qaraganda taxminan 30% dan kam bo‘ldi, lekin 3 dan 12 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlardagi berilgan ko‘rsatkichlar bilan mos (tana massasiga ko‘ra ko‘rsatkichlarn tuzatish kiritish bilan). 1-4 oylik yoshdagi patsiyentlar guruhida yarim chiqarilish davrri o‘rtacha 6,7 soatni tashkil kilgan; 5-24 oylik va 3-12 yoshdagi patsiyentlar guruxida - 2,9 soat. 1 dan 4 oygacha bulgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, chunki ushbu toifadagi patsiyentlarda ondansetronni jarroxlik amaliyotidan keyinga ko‘ngil aynishi va kusishni davolash uchun bir martalik vena ichiga yuborilishi kullaniladi. 1-4 oylik yoshdagi patsiyentlarda farmakokinetik ko‘rsatkichlarning farqi taqsimlanishning yuqori hajmi bilan qisman tushuntiriladi. U mumiy og‘riqsizlantiriщ ostida rejali jarroxlik aralashuvi o‘tkazilgan 3-12 yoshli patsiyentlardagi (21 patsiyent) tekshiruvlarda klirens va taksimlanish xajmining mutlako kiymati vena ichiga bir marta 2 mg (3 dan 7 yoshgacha) yoki 4 mg (8 dan 12 yoshgacha) yuborilgandan keyin kattalardagi qiymat bilan taqqoslaganda pasaygan. Xar ikki ko‘rsatkich tana massasiga ko‘ra proportsional oshgan, 12 yoshdagi patsiyentlardagi kiymat kattalar kiymatiga yaqinlashgan. Klirens va taqsimlanish hajmi qiymatini tana vazniga mos holda to‘g‘irlashda ushbu ko‘rsatkichlar turli yosh guruhidagilarga yaqin bo‘lgan. Tana vazniga nisbatan dozani hisoblash (0,1 mg/kg, maksimal 4 mg gacha) bolalarda ushbu o‘zgarishlarni va ondansetronning tizimli ekspozitsiyasini kompensatsiya qiladi. 6 dan 48 oygacha bo‘lgan 74 ta patsiyentlarda ximioterapiya tufayli kelib chiqqan kusish va kusishni bartaraf etish uchun ondansetronni 0,15 mg/kg dozada xar 4 soatda 3 doza miqdorida vena ichiga yuborilgan va jarroxlik aralashuvidan keyin ondansteronning 0,1 mg/kg yoki 0,2 mg/kg bir martalik dozasi yuborilgan 1 dan 24 oygacha bo‘lgan 41 ta patsiyentlarda populyatsion farmakokinetik tahlil o‘tkazilgan. Ushbu guruhdagi farmkokinetik ko‘rsatkichlarga asoslanib, 1 dan 48 oygacha yoshdagi patsiyentlar uchun, preparatni jarroxlik aralashuvida 5 dan 24 oygacha yoshdagi patsiyentlarda, shuningdek, onkologik kasalliklari bor bolalardagi (4 dan 18 yoshgacha) oldingi tadqiqotlarda va jarroxlik aralashuvida(3 dan 12 yoshgacha) kullangan dozasi bilan mos bulgan, odansteronni vena ichiga 0,15 mg/kg dozada xar 4 soatda 3 doza miqdorida yuborish tizimli ekspozitsiyaga erishishga olib kelishi kerak (“kontsentratsiya - vaqt egriligi ostidagi maydon - AUC). Keksa yoshdagi patsiyentlar. Tadqiqotlar ondansteronning yarim chiqarilish davrini kuchsiz, klinik ahamiyatsiz yoshga bog‘likligini ko‘rsatgan. Buyrak funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlar. Buyrak funktsiyasi o‘rtacha buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ondansteronni vena ichiga yuborganda (kreatinin klirensi minutiga 15-60 ml) ondansteronning ham tizimli klirensi va ham taksimlanish xajmi pasaygan, uning natijasi yarim chiqarilish davrini biroz va klinik ahamiyatsiz oshishi kuzatilgan (5,4 soat gacha). Surunkali gemodializdagi, buyrak funktsiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ondansteronni vena ichiga yuborgandagi farmakokinetikasi deyarli o‘zgarishsiz qoldi (tekshiruvlar gemodializ orasidagi tanaffuslarda o‘tkazilgan). Jigar funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlar. Buyrak funktsiyasining ogg‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ondansteronning tizimli klirensi yarim chiqarilish davrini 15-32 soatgacha oshishi bilan keskin pasayadi.
Nojo‘ya ta'sirlarni tez-tezligini aniqlash: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va <1/10), ba'zida (>1/1000 va <1/100), kam hollarda (>1/10 000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), alohida xabarlar bilan birga. Allergik reaktsiyalar: kam xollarda - ayrim xollarda og‘ir darajadali tezkor tipdagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. shuningdek anaflaksiya. Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez- bosh og‘rig‘i; ba'zida-tirishishlar, turg‘un klinik asoratlarsiz, xarakat buzilishlari (shuningdek, distoniya, okulogir krizlar/nigoxdagi tirishishlar/va diskeneziya kabi ekstrapiramidal simptomlar); kam hollarda - bosh aylanishi (vena ichiga tez yuborilganda). Ko‘rish a'zolari tomonidan: kam hollarda - ko‘rishni o‘tib ketuvchi buzilishlari (ko‘rishni xiralashuvi), asosan vena ichiga yuborilganda, juda kam hollarda - tranzitor ko‘rlik asosan vena ichiga yuborilganda. Ko‘p xollarda ko‘rlik 20 minut davomida bartaraf etilgan. Ko‘pchilik patsiyentlar sisplatin saqlovchi ximioterapevtik preparatlar qabul qilgan. Ayrim hollarda tranzitor kurlik ko‘rtikal genezga ega. Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: ba'zida - aritmiya, ST segmenta tushishi va tushmasligi bilan birga kechuvchi ko‘krak qafasidagi og‘riq, bradikardiya, AB pasayishi; tez-tez - qizib ketish va kuyilish xissi; juda kam hollarda - asosan vena ichiga yuborilganda EKG da tranzitor o‘zgarishlar, shuningdek QT intervalning uzayishi,. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - qabziyat; ba'zida - jigar sinamalarini simptomsiz oshishi (asosan, sisplatin saqlovchi preparatlar bilan davolanayotgan patsiyentlarda kuzatiladi). Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez- vena ichiga yuborilgan joyida mahalliy reaktsiyalar. Boshqalar: ba'zida -hiqchoq.
Retsept bo‘yicha.
Anamnezida boshqa 5NTz-retseptorlari selektiv antagonistlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan patsiyentlarda preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari paydo bo‘lishi haqida xabarlar mavjud. Preparat qo‘llaganda nim o‘tkir ichak tutilishi simptomlari bo‘lgan patsiyentlarda ondansetron yo‘g‘on ichak ichidagini o‘tish vaqtini oshirishi ma'lum bo‘lgani sababli muntazam nazorat qilish kerak. Vomitonni boshqa dori preparatlar bilan bir infuzion eritmada yoki bir shpritsda yuborish mumkin emas. Pediatriyada qo‘llanishi Xozirgi vaqtda 1 oydan kichik yoshdagi bolalarda ondansetronni qo‘llash haqida chegaralangan ma'lumtolar mavjud. Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi Homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Laktatsiya davrida Vomitonni qo‘llash zarur bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozis. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Vomiton sedativ samaraga ega emas va patsiyentlarni transport vositasini boshqarish yoki yuqori diqqat va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish kobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
• Sitostatik ximioterapiya yoki nur bilan davolash chaqirgan kungil aynishi va kusishni oldini olish va bartaraf qilish; • Operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va kusshni oldini olish va bartaraf qilish; • Alkogolli abstinent sindromni simptomatik davolashda (asosan yengil va o‘rta darajadagi og‘irlikda) ko‘llaniladi.
Homiladorlik; • laktatsiya (emizish); • ondansetronga, boshqa serotonin 5NTz -retseptorlari selektiv antagonistlariga va preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: • yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishi bo‘lgan patsiyentlar; • aritmiyaga karshi preparatlar va beta- adrenoblokatorlar qabul qilgan patsiyentlar; • ahamiyatli elektrolit buzilishi bo‘lgan patsiyentlar; • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar; • nim o‘tkir ichak tutilishining simptomlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Ondansetron bilan tez- tez majmuada buyuriladigan boshqa preparatlar metabolizmini ingibitsiya yoki induktsiya qilinishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Maxsus tadqiqotlar ma'lumotlariga ko‘ra, preparat etanol, temazepam, furosemid, tramadol va propofol bilan o‘zaro ta'sir kilmasligi aniqlangan. Ondansetron sitoxrom R 450 tizmining bir necha izofermentlari bilan (CYP3A4, CYP2D6 va CYP1A2) metabolizmga uchraydi. Ondansetronning metabolizmni mlga oshiraladigan izofermentlarni ko‘pligi tufayli, izofermentlarni ingibitsiya qilish yoki biron bir izofermentlarni (masalan CYP2D6 genetik tanqisligida) faolligini kamayishi odatda boshqa izofermentlar bilan kompensatsiya qilinadi, natijada ondansetronning umumiy klirensini o‘zgarishi bo‘lmasligi yoki ahamiyatsizligi sababli deyarli dozaga tuzatish kiritish talab kilinmaydi. CYP3A4 kuchli induktorlari (fenitoin, karbamazepin va rifampitsin) qabul qilayotgan bemorlarda, ondansetronni kondagi kontsentratsiyasi pasaygan edi. Ondansetron tramadolning og‘riqqa qarshi samarasini kamaytirishini ko‘rsatuvchi ko‘p bo‘lmagan tadqiqotlarni ma'lumotlari mavjud.
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqliliq muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.

Tiniq, rangsiz suyuqlik.
Dozalash tartibini tanlash o‘tkazilgan ximio- va nurterapiyaning emetogenligi bilan aniqlanadi.
Kattalar.
O‘rtacha emetogen ximioterapiya yoki radioterapiyada preparatni 8 mg dozada vena ichiga (asta-sekin) yoki ximio- yoki nurterapiyadan oldin bevosita mushak ichiga yuboriladi.
Yuqori emetogen ximioterapiya masalan, yuqori dozalardagi sisplatin olgan patsiyentlarga preparatni bir martalik m/o va v/i 8 mg in'ektsion dozada bevosita ximioterapiyani olib borishdan oldin tavsiya qilish mumkin. Vomiton 8 mg dan 32 mg dozagacha, faqat infuziya yo‘li bilan 50-100 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki boshka mos keluvchi infuzion eritmada suyultirilgandan keyin 15 min va undan kup vakt davomida yuboriladi. Boshqa usuli Vomitonni 8 mg dozada sekin vena ichiga yoki mushak ichiga bevosita ximioterapiyadan oldin preparatni ikkita in'ektsiyasini 8 mg dozada vena ichiga yoki mushak ichiga 2-4 soat interval bilan yoki preparatni doimiy infuziyasini tezligi soatda 1 mg 24 soat davomida yuborishdan iborat.
Yuqori emetogen o‘smaga qarshi davolashni olib borish holida preparat samarasi natriy fosfati deksametazonni ximioterapiyadan oldin 20 mg dozada vena ichiga ko‘shimcha bir marta yuboriladi.
6 oydan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar. Tana yuzasi maydoni 0,6 m2 dan kom bo‘lgan bolalarga bevosita ximioterapiyadan oldin bog‘langich 5 mg/m2 dozani vena ichiga yuboriladi, vomitonni keyingi qabuli ichga 2 mg dozada 12 soatda(sirop shaklida) buyuriladi.
Tana yuzasi maydoni 0,6 -1,2 m2 dan kom bo‘lgan bolalarga vomitonni bevosita ximioterapiyadan oldin boshlang‘ich bir martalik 5 mg/m2 dozani vena ichiga yuboriladi, keyingi qabuli ichga 4 mg dozada 12 soatdan keyin buyuriladi.
Tana yuzasi maydoni 1,2 m2 dan katta bo‘lgan bolalarga boshlang‘ich bir martalik 5 mg/m2 dozani vena ichiga bevosita ximioterapiyadan oldin yuboriladi, keyingi kabuli ichga 8 mg dozada 12 soatdan keyin buyuriladi.
Alternativ sifatida 6 oy va undan katta bolalarga vomitonni v/i ga bir marta 0,15 mg/kg dozada (8 mg dan kup emas) bevosita ximioterapiyadan oldin yuboriladi. Bu dozani xar 4 soatda qayta yuborish mumkin, umumiy xisobda uch dozadan ko‘p emas.
Keksa yoshdagi buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda preparat dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi.
Jigar funktsiyasi buzilganda ondansteron klirensi ahamiyatli pasayadi, jigar funktsiyasi o‘rta va og‘ir darajada buzilgan patsiyentlarda T1/2 oshadi.
Vomitonni sutkalik dozasi 8 mg dan oshmasligi kerak.
Spartein va debrizoxin almashinuvi sekinlashgan patsiyentlarda ondansteronning T1/2 o‘zgarmaydi. Shunga ko‘ra, preparatni qayta yuborilganda uning qondagi kontsentratsiyasi umumiy populyatsiyadan farq qilmaydi. Shuning uchun, bunday patsiyentlarga sutkalik dozani yoki ondansteronning qabul qilish tez-tezligini tuzatish talab qilinmaydi.
Operatsiyadan keyingi davrda ko‘ngil aynishi va qusish
Kattalar.
Operatsiyadan keyingi davrdagi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun Vomitonni bir marta mushak ichiga yoki sekin vena ichiga in'ektsiyasini 4 mg dozada narkoz o‘tkazish davrida tavsiya qilinadi.
Operatsiyadan keyingi davrdagi ko‘ngil aynishi va qusishni davolash uchun preparatni bir marta mushak ichiga yoki sekin vena ichiga 4 mg dozada yuboriladi.
1 oydan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar. Umumiy og‘riqsizlantirish bilan jarroxlik ararlashuvi o‘tkazilgan bolalarda operatsiyadan keyingi davrdagi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun, 5omitonni 0,1 mg/kg dozada (maksimal 4 mg gacha) sekin vena ichiga in'ektsiya ko‘rinishida narkoz o‘tkazish vaqtida yoki o‘tkazilgandan keyin yoki operatsiyadan keyin ko‘llash mumkin.
Operatsiyadan keyingi davrdagi ko‘ngil aynishi va qusishni bartaraf etish uchun preparat in'ektsiyasini sekin vena ichiga 0,1 mg/kg (maksimal 4 mg gacha) dozada yuboriladi.
Boshqa kategoriyadagi patsiyentlar
Vomiton 65 yoshdan katta, kimyo davo olgan patsiyentlarda yaxshi o‘zlashtirilsada, keksa yoshdagi patsiyentlarda, operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynish va qayt qilishni bartaraf etish va oldini olishda preparatni ko‘llash bo‘yicha cheklangan malaka bor.
Buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda vomitonning dozasini to‘g‘irlash talab kilinmaydi.
Jigar funktsiyasi buzilganda ondasetronning klirensi ahamiyatli pasayadi, T1/2 jigar funktsiyasi o‘rtacha va ogir darajada buzilgan patsiyentlarda oshadi. Preparatning sutkalik dozasi 8 mg dan oshmasligi kerak.
Spartein/debrizoxin metabolizmi pasaygan patsiyentlar
Spartein/debrizoxin metobolizmi pasaygan patsiyentlarda ondansetronning T1/2 o‘zgarmaydi. Shunga ko‘ra Vomitonni qayta yuborilganda uning qondagi kontsentratsiyasi umumiy populyatsiyadan farq qilmaydi. Shuning uchun bunday patsiyentlarga sutkalik doza va preparat qabul qilish tez- tezligini tuzatish talab qilinmaydi.
Eritmalarni tayyorlash va preparatni ko‘llash qoidalari
In'ektsion eritmani suyultirish uchun kuyidagi eritmalar kerak bulishi mumkin: 0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasi, Ringer eritmasi, 10% mannitol eritmasi va 0,3% li kaliy xloridi eritmasi.
Qo‘llashdan oldin infuzion eritma tayyorlanishi kerak. Kerak bo‘lgan xollarda tayyor infuzion eritma qo‘llangunga qadar eng ko‘p 24 s davomida 2° dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi mumkin.
Infuziya o‘tkazish vaqtida yorug‘likdan saqlanish talab qilinmaydi; suyultirilgan in'ektsion eritma o‘zining barqarorligini kamida 24 soat davomida tabiiy nurda yoki normal yorug‘likda saqlanadi.
Xozirgi vaqtda 1 oydan kichik yoshdagi bolalarda ondansetronni qo‘llash haqida chegaralangan ma’lumotlar mavjud.

Xozirgi vaqtda ondansetronni dozani oshirib yuborish xaqida ma'lumotlar kam. Simptomlari: aksariyat hollarda dozani oshirib yuborish simptomlari preparatni tavsiya etilgan dozalarda qabul kilishda kelib chiqadigan nojo‘ya reaktsiyalar bir-biriga to‘g‘ri keladi. Davolash: ondansetron uchun maxsus antidoti yo‘q, shuning uchun dozani oshirib yuborilishiga gumon qiling‘anda simptomatik va samarani tutib turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.


Laktatsiya davrida Vomitonni qo‘llash zarur bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VOMITON inyeksiya uchun eritma 4ml 0,2% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VOMITON inyeksiya uchun eritma 4ml 0,2% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VOMITON inyeksiya uchun eritma 4ml 0,2% N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VOMITON inyeksiya uchun eritma 4ml 0,2% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VOMITON inyeksiya uchun eritma 4ml 0,2% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EMTRON eritma 2ml 4ml N5
VOMITON inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N10
EMISTOP inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baxter Pharmaceuticals India Private Limited
EMISTOP inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baxter Pharmaceuticals India Private Limited
OSETRON inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
ONSETT inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5
ELIMOR inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
ELIMOR inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
ELIMOR inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
KARSETRON inyeksiya uchun eritma 4ml 8mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: R.H. Laboratories
KARSETRON inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: R.H. Laboratories
EMISTOP inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baxter Pharmaceuticals India Private Limited
Narh: 130 000 so'mdan Batafsil
OSETRON inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
VOMIKAIND inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MANKIND PHARMA LTD
YUNORM inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО “Юрия-Фарм”
Narh: 89 600 so'mdan Batafsil
EMTRON eritma 2ml 2ml N5
ONDANSETRON eritma 4 ml 2 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик, ПАО
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9