PIKOLAKS tomchilar oralnie 15ml 0,75%

PIKOLAKS tomchilar oralnie 15ml 0,75% o'xshash dorilari



PIKOLAKS tomchilar oralnie 15ml 0,75% qo'llanmasi
Ichga qabul qilingandan so'ng natriy pikosulfat sezilarli so'rilishsiz yo'g'on ichakka yetib boradi.
Faol metabolit bis (p-gidroksifenil)-piridil-2-metan yo'g'on ichakda bakterial parchalanishdan so'ng hosil bo'ladi, Pikolaks® ning ta'siri boshlanishi odatda faol metabolit ajralib chiqishiga qarab, preparat qabul qilingandan 6-12 soat o'tgach sodir bo'ladi. Ichga qabul qilingandan so'ng preparatning juda oz miqdorigina organizm a'zolari va tizimlarida aniqlanishi mumkin.
Preparatning surgi ta'siri qon plazmasidagi faol metabolit darajasi bilan korrelyatsiya qilmaydi.
Pikolaks ® ning ta'sir etuvchi moddasi natriy pikosulfat triarilmetan guruhiga mansub mahalliy ta'sir etuvchi surgi vositasidir. Natriy pikosulfat yo'g'on ichakda bakterial parchalanishdan so'ng uning shilliq qavatini rag'batlantiradi, peristaltikani tezlashtiradi, yo'g'on ichak bo'shlig'ida suv va elektrolitlar to'planishiga yordam beradi. Buning natijasi defekatsiya stimulyatsiyasi, tranzit vaqtining qisqarishi va axlatning yumshashidir.
Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, teri reaksiyalari (toshma, qichishish, eshakemi).
Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, hushdan ketish. Bosh aylanishi va hushdan ketish ehtimoli vazovagal reaksiya (og‘riq spazm yoki defekatsiya kabi) bilan bog‘liq («Qo‘llash xususiyatlari» bo‘limiga qarang ).
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, qorinda sanchiqlar, qorinda og‘riq, qorinda diskomfort, ko‘ngil aynishi, qusish.
Preparatni uzoq muddat va haddan tashqari ko‘p qo‘llash suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlar yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida, ayniqsa diuretiklar yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, mushaklar kuchsizlanishi va yurak funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Surunkali qabziyatdan aziyat chekuvchi bemorlarga to‘liq diagnostika o‘tkazish va qabziyat sababini aniqlash kerak.
Preparatni uzoq muddat qo‘llash suyuqlik va elektrolit muvozanatining buzilishiga va gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin.
Natriy pikosulfat qo‘llanilishi bilan vaqt bo‘yicha mos kelgan bosh aylanishi va / yoki hushdan ketish holatlari haqida xabar berilgan. Mavjud ma'lumotlar shuni taxmin qilishga imkon beradiki, ko‘rsatilgan holatlar defekatsiyadagi hushdan ketishga (Valsalva sinamasi bilan bog‘liq) yoki qorindagi og‘riqqa vazovagal javob bilan bog‘liq.
Kamdan-kam uchraydigan nasliy fruktozani o‘zlashtira olmaslik holati bo‘lgan bemorlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak, chunki u sorbit saqlaydi.
Ushbu dori vositasi 1 mmol / dozadan kam natriy saqlaydi, ya'ni amalda natriydan xoli.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Biroq bemorlarni vazovagal reaksiya (xususan abdominal spazm) natijasida bosh aylanishi va / yoki hushdan ketish kabi nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi mumkinligi haqida ogohlantirish kerak. Abdominal spazm yuzaga kelgan taqdirda bemor avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash kabi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishi kerak.
Ta’sir etuvchi moddaga, boshqa triarilmetanlarga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik. Ichak tutilishi yoki qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalligi, masalan appenditsit. Ichakning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari.
Yuqorida qayd etilgan o‘tkir kasalliklarga ishora qilishi mumkin bo‘lgan, ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechuvchi o‘tkir qorin og‘rig‘i. Kuchli suvsizlanish.
Preparatning biror-bir yordamchi moddasiga kam uchraydigan nasliy o‘zlashtira olmaslik, masalan fruktozani aniqlanmagan o‘zlashtira olmaslik ehtimoli mavjud («Maxsus ko‘rsatmalar»ga qarang). Pikolaks ® suv va elektrolitlar muvozanati buzilishi bilan bog‘liq holatlarda (masalan, buyrak funksiyasining og‘ir buzilishida) nazorat ostida qabul qilinishi kerak.
Pikolaks ® ning yuqori dozalari va diuretiklar yoki kortikosteroidlarni bir vaqtda qo'llash elektrolitlar muvozanati buzilishi xavfini oshirishi mumkin, bu esa yurak glikozidlariga sezuvchanlikning oshishiga olib kelishi mumkin.
Antibiotiklar bilan bir vaqtda qo'llash Pikolaks ® ning ich suruvchi ta'sirini susaytiradi.
Preparat ishlab chiqaruvchining dozatori yordamida dozalanadi.
Kattalarga 13-27 tomchi (bu 5-10 mg natriy pikosulfatiga to'g'ri keladi);
4 yoshdan katta bolalarga (faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha): 7-13 tomchi (bu 2,5-5 mg natriy pikosulfatiga to'g'ri keladi).
Pikolaks ® ni kechqurun yotishdan oldin qabul qilish kerak. Pikolaks ® qo'llanilgandan so'ng ichak bo'shalishi 10-12 soatdan keyin sodir bo'ladi. Preparatni suyuqlik bilan ham, suyuqliksiz ham qabul qilish mumkin.
Pikolaks ® ni har kuni yoki uzoq muddat davomida qabziyat sababini aniqlamasdan qo'llash mumkin emas.
PIKOLAKS boshqa chiqarish shakllari
PIKOLAKS tomchilar oralnie 15ml 0,75% analoglari








