AKNEL
AKNEL chiqarilish shakllari

AKNEL haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yukori sezuvchanlikda ko'llash mumkin emas..
Farmakodinamikasi
Aknel gel yalliglanishga karshi, antibakterial, sebostatik va yukotib yuboruvchi xususiyatlarga ega. Gelning biologik komponentlari yog bezlariga kiradi, yog ajralishini kuchayishini va yalliglanishni samarali oldini oladi (yog ajralib chiqishi kuchayganida yog bezlarida mikroblar faol ravishda rivojlanib, yalliglanishni chakiradi), husnbuzar va issiklik toshmalarini bartaraf bulishiga yordam beradi. Bunda teridagi yalliglangan tugunchalar okaradi, o'lchami kichrayadi va tez yukolib ketadi. Bundan tashkari, demodeks (teri kanasi) tomonidan chaqirilgan xusnbuzarlarda samaralidir, chunki tarkibida oltingugurt saklaydi, u demodeksga karshi faol vosita xisoblanadi. Preparat tizimli kon okimiga deyarli so'rilmaydi.
Aksel gel tarkibida hammaga ma'lum bo'lgan antibakterial dorivor vosita hisoblangan Azadirachta indica va Ocimum tenuiflorum larni saqlaydi. Bu dorivor usimliklar terining shikastlangan soxasini dezinfektsiya kiladi va uni soglomlashtiradi.
Aloe barbadensis, Centella asiatica, Rubia cordifolia yalliglanishga karshi xususiyatlarga ega. Aloe barbadensis tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi va chandiqlarni hosil bo'lishini oldini oladi. Azadirachta indisa va Rubia cordifolia burishtiruvchi xususiyatlarga ega.
Dozani oshirib yuborilishi
Sirtga kullanganida dozani oshirib yuborilish xollari aniklanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Gelni ko'zlarga tushishiga yo'l qo'yilmasin. Bexosdan tegib ketganida - darxol suv bilan yuvish kerak. Preparat yoshga nisbatan cheklovlarsiz buyuriladi. Kosmetik vositalar ostiga surtilmasin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Aknel gelini kullash vaktida klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirlari aniklanmagan
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Oldindan tozalangan yuz terisiga gel yupka kavat kilib sutkada 1-2 marta ertalab va/yoki kechkurun surtiladi va kun davomida yoki tun davomida qoldiriladi. Juda ham yogli teriga preparat butun yuz terisiga surtiladi, majmuaviy davolashda - fakat terining husnbuzar va issiqlik toshmalari to'plangan sohasiga surtiladi. Qo'llash davomiyligi - 1-2 xaftadan, to yallig'lanish belgilari butunlay yo'qolib ketgunigacha bulgan vaktni tashkil etadi. Husnbuzar toshmasining ogir shaklida shifokor tavsiya etgan boshqa preparatlar bilan birga qo'llanadi.
Sotish shartlari
Рецептсиз берилади.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
1 gel quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Ocimum tenuiflorum ekstrakti 8,0%,
Azadirachta indica ekstrakti 2,0%,
Rubia cordifolia ekstrakti 4,0%,
Centella asiatica ekstrakti 4,0%,
Aloe barbadensis ekstrakti 8,0%;
yordamchi moddalar: 17,0% poloksamer NF (Lutrol F127), 10,0% gliserin IP, 0,05% bronopol ІH, 0,1% EDTA dinatriyli tuzi IP, 0,05% shaftoli aromatizatori SG11127C IH.
Dori shakli
10g dan alyumin tubada. 1 Tuba kullash buyicha yo'riqnomasi bilan birga karton kutiga joylangan.
Nojo'ya samaralari
Juda kam xolatlarda terida allergik reaktsiyalar (masalan, toshma), kontakt dermatit rivojlanishi mumkin.
Ta'rifi
och jigarrang rangdan tuk jigarrang ranggacha bo'lgan gel
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












