Apteka.uz
SavatKirish

Alfa normiks

Alfa normiks chiqarilish shakllari

ALFA NORMIKS tabletkalari 200mg N12
Retseptli
ALFA NORMIKS tabletkalari 200mg N12
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Alfasigma S.p.A.
•46 ta dorixonada bor
Narxi
137 900 so'm dan
ALFA NORMIKS tabletkalari 200mg N36
ALFA NORMIKS tabletkalari 200mg N36
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Alfasigma S.p.A.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
163 000 so'm dan
- Alfa normiks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Alfa normiksning tarkibi
- Alfa normiks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Alfa normiks narxi Toshkent dorixonalarida

Alfa normiks qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Italiya
Nimaga qarshi
Faol modda

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALFA NORMIKS

ALFA NORMIX

Preparatning savdo nomi: ALFA NORMIKS.

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rifaksimin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: rifaksimin – 200 mg,

yordamchi moddalar:natriy kraxmal glikolyati, gliseril distearati, kolloidlikremniy dioksidi, talk, mikrokristall sellyuloza, gipromelloza, titan dioksidi (Ye171), dinatriy edetati, propilenglikol, temir (III) oksidi (Ye172).

Ta‘rifi: plyonka qobiq bilan qoplangan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, pushti rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik, rifaksimin.

ATX kodi: A07AA11.

 

Farmakologik xususiyatlari

«ALFA NORMIKS» preparati α polimorf shaklida rifaksimin [4-dezoksi-4′-metilpirido (1′,2′-1,2) imidazo (5,4-s) rifamisin SV] saqlaydi.

Farmakodinamikasi

Rifaksimin – rifamisin guruhiga mansub antibiotik bo‘lib, bakteriyalarning DNK ga bog‘liq RNK-polimeraza fermentining β-subbirliklarini qaytmas tarzda bog‘laydi, va demak bakteriyalarning RNK sintezini susaytiradi. Rifaksimin me‘da-ichak infeksiyalarini keltirib chiqaruvchi grammusbat va grammanfiy, aerob va anaerob bakteriyalarga nisbatan mikroblarga qarshi keng faollik doirasiga ega.

Me‘da-ichak yo‘llaridan kuchsiz so‘rilishi oqibatida α polimorf shaklidagi rifaksimin ichak devoriga mahalliy ta‘sir ko‘rsatadi va ichak devori orqali o‘tadigan patogenlarga nisbatan, hatto ushbu bakteriyalar preparatga in vitro sharoitlarda sezuvchan bo‘lsa ham, klinik jihatdan nofaol hisoblanadi.

Mikroblarga qarshi faollikning keng doirasi shuningdek preparatga ichakdagi ko‘pgina patologik holatlarni keltirib chiqaradigan patogen bakteriyalar miqdorini kamaytirishga imkon beradi. Shunday qilib, rifaksimin:

  • detoksikasiya jarayoni buzilishi bilan kechuvchi jigarning og‘ir kasalligida jigar ensefalopatiyasi simptomlari patogenezida va rivojlanishida ishtirok etuvchi ammiak hamda boshqa zaharli birikmalarning bakteriyalar tomonidan hosil qilinishini;
  • ichakda mikroorganizmlarning ortiqcha o‘sishi sindromida bakteriyalarning yuqori proliferasiyasini;
  • divertikulyar xaltacha ichida va atrofida yallig‘lanishda ishtirok etishi hamda divertikulyar kasallik simptomlari va asoratlari rivojlanishida muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan bakteriyalarni chambar ichak divertikulida mavjud bo‘lishini;
  • shilliq qavatning immunitetini tartibga solishda va/yoki himoya faoliyatida kelib chiqishi irsiy nuqsonlar bilan bog‘liq ichakning surunkali yallig‘lanishini keltirib chiqara oladigan yoki uni doimo saqlab tura oladigan antigen rag‘batlantirilishi jadalligini;
  • kolorektal jarrohlik aralashuvida infeksion asoratlar xavfini kamaytirishga qodir.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetik tadqiqotlar α polimorf shaklidagi rifaksimin og‘iz orqali qabul qilinganida deyarli so‘rilmasligini (1% dan kam) ko‘rsatdi. Rifaksiminning terapevtik dozalarini sog‘lom ko‘ngillilarga va ichak shilliq qavatlari shikastlangan (ichakning yallig‘lanish kasalligi mavjud) bemorlarga takroran yuborilganida preparatning qon plazmasidagi miqdori juda ham kam (10 ng/ml dan kam) bo‘lgan. Ahlat ekstraktlari tahlili o‘zgarmagan rifaksiminni mavjudligini ko‘rsatdi, bu esa me‘da-ichak yo‘li orqali o‘tishi jarayonida uning parchalanishi yoki metabolizmi yo‘qligidan dalolat beradi.

Nishonlangan rifaksimindan foydalangan holda o‘tkazilgan tadqiqot 14C-rifaksimin ahlat bilan mutloq va deyarli to‘liq (kiritilgan dozaning 96,9%) chiqarilishini taxmin qilish uchun asos bo‘ladi. Siydik bilan ajratib chiqarilgan 14S-rifaksimin yuborilgan dozaning 0,4% dan oshmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Rifaksiminga sezgir bakteriyalar keltirib chiqaradigan me‘da-ichak yo‘llari infeksiyalarini davolash, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • me‘da-ichak yo‘llarining o‘tkir infeksiyalari;
  • sayyohlar diareyasi;
  • ichakda mikroorganizmlarning ortiqcha ko‘payishi sindromi;
  • jigar ensefalopatiyasi;
  • chambar ichakning simptomatik asoratsiz divertikulezi;
  • ichakning surunkali yallig‘lanishi.

Kolorektal jarrohlik aralashuvida infeksion asoratlarni profilaktika qilishda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga 200 mg (plyonka bilan qoplangan 1 tabletka) har 8 soatda yoki 400 mg (plyonka bilan qoplangan 2 tabletka) har 8-12 soatda buyuriladi. Zarurat bo‘lganida, preparatni qabul qilish dozasi va soni shifokor kuzatuvi ostida o‘zgartirilishi mumkin.

Davolash muddati 7 kundan oshmasligi kerak va pasientlarning klinik holatiga qarab belgilanadi. Zarurat bo‘lganida takroriy davolash kursi kamida 20-40 kun o‘tgandan keyin o‘tkazilishi lozim. Davolashning umumiy davomiyligi bemorning klinik holatiga qarab belgilanadi.

Qo‘llash usuli

Preparat og‘iz orqali, bir stakan suv bilan ichib qabul qilinadi.

Rifaksiminni ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin qabul qilish mumkin.

Keksa yoshdagi insonlar

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, chunki «ALFA NORMIKS» preparatini yoshlar va keksalar tomonidan qo‘llash xavfsizligi va samaradorligiga doir ma‘lumotlar farqlanmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish nazarda tutilmasligiga qaramay, ular tomonidan mazkur preparat qo‘llanilganida ehtiyotkorlikni namoyon etish lozim.

Bolalar

Rifaksiminni 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni postmarketing davri mobaynida qo‘llash tajribasi

Postregistrasion (Ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi) davrda rifaksiminni qo‘llash oqibatidagi yangi nojo‘ya ta‘sirlari to‘g‘risida xabar berilgan. Bunday ta‘sirlarni yuz berish tez-tezligi noma‘lum (ya‘ni uni mavjud ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).

Nojo‘ya ta‘sirlar o‘z tez-tezligiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:

Juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100– <1/10), tez-tez emas (>1/1,000 – <1/100), kam hollarda (>1/10,000 – <1/1,000), juda kam hollarda (<1/10,000), noma‘lum (tez-tezligi mavjud ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).

MedDRA tasnifi bo‘yicha a‘zolar tizimi tomonidan buzilishlarning namoyon bo‘lishi sinflari Tez-tez Tez-tez emas Noma‘lum
Infeksiyalar

va invaziyalar

  kandidoz, oddiy gerpes, nazofarin-git, faringit, yuqo-ri nafas yo‘llari-ning infeksiyalari klostridial infeksiya
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar   limfositoz, monositoz, neytropeniya trombositopeniya
Immun tizimi tomonidan buzilishlar     anafilaktik reaksiyalar, yuqori sezuvchanlik
Metabolizm va ovqat hazm qilishni buzilishi   ishtahani yo‘qolishi, degidratasiya  
Ruhiy buzilishlar   patologik tush ko‘rish, tushkun kayfiyat, uyqusiz-lik, asabiylashish  
Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar bosh aylanishi,

bosh og‘rig‘i

gipesteziya, migren, paresteziya, vena sinuslariga oid bosh og‘rig‘i, uyquchanlik presinkope
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar   diplopiya  
Quloq va quloq labirinti tomonidan buzilishlar   quloqda og‘riq, vertigo  
Yurak faoliyatini buzilishlari   yurakni urib ketishi  
Qon-tomir

Buzilishlari

  arterial qon bosimini oshishi, qizib ketishlar  
Respirator,

torakal va mediastenal buzilishlar

  yo‘tal, tomoqni quri-shi, nafas siqishi, burun bitishi, orofaringeal sohada og‘riq, rinoreya  
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar qorinda og‘riq, qabziyat, ich kelishiga qistovlar, diareya, meteorizm, qorinni dam bo‘lishi/kengayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, rektal tenezmlar qorinning yuqori qismida og‘riq, assit, lablarni qurishi, dispepsiya,

me‘da-ichak yo‘llari motorikasini buzilishi, ichni qattiq kelishi, ichni qon aralash kelishi,

ichni shilliq aralash kelishi, ta‘m sezishni buzilishi

 
Gepato-billiar buzilishlar   aspartatamino-transferaza darajasini oshishi jigardan olingan funksional sinamalarning anomal qiymatlari
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar   toshma, teri toshmalari va ekzantema, quyosh ta‘sirida eritema1 angionevrotik shish,

dermatit, eksfoliativ dermatit, ekzema, eritema, qichishish, gemorragik toshma, eshakemi

Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar   belda og‘riq, mushak spazmlari, mushak kuchsizligi, mialgiya,

bo‘yinda og‘riq,

 
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar   gematuriya, glyukozu-riya, pollakiuriya, poliuriya, proteinuriya  
Reproduktiv tizim va ko‘krak bezi tomonidan buzilishlar   polimenoreya  
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida reaksiyalar isitma asteniya, et uvishi-shi, sovuq ter chiqishi, kuchli terlash, grippga o‘xshash simptomlar, periferik shish, og‘riq va diskomfort  
Laborator tahlil ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi     protrombin vaqti ko‘rsatkichining (XMN) anomal qiymati

1Tadqiqotchidan olingan xabarda «quyosh eritemasi» nojo‘ya ta‘siri haqida so‘z yuritilganligi sababli ushbu ta‘sirni keng ma‘noda yorug‘lik ta‘siriga sezuvchanlik reaksiyasi sifatida emas, balki aniq «quyosh eritemasi» samarasi sifatida qaralishi kerak.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Faol moddaga, rifamisin hosilalariga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Ichak tutilishi. Yuqori harorat yoki ahlatda qon bo‘lishi bilan kechuvchi diareyada rifamisinni qabul qilish mumkin emas.

 

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tizimli bakterial infeksiyani davolash uchun rifaksimin guruhidagi boshqa antibakterial preparatlarni qabul qilgan bemorlar tomonidan rifaksiminni qabul qilish tajribasi yo‘q.

Sog‘lom insonlardan farqli ravishda, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlar tomonidan preparat qo‘llanilganida bunday bemorlarning yuqori tizimli ekspozisiyasi oqibatida rifaksiminni CYP3A4sitoxromi yordamida metabolizmga uchraydigandori vositalarining (masalan, varfarin, tutqanoqqa qarshi va antiritmik preparatlarning) farmakinetikasiga ta‘sir etishi mumkinligini inkor etish mumkin emas, bunda CYP3A4 sitoxromi rifaksimin tomonidan kuchsiz faollashishga uchraydi.

Faollashtirilgan ko‘mir qo‘llanilganida rifaksiminnibunday vosita qo‘llanganidan keyin kamida 2 soat o‘tgach qo‘llash lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar infeksion diareyani davolashda (o‘tkir me‘da-ichak infeksiyasi va sayyohlar diareyasi holatida) diareya simptomlari kuchayib borsa yoki 48 soatdan ortiq davr mobaynida saqlanib qolsa, rifaksiminni qabul qilishni to‘xtatish va boshqa antibiotiklarni buyurish lozim. Preparatning mutloq past so‘riluvchanligiga qaramay (1% dan kam) rifaksiminning barcha boshqa hosilalari kabi mazkur preparat siydikni qizg‘ish rangga bo‘yashi mumkinligi haqida bemorlarni xabardor qilish lozim.

Rifaksimin va R-glikoproteiningibitorlarini, masalan, siklosporinni birgalikda qo‘llash zarurati yuzaga kelganida ehtiyotkorlikni namoyon etish lozim.

Ichak mikroflorasiga ta‘sir etishi oqibatida rifaksimin qabul qilinganidan keyin tarkibida estrogen saqlovchi oral kontraseptivlarning samaradorligi pasayishi mumkin. Biroq bunday o‘zaro ta‘sir haqida kam xabar berilgan. Agar, ayniqsa oral kontraseptivda estrogenning miqdori 50 mkg dan kam bo‘lsa, homila paydo bo‘lishiga qarshi qo‘shimcha ehtiyotkorlik choralari ko‘rilishi tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Rifamisinni homiladorlik davrida qo‘llanishiga doir axborot mavjud emas yoki juda kam.

Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlarda suyak paydo bo‘lishi jarayoniga va homilada skelet o‘zgarishlariga preparatning o‘tkinchi ta‘siri aniqlangan. Ushbu ma‘lumotlarning inson uchun klinik ahamiyati aniqlanmagan.

Rifaksiminni ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan, homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Laktasiya

Rifaksimin yoki uning metabolitlari ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi noma‘lum. Emizilayotgan go‘dak uchun xavfni inkor etib bo‘lmaydi.

Bola uchun emizishdan kutilayotgan foydani ona uchun va preparat bilan davolash berayotgan foydani taqqoslab, qaysi birini – emizishni yoki rifaksimin bilan davolashni to‘xtatish kerakligini tanlash zarur.

Fertillik

Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlar preparatning erkaklar yoki ayollarda fertillikka bevosita yoki bilvosita ta‘siri borligini ko‘rsatmaydi.

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar davomida bosh aylanishi va uyquchanlikni rivojlanishi qayd etilgan. Biroq rifaksiminni avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri juda ham e‘tiborga olinmaydigan darajada past hisoblanadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Sayyohlar diareyasidan aziyat chekayotgan bemorlar ishtirokidagi klinik sinovlarda preparatni kuniga 1800 mg gacha dozada qo‘llanilishi hech qanday jiddiy klinik holatlarni keltirib chiqarmagan. Hatto normal mikroflorali shaxslar/pasientlarda rifaksiminni kuniga 2400 mg gacha dozada 7 kun davomida qo‘llanilishi preparatning yuqori dozalarini qabul qilish bilan bog‘liq jiddiy klinik simptomlarni rivojlanishiga olib kelmagan.

Tasodifan dozani oshirib yuborilgan taqdirda, simptomatik davolash va qo‘llab-quvvatlovchi parvarish tavsiya etiladi.

 

Chiqarilish shakli

200 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Plyonka qobiq bilan qoplangan 12 tabletka blisterda karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Alfa normiks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Alfa normiks narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
146 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM G'uncha 11
Shayxontoxur tumani, massiv Bog'ko'cha, 2 uy
24/7
146 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
146 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
146 000 so'm
Bron qilish

Alfa normiks barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Alfa normiks haqida savollar

Alfa normiks haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.6, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil