Ташкент
logo
SavatKirish

ALTABOR

ALTABOR chiqarish shakllari

ALTABOR tabletkalari 20mg N20
ALTABOR tabletkalari 20mg N20
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Borshagovskiy XFZ, PAO, NPS
- ALTABOR qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ALTABORning tarkibi
- ALTABOR ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ALTABOR narxi Toshkent dorixonalarida

ALTABOR qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Ukraina
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALTABOR

ALTABOR

 

Preparatning savdo nomi: Altabor

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): altabor

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tanin kislotasi va quruq moddaga hisoblanganda 20 mg altabor;

yordamchi moddalar: sorbit (Ye 420), limon kislotasi monogidrati, pektin (sitrusli), kukunsimon “Abrikos” aromatizatori (abrikos aromati, maltodekstrin, gumiarabik, triasetilgliserin, trietilsitrat), magniy stearati, talk, natriy saxarini.

Ta‘rifi: oval shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, arotamizator borligi sababli o‘ziga xos hidli, och jigarrang rangdan to‘q jigarrang rangligacha bo‘lgan dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun viruslarga qarshi vositalar. Viruslarga qarshi vositalar. Boshqalar.

Kod ATX: J05AX.

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Altabor tabletkalarining ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib, asosi fenol kislotalari bo‘lgan mono- va oligomer ellagotaninlar (ellagat, gallat, dilakton valonat kislotalalar) aralashmasini saqlaydigan, kulrang olxa va qandag‘och to‘pmevalarining quruq ekstraktining substansiyasi hisoblanadi. Ushbu polifenol birikmalari gripp virusi, vezikulyar stomatit va oddiy gerpes virusiga nisbatan yaqqol viruslarga qarshi hususiyatlarga ega. Altaborning viruslarga qarshi ta‘sir mexanizmi interferon sintezini induksiya qilishdan, gripp virusidagi neyraminidazaning faolligini, shu bilan birga gerpes virusidagi virus uchun spesifik timidinkinazaning faolligini susaytirishdan iborat, bu holat virusdagi DNK sintezini to‘xtashiga olib keladi. Altaborning qo‘shimcha farmakologik hususiyatlari bo‘lib, grammusbat mikroorganizmlar (Staphylococcus aureus, Bacillus subtilis) va grammanfiy mikroorganizmlar (Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Proteus mirabilis, Klebsiella) ga nisbatan keng antibakterial ta‘sir doirasiga egaligi hisoblanadi. Ko‘pincha bakterial infeksiya bilan asoratlanadigan va yallig‘lanish va og‘riq bilan kechadigan o‘tkir respirator virusli infeksiya va grippni davolashda preparatning yaqqol ifodalangan antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, membranalarni barqarorlashtiruvchi va og‘riq qoldiruvchi samaralari uning farmakoterapevtik hususiyatlarini kuchaytiradi.

Farmakokinetikasi

O‘rganilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Altabor gripp, o‘tkir respirator virusli infeksiyani oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.

 

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Profilaktika uchun Altabor preparati 2 tabletkadan sutkada 3 marta qo‘llanadi. Preparat og‘iz bo‘shlig‘ida asta-sekin shimiladi. Profilaktika davomiyligi 7 kunni tashkil etadi.

Davolash uchun Altabor preparati 2 tabletkadan sutkada 4 marta qo‘llanadi. Preparat og‘iz bo‘shlig‘ida asta-sekin shimiladi. Davolash davomiyligi 7 kunni tashkil etadi.

Bolalar

Preparatni bolalarda qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan klinik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun Altabor preparatini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Altaborni qabul qilish vaqtida ko‘ngil aynishi, yumshoq tangliyni qichishishi va allergik reaksiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, terini qizarishi, eshakemi rivojlanishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga, tarkibida tanin saqlovchi dori vositalariga yuqori sezuvchanlikda Altabor preparatini qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Asosi polifenol bo‘lganligi tufayli, Altabor tabletkalari metall tuzlari (alyuminiy, vismut, temir kabilar) bilan komplekslar hosil qiladi, bu preparatning farmakologik faolligini yo‘qolishiga olib keladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni almagel, vismut preparatlari, temir va tarkibida metall ionlarini saqlovchi boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Preparat tarkibida sorbit saqlaydi, shuning uchun kam uchraydigan fruktozani nasliy o‘zlashtirolmasligi bo‘lgan pasientlar uni qo‘llamasliklari kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Homilador ayollarga preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan klinik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun Altabor preparatini ushbu pasientlar toifasida qo‘llash mumkin emas.

Emizikli ayollarga preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati

Ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida dozani oshirib yuborilishi terida allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Davolash. Preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Sun‘iy ravishda qusishni chaqirish yoki me‘dani yuvish tavsiya etiladi. Simptomatik davolash ko‘rsatilgan.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda; 2 blister qutida; 20 yoki 60 tabletkadan birinchi marta ochish nazorati bo‘lgan qopqoqli plastik konteynerda.

 

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

ALTABOR savollari

ALTABOR fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil