Ташкент
logo
SavatKirish

Valtreks

Valtreks chiqarish shakllari

VALTREKS tabletkalari 500mg N10
Retseptli
VALTREKS tabletkalari 500mg N10
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Glaxo Wellcome S.A., Ispaniya upakovshik: Glaxo SmithKline Pharmaceuticals S.A.
•46 ta dorixonada bor
Narxi
198 000 so'm dan
VALTREKS tabletkalari 500mg N10
VALTREKS tabletkalari 500mg N10
Ispaniya/Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Glakso Vellkom S.A./GlaksoSmitKlyayn Farmasyutikalz
•46 ta dorixonada bor
Narxi
198 000 so'm dan
VALTREKS tabletkalari 500 mg N10
VALTREKS tabletkalari 500 mg N10
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
GlaxoSmithKline Export Limited, Velikobritaniya proizvedeno: Glaxo Wellcome S.A.
•46 ta dorixonada bor
Narxi
198 000 so'm dan
VALTREKS 0,5 tabletkalari N42
VALTREKS 0,5 tabletkalari N42
Ispaniya/Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Glakso Vellkom S.A./GlaksoSmitKlyayn Farmasyutikalz
- Valtreks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Valtreksning tarkibi
- Valtreks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Valtreks narxi Toshkent dorixonalarida

Valtreks qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Ispaniya,
Polsha,
Ispaniya/Polsha
Kategoriya
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VALTREKSTM

VALTREXTM

 

Preparatning savdo nomi: Valtrekstm

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): valasiklovir

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 556 mg valasiklovir gidroxloridi (500 mg valasiklovirga ekvivalent)

yordamchi moddalar: 70 mg mikrokristallik sellyuloza, 28 mg krospovidon, 22 mg povidon K90, 4 mg magniy stearati, 2 mg suvsiz kolloid kremniy, tozalangan suv

qobiq tarkibi: taxminan 14 mg YS-1-18043 oq bo‘yovchi konsentrati (9,48 mg gidroksipropilmetilsellyuloza, 3,26 mg titan dioksidi, 1,12 mg polietilenglikol 400, 0,14 mg polisorbat 80), tozalangan suv

polirovkasi: taxminan 0,016 mg karnaub mumi.

Ta‘rifi: oq rangli, uzunchoq, ikki tomonlama qavariq, riskasiz, bir tomonida “GX CF1” yozuvi o‘yib yozilgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar; tabletkaning yadrosi oqdan deyarli oq rangligacha.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.

ATX kodi: J05AB11

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Valasiklovir, viruslarga qarshi preparat, asiklovirning L-valinli efiridir. Asiklovir purinnukleozidning (guaninning) analogidir.

Odam organizmida valasiklovir tez va deyarli to‘liq valasiklovirgidrolaza ta‘sirida asiklovir va valinga aylanadi.

Asiklovir in vitro oddiy gerpes virusining (OGV) 1 va 2 turiga, Varicella zoster virusiga (VZV), sitomegalovirusga (SMV), Epshteyn-Barra virusiga (EBV) va 6 tur odam gerpesi virusiga (OGV-6) nisbatan spesifik ingibirlovchi faollikka ega. Asiklovir fosforlanganidan va faol shakli trifosfat asiklovirga aylanganidan keyin darhol virus DNKsi sintezini ingibirlaydi.

Fosforlanishning birinchi bosqichi viruslarga nisbatan spesifik fermentlarning ishtirokida bo‘ladi. Oddiy gerpes, o‘rab oluvchi gerpes va Epshteyn-Barra viruslari uchun bunday ferment virus timidinkinazasi (TK) bo‘lib, u virus bilan shikastlangan xujayralarda bo‘ladi. Fosforlanishning qisman selektivligi sitomegalovirusda saqlanadi va fosfotransferaza UL97 geni mahsuloti orqali amalga oshiriladi. Spesifik virus fermenti bilan asiklovirni faollanishi yuqori darajada uning selektivligini belgilaydi.

Asiklovirning fosforlanish jarayoni (mono- va trifosfatga aylanishi) xujayra kinazalari bilan yakunlanadi. Asiklovir trifosfat virus DNK-polimerazani raqobatli ingibirlaydi va nukleozidning analogi bo‘lganligi tufayli virus DNK siga joylashadi, bu zanjirni to‘liq (obligat) uzilishiga, DNK sintezini to‘xtashiga va oqibatda virus replikasiyasini bloklanishiga olib keladi.

Farmakodinamik samaralari

Asiklovirga rezistentlik virus timidinkinazasining tanqisligi bilan bog‘liq, bu xujayra organizmida virusni haddan tashqari tarqalishiga olib keladi. Ba‘zida asiklovirga sezgirlikni pasayishi virus timidinkinazasi yoki DNK-polimeraza strukturasini buzilishi bo‘lgan virus shtammlarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Virusning bu turli turlarining virulentligi uning yovvoyi shtammlarining belgisini eslatadi.

Immuniteti saqlangan pasientlarda valasiklovirga pasaygan sezgirlikka ega bo‘lgan oddiy gerpes va o‘rab oluvchi gerpes viruslari juda kam uchraydi, lekin immunitetni og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, masalan, xavfli o‘smalari yuzasidan kimyoterapiya olayotgan, suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan va OITV-infeksiyalanganlarda aniqlanishi mumkin.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng valasiklovir yaxshi so‘riladi, asiklovir va valinga tez va amalda to‘liq aylanadi. Bu jarayon odam jigaridan ajratib olingan ferment valasiklovirgidrolaza tomonidan katalizlanadi.

Valasiklovir 1000 mg dozada qabul qilinganida asiklovirning biokiraolishligi 54% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. Valasiklovirning farmakokinetikasi dozaga proporsional emas.

So‘rilish darajasi va me‘yori doza oshirilishi bilan kamayadi, bu esa Smax  ni terapevtik doza diapazonidan ortiq subchiziqli oshib ketishiga va 500 mg dan yuqori dozalar qo‘llanilganda biokiraolishligini kamayishiga olib keladi.

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan valasiklovirni 250 dan 2000 mg gacha dozada bir marta qabul qilinganida asiklovirning kutilayotgan farmakokinetik ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ladi

Asiklovirning farmakokinetik ko‘rsatkichi 250 mg

(N=15)

500 mg

(N=15)

1000 mg (N=15) 2000 mg

(N=8)

Smax mkmol/l 9.78 1.71 15.0 4.23 23.1 8.53 36.9 6.36
mkg/ml 2.20 0.38 3.37 0.95 5.20 1.92 8.30 1.43
Tmax soatlar (s) 0.75 (0.75–1.5) 1.0 (0.75–2.5) 2.0 (0.75–3.0) 2.0 (1.5–3.0)
AUC s.mkmol/l 24.4 3.65 49.3 7.77 83.9 20.1 131 28.3
s.mkg/ml 5.50 0.82 11.1 1.75 18.9 4.51 29.5 6.36

Smax – eng yuqori konsentrasiya; Tmax –  eng yuqori konsentrasiyaga erishish vaqti; AUC –konsentrasiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi vaqt. Smax va AUC kattaliklari o‘rta qiymat ± standart og‘ishni ifoda etadi. Tmax kattaliklari mediana va diapazonni bildiradi.

Plazmadagi valasiklovirning eng yuqori konsentrasiyalari asiklovirning konsentrasiyasini bor yo‘g‘i 4% ni tashkil qiladi va preparat qabul qilinganidan keyin o‘rtacha 30-100 minut o‘tgach erishiladi; 3 soatdan keyin Smax darajasi oldingicha qoladi yoki pasayadi. Valasiklovir va asiklovirning farmakokinetik profili bir martalik va takroriy dozalardan keyin bir xil bo‘ladi.

Valasiklovir va asiklovirning farmakokinetikasi oddiy gerpes va Varicella zoster viruslari bilan infeksiyalangan pasientlarda ahamiyatli darajada bir-biridan farq qilmaydi.

Taqsimlanishi

Valasiklovirning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi juda past – 15%. Serebrospinal suyuqlikka (SSS) kirishi SSS dagi AUC/qon plazmasi AUC nisbati sifatida aniqlanadi, va asiklovir va 8-gidrosiklovir (8-OH-ACV) metaboliti uchun taxminan 25% ni va 9-(karboksimetoksi) metilguanin (CMMG) metaboliti uchun taxminan 2,5% ni tashkil etadi (Farmakokinetikasi: Metabolizm va pasientlarning alohida guruhlari bo‘limiga qarang).

Metabolizmi

Ichga qabul qilinganidan keyin valasiklovir ichak va/yoki jigardan birinchi o‘tishi natijasida asiklovir va L-valinga aylanadi. Ozgina miqdorda asiklovir metabolitlarga aylanadi: alkogol va aldegiddegidrogenaza yordamida 9-(karboksimetoksi) metilguaninga (CMMG) va aldegidoksidaza yordamida 8-gidroksiasiklovirga (8-OH-ACV) aylanadi. Preparatning qon plazmasidagi umumiy ekspozisiyasining taxminan 88% asiklovirga, 11% – CMMG ga va 1% – 8-OH-ACV ga taalluqlidir. Valasiklovir ham, asiklovir ham R450 sitoxromi fermentlari tomonidan metabolizmga uchramaydi.

Chiqarilishi

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda asiklovirning T1/2 valasiklovir bir marta va ko‘p marta qo‘llanganidan keyin taxminan 3 soatni tashkil qiladi. Valasiklovirning olingan dozasini 1% dan kamrog‘i siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Valasiklovir siydik bilan asosan asiklovir ko‘rinishida (dozaning 80% dan ortig‘i) va uning 9-(karboksimetoksi) metilguanin metaboliti (CMMG) ko‘rinishida chiqariladi.

Pasientlarning alohida guruhlari

Buyrak yetishmovchiligi

Asiklovirni chiqarilishi buyrak faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, asiklovir ekspozisiyasi buyrak yetishmovchiligining og‘irlik darajasi oshib borishi bilan ko‘payib boradi. Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan pasientlarda asiklovirning T1/2 valasiklovir qabul qilinganidan keyin taxminan 14 soatni tashkil qiladi, buyrak faoliyati normal bo‘lgan holatda esa taxminan 3 soatni tashkil etadi (Qo‘llash usullari va dozalari bo‘limini qarang).

Asiklovir va uning metabolitlari, CMMG va 8-OH-ACV ning plazma va serebrospinal suyuqlikdagi (SSS) ekspozisiyasi muvozanatli holatda har 6 soatda 2000 mg dan valasiklovir dozalarini qabul qilgan va buyrak faoliyati normal bo‘lgan 6 nafar pasientda (kreatinin klirensining o‘rta qiymati minutiga 111 ml, diapazoni minutiga 91-144 ml) hamda har 12 soatda 1500 mg valasiklovir dozalarini qabul qilgan va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan 3 nafar pasientda (kreatinin klirensining o‘rta qiymati minutiga 26 ml, diapazoni minutiga 17-31 ml) baholangan. Asiklovir, CMMG va 8-OH-ACV konsentrasiyasi, ham plazmada, ham SSS da, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda buyrak faoliyatlari normal bo‘lgan pasientlarga nisbatan mos ravishda o‘rtacha 2, 4 va 5-6 baravar yuqori bo‘lgan. Ana shu ikkita populyasiyalar o‘rtasida asiklovir, CMMG yoki 8-OH-ACV ning SSS ga kirib borish darajasida farq aniqlanmadi. (AUC SSJ/AUC qon plazmasi nisbatida aniqlanadi) (Farmakokinetika: Taqsimlanishi bo‘limini qarang).

Jigar yetishmovchiligi

Farmakokinetik ma‘lumotlar shuni ko‘rsatdiki, jigar yetishmovchiligi valasiklovirning asiklovirga aylanish tezligini pasaytiradi, biroq aylanish darajasini pasaytirmaydi. T1/2 asiklovir o‘rgarmasdan qoladi.

Homilador ayollar

Homiladorlikning kechki muddatlarida 1000 mg valasiklovir qabul qilinganidan keyin AUC ning barqaror sutkalik ko‘rsatkichi, sutkada 1200 mg doza asiklovir qabul qilingandagi shunday ko‘rsatkichga qaraganda taxminan 2 marta yuqori bo‘lgan.

Ko‘krak sutiga kirishi to‘g‘risidagi ma‘lumot Laktasiya bo‘limida keltirilgan.

OITV infeksiya

Valasiklovirni 1000 mg yoki 2000 mg dozada bir marta yoki ko‘p marta qabul qilinganidan keyin, sog‘lom shaxslarga qaraganda, OITV-infeksiyalangan pasientlarda valasiklovirni taqsimlanishi va farmakokinetik ko‘rsatkichlarini buzilmaydi.

A‘zolar transplantasiyasi

Valasiklovirni 2000 mg dozada sutkada 4 marta olayotgan a‘zo transplantantlarining resipientlarida, asiklovirning Cmax, preparatni shu dozada olayotgan sog‘lom ko‘ngillilarning shunday ko‘rsatkichiga teng yoki undan yuqori, AUC ning sutkalik ko‘rsatkichlari esa ularda ancha yuqori bo‘lgan.

Klinikagacha bo‘lgan ma‘lumotlar

Kanserogenez, mutagenez

In vitro va in vivo sharoitlarda mutagenlikni o‘rganish yuzasidan sinamalarning natijalari valasiklovir odamlar uchun genetik xavf ehtimolini kamligini namoyish etdi.

Valasiklovir sichqonlar va kalamushlarda o‘tkazilgan biologik sinamalarda kanserogen samarani namoyish etmagan.

Reproduktiv toksikologiya

Og‘ir orqali qabul qilinganida valasiklovir erkak va urg‘ochi kalamushlarda fertillikni buzilishlarini chaqirmagan.

Yuqori parenteral dozalar qabul qilinganida kalamushlar va itlarda moyakning atrofiyasi va aspermatogenez kuzatilgan

Valasiklovir kalamushlar va quyonlarda teratogen ta‘sir ko‘rsatmagan. Valasiklovir asiklovirgacha deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi. Teratogenlikni o‘rganish yuzasidan umumiy qabul qilingan sinamalarda asiklovirni teri ostiga yuborish kalamushlarda va quyonlarda teratogen samaralar chaqirmagan. Kalamushlarda o‘tkazilgan qo‘shimcha tadqiqotlarda preparat plazmadagi asiklovirning konsentrasiyasini 100 mkg/ml gacha oshishini va ona organizmida toksik samaralar chaqiradigan dozalarda teri ostiga yuborilganida homilani rivojlanishida buzilishlar aniqlangan.

 

Qo‘llanilishi

  • O‘rab oluvchi gerpesni (o‘rab oluvchi temiratki) davolash. Valtreks og‘riqni yo‘qolishini tezlashtiradi, uning davomiyligini va Varicella zoster virusi chaqirgan og‘riqlari, shu jumladan o‘tkir va postgerpetik nevralgiyasi bo‘lgan bemorlar foizini kamaytiradi.
  • Oddiy gerpes virusi (OGV) chaqirgan teri va shilliq qavatlarning infeksiyalarini, shu jumladan birinchi marta aniqlangan va qaytalanuvchi genital gerpesni davolash.
  • Labial gerpesni davolash (lab isitmasi).
  • OGV chaqirgan teri va shilliq qavatlarning infeksiyalarini qaytalanishlarini, shu jumladan genital gerpesni oldini olish (supressiya).
  • Agar Valtreks xavfsiz seks bilan birga supressiv davolash sifatida qabul qilinsa, u sog‘lom sherikning genital gerpes bilan infeksiyalanishini pasaytirishi mumkin.
  • A‘zolar transplantasiyasida paydo bo‘ladigan sitomegalovirus (SMV) infeksiyasini oldini olish. Valtreks yordamida SMV profilaktikasi transplantantni o‘tkir ko‘chish reaksiyasi (buyrak transplantantlari bo‘lgan pasientlarda), opportunik infeksiyalar va boshqa gerpes virus infeksiyalarning (oddiy gerpes virusi (OGV), Varicella zoster virusi (V3V)) yaqqolligini susaytiradi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Varicella zoster virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash

Kattalar

O‘rab oluvchi gerpes (o‘rab oluvchi temiratki), shu jumladan oftalmik o‘rab oluvchi temiratki

Valasiklovir 1000 mg dozada sutkada 3 marta 7 kun davomida buyuriladi.

Bolalar (1 yoshdan 12 yoshgacha)

O‘rab oluvchi gerpes

O‘rab oluvchi gerpes bilan kasallangan bolalarda valasiklovirning xavfsizligi va samaradorligi baholanmagan.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligini bo‘lish ehtimolini hisobga olish lozim va shunga qarab, dozani tegishli ravishda to‘g‘rilash lozim bo‘ladi. (bundan keyingi Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda valasiklovirni buyurilganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Adekvat suv-elektrolit balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan pasientlarda valasiklovirning dozasini 1 jadvalga muvofiq ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.

Kreatinin klirensi < 50 ml/min/1,73 m2 bo‘lgan bolalarda valasiklovirni qo‘llash tajribasi yo‘q.

Davriy gemodializda bo‘lgan pasientlarda, valasiklovirni gemodializ seansidan so‘ng qabul qilish tavsiya etiladi.

1 jadval. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan katta pasientlar va o‘smirlar uchun valasiklovirning dozasini tanlab olish

Ko‘rsatmalar Kreatinin klirensi ml/min Valasiklovirning dozasi
O‘rab oluvchi gerpes (davolash) immuniteti saqlanib qolgan yoki past bo‘lgan katta  pasientlar kamida 50 1 g  sutkada 3 marta
30 – 49 1 g sutkada 2 marta
10 – 29 1 g sutkada 1 marta
10 dan kam 500 mg sutkada 1 marta
Oddiy (davolash)

– immuniteti saqlanib qolgan kattalar va o‘smirlar

kamida 30 500 mg sutkada 2 marta
30 dan kam 500 mg sutkada 1 marta
Labial gerpes (davolash)

immuniteti saqlanib qolgan kattalar va o‘smirlar

 

kamida 50

2 g 2 marta bir kun davomida
 

30 – 49

1 g ikki marta bir kun davomida
 

10 – 29

500 g ikki marta bir kun davomida
10 dan kam 500 mg bir marta
Oddiy gerpes oldini olish (supressiya)
– immuniteti saqlanib qolgan kattalar va o‘smirlar kamida 30 500 mg sutkada 1marta *
30 dan kam 250mg sutkada 1 marta
– immuniteti past bo‘lgan kattalar va o‘smirlar kamida 30 500mg sutkada 2 marta
30 dan kam 500mg sutkada 1 marta
Sitomegalovirus

(oldini olish)

Kattalar va o‘smirlar

kamida 75 2 g sutkada 4 marta
50 dan 75 gacha 1,5 g sutkada 4 marta
25 dan 50 gacha 1,5 g sutkada 3 marta
10 dan 25 gacha 1,5 g sutkada 2 marta
10 dan kam yoki dializ 1.5 g sutkada 1 marta

Jigar yetishmovchiligi

Valasiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirroz (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) bo‘lgan pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini namoyish etgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomozi) bo‘lgan pasientlarda preparatning farmakokinetikasi tekshirilganida ham, dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligidan dalolat beruvchi ma‘lumotlar olinmagan; biroq valasiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh pasientlarda cheklangan.

Oddiy gerpes virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash

Immuniteti saqlangan kattalar va o‘smirlar (12 yosh va undan katta)

Valasiklovir 500 mg dozada sutkada 2 marta buyuriladi. Qaytalanishlar bo‘lgan hollarda davolash 3 yoki 5 kun davom etishi kerak. Og‘irroq birlamchi hollarda davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak, uning davomiyligi esa 5 dan 10 kungacha oshirilishi kerak. OGV ni qaytalanishlarida valasiklovirni prodromal davrida yoki kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganidan keyin darhol buyurish ideal hisoblanadi. Agar valasiklavirni oddiy gerpesni qaytalanishining ilk simptomlari paydo bo‘lganda qo‘llansa, u ushbu shikastlanishlarni oldini olishi mumkin.

Labial gerpesni (uchuqni) davolash uchun muqobili sifatida valasiklovirni 2 g dozada 1 kun davomida buyurish samaralidir. Ikkinchi dozani birinchi doza qabul qilgandan keyin taxminan 12 soat o‘tgach qabul qilish kerak (lekin kamida 6 soat o‘tgach). Bunday davolash tartibida davolash davomiyligi 1 kundan oshmasligi kerak, chunki qo‘shimcha klinik afzalliklarni bermaydi. Davolashni uchuqning eng erta simptomlari (ya‘ni chimchilanish, qichishish, achishish) paydo bo‘lganida boshlash kerak.

Bolalar

OGV chaqirgan infeksiya bilan kasallangan bolalarda valasiklovirning samarasi baholanmagan.

Keksa yoshli shaxslar

Keksa yoshli pasientlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda valasiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim.  Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan pasientlarda valasiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.

Kreatinin klirensi < 50 ml/min/1,73 m2 bo‘lgan bolalarda valasiklovirni qo‘llash tajribasi yo‘q.

Jigar yetishmovchiligi

Valasiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligidan dalolat beruvchi ma‘lumotlar olinmagan; biroq valasiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh pasientlarda cheklangan. Valasiklovirning yuqori dozalarini (sutkada 4 g va ko‘proq) qo‘llash haqidagi ma‘lumotlarni “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidan qarash kerak.

OGV chaqirgan infeksiyalarning qaytalanishlarini oldini olish (supressiya)

Immuniteti saqlangan kattalar va o‘smirlar (12 yosh va undan katta)

Valasiklovir 500 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi.

Juda tez-tez (yilda 10 marta va ko‘proq) qaytalanishlarida qo‘shimcha samaraga valasiklovirni 500 mg sutkalik dozada ikki qabulga bo‘lingan holda (250 mg dan sutkada 2 marta) buyurish orqali erishish mumkin.

Immuntanqisligi bo‘lgan kattalar

Immuntanqisligi bo‘lgan kattalar uchun valasiklovirning tavsiya qilingan dozasi 500 mg sutkada 2 martani tashkil qiladi.

Bolalar

OGV chaqirgan supressiya infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda valasiklovirning samarasi baholanmagan.

Keksa yoshli shaxslar

Keksa yoshli pasientlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda valasiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim.  Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan pasientlarda valasiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.

Jigar yetishmovchiligi

Valasiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligi haqida guvohlik beruvchi ma‘lumotlar olinmagan; biroq valasiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh pasientlarda cheklangan.

Sog‘lom sherikni genital gerpesi bilan infeksiyalanishni oldini olish

Kattalar

Immuniteti saqlangan va yiliga 9 martagacha zo‘rayishi bo‘lgan geteroseksual kattalar valasiklovirni 500 mg dan sutkada 1 marta qabul qilishlari kerak.

Bemorlarning boshqa populyasiyalarida infeksiyalanishning oldini olish bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Keksa yoshli shaxslar

Keksa yoshli pasientlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda valasiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim. Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan pasientlarda valasiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.

Jigar yetishmovchiligi

Valasiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligi haqida guvohlik beruvchi ma‘lumotlar olinmagan; biroq valasiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh pasientlarda cheklangan.

Sitomegalovirusli (SMV) infeksiyani yuqishi va kasallanishni oldini olish

Kattalar va o‘smirlar (12 yoshdan boshlab)

Valasiklovirni 2 g dozada sutkada 4 marta transplantasiya o‘tkazilganidan keyin iloji boricha ertaroq buyurish tavsiya qilinadi. Dozani kreatinin klirensiga qarab kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Davolash davomiyligi odatda 90 kunni tashkil qiladi, biroq infeksiya rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda davolash kursi oshirilishi mumkin.

Bolalar

Sitomegalovirusli (SMV) infeksiya bilan  kasallanish va uni yuqtirishni oldini olish maqsadida bolalarda valasiklovirning xavfsizligi va samarasi baholanmagan.

 

Keksa yoshdagi shaxslar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi. (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda valasiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim.  Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan pasientlarda valasiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.

Kreatinin klirensini tez-tez, ayniqsa buyrak faoliyati tez o‘zgargan paytda, masalan transplantasiyadan keyin yoki transplantatning bitib ketishidan keyin darhol aniqlash zarur bo‘ladi. Valasiklovir dozasi mos ravishda to‘g‘rilanishi lozim.

Jigar yetishmovchiligi

Valasiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligi haqida guvohl

Valtreks narxlari

Valtreks barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Valtreks savollari

Valtreks fikr-mulohazalari

Reyting 4.0, 5 ta sharh asosida
Алиягуль
26.03.2020 18:50
5
ох и намучилась я за свою жизнь с герпесом. Это зараза ко мне приставала по несколько раз за год. Пробовала массу различных средств, но ни одно не давала длительного эффекта. Я даже иммунитет себе посадила всеми этими лечениями. И из-за этого у меня бонусом появились прыщи , которых никогда не было. К счастью, однажды на приём попала к очень хорошему специалисту. Он мне назначил Валтрекс. Узнав цену на препарат в аптеке, долго сомневалась, покупать его или нет. Стоит-то он совсем недёшево. Но все же рискнула. Герпес ко мне уже не возвращается полгода! Это просто невероятно! И кстати прыщи лечить дополнительно ничем не пришлось, они сами прошли. Препарат стоит своих денег.
Кизларгул
26.03.2020 09:58
5
За пару недель до самого важного события в моей жизни, свадьбы, у меня появился герпес. Это было ужасно. Вы даже не представляете мое состояние. В панике и слезах обратилась в больницу. Назначили принимать Валтрекс. Я была готова заплатить любые деньги , лишь бы помогло. Быть на всех свадебных фото с такой губой - знаете ли, не об этом я мечтала. Поэтому, не раздумывая, купила и начала пить. И случилось чудо! Когда наступил день «Х» Герпес остался лишь неприятным воспоминанием. Волшебство какое-то! Если вам назначили этот препарат, то покупайте, ни секунды не сомневайтесь. Валтрекс полностью оправдывает свою стоимость. Кстати, прошло уже несколько месяцев, а герпес больше не возвращался. Отлично!
Кимья
20.08.2020 22:53
2
Довелось в своей жизни мне тоже принимать Валтрекс. Врач назначил. И вот что я скажу: препарат абсолютно бесполезный! Ничего он не лечит, а наоборот, только калечит. У меня от него опухла губа до умопомрачительных размеров и поднялась температура. И это все за такие бешеные деньги! Настоятельно не рекомендую! Не ищите себе новых проблем.
Хуршида
27.05.2020 20:20
3
Валтрекс мне назначал врач. После того, как я выпила первую таблетку, у меня появилась тошнота, открылась рвота и ужасная диарея. Вот такое пробочное действие. Больше принимать препарат я не стала. А состояние само нормализовалось через несколько часов.
Нуркувват
16.10.2020 15:49
5
У меня на ноге как-то появился опоясывающий герпес. Лечил его я по назначению врача Валтрексом. За неделю от болячки не осталось и следа. Заметно легче становится уже после первого применения. Препарат, конечно, дорогой, но свою стоимость оправдывает полностью.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil