Sikloval
Sikloval chiqarish shakllari

Sikloval qo'llanmasi
Valatsiklovirga, atsiklovirga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
OITV infeksiyasining klinik yaqqol namoyon boʻlgan shakllarida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.
Viruslarga qarshi preparat.
Soʻrilganidan soʻng valatsiklovir valatsiklovirgidrolazaning taʼsiri ostida atsiklovirga tez va toʻliq aylanadi.
Asiklovir in vitro sharoitida Herpes simplex 1- va 2-turi viruslariga, Varicella zoster va Epshteyn-Barr viruslariga, sitomegalovirusga va odam gerpes virusining 6 turiga qarshi spetsifik ingibitsiya qiluvchi faollikka ega. Asiklovir fosforlangani va faol shakli atsiklovir trifosfatiga aylanganidan keyinoq viruslarning DNK sintezini ingibitsiya qiladi. Fosforlanishning birinchi bosqichi viruslarga nisbatan spetsifik boʻlgan fermentlar ishtirokida kechadi va xujayra kinazalari tomonidan yakunlanadi. Asiklovirni spetsifik virus fermenti tomonidan faollashuvi katta miqyosda uning selektivligi bilan tushuntiriladi.
Asiklovir trifosfati virusning DNK polimeraza fermentini raqobatli ingibitsiya qiladi va nukleozid analogi boʻlganligi sababli, virus DNK siga tizilib oladi, bu DNK zanjirini obligat (toʻliq) uzilishiga, DNK sintezini toʻxtashiga, va oqibatda virus replikatsiyasini bloklanishiga olib keladi.
Immuniteti saqlangan patsiyentlarda valatsiklovirga nisbatan kam sezuvchan boʻlgan Herpes simplex va Varicella zoster viruslari juda kam uchraydi, lekin baʼzan immunitetni ogʻir buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda aniqlanishi mumkin.
Rezistentlik virusning timidinkinazasi tanqisligi bilan bogʻliq boʻladi, bu xoʻjayin organizmida virusni haddan tashqari keng tarqalishiga olib keladi. Baʼzida atsiklovirga nisbatan sezgirlikni pasayishi virus timidinkinazasi yoki DNK polimerazasini tuzilishi buzilgan virus shtammlarini paydo boʻlishi bilan bogʻliqdir.
Ichga qabul qilinganidan keyin valatsiklovir meʼda-ichak tizimidan yaxshi soʻriladi va atsiklovir va valinga tez va deyarli toʻliq parchalanadi. Valatsiklovirning biokiraolishligi 54% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bogʻliq emas. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 15% ni tashkil etadi. Buyrak faoliyati normal boʻlgan patsiyentlarda atsiklovirning yarim chiqarilish davri T1/2 taxminan 3 soatni tashkil qiladi. Valatsiklovir organizmdan siydik bilan asosan atsiklovir (dozaning 80% koʻprogʻi) va uning metaboliti koʻrinishida chiqariladi.
Valatsiklovirni homiladorlik davrida faqat ona uchun potensial foyda homila uchun yuz berishi mumkin boʻlgan xavfdan ustun boʻlgan hollardagina qoʻllanadi.
Valatsiklovirning asosiy metaboliti atsiklovir koʻkrak suti bilan ajralib chiqadi. Preparatni laktatsiya davrida buyurilganda ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya qilinadi.
Sikloval ichga qabul qilinadi. Preparatni iloji boricha ertaroq buyurish kerak.
Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan kasalliklarni davolash uchun kattalarga Sikloval 500 mg dan sutkada 2-marta buyuriladi. Dastlabki ogʻirroq hollarda davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak, uning davomiyligi esa 5 kundan 10 kungacha uzaytirilishi lozim. Kasallikni qaytlanishlarida preparatni prodromal davrda yoki kasallikning ilk smptomlari paydo boʻlishi bilanoq buyurish optimal hisoblanadi va davolashni 3 yoki 5 kun davomida oʻtkazish kerak.
Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish uchun kattalarga immunitetning normal koʻrsatkichlarida 500 mg dozada sutkada 1-marta buyuriladi. Juda tez-tez qaytalanishlarda (yiliga 10-marta va undan ortiq) preparatni 500 mg dozada ikki marta qabul qilishga boʻlib (250 mg dan sutkada 2-marta) buyurish samaraliroq boʻlishi mumkin. Kattalarga immun tanqislikda 500 mg dan sutkada 2-marta buyurish tavsiya qilinadi.
Sogʻlom jinsiy sherikni genital gerpesni yuqishidan oldini olish uchun immuniteti saqlangan va yiliga kasallikni zoʻrayishlari soni 9 nafargacha boʻlgan patsiyentlarda Siklovalni 500 mg dan sutkada 1-marta buyurish kerak.
Labial gerpesni (lab isitmasini) davolash uchun muqobil davo sifatida preparatni 2 g dozada 2-marta 1 kun davomida buyurish samaralidir. Ikkinchi dozani birinchi doza qabul qilinganidan keyin tahminan 12 soatdan soʻng (lekin kamida 6 soatdan keyin) qabul qilish lozim. Bunday dozalash tartibida davolash davomiyligi 1 kundan oshmasligi lozim. Davolashni lab isitmasining eng birinchi simptomlari (yaʼni chimchilash, qichishish, achishish) paydo boʻlishi bilan boshlash kerak.
Oʻrab oluvchi gerpesni davolash uchun kattalarga 7 kun davomida 1 g dan sutkada 3-marta buyuriladi.
Sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun kattalar va 12 yoshdan katta oʻsmirlar uchun tavsiya qiligan doza 2 g dan sutkada 4-martani tashkil etadi. Preparatni transplantatsiya oʻtkazilganidan keyin iloji boricha ertaroq buyuriladi. Dozani kreatinin klirensi (KK) ga qarab pasaytirish lozim. Davolash kursi 90 kunni tashkil qiladi, lekin infeksiyalarni rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan bemorlarda davolash muddati uzaytirilishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligida dozalash tartibi kreatinin klirensiga va koʻrsatmalarga qarab belgilanadi.
|
Koʻrsatmalar |
Kreatinin klirensi |
Siklovalning dozasi |
|
Oʻrab oluvchi gerpes |
minutiga 15-30 ml |
1 g dan sutkada 2-marta |
|
minutiga 15 ml dan kam |
1 g dan sutkada 1-marta |
|
|
Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash
|
minutiga 15 ml dan kam |
500 mg dan sutkada 1-marta |
|
Labial gerpesni davolash |
minutiga 31-49 ml |
1 g dan sutkada 2-marta |
|
minutiga 15-30 ml |
500 mg dan sutkada 2-marta |
|
|
minutiga 15 ml dan kam |
500 mg dan 1-marta |
|
|
Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish |
minutiga 15 ml dan kam |
250 mg dan sutkada 1-marta |
|
Immun tanqislikda: 500 mg dan sutkada 1-marta |
||
|
Genital gerpesni yuqishi kamaytirish uchun |
minutiga 15 ml dan kam |
250 mg dan sutkada 1-marta |
Gemodializdagi patsiyentlarga preparatni gemodializ seansi tugaganidan keyinoq, darhol kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kam boʻlgan bemorlar uchun moʻljallangan dozada buyurish tavsiya qilinadi.
Sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun Siklovalni quyidagi dozalarda buyurish tavsiya qilinadi.
|
Kreatinin klirensi (ml/min) |
Siklovalning dozasi |
|
≥75 |
2 g dan sutkada 4-marta |
|
50 - < 75 |
1,5 g dan sutkada 4-marta |
|
25 - < 50 |
1,5 g dan sutkada 3-marta |
|
10 - < 25 |
1,5 g dan sutkada 2 marta |
|
< 10 yoki dializ |
1,5 g dan sutkada 1 marta |
Gemodializdagi patsiyentlarga Siklovalni gemodializ seansi tugaganidan keyin buyurish kerak.
Kreatinin klirensini, ayniqsa buyrak faoliyati tez-tez oʻzgarb turadigan davrda tez-tez nazorat qilib turish kerak.
Jigar faoliyatini yengil va oʻrtacha darajada buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda, agar ularda buyrak faoliyatini buzilishi boʻlmasa, Siklovalning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Simptomlari: atsiklovirning oʻta yuqori dozalari bir necha kun davomida ichga qabul qilinganda koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrishi, ongni chalkashishi rivojlangan.
Davolash: toksik taʼsirning belgilarini aniqlash maqsadida bemorlar qatʼiy nazorat ostida boʻlishlari lozim. Gemodializ atsiklovirni qondan chiqarib yuborilishini ancha sezilarli kuchaytiradi.
Degidratatsiya (suvsizlanish) xavfi boʻlgan patsiyentlarda, ayniqsa keksa patsiyentlarda, davolanish davri davomida organizmning adekvat gidratatsiyasini taʼminlash lozim.
Valatsiklovir bilan supressiv davolash genital gerpesning yuqish xavfini pasaytiradi, lekin uni toʻliq istisno eta olmaydi va toʻliq sogʻayishga olib kelmaydi. Davolash vaqtida patsiyent jinsiy aloqa qilishda jinsiy sherikning xavfsizligini taʼminlash uchun tegishli choralarni koʻrishi lozim.
Immuniteti normal boʻlgan patsiyentlarda atsiklovirga nisbatan kam sezuvchan viruslar juda xam kam uchraydi. Viruslarning past sezuvchanligi xujayralarda timidinkinazaning fenotipik tanqisligi bilan bogʻliq boʻladi.
Kuchsiz yoki oʻrtacha ogʻirlikdagi jigar sirrozi boʻlgan patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishlarida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda preparatni yuqori (sutkada 4 g va undan ortiq) dozalarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda nevrologik asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori boʻladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda, buyrak faoliyatini ancha ogʻir buzilishi holatlaridan tashqari holatlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Valatsiklovirni bolalarda klinik qoʻllash tajribasi mavjud emas.
Valatsiklovirning boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatga ega boʻlgan oʻzaro taʼsirlari aniqlanmagan.
Asiklovir buyrak naychalarining faol sekretsiyasi natijasida asosan siydik bilan oʻzgarmagan holda chiqariladi. Valatsiklovir qabul qilinganidan keyin simetidin va probenetsid uning buyrak naychalaridagi sekretsiyasini bloklab, atsiklovirning AUC koʻrsatkichini oshiradi va uning buyrak klirensini kamaytiradi. Biroq Valatsiklovirning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki atsiklovir keng terapevtik indeksga ega.
Asiklovirni mofetil mikofenolati (transplantatsiyada qoʻllaniladigan immunodepressan) bilan bir vaqtda qoʻllanganda, birinchi preparatning va ikkinchining faol boʻlmagan metabolitining AUC koʻrsatkichini oshishi aniqlangan.
Valatsiklovirni yuqori dozalarda (sutkada 4 g va undan ortiq) buyrak faoliyatini izdan chiqaruvchi preparatlar (shu jumladan siklosporin, takrolimus) bilan birga qoʻllanganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.
Nefrotoksik preparatlar buyrak faoliyatini buzilishini va MNT ni buzilishlarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: valatsiklovir - 500 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, polivinilpirrolidon, natriy kroskarmeloza, natriy kraxmal glikolyati, LS-gidroksipropilsellyuloza, kremniy dioksidi, magniy stearati.
MNT tomonidan: bosh ogʻrigʻi, toliqish; bosh aylanishi, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar kabi qaytuvchan nevrologik buzilishlar; kam hollarda - qoʻzgʻaluvchanlik, tremor, ataksiya, dizartriya, ongni buzilishi, tirishishlar, ensefalopatiya; juda kam hollarda - koma (odatda buyrak faoiyatini buzilishlari yoki boshqa moyillik omillari boʻlgan patsiyentlarda).
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas - dispnoe.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qorinda diskomfort hissi, ogʻriqlar, qusish, diareya, anoreksiya; kam hollarda – jigar funksional testlarini qaytuvchan oʻzgarishlari.
Allergik reaksiyalar: kam hollarda – toshma, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish, anafilaksiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - leykopeniya (asosan immuniteti susaygan bemorlarda kuzatiladi), trombotsitopeniya.
Dermatologik reaksiyalar: toshma, fotosezuvchanlik; kam hollarda - qichishish.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – buyrak faoliyatini buzilishlari; juda kam hollarda – oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, buyrakda sanchiq (buyrak faoliyatini buzilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin).
Herpes simplex virusining 1 va 2 turlari tomonidan chaqirilgan teri va shilliq qavatlarning infeksiyalarini (jumladan ilk bor aniqlangan va qaytalanuvchi genital gerpes) ni davolash;
labial gerpesni davolash;
Herpes simplex virusining 1 va 2 turlari tomonidan chaqirilgan teri va shilliq qavatlari kasalliklarini, shu jumladan genital gerpesni qaytalanishlarini oldini olish (agar uni xavfsiz jinsiy aloqa bilan birga supressiv terapiya sifatida qabul qilinsa, sogʻlom sherikka genital gerpesni yuqishini xam pasaytirishi mumkin);
Varicella zoster tomonidan chaqirilgan oʻrab oluvchi temiratkini davolash;
aʼzolar transplantatsiyasida yuz beruvchi sitomegalovirus infeksiyasini oldini olishda qoʻllaniladi.
Sikloval narxlari
Sikloval o'xshash dorilari
Sikloval barcha rasmlari

Sikloval savollari
Virusga qarshi
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Sikloval dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd. tomonidan Gruziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.











