Apteka.uz
SavatKirish

Amikatsin

Amikatsin chiqarilish shakllari

AMIKASIN poroshok 500mg
Retseptli
AMIKASIN poroshok 500mg
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO
•9 ta dorixonada bor
Narxi
7 600 so'm dan
- Amikatsin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Amikatsinning tarkibi
- Amikatsin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Amikatsin narxi Toshkent dorixonalarida

Amikatsin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
Hindiston
Kategoriya
Faol modda

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Grammanfiy mikroorganizmlar (gentamitsin, sizomitsin va kanamitsinga chidamli) yoki grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar assotsiatsiyalari chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari: — nafas yo'llari infektsiyalari (bronxit, pnevmoniya, plevra empiemasi, o'pka xo'ppozi); — sepsis; — septik endokardit; — MNS infektsiyalari (meningit bilan birga); — qorin bo'shlig'i infektsiyalari (sh.j. peritonit); — siydik-tanosil yo'llari infektsiyalari (pielonefrit, tsistit, uretrit); — teri va yumshoq to'qimalarning yiringli infektsiyalari (sh.j. infektsiyalangan kuyishlar, turli genezli infektsiyalangan yaralar va yotoq yaralari); — o't yo'llari infektsiyalari; — suyak va bo'g'imlar infektsiyalari (sh.j. osteomielit); — yara infektsiyasi; — operatsiyadan keyingi infektsiyalar.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — eshitish nervi nevriti; — azotemiya va uremiya bilan kechuvchi og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi; — homiladorlik; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; — anamnezda boshqa aminoglikozidlarga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan miasteniya, parkinsonizm, botulizmda (aminoglikozidlar nerv-mushak o‘tkazuvchanligining buzilishini chaqirishi mumkin, bu esa skelet mushaklarining yanada kuchsizlanishiga olib keladi), degidratatsiya, buyrak yetishmovchiligi, yangi tug‘ilganlik davri, chala tug‘ilgan chaqaloqlar, keksa yoshdagi bemorlar, laktatsiya davrida qo‘llash kerak

Tarkibi

  • Faol modda: amikatsin sulfati (amikatsinga qayta hisoblanganda) – 250 mg, Yordamchi moddalar: natriy disulfit (natriy metabisulfit) — 6,6 mg, natriy sitrati pentaseskvigidrati (in'ektsiya uchun natriy sitrati) — 25,1 mg, suyultirilgan sulfat kislotasi pH 3,5-5,5 gacha; in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha. 1 fl. amikatsin (sulfat shaklida) 500 mg amikatsin (sulfat shaklida) 1 g amikatsin (sulfat shaklida) 250 mg Yordamchi moddalar: natriy gidrofosfat, dinatriy edetat, in'ektsiya uchun suv amikatsin (sulfat shaklida) 500 mg amikatsin (sulfat shaklida) 1 g amikatsin (sulfat shaklida) 500 mg amikatsin (sulfat shaklida) 500 mg amikatsin sulfat 500mg amikatsin sulfati 500mg

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: M/o yuborilgandan so‘ng tez va to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi Cmax 7.5 mg/kg dozada m/o yuborilganda - 21 mkg/ml, 7.5 mg/kg dozada 30 daqiqalik v/i infuziyadan so‘ng - 38 mkg/ml. M/o yuborilgandan so‘ng Тmax - taxminan 1.5 soat. V/i yoki m/o yuborilganda o‘rtacha terapevtik konsentratsiya 10-12 soat davomida saqlanib turadi. Taqsimlanishi: Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 4-11% ni tashkil qiladi. Vd kattalarda - 0.26 l/kg, bolalarda - 0.2-0.4 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan kam bo‘lganda - 0.68 l/kg gacha, 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan ortiq bo‘lganda - 0.58 l/kg gacha, mukovitsidoz bilan og‘rigan bemorlarda - 0.3-0.39 l/kg. Hujayradan tashqari suyuqlikda (abstsess tarkibi, plevral ekssudat, ascitik, perikardial, sinovial, limfatik va peritoneal suyuqlik) yaxshi taqsimlanadi; siydikda yuqori konsentratsiyalarda; safro, ko‘krak suti, ko‘zning suvli namligi, bronxial sekret, balg‘am va orqa miya suyuqligida past konsentratsiyalarda aniqlanadi. Organizmining barcha to‘qimalariga yaxshi o‘tadi, u yerda hujayra ichida to‘planadi; yuqori konsentratsiyalar qon bilan yaxshi ta'minlangan organlarda: o‘pka, jigar, miokard, taloq va ayniqsa buyraklarda (po‘stloq moddasida to‘planadi) qayd etiladi, pastroq konsentratsiyalar - mushaklar, yog‘ to‘qimasi va suyaklarda. O‘rtacha terapevtik dozalarda tayinlanganda (normada) kattalarda amikatsin GEB orqali o‘tmaydi, miya qobiqlari yallig‘lanishida o‘tkazuvchanlik biroz oshadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kattalarga qaraganda orqa miya suyuqligida yuqoriroq konsentratsiyalarga erishiladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi: homila qoni va amniotik suyuqlikda aniqlanadi. Metabolizmi: Metabolizmga uchramaydi. Chiqarilishi: Kattalarda T1/2 - 2-4 soat, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda - 5-8 soat, katta yoshdagi bolalarda - 2.5-4 soat. Yakuniy T1/2 - 100 soatdan ortiq (hujayra ichidagi depolardan ajralib chiqishi). Buyraklar orqali kalavalar filtratsiyasi yo‘li bilan (65-94%) asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak klirensi - 79-100 ml/daqiqa. Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi: Buyrak funktsiyasi buzilganda kattalarda T1/2 buzilish darajasiga qarab o‘zgaradi - 100 soatgacha, mukovitsidoz bilan og‘rigan bemorlarda - 1-2 soat, kuyish va gipertermiya bo‘lgan bemorlarda T1/2 yuqori klirens tufayli o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan qisqaroq bo‘lishi mumkin. Gemodializda chiqariladi (4-6 soat ichida 50%), peritoneal dializ kamroq samarasiz (48-72 soat ichida 25%).

Farmakologik ta'siri

Aminoglikozidlar guruhiga kiruvchi keng ta'sir doirasiga ega yarimsintetik antibiotik, bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Ribosomalar 30S subbirligi bilan bog'lanib, transport va matritsa RNK kompleksi hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, oqsil sintezini bloklaydi, shuningdek bakteriyalarning sitoplazmatik membranalarini parchalaydi. Aerob grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol: Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Klebsiella spp., Serratia spp., Providencia spp., Enterobacter spp., Salmonella spp., Shigella spp.; ba'zi grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan: Staphylococcus spp. (shu jumladan penitsillinga, ba'zi sefalosporinlarga chidamli). Streptococcus spp. ga nisbatan o'rtacha faol. Benzilpenitsillin bilan bir vaqtda tayinlanganda Enterococcus faecalis shtammlariga nisbatan sinergizm namoyon qiladi. Preparatga anaerob mikroorganizmlar chidamli. Amikatsin boshqa aminoglikozidlarni faolsizlantiruvchi fermentlar ta'sirida faolligini yo'qotmaydi va tobramitsin, gentamitsin va netilmitsinga chidamli Pseudomonas aeruginosa shtammlariga nisbatan faol bo'lib qolishi mumkin.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, jigar funktsiyasining buzilishi (jigar transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya). Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya. MNT va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, uyquchanlik, neyrotoksik ta'sir (mushaklarning tortishishi, uvishish hissi, sanchish, epileptik xurujlar), nerv-mushak o'tkazuvchanligining buzilishi (nafas to'xtashi). Sezgi a'zolari tomonidan: ototoksiklik (eshitishning pasayishi, vestibulyar va labirint buzilishlari, qaytmas karlik), vestibulyar apparatga toksik ta'sir (harakatlar koordinatsiyasining buzilishi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish). Siydik chiqarish tizimi tomonidan: nefrotoksiklik - buyrak funktsiyasining buzilishi (oliguriya, proteinuriya, mikrogematuriya). Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, teri giperemiyasi, isitma, Kvinke shishi. Mahalliy reaktsiyalar: in'ektsiya joyida og'riq, dermatit, flebit va periflebit (v/i yuborilganda).

Dozirovkasi

  • 0,25g, 0,5g 0,5 g 1000 mg 250 mg/ml 500 mg

Dozani oshirib yuborilishi

: toksik reaksiyalar - eshitishning yo‘qolishi, ataksiya, bosh aylanishi, siyishning buzilishi, chanqoq, ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarda jaranglash yoki bitib qolish hissi, nafas olishning buzilishi.

Dori shaklining ta'rifi

  • Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun oq yoki deyarli oq rangli, gigroskopik Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun oq yoki deyarli oq rangli, gigroskopik. Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish rangli Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Farmatsevtik jihatdan penitsillinlar, geparin, sefalosporinlar, kapreomitsin, amfoteritsin V, gidroxlorotiazid, eritromitsin, nitrofurantoin, V va C guruhi vitaminlari, kaliy xlorid bilan mos kelmaydi. Karbenitsillin, benzilpenitsillin, sefalosporinlar bilan o‘zaro ta’sirda sinergizm namoyon qiladi (og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda beta-laktam antibiotiklar bilan birga qo‘llanilganda aminoglikozidlar samaradorligi pasayishi mumkin). Nalidiks kislotasi, polimiksin V, sisplatin va vankomitsin oto- va nefrotoksiklik rivojlanish xavfini oshiradi. Diuretiklar (ayniqsa furosemid), sefalosporinlar, penitsillinlar, sulfanilamidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar nefron kanalchalarida faol sekretsiya uchun raqobatlashib, aminoglikozidlar eliminatsiyasini bloklaydi, ularning qon zardobidagi konsentratsiyasini oshiradi, nefro- va neyrotoksiklikni kuchaytiradi. Kuraresimon preparatlarning miorelaksatsiyalovchi ta’sirini kuchaytiradi. Metoksifluran, parenteral yuborish uchun polimiksinlar, kapreomitsin va nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklovchi boshqa dori vositalari (ingalyatsion anesteziya uchun preparatlar sifatida galogenlangan uglevodorodlar, opioid analgetiklar), sitratli konservantlar bilan katta miqdorda qon quyish nafas to‘xtashi xavfini oshiradi. Indometatsinni parenteral yuborish aminoglikozidlarning toksik ta’siri rivojlanish xavfini oshiradi (yarim chiqarilish davri uzayishi va klirens pasayishi). Miasteniyaga qarshi dori vositalari samarasini pasaytiradi.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMIKASIN

AMIKACIN

Preparatning savdo nomi:  Amikasin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN):  amikasin

Chiqarilish shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: amikasin sulfati (amikasinga qayta hisoblanganda) – 500 mg.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli kukun, gigroskopik.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (aminoglikozidlar guruxi).

ATX kodi: J01GB06

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Keng ta‘sir doirasiga ega yarimsintetik antibiotik, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ribosomalarning 30S subbirliklari bilan bog‘lanib, transport va matrisali RNK kompleksini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, oqsil sintezini bloklaydi, shuningdek bakteriyalarning sitoplazmatik membranalarini buzadi.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar – Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Klebsiella spp., Serratia spp., Providencia spp., Enterobacter spp., Salmonella spp., Shigella spp.; ba‘zi grammusbat mikroorganizmlarga – Staphylococcus spp. (shu jumladan penisillinga, ba‘zi sefalosporinlarga chidamli) nisbatan yuqori faol; Streptococcus spp. ga nisbatan o‘rtacha faol.

Benzilpenisillin bilan bir vaqtda buyurilganida Enterococcus faecalis ning shtammlariga nisbatan sinergik ta‘sir ko‘rsatadi.

Anaerob mikroorganizmlarga ta‘sir qilmaydi.

Amikasin boshqa aminoglikozidlarni faolsizlantiradigan fermentlarning ta‘siri ostida faolligini yo‘qotmaydi va tobramisin, gentamisin va netilmisinga chidamli Pseudomonas aeruginosa ning shtammlariga nisbatan faolligi saqlanib qolishi mumkin.

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga (m/i) yuborilganidan so‘ng tez va to‘liq so‘riladi.

7,5 mg/ml dozada mushak ichiga yuborilganida maksimal konsentrasiyasi (Cmax) – 21 mkg/ml, 7,5 mg/ml dozada vena ichiga infuziya qilingandan 30 minutdan keyin – 38 mkg/ml. Maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tcmax) – m/i yuborilganidan so‘ng taxminan     1,5 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 4-11%.

Hujayradan tashqari suyuqliklarda (abssesslarning ichidagisi, plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik, assit, perikardial, sinovial, limfatik va peritoneal suyuqlik) yaxshi taqsimlanadi. Yuqori konsentrasiyalarda siydikda aniqlanadi; past konsentrasiyalarda – safro, ko‘krak suti, ko‘z suyuqligi, bronxial sekreti, balg‘am va orqa miya suyuqligida (OMS) da aniqlanadi. Organizmning barcha to‘qimalariga yaxshi o‘tadi, u yerda hujayra ichida to‘planadi; qon bilan yaxshi ta‘minlangan a‘zolarda: o‘pkalar, jigar, miokard, taloq va ayniqsa buyraklarda yuqori konsentrasiyalarda aniqlanadi, u yerda po‘stloq moddasida to‘planadi, kamroq konsentrasiyalarda – mushaklar, yog‘ to‘qimasi va suyaklarda aniqlanadi.

Kattalarga o‘rtacha terapevtik dozalarda (normada) buyurilganida amikasin gematoensefalik to‘siq (GET) orqali o‘tmaydi, bosh miya pardalari yallig‘langanida o‘tkazuvchanligi biroz oshadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning OMS dagi konsentrasiyasi kattalarga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi – homilaning qonida va amniotik suyuqlikda aniqlanadi. Kattalarda taqsimlanish hajmi – 0,26 l/kg, bolalarda – 0,2-0,4 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan kam bo‘lganda – 0,68 l/kg gacha, 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan ortiq bo‘lganda – 0,58 l/kg gacha, mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda – 0,3-0,39 l/kg. V/i yoki m/i yuborilganida o‘rtacha terapevtik konsentrasiyasi 10-12 soat davomida saqlanadi.

Metabolizmga uchramaydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) kattalarda – 2-4 soat, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 5-8 soat, kattaroq yoshli bolalarda – 2,5-4 soat. T1/2 ni yakuniy kattaligi – 100 soatdan ortiq (hujayra ichidagi zahiralardan ajralib chiqishi).

Buyraklar orqali kalava filtrasiyasi yo‘li bilan (65-94%) asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak klirensi – 79-100 ml/min.

Kattalarda buyraklar faoliyati buzilganida T1/2 buzilish darajasiga qarab –                 100 soatgacha, mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda – 1-2 soatgacha tebranadi, kuygan va gipertermiyasi bo‘lgan bemorlarda T1/2 klirensi yuqoriligi tufayli, o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaraganda qisqaroq bo‘lishi mumkin.

Gemodializda (4-6 soat davomida 50%) chiqariladi, peritoneal dializning samarasi kamroq (48-72 soat davomida 25%).

Qo‘llanilishi

Grammanfiy mikroorganizmlar (gentamisin, sizomisin va kanamisinga chidamli) yoki grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarni assosiasiyasi chiqargan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: nafas yo‘llarining infeksiyalari (bronxit, pnevmoniya, plevra empiemasi, o‘pka abssessi), sepsis, septik endokardit, markaziy nerv tizimining (MNT) infeksiyalari (shu jumladan meningit), qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (shu jumladan, peritonit), siydik jinsiy yo‘llarining infeksiyalari (pielonefrit, sistit, uretrit), teri va yumshoq to‘qimalarning yiringli infeksiyalari (shu jumladan, infeksiyalangan kuyishlar, infeksiyalangan yaralar va turli genezli yotoq yaralar), o‘t-safro yo‘llari, suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari (shu jumladan osteomielit), jarohat infeksiyalari, operasiyadan keyingi infeksiyalarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

M/i, v/i (oqim bilan, 2 minut davomida yoki tomchilab), kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga – 5 mg/kg dan har 8 soatda yoki 7,5 mg/kg dan har 12 soatda; siydik yo‘llarining (asoratlanmagan) bakterial infeksiyalarida – 250 mg dan har 12 soatda; gemodializ seansini o‘tkazgandan so‘ng qo‘shimcha doza – 3-5 mg/kg buyurilishi mumkin.

Kattalar uchun maksimal doza – sutkada 15 mg/kg, ammo sutkada 1,5 g dan ko‘p emas 10 kun davomida yuboriladi.

Davolash davomiyligi v/i yuborilganida – 3-7 kun, m/i yuborilganida – 7-10 kun.

Chala tug‘ilgan chaqaloqlarga boshlang‘ich doza – 10 mg/kg, so‘ngra 7,5 mg/kg dan har 18-24 soatda; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga boshlang‘ich doza –          10 mg/kg, so‘ngra 7,5 mg/kg dan har 12 soatda 7-10 kun davomida yuboriladi.

Kuygan bemorlarda T1/2 qisqaroq (1-1,5 soat) bo‘lganligi sababli, bu bemorlarga har 4-6 soatda 5-7,5 mg/kg doza talab qilinishi mumkin.

M/i yuborish uchun 250 mg yoki 500 mg flakonning ichidagisiga 2-3 ml in‘eksiya uchun suv qo‘shib tayyorlangan eritma ishlatiladi.

Amikasin vena ichiga 30-60 minut davomida tomchilab, zarurati bo‘lganida – oqim bilan yuboriladi.

V/i (oqim bilan) yuborish uchun 250 mg yoki 500 mg flakonning ichidagisiga 2-3 ml in‘eksiya uchun suv yoki 0,9% natriy xloridining eritmasi yoki 5% dekstroza eritmasi qo‘shib tayyorlangan eritma ishlatiladi.

V/i (tomchilab) yuborish uchun flakonning ichidagisi 200 ml 5% dekstroza eritmasi yoki 0,9% natriy xloridi eritmasida eritiladi.

V/i yuborish uchun eritmadagi amikasinning konsentrasiyasi 5 mg/ml dan oshmasligi kerak.

Buyraklarning ajratib chiqarish faoliyatini buzilishi bo‘lganida dozasini kamaytirish yoki yuborishlar oralig‘ini uzaytirish lozim.

Yuborishlar oralig‘i uzaytirilgan holda (agar kreatinin klirensining darajasi noma‘lum, pasientning holati turg‘un bo‘lsa) preparatni qabul qilishlar orasidagi interval quyidagicha aniqlanadi:

Interval (soatlar) = qon zardobidagi kreatininni konsentrasiyasi × 9.

Agar zardobdagi kreatininning konsentrasiyasi 2 mg/100 ml bo‘lsa, u holda tavsiya qilingan bir martalik dozani (7,5 mg/kg) har 18 soatda yuborish kerak.

Interval uzaytirilganida bir martalik doza o‘zgarmaydi.

Dozalash tartibi o‘zgarmaganda bir martalik doza kamaygan holda

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun birinchi doza 7,5 mg/kg ni tashkil qiladi.

Navbatdagi dozalarni hisoblash uchun bemorlarning kreatinin klirensini (ml/min) normadagi kreatinin klirensga bo‘linadi, so‘ngra chiqqan raqam birinchi dozaning kattaligiga (mg) ko‘paytiriladi, ya‘ni:

Har 12 soatda                       bemorda aniqlangan kreatinin

yuboriladigan                = __klirensi (ml/min)___________    × birinchi doza (mg)

navbatdagi doza (mg)            normadagi kreatinin

                                               klirensi (ml/min)

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, jigar faoliyatini buzilishi (“jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya);

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: anemiya, leykopeniya, granulositopeniya, trombositopeniya;

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, neyrotoksik ta‘siri (mushaklarni tortilishi, uvishish hissi, sanchilish, tutqanoq hurujlari), nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishi (nafasni to‘xtashi);

Sezgi a‘zolari tomonidan: ototoksiklik (eshitishni pasayishi, vestibulyar va labirint buzilishlar, qaytmas karlik), vestibulyar apparatga toksik ta‘siri (harakatlar diskoordinasiyasi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish);

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: nefrotoksiklik – buyrak faoliyatini buzilishi (oliguriya, proteinuriya, mikrogematuriya);

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, terini qizarishi, isitma, Kvinke shishi;

Mahalliy: in‘eksiya qilingan joyda og‘riq, dermatit, flebit va periflebit (vena ichiga yuborilganida).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, anamnezdagi boshqa aminoglikozidlarga), eshitish nervining nevriti, azotemiyali va uremiyali og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan – miasteniya, parkinsonizm, botulizm (aminoglikozidlar nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishini chaqirishi mumkin, bu skelet mushaklarini yanada kuchsizlanishiga olib keladi), degidratasiya, buyrak yetishmovchiligi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri, chala tug‘ilgan chaqaloqlar, keksalik yoshi, laktasiya davri.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Penisillinlar, geparin, sefalosporinlar, kapreomisin, amfoterisin V, gidroxlortiazid, eritromisin, nitrofurantoin, V guruhi vitaminlari va S vitamini, kaliy xlorid bilan farmasevtik jihatdan nomutanosib.

Karbenisilin, benzilpenisillin, sefalosporinlar bilan o‘zaro ta‘sirlashganida sinergizm namoyon qiladi (og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda beta-laktam antibiotiklar bilan birga qo‘llanganida aminoglikozidlarning samaradorligi pasayishi mumkin).

Nalidiks kislotasi, polimiksin V, sisplatin va vankomisin oto- va nefrotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradilar.

Diuretiklar (ayniqsa, furosemid), sefalosporinlar, penisillinlar, sulfanilamidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar nefronlarning naychalarida faol sekresiya uchun raqobatlashib, aminoglikozidlarning eliminasiyasini bloklaydilar, qon zardobida ularning konsentrasiyalarini oshirib, nefro- va neyrotoksiklikni kuchaytiradilar.

Kuraresimon preparatlarning miorelaksasiyalovchi ta‘sirini kuchaytiradi. Metoksifluran, parenteral yuborish uchun polimiksinlar, kapreomisin va nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklovchi boshqa dori vositalar (galogenlangan karbonvodorodlar ingalyasion anesteziyada qo‘o‘lash uchun preparatlar sifatida, opioid analgetiklar), sitrat konservantli qonning katta miqdorini vena ichiga quyish nafasni to‘xtab qolish xavfini oshiradilar.

Indometasinni parenteral yuborish aminoglikozidlarning toksik ta‘sirini rivojlanishi xavfini oshiradi (yarim chiqarilish davrini oshishi va klirensini pasayishi).

Antimiastenik dori vositalarning samarasini pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Qo‘llashdan oldin 30 mkg amikasin saqlovchi disklar yordamida ajratib olingan qo‘zg‘atuvchilarning sezuvchanligi aniqlanadi. Mikroorganizmlar o‘smagan maydonning diametri 17 mm va undan ortiq bo‘lganida mikroorganizm sezuvchan, 15 mm dan 16 mm gacha – o‘rtacha sezuvchan, 14 mm dan kam – chidamli hisoblanadi.

Plazmada amikasinning konsentrasiyasi 25 mkg/ml dan oshmasligi kerak (15-25 mkg/ml konsentrasiya terapevtik hisoblanadi).

Davolash davrida haftada kamida 1 marta buyraklar faoliyati, eshitish nervi va vestibulyar apparatni nazorat qilish kerak.

Nefrotoksiklikni rivojlanish ehtimoli buyraklar faoliyati buzilgan, shuningdek katta dozalarda yoki uzoq vaqt davomida buyurilganida yuqoriroq bo‘ladi (bemorlarning bu toifasida buyraklar faoliyatini har kuni nazorat qilish talab qilinishi mumkin).

Audiometrik sinamalar qoniqarsiz bo‘lganida preparatning dozasi pasaytiriladi yoki davolash to‘xtatiladi.

Siydik chiqarish yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan pasientlarga katta miqdorda suyuqlik iste‘mol qilish tavsiya etiladi.

Klinik dinamika ijobiy bo‘lmaganida chidamli mikroorganizmlarni rivojlanishi mumkinligini yodda tutish kerak. Bunday hollarda davolashni bekor qilish va tegishli davolashni boshlash kerak.

Hayotiy ko‘rsatmalarga qarab preparatni emizikli ayollarda qo‘llash mumkin (aminoglikozidlar katta bo‘lmagan miqdorlarda ko‘krak sutiga o‘tadilar, biroq ular me‘da-ichak yo‘llaridan sekin so‘riladilar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar qayd etilmagan).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: toksik reaksiyalar (eshitishni yo‘qolishi, ataksiya, bosh aylanishi, siyishni buzilishi, chanqoqlik, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarni shang‘illashi yoki bitib qolishi hissi, nafasni buzilishi).

Davolash: nerv-mushak o‘tkazuvchanligini blokadasi va uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun – gemodializ yoki peritoneal dializ; antixolinesteraz vositalar, kalsiy (Sa2+) tuzlari, o‘pkalarni sun‘iy ventilyasiyasi, boshqa simptomatik va tutib turuvchi davolash.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg.

500 mg amikasin 10 ml sig‘imli flakonlarda.

50 flakon 5 dona rus va o‘zbek (davlat) tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga stasionarlarga yetkazib berish uchun karton qutiga joylangan.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Amikatsin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Amikatsin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish

Amikatsin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Amikatsin haqida savollar

Amikatsin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil