AMOKLAN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMOKLANÒ
AMOCLAN
Preparatning savdo nomi: AmoklanÒ
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): amoksisillin trigidrati, kaliy klavulanati
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: trigidrat shaklida 250 mg amoksisillin va kaliyli tuzi shaklida 125 mg klavulan kislotasi;
yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolyati, aerosil, magniy stearati, mikrokristal sellyuloza, sepifilm.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, bir tomonida «N20» gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial vosita (penisillinlar majmuasi).
ATX kodi: J01CR02.
Farmakologik xususiyatlari
Amoksisillin bakteriyalarning hujayra devorini integral struktur komponenti hisoblangan peptidoglikan biosintezi jarayonida ishtirok etuvchi bir yoki undan ortiq fermentlarni (ko‘pincha penisillinni bog‘lovchi deb nomlanuvchi oqsillarni) ingibirlovchi yarim sintetik penisillindir (beta-laktam antibiotik). Peptidoglikanning sintezini ingibirlanishi hujayra devorining mustahkamligini buzilishiga va oqibatda hujayrani lizisi va nobud bo‘lishiga olib keladi.
Amoksisillin rezistent bakteriyalar ishlab chiqaruvchi beta-laktamazalar ta‘sirida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.
Klavulan kislotasi tuzilishi jihatidan penisillinlarga o‘xshash beta-laktam hisoblanadi. U ayrim beta-laktamazalarni faolsizlantiradi, shu bilan amoksisillinni faolsizlanishini oldini oladi. Klavulan kislotasining aloxida o‘zi klinik jihatdan foydali antibakterial samara ko‘rsatmaydi.
Bakteriyalarni bostiruvchi minimal konsentrasiya (MBK) dan yuqoriroq konsentrasiyani ta‘minlab turish vaqti (T > MBK) amoksisillinning asosiy determinant samaradorligi sifatida qabul qilingan.
Rezistentlikni rivojlanish mexanizmlari
Amoksisillin/klavulan kislotasiga nisbatan rezistentlikni rivojlanishining ikkita asosiy mexanizmi mavjud:
- klavulan kislotasining ingibirlovchi ta‘siriga sezgir bo‘lmagan bakterial beta-laktamazalar, shu jumladan V, S va D sinfiga mansub beta-laktamazalar tomonidan preparatni faolsizlanishi;
- penisillinni bog‘lovchi oqsillarni o‘zgarishi natijasida, antibakterial preparatlarning nishon tuzilmalarga (to‘qimalarga) yaqinligi pasayadi.
Bakteriyalarning devorini antibiotikni o‘tkazmasligi yoki bakteriyalarning hujayrasidan preparatni faol chiqarib tashlanish mexanizmlari rezistentlikning bevosita sababi bo‘lishi yoki, ayniqsa, grammanfiy bakteriyalarda uni rivojlanishiga yordam berishi mumkin.
Sezuvchanlikning chegaralari
Amoksisillin/klavulan kislotasining sezuvchanlik MBK bo‘yicha chegaralari antibiotikka sezuvchanlikni baholash bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (EUCAST) tomonidan belgilangan chegaralarga mos keladi.
Mikroorganizm | Sezuvchanlik chegaralari (mkg/ml) | ||
Sezuvchanlik | Oraliq sezuvchanlik | Rezistentlik | |
Haemophilus influenzae1 | ≤ 1 | – | > 1 |
Moraxella catarrhalis1 | ≤ 1 | – | > 1 |
Staphylococcus aureus2 | ≤ 2 | – | > 2 |
Koagulazo-negativ stafilokokklar2 | ≤ 0,25 | > 0,25 | |
Enterococcus1 | ≤ 4 | 8 | > 8 |
Streptococcus A, B, C, G5 | ≤ 0,25 | – | > 0,25 |
Streptococcus pneumoniae3 | ≤ 0,5 | 1-2 | > 2 |
Enterobakteriyalar1,4 | – | – | > 8 |
Grammanfiy anaeroblar1 | ≤ 4 | 8 | > 8 |
Grammusbat anaeroblar1 | ≤ 4 | 8 | > 8 |
Bakteriyalarning turga xos bo‘lmagan chegaralar1 | ≤ 2 | 4-8 | > 8 |
1Olingan ko‘rsatmalar amoksisillinning konsentrasiyalariga mos keladi. Sezuvchanlikni baholash maqsadida klavulan kislotasining fiksasiyalangan – 2 mg/l konsentrasiyasi ishlatiladi.
2Olingan ko‘rsatkichlar oksasillinning konsentrasiyalariga mos keladi. 3Jadvaldagi eng yuqori ko‘rsatkichlar ampisillinga nisbatan sezuvchanlik chegaralariga asoslangan. 4 Rezistentlik chegarasi, R > 8 mg/l, rezistentlik mexanizmlari bo‘lgan barcha ajratib olingan shtammlarning antibiotiklarga nisbatan rezistentligini kafolatlaydi. 5Jadvaldagi eng yuqori ko‘rsatkichlar benzilpenisillinga nisbatan sezuvchanlik chegaralariga asoslangan. |
Mikroorganizmlarning ayrim turlari uchun rezistentlikni tarqalishi geografik va vaqt bog‘liqligi bilan xarakterlanadi, shu sababli davolashni boshlashdan oldin, ayniqsa og‘ir infeksiyalarda, antibiotikka rezistentlik bo‘yicha mahalliy shtamlari haqida ma‘lumotlarni olish maqsadga muvofiqdir. Antibiotiklarga rezistentlik xususidagi mahalliy ko‘rsatkichlar xech bo‘lmaganda ba‘zi turdagi infeksiyalarga nisbatan preparatning foydasiga shubha tug‘dirsa tegishli mutaxassislarga yordam tariqasida murojaat qilish kerak.
Odatdagi sezgir turlar
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Staphylococcus aureus (metisillinga chidamli shtammlari)£, Streptococcus agalactisae, Streptococcus pneumonia1, Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptokokklar, Streptococcus viridans guruhi.
Grammanfiy aeroblar: Actinobacillus actinomycetemcomitans, Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Haemophilus influenza2, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae§, Pasteurella multocida.
Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp.
Orttirilgan rezistentlik rivojlanishi mumkin bo‘lgan turlar
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium$
Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumonia, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris
Tabiiy chidamliligi bo‘lgan turlar
Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp. Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Legionella pneumopnila, Morganella morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomas maltophilia
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumonia, Chlamydia psittaci, Caxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae.
$ Orttirilgan rezistentlik mexanizmi yo‘qligida, tabiiy oraliq sezuvchanlik.
£ Metisillinga chidamli barcha stafilokokklar amoksisillin/klavulan kislotasiga ham chidamlidir.
- Beta-laktamazalarga bog‘liq bo‘lmagan, amoksisillinga chidamliligi bo‘lgan barcha shtammlar amoksisillin/klavulan kislotasiga chidamlidir.
1 Streptococcus pneumonia ning penisillinga chidamli shtammlari chaqirgan infeksiyalarni, preparatning ushbu dori shakli bilan davolash mumkin emas (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).
2 Yevropa Hamjamiyatining ayrim mamlakatlarida 10% dan yuqori chastotada uchraydigan, sezuvchanligi past shtammlari aniqlangan.
Farmakokinetikasi
rN ning fiziologik ko‘rsatkichi oralig‘ida amoksisillin va klavulan kislotasi suvda to‘liq eriydi. Preparatning ikkala komponenti xam ichga qabul qilingandan keyin tez va yaxshi so‘riladi. Agar preparatni bevosita ovqatdan oldin qabul qilinsa, ularni so‘rilishi yaxshilanadi. Ichga qabul qilinganda amoksisillin va klavulan kislotasining biokiraolishligi taxminan 70% ga yetadi. Ikkala komponentning xam plazmadagi konsentrasiyasining profili bir xil bo‘lib, har bir modda uchun cho‘qqi konsentrasiyasiga (Tmax) erishish vaqti taxminan bir soatni tashkil qiladi.
Sog‘lom ko‘ngillilar guruhi 250 mg/125 mg tabletkalari ko‘rinishida majmuaviy preparatni och qoringa kuniga ikki marta qabul qilganlarida, zardobda maksimal konsentrasiyalar (Smax) amoksisillin uchun 3,3±1,12 mkg/ml ni va klavulan kislotasi uchun 1,5±0,70 mkg/ml ni tashkil qilgan. Zardobda maksimal konsentrasiyalarga erishish vaqti (Tmax) amoksisillin uchun 1,5 soatni (diapazon 1,0-2,5) va klavulan kislotasi uchun 1,5 soatni (diapazon 1,0-2,0) tashkil qilgan. Yarim chiqarilish davri – T1/2 ning o‘rtacha ko‘rsatkichlari amoksisillin uchun 1,36±0,56 soatni va klavulan kislotasi uchun 1,01±0,11 soatni tashkil qildi.
Ichga qabul qilingandan keyin zardobda erishiladigan amoksisillin va klavulan kislotasining konsentrasiyalari, amoksisillin yoki klavulan kislotasining ekvivalent dozalarini alohida ichga qabul qilish natijasida olinadigan konsentrasiyalari bilan bir xil.
Plazmadagi klavulan kislotasining umumiy miqdorini taxminan 25% va amoksisillinning umumiy miqdorini taxminan 18% oqsillar bilan bog‘langan holda bo‘ladi. Taxminiy taqsimlanish hajmi amoksisillin uchun taxminan 0,3-0,4 l/kg va klavulan kislotasi uchun taxminan 0,2 l/kg ni tashkil qiladi.
Vena ichiga yuborilganidan so‘ng amoksisillin va klavulan kislotasi o‘t pufagi, qorin devori to‘qimalari, teri, yog‘ to‘qimasi, mushak to‘qimalari, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, o‘t-safro va yiringda aniqlanadi. Amoksisillin orqa miya suyuqligiga juda oz miqdorda kiradi xolos.
Amoksisillin ko‘pchilik penisillinlar kabi ko‘krak sutiga o‘tadi. Klavulan kislotasining juda oz miqdori ham ko‘krak sutida aniqlanadi («Homiladorlik va emizish» ga qarang).
Amoksisillin xam, klavulan kislotasi xam yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Amoksisillin dastlabki dozasining ko‘pi bilan 10-25% ga ekvivalent bo‘lgan hajmlarda nofaol penisil kislotasi shaklida siydik bilan qisman chiqariladi. Klavulan kislotasi odam organizmida jadal metabolizmga uchraydi, siydik va axlat bilan, shuningdek nafas yo‘llari orqali karbonat angidridi holida chiqariladi.
Amoksisillinni asosiy chiqarilish yo‘li buyraklar orqali bo‘lsa, ayni paytda klavulan kislotasi organizmdan buyrak va buyrakdan tashqari mexanizmlar yordamida chiqariladi.
Amoksisillin/klavulan kislotasining majmuasi sog‘lom shaxslarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan bir soat va o‘rtacha umumiy klirensi taxminan 25 l/soat bilan ifodalanadi.
Amoksisillin/klavulan kislotasining 250 mg/125 mg yoki 500 mg/125 mg tabletkalarini bir marta qabul qilinganidan keyin, amoksisillinning taxminan 60-70% va klavulan kislotasining taxminan 40-65% birinchi 6 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. 24 soatlik davr davomida siydik bilan chiqarilish darajasi amoksisillin uchun 50-85% va klavulan kislotasi uchun 27-60% ni tashkil qiladi. Klavulan kislotasining maksimal hajmi preparat yuborilganidan keyin birinchi ikki soat davomida chiqariladi.
Yosh
Uch oylikdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda amoksisillinning yarim chiqarilish davri bir xil. Juda kichik yoshdagi bolalarga (shu jumladan, chala tug‘ilgan chaqaloqlarga) hayotining birinchi haftasida buyraklar orqali chiqarish yo‘li yetilmaganligi sababli preparatni kuniga ikki martadan ortiq yuborish mumkin emas. Keksa yoshdagi shaxslarda buyraklar faoliyatini pasayishi mumkinligini nazarda tutib, preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlanadi va zaruart tug‘ilganida buyraklar faoliyatini muntazam tekshirib turiladi.
Jinsi
Amoksisillin yoki klavulan kislotasining farmakokinetikasi pasientning jinsiga bog‘liq emas.
Buyraklar faoliyatini buzilishi
Amoksisillin va klavulan kislotasining plazmadan umumiy klirensi buyraklar faoliyatini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Klirensini pasayishi klavulan kislotasiga nisbatan amoksisillinda yaqqolroq kuzatiladi, chunki amoksisillinning ko‘proq qismi buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida dozalar shunday tanlanadiki, unda klavulan kislotasining adekvat darajalarini tutib turish bilan birga, amoksisillinni haddan tashqari ko‘p to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang).
Jigar yetishmovchiligi
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi va jigar faoliyatini muntazam nazorat qilinadi.
Qo‘llanilishi
Amoklan kattalar va bolalarda quyidagi infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi:
- o‘tkir bakterial sinusit (muvofiq ravishda tashxis qo‘yilganida);
- sistit;
- pielonefrit;
- teri osti yog‘ to‘qimasini yiringli yallig‘lanishi (flegmona);
- hayvonlar tishlashi oqibatidagi jarohatlar;
- tish atrofi to‘qimalarda tarqalgan flegmonali og‘ir abssessi;
Antibakterial preparatlarni muvofiq ravishda qo‘llash bo‘yicha rasmiy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalar amoksisillin/klavulan kislotasining miqdorini aks ettiradi.
Alohida infeksiyalarni davolash uchun dozani tanlash quyidagi omillarni hisobga olish kerak:
- taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar va ularni antibakterial preparatlarga sezuvchanligi;
- infeksiyaning og‘irligi va lokalizasiyasi;
- pasientning yoshi, og‘irligi va buyraklar faoliyati, quyida ko‘rsatilgan.
Amoklanning boshqa dori shakllarini (masalan, amoksisillinning yuqoriroq dozalari va/yoki amoksisillin/klavulan kislotasining boshqacha nisbati) qo‘llash mumkinligi zaruratga qarab ko‘rib chiqiladi.
Preparatni tavsiya qilinganidan past dozalarda qabul qilinganda kattalar va tana vazni ≥40 kg bo‘lgan bolalar umumiy sutkalik doza 750 mg amoksisillin/375 mg klavulan kislotasini oladilar.
Amoksisillinning yuqori sutkalik dozalarini qo‘llash zarurati tug‘ilganida, klavulan kislotasining ko‘zda tutilmagan yuqori sutkalik dozalarini yuborishni oldini olish maqsadida, amoksisillin/klavulan kislotasining boshqa dori shaklini tanlash tavsiya qilinadi.
Davolash davomiyligi preparatning dozasini qayta ko‘rib chiqmasdan 14 kundan oshmasligi kerak.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bolalar
Bir tabletkadan kuniga uch marta.
Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar
375 mg li Amoklan tabletkalari tana vazni 40 kg dan kam bo‘lgan bolalarni davolash uchun tavsiya qilinmaydi. Olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolash uchun suspenziyani ishlatgan afzal.
Keksa yoshdagi bemorlar
Dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar
Dozani amoksisillinning tavsiya qilingan maksimal dozasidan kelib chiqib to‘g‘rilanadi.
Kreatinin klirensi ko‘rsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lgan pasientlarga dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bolalar
Kreatinin klirensi:
10-30 ml/min |
1 tabletka sutkada ikki marta. |
Kreatinin klirensi: <10 ml/min | 1 tabletka sutkada bir marta. |
Gemodializ | 2 tabletka har 24 soatda plyus 250 mg/125 mg ning ikki dozasi dializ vaqtida va yana 250 mg/125 mg ning ikki dozasi dializning oxirida (chunki zardobda amoksisillin va klavulan kislotasining konsentrasiyasi dializning fonida pasayadi) buyuriladi. |
Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar
Tana vazni 40 kg dan kam va kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan bolalar uchun Amoklanning faol moddalarini nisbati 2:1 bo‘lgan dori shakllarini qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bunday preparatning dozasini to‘g‘rilashning iloji yo‘q. Bu toifa pasientlar uchun amoksisillinni klavulan kislotasiga 4:1 nisbatdagi preparatlari tavsiya qilinadi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigar faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak.
(“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).
Qo‘llash usuli
Ichga qabul qilish uchun. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan o‘zlashtiraolmaslik ko‘rinishlarini mumkin qadar kam bo‘lishi va amoksisillin/klavulan kislotasini yaxshi so‘rilishini ta‘minlash uchun bevosita ovqatdan oldin qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarni rivojlanish chastotasini tasniflash uchun quyidagi mezonlardan foydalanilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam (< 1/10000), tez-tezligi noma‘lum (ma‘lum bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).
Eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya nojo‘ya reaksiyalariga diareya, ko‘ngil aynishi va qusish kiradi.
Infeksion va parazitar kasalliklar:
Tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi.
Tez-tezligi noma‘lum: sezuvchan bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishi.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar:
Kam: qaytuvchan leykopeniya (jumladan neytropeniya), trombositopeniya.
Tez-tezligi noma‘lum: qaytuvchan agranulositoz, gemolitik anemiya, qon ketish vaqti va protrombin vaqtini uzayishi.
Immun tizim tomonidan buzilishlar.
Tez-tezligi noma‘lum: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligiga o‘xshash sindrom, allergik vaskulit.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Tez-tezligi noma‘lum: qaytuvchan giperreaktivlik, tirishishlar.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Juda tez-tez: diareya;
Tez-tez: ko‘ngil aynishi (ko‘pincha bu yuqori dozalarni ichga qabul qilish bilan bog‘liq; me‘da-ichak reaksiyalarini, preparatni ovqatni qabul qilishni boshida qabul qilib minimumga yetkazish mumkin), qusish.
Tez-tez emas: ovqat hazm qilishni buzilishi.
Tez-tezligi noma‘lum: antibiotiklarni qo‘llanishi oqibatidagi qo‘zg‘atgan kolit (jumladan, soxta membranoz kolit va gemorragik kolit, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang), “qora tukli” til.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: AST va/yoki ALT darajalarini oshishi (o‘rtacha oshishi beta-laktam sinfi antibiotiklari bilan davolangan pasientlarda kuzatilgan, biroq bu kuzatishlarning ahamiyati noma‘lum);
Tez-tezligi noma‘lum: gepatit, xolestatik sariqlik (bu nojo‘ya ko‘rinishlar boshqa penisillinlar va sefalosporinlarni qo‘llash fonida kuzatilgan, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Har qanday teri allergik reaksiyalari rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).
Tez-tez emas: teri toshmalari, qichishishi, eshakemi.
Kam: ko‘p shaklli eritema.
Tez-tezligi noma‘lum: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullez eksfoliativ dermatit, o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulez (O‘TEP).
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma‘lum: interstisial nefrit, kristalluriya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ta‘sir qiluvchi yoki yordamchi moddalariga, shuningdek har qanday penisillinlarga yuqori sezuvchanlik.
Boshqa beta-laktam preparatlariga (masalan, sefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlarga) zudlik bilan kechuvchi og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Sariqlik yoki anamnezida amoksisillin/klavulan kislotasini qo‘llash fonida jigarni boshqa shikastlanishi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Oral antikoagulyantlar
Amoksisillinning davolash kursi fonida asenokumarol yoki varfarin bilan tutib turuvchi davolash olayotgan pasientlarda xalqaro me‘yorlashtirilgan nisbatni oshish hollari ta‘riflangan. Preparatlarni bir vaqtda buyurish zarurati tug‘ilganda davolashni boshlash vaqtida va amoksisillin bilan davolash to‘xtatilganidan keyin protrombin vaqti yoki xalqaro me‘yorlashtirilgan nisbatni sinchkovlab nazorat qilinadi. Oral antikoagulyantlarning dozalarini to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin.
Metotreksat
Penisillinlar metotreksatning chiqarilishini pasaytirishi mumkin, bu zaharlanishni kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Probenesid
Probenesidni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. U buyrak kanalchalarida amoksisillinni sekresiyasini pasaytiradi. Probenesidni Amoklan bilan bir vaqtda qo‘llash qonda amoksisillinning darajasini oshishiga (ammo klavulan kislotasini emas) va ularni uzoq vaqt ushlanib qolishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin penisillinlar, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini borligi yuzasidan anamnezni sinchkovlik bilan yig‘ish kerak.
Penisillinlar bilan davolash fonida jiddiy va gohida o‘limga olib keluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktoid reaksiyalar) kuzatilgan. Ular ko‘proq anamnezida atopiyasi va penisillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda rivojlanadi. Allergik reaksiyalar rivojlanganida Amoklan bilan davolashni to‘xtatish va boshqa muvofiq keluvchi antibakterial preparatlar buyurilishi kerak.
Amoksisillinga infeksiya qo‘zg‘atuvchilarning sezuvchanligi isbotlangan hollarda rasmiy qo‘llanmalarga muvofiq Amoklanga o‘tish variantini ko‘rib chiqish kerak.
Agar taxmin qilinayotgan qo‘zg‘atuvchilar klavulan kislotasining ingibirlovchi ta‘siriga sezgir bo‘lgan, beta-laktamazalar bilan bog‘liq bo‘lmagan, beta-laktam preparatlarga rezistentlik havfi yuqori bo‘lsa, preparatning ushbu dori shakli qo‘llash uchun yaroqsizdir. Ushbu dori shakli S.pneumoniae ning penisillinga rezistent shtammlari chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun qo‘llamaslik kerak.
Buyraklar faoliyati buzilgan yoki preparatning yuqori dozalari bilan davolanayotgan pasientlarda tirishishlar rivojlanishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari” ga qarang).
Infeksion mononukleozga gumon qilingan hollarda, Amoklan bilan davolashga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki kasallanish vaqtida amoksisillin qo‘llangandan so‘ng qizamiqqa o‘xshash toshmalarni paydo bo‘lishi kuzatilgan.
Amoksisillin bilan davolash vaqtida allopurinolni yondosh qo‘llanishi terida allergik reaksiyalarni rivojlanish ehtimolini potensial oshiradi.
Preparatni uzoq vaqt qo‘llash ba‘zan sezuvchan bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Davolashni boshlanishida pustulali infeksion tarqoq eritemani rivojlanishi o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulezning (O‘TEP) potensial simptomi hisoblanadi. Bunday reaksiya Amoklan bilan davolashni to‘xtatishni talab qiladi va keyinchalik amoksisillinni yuborishga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Amoklan bilan davolash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
Jigar tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya ko‘rinishlar asosan erkaklar va keksa yoshdagi pasientlarda kuzatilgan va uzoq muddatli davolash bilan potensial bog‘liq bo‘lgan. Bu noxush ko‘rinishlar bolalarda juda kam hollarda kuzatilgan. Barcha guruh pasientlarda belgilar va simptomlar odatda davolash vaqtida yoki davolashdan so‘ng qisqa muddatda kuzatiladi, biroq ayrim hollarda ular davolash to‘xtatilganidan so‘ng bir necha hafta davomida namoyon bo‘lmaydi. Odatda ular qaytuvchan xarakterga ega. Jigar tomonidan og‘ir noxush ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin, juda kam hollarda o‘lim hollari kuzatilgan. Ular amalda hamisha jiddiy asosiy kasalliklari bo‘lgan yoki jigarni shikastlash qobiliyatiga ega yondosh dori preparatlarni qabul qilgan pasientlar orasida kuzatilgan.
Deyarli barcha antibakterial preparatlar, jumladan amoksisillin bilan davolash fonida kuzatiladigan antibiotikni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit og‘irligi bo‘yicha yengildan hayotga xavf soluvchi darajagacha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, bu tashxisni antibiotiklar bilan davolash vaqtida yoki har qanday davolash kursi tugaganidan so‘ng diareya bo‘lgan pasientlarda bo‘lishiga taxmin qilish muhimdir. Antibiotiklarni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit rivojlanganda Amoklan bilan davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak; shifokorning maslahati olinadi va tegishli davolash choralari buyuriladi. Ushbu vaziyatlarda ichak peristaltikasini susaytiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas.
Uzoq muddat davolash vaqtida turli a‘zolar tizimini, jumladan, buyraklar, jigar va qon yaratish a‘zolari faoliyatini vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya qilinadi.
Kam hollarda preparatni qabul qilish fonida protrombin vaqtini uzayishi kuzatilgan. Antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilinganda albatta yaxshi monitoring o‘tkazilishi shart. Antikoagulyasiyaning istalgan darajasiga erishish uchun peroral antikoagulyantlarning dozalarini to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, yetishmovchilik darajasiga muvofiq ravishda preparatning dozasini to‘g‘rilash kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).
Diurezi pasaygan pasientlarda kam hollarda, asosan parenteral davolash fonida kristalluriya kuzatilgan. Amoksisillinning yuqori dozalari bilan davolash vaqtida amoksisillinni qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriyani rivojlanish ehtimolini pasaytirish maqsadida yetarli miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilingan. Qovug‘iga kateter o‘rnatilgan pasientlarda uning o‘tkazuvchanligini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Amoksisillin bilan davolanish vaqtida glyukozaning siydikdagi darajasini baholash zarurati tug‘ilganda, glyukozooksidaza bilan o‘tkazilgan fermentativ usullardan foydalanish kerak, chunki nofermentativ usullar ba‘zan soxta musbat natijalarni berishi mumkin.
Amoklanda klavulan kislotasini bo‘lishi IgG va albuminni eritrositlarning membranalari bilan nospesifik bog‘lanishini chaqirishi mumkin, bu Kumbs sinamasining soxta musbat natijalariga sabab bo‘lishi mumkin.
Preparatni qabul qilgan pasientlarda Aspergillus ni aniqlashda immunoferment analiz (IFA) sinamalarida musbat natijalar kuzatilgan, keyinchalik pasientlarda Aspergillus chaqirgan infeksiyani yo‘qligi aniqlangan. Aspergillus ni aniqlash uchun IFA sinamalari doirasida aspergilez bo‘lmagan polisaxaridlar va polifuranozlar bilan kesishgan reaksiyalar kuzatilgan. Amoklan bilan davolanayotgan pasientlarda musbat natijalar ehtiyotkorlik bilan taxlil qilinishi va boshqa diagnostika usullari bilan tasdiqlanishi kerak.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash yuzasidan cheklangan ma‘lumotlar tug‘ma nuqsonlar rivojlanish xavfi oshganini qayd etmaganlar. Homila pardalarini muddatidan oldin yorilishi qayd qilingan ayollar ishtirokidagi yagona tadqiqot doirasida amoksisillin/klavulan kislotasi bilan profilaktik davolash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning yuqori xavfi bilan potensial bog‘liqlik aniqlanmagan. Agarda shifokor homiladorlik davrida preparatni qo‘llashni zarur deb hisoblamasa, uni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Har ikkala faol moddasi ko‘krak sutiga ajraladi (emizikli bolalarga klavulan kislotasining ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q). Shunday qilib, emizikli bolalarda diareya va shilliq qavatlarni zamburug‘li infeksiyalari rivojlanishi mumkin, bu emizishni to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Emizish davrida shifokor tomonidan foyda/havf nisbatini baholangandan so‘ngina preparat bilan davolash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan. Biroq ushbu faoliyatni bajarishga potensial ta‘sir qiluvchi nojo‘ya samaralar (masalan, allergik reaksiyalar, bosh aylanishi, tirishishlar) rivojlanishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, shuningdek suv-elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin. Ba‘zan buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi, amoksisillin qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriya kuzatilgan.
Tirishishlar buyraklar faoliyati buzilgan yoki katta dozalarda davolangan pasientlarda kuzatilishi mumkin.
Asosan vena ichiga katta dozalarda yuborilganidan so‘ng amoksisillinn siydik kateterlarida cho‘kmalar hosil qiladi. Kateterlarning o‘tkazuvchanligini muntazam nazorat qilish kerak.
Me‘da-ichak yo‘llarini buzilish simptomlari yuzasidan suv-elektrolit muvozanatini tiklash bilan birga simptomatik davolash o‘tkazish mumkin.
Amoksisillin/klavulan kislotasi organizmdan gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
20 tabletkadan birinchi ochilishi nazoratli qopqoqcha bilan berkitilgan polimer flakonlarda. Flakonga qog‘ozli etiketka yopishtiriladi. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Zich yopilgan, xona haroratida (15oS-25oS), quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari