Ampioks ko'rsatmalar
- Umumiy ma'lumot
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakodinamikasi
- Sotish shartlari
- Maxsus saqlash sharoitlari
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMPIOKS-REMEDY
AMPIOXUM-REMEDY
Preparatning savdo nomi: Ampioks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ampisillin trigidrati va oksasillinni natriyli tuzi.
Dori shakli: Kapsulalar.
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar: Ampisillin 125 mg, oksasillin 125 mg.
Yordamchi moddalar: magniy stearati ili kalsiy stearati.
Ta‘rifi: “2” o‘lchamli, oq rangli qattiq jelatinli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar (penisillinlar guruhi).
ATX kodi: J01CR50
Farmakologik xususiyatlari
Ampisillin va oksasillin ta‘sir doiralarini birlashtiruvchi majmuaviy antibiotik.
Ampisillin-penisillin guruhiga mansub yarim sintetik antibiotik bo‘lib, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi, kislotaga chidamli. Grammusbat (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Streptococcus pneumoniae) va grammanfiy (Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae,) mikroorganizmlarga nisbatan faoldir.
Oksasillin penisillin guruhiga mansub yarim sintetik antibiotikdir. Uning β-laktamazlarga chidamligi bilan bog‘liq asosiy xususiyati penisillinga chidamli bo‘lgan shtammlarga nisbatan faolligidir. Grammusbat mikroorganizmlarga (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, anaerob spora hosil qiluvchi tayoqchalar, shu jumladan Closridium), grammanfiy kokklarga (Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis), Escherichia coli, Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae, Clostridium pneumoniae, Actinomyces spp., Treponema spp., nisbatan bakterisid ta‘sirga ega. Preparat ta‘siriga Ps. aeroginosa, ko‘pchilik Proteus vulgaris, Pr. Rettgeri, Pr. Morgonii shtammlari chidamli.
Farmakokinetikasi
Ampisillin ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, me‘daning kislotali muhitida o‘zgarmaydi. Ko‘pgina a‘zo va to‘qimalarda taqsimlanadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, GEB orqali yomon o‘tadi. Miya qobiqlari yallig‘lanishida GEB o‘tkazuvchanlik ampisillin uchun keskin ortadi. 30% ampisillin jigarda parchalanadi. Siydik va safro bilan chiqariladi.
Oksasillin ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llarida so‘riladi. Me‘daning kislotali muhitida faolligini saqlab qoladi. Ovqat qabul qilish oksasillin so‘rilishini kamaytiradi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 93% ni tashkil qiladi. 20-30% atrofidagisi tez siydik orqali, hamda safro orqali chiqadi.
Qo‘llanilishi
Sezgir mikroflora chaqirgan bakterial infeksiyalar: sinusit, tonzillit, o‘rta otit, bronxit, pnevmoniya, xolangit, xolesistit, pielonefrit, pielit, sistit, uretrit, gonoreya, servisit, teri va yumshoq to‘qima infeksiyalari, saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar, dizenteriya, salmonellez, salmonella tashuvchi, jarrohlik aralashuvlaridagi operasiyadan keyingi asoratlarni (shu jumladan immuntanqislik fonida) oldini olishda, chaqaloqlar infeksiyasida, og‘ir kechadigan infeksiyalarda (sepsis, endokardit, meningit, tug‘riqdan keyingi infeksiyalar) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozasi
Ichga, kapsulani butunligicha suv bilan ichiladi.
Kattalar va 14 yoshdan katta bolalar uchun bir martalik doza 0,5-1,0 g, sutkalik – 2-4 g,
3-7 yoshdagi bolalar uchun sutkasiga 100 mg/kg,
7-14 yoshdagilarga sutkasiga-50 mg/kg.
Davolash davomiyligi 5-7 kundan 2 haftagacha.
Sutkalik dozani 4-6 qabulga bo‘linadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar: eshakem, terini qizarishi, Kvinke shishi, rinit, kon‘yunktivit, isitmalash, artralgiya, eozinofiliya, anafilaktik shok, superinfeksiya, disbakterioz, ta‘m bilishni pasayishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, psevdomembranoz enterokolit, leykopeniya, neytropeniya va anemiya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, infeksion mononukleozda, limfoleykozda, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (kichkina bolalarda kapsula ko‘rinishidagi preparatni to‘g‘ri dozalash mumkin emasligi sababli) qo‘llanilmaydi.
Penisillinga o‘ta sezuvchan bo‘lgan onalardan tug‘ilgan bolalarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antasidlar, glyukozamin, surgi vositalari, ovqat, aminoglikozidlar so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi; askorbin kislotasi so‘rilishini oshiradi. Bakterisid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, sikloserin, vankomisin, rifampisin) sinergik ta‘sir; bakteriostatik preparatlar (makrolidlar xloramfenikol, linkozamidlar, tetrasiklinlar, sulfanilamidlar) antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi. Bilvosita antikoagulyantlar samarasini oshiradi (ichak mikroflorasini susaytirib, vitamin K sintezini va protrombin ko‘rsatkichini kamaytiradi); peroral kontraseptiv dori vositalari samarasini kamaytiradi, metabolizm jarayonida PABK hosil bo‘ladi. Etinilestradiol-qon ketishi rivojlanish havfini tug‘diradi. Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar probenesid-naychalar sekresiyasini kamaytirib, preparatni qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshiradi, bu esa toksik ta‘sir rivojlanishi xavfini oshiradi. Allopurinol teri toshmasini rivojlanish xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kursiy davolashda qon yaratish a‘zolari, jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish zarur. Superinfeksiyani rivojlanishi (preparatga sezgir bo‘lmagan mikroflorani o‘sishi hisobiga) shunga muvofiq ravishda antibakterial davolashni o‘zgartirishni talab qiladi. Penisillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan kasallarda, sefalosporin antibiotiklariga qarama -qarshi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Homiladorlikda ko‘rsatmaga muvofiq qo‘llash mumkin. Ona suti bilan kichik konsentrasiyada ajraladi, shuning uchun emizikli davrida preparat qo‘llashda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish lozim. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan kasallarda yuqori dozalarni qo‘llash, markaziy nerv tizimiga toksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan. Anafilaktik shok belgilari paydo bo‘lganda kasalni ushbu holatdan chiqarishning tezkor choralarini ko‘rish kerak: adrenalinni (epinefrin) yuborish, glyukokortikosteroidlar (gidrokortizon yoki prednizolon) va antigistamin vositalarni yuborish, zarur bo‘lganida o‘pkani su‘niy ventilyasiya qilish kerak.
Chiqarilish shakli
10 dona. 250 mg kapsulalar kontur-uyali o‘ramda №10.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Битта флакон қуйидагиларни сақлайди:
фаол модда:
ампициллин натрий тузи 0,3335 г
оксациллин натрий тузи 0,1665 г
Farmakodinamikasi
Ампициллин ва оксациллин таъсир доирасини бирлаштирувчи комбинацияланган антибиотик ҳисобланади. Ампициллин – ярим синтетик пенициллин бактерицид таъсир этади, пенициллиназани пайдо қилмайдиган грам-мусбат микроорганизмларга (Staphylococcusspp., Streptococcusspp., Streptococcuspneumoniae) ва грам-манфий микроорганизмларга (Neisseriagonorrhoeae, Neisseriameningitidis, Escherichiacoli, Salmonellaspp., Shigellaspp., Proteusmirabilis, Haemophilusinfluenzae) нисбатан фаолдир. Оксациллин – пенициллинлар гуруҳидаги пенициллиназга чидамли ярим синтетик антибиотик бўлиб, грам-мусбат микроорганизмлар: Staphylococcusspp., Streptococcusspp., шу жумладан Streptococcuspneumoniae, Actinomycesspp., Bacillusanthracis, Corynebacteriumdiphtheriae, анаэроб спора ҳосил қилувчи таёқчалар, шу жумладан Clostridiumspp.; грам-манфий кокклар: Escherichiacoli, Proteusmirabilis, Haemophilusinfluenzae, Klebsiellapneumoniae, Actinomycesspp., Treponemasppга нисбатан бактерицид таъсирга эга.
Pseudomonasaeruginosa, аксарият штаммлар Proteusvulgaris, Providenciarettgeri, Proteusmorgаnii препарат таъсирига чидамлидир.
Sotish shartlari
Рецепт бўйича.
Maxsus saqlash sharoitlari
Қуруқ, ёруғликдан ҳимояланган жойда 25˚С дан юқори бўлмаган ҳароратда сақлансин.
Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин.
Яроқлилик муддати
2 йил.
Яроқлилик муддати тугагандан сўнг қўлланилмасин.
Chiqarish shakllari