Apteka.uz
SavatKirish

ARLEVERT

ARLEVERT chiqarilish shakllari

ARLEVERT tabletkalari 20mg/40mg N50
Retseptli
ARLEVERT tabletkalari 20mg/40mg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Menarini International Operations Luxembourg S.A., Lyuksemburg proizvedeno: Hennig Arzneimittel GmbH & Co KG
•20 ta dorixonada bor
Narxi
161 800 so'm dan
- ARLEVERT qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ARLEVERTning tarkibi
- ARLEVERT ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ARLEVERT narxi Toshkent dorixonalarida

ARLEVERT haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Taʼsir etuvchi moddalarga, difengidraminga yoki oʼxshash tuzilishli boshqa antigistamin vositalarga yoki “Tarkibi” boʼlimida sanab oʼtilgan biror bir yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
Difengidramin faqat buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun ogʼir darajadagi buyrak funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsientlar klinik ishlab chiqish dasturidan chiqarib yuborilganlar. Аrlevert® ni kreatinin klirensi 25 ml/minut (ogʼir darajadagi buyrak funktsiyasining buzilishi) boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas.
Аrlevert® preparatini ikkala taʼsir etuvchi komponentlari P450 sitoxrom tizimini jigar fermentlari bilan jadal metabolizmga uchrashi tufayli, ogʼir darajadagi buyrak funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsientlarni plazmasida komponentlar kontsentratsiyasi oshadi (oʼzgarmagan koʼrinishda) va ularni yarim chiqarilish davri oshadi. Difengidraminga nisbatan bu jigar sirrozi boʼlgan patsientlarda koʼrsatib berilgan. Shuning uchun, Аrlevert® ni ogʼir darajadagi buyrak funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsientlarda qoʼllash kerak emas.
Аrlevert® ni yopiq burchakli glaukoma, tirishishlar, bosh miya ichida bosimni oshishiga shubhalar boʼlgan patsientlarda, hamda alkogolizmdan va siydik chiqarish yoʼllari va prostata tomonidan buzilish bilan chaqirilgan siydik tutilishi bilan aʼziyat chekadigan patsientlarda qoʼllash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Difengidraminnnig xlorteofillin tuzi dimengidrinat antixolinergik (antimuskarin) faolligi boʼlgan antigistamin vosita sifatida taʼsir qiladi, u MNT ga parasimpatolitik va susaytiruvchi taʼsir koʼrsatadi. Ushbu preparat 4 chi qorinchasi sohasidagi trigger sohaning xemoretseptorlariga taʼsir qilib, qusishni va bosh aylanishini bostiradi. Shunday qilib, dimengidrinat, asosan, markaziy vestibulyar tizimga taʼsir qiladi. 
Sinnarizin, oʼzining kalьtsiy retseptorlarini bloklash xususiyati tufayli, vestibulyar sensor hujayralarga kalьtsiy kelib tushishini bostiradi, shu yoʼl bilan, eng avvalo vestibulolitik vosita sifatida taʼsir qiladi. Shunday qilib, sinnarizin, asosan, periferik vestibulyar tizimga taʼsir qiladi.
Sinnarizin ham, dimengidrinat ham bosh aylanishini davolash uchun tanilgan samarador vosita boʼlib hisoblanadilar. Sinovlarning natijalariga koʼra majmuaviy vosita oʼzining samaradorligi boʼyicha ushbu preparatlarning har birini alohida qoʼllanganiga nisbatan ustun ekan. 
Chayqalishni bartaraf qiladigan vosita sifatida, ushbu preparat oʼrganilmagan.

Farmakokinetikasi

Soʼrilishi va taqsimlanishi
Dimengidrinat ichga qabul qilinganidan keyin undan difengidramin tez ajralib chiqariladi. Difengidramin va sinnarizin meʼda-ichak yoʼlida tez soʼriladi. Odam plazmasida sinnarizin va difengidraminning maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 2-4 soat davomida erishiladi. Ikkala moddaning plazmadan yarim chiqarilish davrlari 
4 soatdan 5 soatgacha boʼlgan vaqtni tashkil qiladi (ular alohida yoki majmualangan vosita tarkibida qoʼllanilishidan qatʼiy nazar). 
Biotransformatsiyasi
Sinnarizin va difengidramin jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Sinnarizin CYP2D6 va N-alkil guruxini ajralib chiqishi reaktsiyalari bilan qisman katalizatsiya qilinishida halqani gidroksil guruxini qoʼshilish reaktsiyalari hisobiga metabolizmga uchraydi, ularga nisbatan sitoxrom izofermentlari susaygan tanlash hususiyatini namoyish qiladi. Difengidramin metabolizmini asosiy yoʼli - uchlamchi aminining ketma-ket N-metil guruxini yoʼqolishi. Odamning jigari mikrosomal fraktsiyalarida in vitro sharoitidagi tadqiqotlariga koʼra, bu reaktsiyalar sitoxromni turli izofermentlari, jumladan CYP2D6 ishtirokida kechishini koʼrsatmoqda.
Chiqarilishi
Sinnarizin, asosan, axlat bilan (40-60% ga) va kam darajada - siydik bilan (asosan, glyukuron kislotasi bilan konʼyugatsiya qilingan metabolitlar koʼrinishida) chiqariladi. Difengidramin, asosiy tarzda, siydik bilan, va asosan, metabolitlar koʼrinishida chiqariladi; difenilmetoksisirka kislotasi - dezaminirlangan hosilasi asosiy metabolit (40-60%) boʼlib hisoblanadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Аrlevert® preparatini homilador ayollarda qoʼllagandagi xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni homiladorlikka, embrionga va homilaga, hamda postnatal rivojlanishga taʼsirini baholash uchun, faqat hayvonlarda oʼtkazilgan birgina tekshiruvlar yetarli boʼlmaydi (“Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlar” boʼlimiga qarang). Komponentlardan har birining alohida (dimengidrinatni/difengidramin va sinnarizinni) teratogen taʼsiri xavfi katta emas. Hayvonlarda oʼtkazilgan tekshiruvlarda teratogen taʼsir aniqlanmagan.
Аrlevert® preparatini homilador ayollarda qoʼllanilishi boʼyicha maʼlumotlar mavjud emas. Preparatni reproduktiv aʼzolarga toksikligini baholash uchun, faqat hayvonlarda oʼtkazilgan birgina tekshiruvlar yetarli boʼlmaydi (“Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlar” boʼlimiga qarang).
Odamda qoʼllash tekshiruviga koʼra dimengidrinat bachadonga qoʼzgʼatuvchi taʼsir etishi va tugʼish davomiyligini qisqartirishi mumkin. 
Аrlevert® ni homiladorlik vaqtida qoʼllash tavsiya qilinmaydi.
Emizish davri. Dimengidrinat va sinnarizin ona sutiga kirib boradi. Аrlevert® preparatini emizish davrida qoʼllash mumkin emas.
Fertillik. Nomaʼlum.

Dozani oshirib yuborilishi

Аrlevert® preparatini dozadan oshirib yuborilish simptomlariga uyquchanlik holati, bosh aylanishi va ataksiya taaluqli boʼladi, ular ogʼizdagi quruqlik, yuzga qon quyilishi hissi, koʼz qorachigʼini kattalashishi, taxikardiya, bezgak, bosh ogʼrigʼi va siydikni tutilishi kabi antixolinergik taʼsirlar belgilari bilan birga namoyon boʼlishi mumkin. Tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, qoʼzgʼalish, nafas olishni pasayishi, arterial gipertenziya, tremor va koma (ayniqsa, dozadan oshirib yuborishning ogʼir holatlarida) vujudga kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborish holatidagi kerakli chora-tadbirlar: nafas olish yetishmovchiligi yoki toʼsatdan qon aylanishi yetishmovchiligi mavjud boʼlganda patsientga qoʼllab turuvchi davolash buyurilishi kerak boʼladi. Meʼdani natriy xloridini izotonik eritmasi bilan yuvish tavsiya qilinadi. Tana haroratini diqqat bilan kuzatish kerak boʼladi, chunki antigistamin vositalar bilan intoksikatsiya bezgakni chaqirishi mumkin (ayniqsa bolalarda).
Toʼlgʼoqsimon ogʼriqlarda qisqa taʼsirli barbituratlarni buyurish mumkin, biroq ularni ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak. MNT yaqqol koʼrinadigan antixolinergik taʼsir holatida, fizostigmin bilan sinovni oʼtkazish, keyin esa vena ichiga sekin-asta infuziya yoʼli bilan (yoki, zarurat boʼlganda, mushak ichiga inʼektsiya yoʼli bilan) fizostigminni buyurish kerak boʼladi: 0,03 mg/kg tana vazniga dozada (kattalar uchun maksimal doza - 2 mg; bolalar uchun maksimal doza - 0,5 mg).
Dimengidrinat dializ vaqtida chiqariladi, biroq dozadan oshirib yuborish holatida davolashni bunday usuli qoniqarli boʼlmaydi deb hisoblanadi. Yetarli boʼlgan miqdorini faollashtirilgan koʼmirni qoʼllab gemoperfuziya yordamida qondan chiqarish mumkin. Dializ yordamida sinnarizin chiqarilishi boʼyicha maʼlumotlar yoʼq.
Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlar
Noklinik tekshiruvlardagi (xususan, sinnarizin va dimengidrinat majmuasining surunkali toksikligiga oid standart tekshiruvlarda, reproduktiv faoliyatga sinnarizin va dimengidrinat majmuasining taʼsir qilish tekshiruvlarda, hamda embrion/homilani rivojlanishiga dimengidrinatni taʼsiri masalasida va sinnarizinni teratogen samarasini aniqlash tekshiruvlarda) odamda ushbu majmualangan preparatni qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan alohida xavfni koʼrsatuvchi maʼlumotlar aniqlanmagan. Bitta tadqiqotning maʼlumotlari boʼyicha, sinnarizinni qabul qilgan kalamushlarda nasl oʼlchami kamaygan, homila tuxumi rezorbtsiyalarining soni oshgan va yangi tugʼilgan turlarni vazni pasaygan.
Sinnarizin/dimengidrinat majmuasining genotoksik va kantserogen taʼsiri toʼliq darajada oʼrganilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalari

Аrlevert® arterial qon bosimini ahamiyatli pasayishini chaqirmaydi, biroq arterial qon bosimi past boʼlgan patsientlarda uni ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak boʼladi. 
Meʼdani qoʼzgʼalishini minimumga keltirish uchun, Аrlevert® ni ovqatdan keyin qoʼllash kerak.
Аrlevert® ni antixolinergik vositalarni qoʼllash fonida ogʼirlashtirilishi mumkin boʼlgan kasalliklari yoki holatlari boʼlgan patsientlarda, masalan, koʼz ichidagi bosim oshishi, meʼda va oʼn ikki barmoqli ichak boʼynining toʼsilishi, prostata gipertrofiyasi, arterial gipertenziya, gipertireoz yoki ogʼir darajadagi yurak ishemik kasalligi boʼlgan patsientlarda, ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak boʼladi.
Аrlevert® ni Parkinson kasalligiga chalingan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak boʼladi.
Natriy    
Аrlevert® preparatining 1 tabletkasida 1 mmoldan (23 mg) kam natriy saqlanadi, yaʼni buni deyarli natriy saqlamaydi deb hisoblash mumkin.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik
Аrlevert® preparatini homilador ayollarda qoʼllagandagi xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni homiladorlikka, embrionga va homilaga, hamda postnatal rivojlanishga taʼsirini baholash uchun, faqat hayvonlarda oʼtkazilgan birgina tekshiruvlar yetarli boʼlmaydi (“Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlar” boʼlimiga qarang). Komponentlardan har birining alohida (dimengidrinatni/difengidramin va sinnarizinni) teratogen taʼsiri xavfi katta emas. Hayvonlarda oʼtkazilgan tekshiruvlarda teratogen taʼsir aniqlanmagan.
Аrlevert® preparatini homilador ayollarda qoʼllanilishi boʼyicha maʼlumotlar mavjud emas. Preparatni reproduktiv aʼzolarga toksikligini baholash uchun, faqat hayvonlarda oʼtkazilgan birgina tekshiruvlar yetarli boʼlmaydi (“Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlar” boʼlimiga qarang).
Odamda qoʼllash tekshiruviga koʼra dimengidrinat bachadonga qoʼzgʼatuvchi taʼsir etishi va tugʼish davomiyligini qisqartirishi mumkin. 
Аrlevert® ni homiladorlik vaqtida qoʼllash tavsiya qilinmaydi.
Emizish davri. Dimengidrinat va sinnarizin ona sutiga kirib boradi. Аrlevert® preparatini emizish davrida qoʼllash mumkin emas.
Fertillik. Nomaʼlum.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsir
Аrlevert® transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga ahamiyatsiz taʼsir koʼrsatishi mumkin.
Аrlevert®, ayniqsa davolashni dastlabki bosqichlarida uyquchanlik holatini chaqirishi mumkin. Bunday holatlarda patsientlar transport vositalarini boshqarmasliklari yoki mexanizmlarga xizmat koʼrsatmasliklari kerak boʼladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Oʼzaro taʼsiriga tekshiruvlar oʼtkazilmagan.
Аrlevert® preparatini antixolinergik va sedativ taʼsiri monoaminooksidaza ingibitorlarini qoʼllash fonida kuchaytirilishi mumkin. Аrlevert® preparatini taʼsiri prokarbazin bilan birga qoʼllanganida kuchaytirilishi mumkin.
Boshqa antigistamin vositalar kabi, Аrlevert® MNT susaytiradigan preparatlarning, jumladan alkogolni, barbituratlarni, giyohvand analьgetiklarini va trankvilizatorlarni sedativ taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Patsientlarga alkogol ichimliklarni isteʼmol qilmaslikni tavsiya etish kerak. Аrlevert® antigipertenziv vositalarni, efedrinni va antixolinergik vositalar, jumladan atropinni va tritsiklik antidepressantlarni taʼsirini ham kuchaytirishi mumkin.
Аrlevert® aminoglikozid-antibiotiklarni ototoksik taʼsirini va teri allergik sinovlarga terining reaktsiyasini belgilarini niqoblashi mumkin. 
EKG da QT oraligʼini uzaytiradigan preparatlarni (masalan, Ia va III-sinf antiaritmik vositalar) bir vaqtda qoʼllashdan saqlanish kerak boʼladi.
Sinnarizin va difengidraminni boshqa dori vositalari bilan farmakokinetik oʼzaro taʼsirlari imkoniyati haqida maʼlumot yetarli hajmda yoʼq. Difengidramin CYP2D6 sitoxrom izofermenti bilan ifodalangan metabolik jarayonlarni kuchsizlantiradi, shuning uchun Аrlevert® preparatini ushbu fermentning substratlari bilan majmuada qoʼllashda (ayniqsa tor davolash diapazonga ega boʼlganlarini) ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya qilinadi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Dozalash
Kattalar
1 tabletkadan sutkada uch marta.
Keksa yoshdagi patsientlar
Katta yoshdagi patsientlar uchun kabi doza. 
Buyraklar funktsiyasining buzilishi
Yengil yoki oʼrtacha ogʼirlik darajasidagi buyrak funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsientlarda Аrlevert® ni ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak boʼladi. Аrlevert® ni kreatinin klirensi ≤25 ml/minut (buyrak funktsiyasining ogʼir darajadagi buzilishi) boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas.
Jigar funktsiyasining buzilishi
Jigar funktsiyasining buzilishi boʼlgan patsientlarda tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Аrlevert® ni jigar funktsiyasining ogʼir darajadagi buzilishi boʼlgan patsientlarda mumkin emas.
Pediatrik profildagi patsientlar 
Аrlevert® preparatining xavfsizligi va samaradorligi bolalarda va 18 yoshdan kichik oʼsmirlarda tadqiqotlarda oʼrganilmagan. Maʼlumotlar mavjud emas.
Umuman olganda, preparatni qoʼllash davomiyligi toʼrt haftadan oshmasligi kerak. Uzoq vaqt davolash haqidagi qarorni shifokor qabul qilishi kerak.
Qoʼllanilishi 
Аrlevert® preparati tabletkalarini ovqat isteʼmol qilgandan keyin, chaynamasdan va oz miqdordagi suv bilan ichib qabul qilinadi.
Аgar Siz Аrlevert® preparatini qabul qilishni unutgan boʼlsangiz
Аgar Siz navbatdagi marta Аrlevert® preparatini qabul qilishni unutgan boʼlsangiz, oddiygina bu qabul qilishni oʼtkazib yuboring. Belgilangan vaqtda keyingi tayinlangan dozani qabul qiling. Oʼtkazib yuborilgan qabul qilishni toʼldirish uchun preparatni ikki martalik dozada qabul qilmang.
Аgar Siz Аrlevert® ni qabul qilishni bekor qilgan boʼlsangiz
Аrlevert® preparatini qabul qilishni bekor qilmang, toki shifokor Sizga bu haqda aytmaguncha. Аgar Siz juda barvaqt preparat qabul qilinishini toʼxtatsangiz, Sizda vertigo (bosh aylanishi va “aylanish” hissi) simptomlari yana qayta yangilanishi mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ARLEVERT preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

ARLEVERT narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
170 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
170 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
170 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
177 000 so'm
Bron qilish

ARLEVERT haqida savollar

ARLEVERT haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil