Atropina sulfat analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar
Analog dorilar

Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Moskovskiy endokrinniy zavod, FGUP
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Atropina sulfat
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Simptomatik vosita sifatida, oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligida, pilorospazmda, o'tkir pankreatitda, o't tosh kasalligida, xoletsistitda, ichak, siydik yo'llari spazmlarida, bronxial astmada, adashgan nerv tonusi oshishi oqibatidagi bradikardiyada, so'lak, oshqozon, bronxial, ba'zan - ter bezlari sekretsiyasini kamaytirish uchun, ovqat hazm qilish traktini rentgenologik tekshirishni o'tkazish uchun (a'zolar tonusi va harakat faolligini kamaytirish). Preparat shuningdek narkoz va operatsiyadan oldin va jarrohlik operatsiyasi vaqtida bronxo- va laringospazmlarni oldini oluvchi, bezlar sekretsiyasini, reflektor reaktsiyalarni va adashgan nerv qo'zg'alishi bilan bog'liq nojo'ya ta'sirlarni kamaytiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Bundan tashqari, Atropin sulfat - xolinomimetik birikmalar va antixolinesteraz (shu jumladan fosfororganik) moddalar bilan zaharlanishda spetsifik antidot.
Nojo'ya ta'sirlar
- Preparatning nojo'ya ta'siri asosan atropinning m-xolinolitik ta'siri bilan bog'liq. Katta dozalarda preparat nafas falajiga olib kelishi, kuchli bezovtalik, ruhiy va harakat qo'zg'alishi, bosh aylanishi, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, akkomodatsiyaning falajgacha buzilishi, ko'z ichki bosimining yaqqol oshishi; og'iz qurishi, tezlashgan yurak urishi (taxikardiya), siyishning qiyinlashishi, ichak atoniyasi; issiqlik chiqarishning buzilishi, terlashning kamayishi, bu gipertermiyani bartaraf etish uchun alohida ahamiyatga ega.
Retseptli
Mavjud chiqarilish shakllari
- Eritma
- Tomchilar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi













