Azitral
Azitral chiqarilish shakllari


Azitral haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Oʼta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa makrolidlarga); jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; laktatsiya davri (davolash vaqtida emizishni toʼxtatish).
Ehtiyotkorlik bilan - homiladorlik (har qanday preparat homiladorlik davomida ishlatilganida hamma vaqt uni qoʼllashdan boʼlgan xavfdan, foydasi ahamiyatli darajada yuqori boʼlganida qoʼllanishi mumkin), aritmiya (qorinchalar aritmiyasi va QT intervali uzayishi mumkin), jigar yoki buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishi boʼlgan bolalarda qoʼllash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Keng taʼsir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklar - azalidlar kichik guruhining vakilidir. Yalligʼlanish oʼchogʼida yuqori kontsentratsiyalari hosil qilinganida bakteritsid taʼsir koʼrsatadi.
Аzitromitsinga quyidagi grammusbat kokklar: Streptococcus pneumoniae, St. pyogenes, St. agalactiae, CF va G guruhi streptokokklari, Staphylococcus aureus, St. viridans; grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.parapertussis, Legionella pneumophila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridium perfringens, Peptostreptococcus spp.; shuningdek Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferiu ga nisbatan sezgir. Аzitromitsin eritromitsinga chidamli grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.
Farmakokinetikasi
Аzitromitsin meʼda-ichak yoʼllaridan tez soʼriladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bogʼliq. 500 mg ichga qabul qilinganidan keyin qon plazmasidagi azitromitsinning maksimal kontsentratsiyasiga 2,5-2,96 soat oʼtgach erishiladi va 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi.
Аzitromitsin nafas yoʼllariga, urogenital yoʼllarining toʼqima va aʼzolariga (xususan prostata beziga), teriga va yumshoq toʼqimalarga yaxshi kiradi.
Toʼqimalardagi yuqori kontsentratsiyasi (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining uzoq muddatli boʼlishi azitromitsinning qon oqsillari bilan kuchsiz bogʼlanishi, shuningdek eukariotik hujayralarga kirish xususiyati va lizosomalar atrofidagi past rN li muhitda yigʼilish xususiyati bilan bogʼliq. Bu oʼz navbatida, katta ehtimol bilan taqsimlanish hajmi (31,1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Аzitromitsinni koʼproq lizosomalarda yigʼilish xususiyati ayniqsa hujayra ichki qoʼzgʼatuvchilarining eliminatsiyasi uchun muhimdir. Fagotsitlarning azitromitsinni infektsiya joylashgan yerlarga tashib yetkazishi va uni fagotsitoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Аzitromitsinning kontsentratsiyasi infektsiya oʼchoqlarida sogʼlom toʼqimalarga nisbatan ishonchli darajada yuqori (oʼrtacha 24-34%) va yalligʼlanish shishining darajasi bilan muvofiq keladi. Fagotsitlardagi kontsentratsiyasining yuqoriligiga qaramasdan Аzitromitsin ularning faoliyatiga deyarli taʼsir koʼrsatmaydi. Oxirgi dozasi qabul qilganidan soʼng yalligʼlanish oʼchogʼida Аzitromitsin 5-7 kun davomida bakteritsid kontsentratsiyalarda saqlanadi, bu davolashning qisqa (3 kunlik va 5 kunlik) kunlik kurslarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
Jigarda dimetilizatsiya qilinadi, hosil boʼlgan metabolitlari faol emas.
Аzitromitsinni qon plazmasidan chiqarilishi 2 bosqichdan oʼtadi: preparat qabul qilganidan soʼng 8 soatdan 24 soatgacha oraliqda yarim chiqarilish davri 14-20 soatni, 24 dan 72 soatgacha oraliqda 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qoʼllash imkoniyatini beradi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojoʼya reaktsiyalarni kuchayishi, kuchli koʼngil aynishi, eshitishni vaqtinchalik yoʼqotish, qusish, diareya.
Davolash: simptomatik davolash oʼtkaziladi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Аntatsidlar bilan bir vaqtda qoʼllanganida 2 soatlik tanaffusga rioya qilish lozim.
Davolash bekor qilinganidan keyin ayrim patsientlarda oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari saqlanishi mumkin, bu shifokor kuzatuvi ostida maxsus davolashni talab qiladi. Marketingdan keyingi tajribadan kelib chiqqan xolda quyidagi spontan xisobot boʼlgan, ilgari kasallik tarixida aritmiyasi boʼlgan bemorlarda Аzitromitsin bilan davolash kursidan keyin salbiy tebranish kuzatilgan va bemor infarkt miokardi bilan xastalangan.
Pediatriya.
Preparatni 6 oygacha boʼlgan bolalarda qoʼllash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanilishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qoʼllash mumkin emas.
Аvtomobillarni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri
Аzitralni mahalliy qoʼllashning nojoʼya taʼsirlariga oid maʼlumotlar asosida bunday faoliyat turlariga zararli taʼsirini istisno qilish kerak emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Аntatsidlar (alyuminiy va magniy saqlovchi), etanol va ovqat soʼrilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi.
Varfarin va azitromitsin birga buyurilganida (odatdagi dozalarda) protrombin vaqtini oʼzgarishi aniqlanmagan. Biroq makrolidlar va varfarinni oʼzaro taʼsiri oqibatida antikoagulyatsion samarasini kuchayishi mumkinligi tufayli, patsientlarda protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish lozim.
Digoksin: digoksinning kontsentratsiyasini oshishi.
Ergotamin va digidroergotamin: toksik taʼsirini kuchayishi (vazospazm, dizesteziya).
Triazolam: triazolamning klirensini pasayishi va farmakologik taʼsirini oshishi.
Qon plazmasida sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon, felodipin, shuningdek mikrosomal oksidlanishiga uchraydigan dori vositalarining (karbamazepin, terfenadin, siklosporin, geksobarbital, shoxkuya alkaloidlari, valьproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar, teofillin va boshqa ksantin hosilalari) azitromitsinni gepatotsitlarda mikrosomal oksidlanishni ingibitsiya qilishi hisobiga chiqarilishini sekinlashtiradi, plazmadagi kontsentratsiyasini va toksikligini oshiradi.
Linkozaminlar azitromitsinning samarasini susaytiradi, tetratsiklin va xloramfenikol - kuchaytiradi.
Geparinlar bilan farmatsevtik nomutanosib.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga, sutkada 1 marta ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilinadi.
Kattalarga yuqori va quyi nafas yoʼllarining infektsiyalarida sutkada 500 mg dan 1 marta 3 kun davomida (kurslik doza - 1,5 g).
Teri va yumshoq toʼqimalarning infektsiyalarida sutkada 1000 mg 1 marta birinchi kuni, keyinchalik esa har kuni sutkada 500 mg dan 2 kundan to 5-chi kungacha (kurslik doza - 3 g).
Siydik–tanosil jinsiy aʼzolarining oʼtkir infektsiyalarida (asoratlanmagan uretrit yoki servitsit) - 1 g bir marta.
Layma kasalligida (borrelioz) I bosqichini davolash uchun (erythema migrans) birinchi kuni 1 g va 2-chi kundan to 5 kungacha sutkada 500 mg dan (kurslik doza - 3 g). Helicobacter Pylori bilan assotsiyalangan meʼda va oʼn ikki barmoq ichak yara kasalligida sutkada 1 g dan 3 kun davomida majmuaviy antixelikobakterli davolash tarkibida buyuriladi.
Bolalarga 10 mg/kg hisobidan sutkada 1 marta 3 kun davomida yoki birinchi kuni -
10 mg/kg, soʼngra 4 kun davomida sutkada 5-10 mg/kg (kurslik doza - 30 mg/kg).
Bolalardagi erythema migransni davolashda birinchi kuni 20 mg/kg va 10 mg/kg 2-chi kundan to 5-chi kungacha buyuriladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)























