Ташкент
logo
SavatKirish

Betaver

Betaver chiqarish shakllari

FLOKSADEKS suspenziya 10ml
FLOKSADEKS suspenziya 10ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verofarm AO
•109 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
BETAVER 0,024 tabletkalari N30
BETAVER 0,024 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verofarm AO
BETAVER 0,024 tabletkalari N20
BETAVER 0,024 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verofarm AO
BETAVER 0,024 tabletkalari N60
BETAVER 0,024 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verofarm AO
- Betaver qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Betaverning tarkibi
- Betaver ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Betaver narxi Toshkent dorixonalarida

Betaver qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BETAVER

BETAVER

 

Preparatning savdo nomi: Betaver

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): betagistin

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

betagistin digidroxloridi                                              8 mg                16 mg

yordamchi moddalar:

mikrokristall sellyuloza                                                 42 mg               84 mg

laktoza (sut qandi)                                                              34,8 mg           69,6 mg

makkajo‘xori kraxmali                                                     19,5 mg             39 mg

povidon (polivinilpirrolidon)                                   7,3 mg              14,6 mg

natriy karboksimetilkraxmali (primogel)                3,6 mg              7,2 mg

talk                                                                                    3,6 mg              7,2 mg

kolloid kremniy dioksidi (aerosil)                             1,2 mg              2,4 mg

Ta‘rifi: yassisilindrik shaklli faskali (8 mg doza uchun) va faska va riskali (16 mg doza uchun) oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: bosh aylanishini bartaraf etuvchi vosita.

ATX kodi: N07CA01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Betagistin asosan ichki quloq va markaziy nerv tizimining vestibulyar yadrolarning N1– va N3-gistamin reseptorlariga ta‘sir qiladi. Ichki quloqning qon tomirlarini N1-reseptorlariga bevosita agonistik ta‘siri bilan, shuningdek N3-reseptorlariga bilvosita ta‘siri orqali ichki quloqning mikrosirkulyasiyasi va kapillyarlarining o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, labirintda va chig‘anoqda endolimfaning bosimini normallashtiradi. Shu bilan birga, betagistin bazillyar arteriyada qon oqimini yaxshilaydi.

Preparat vestibulyar nerv yadrolarining N3-reseptorlarini ingibitori bo‘lib, yaqqol markaziy samaraga ega. Bosh miyaning ustuni darajasida vestibulyar yadrolarning neyronlarida o‘tkazuvchanlikni me‘yorlashtiradi.

Bosh aylanishlarni tez-tezligi va jadalligini susayishi, quloqlarda shovqinni kamayishi, eshitishi yomonlashganida uni yaxshilanishi yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlarning klinik namoyon bo‘lishi bo‘lib hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Tez so‘riladi, plazma oqsillari bog‘lanishi – past. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 3 soatdan keyin erishiladi. Yarim chiqarilish davri 3-4 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida (2-peredilsirka kislotasi)          24 soat davomida deyarli to‘liq chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Kelib chiqishi turli bo‘lgan vestibulyar bosh aylanishini davolash va oldini olish.
  • Bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, eshitishni avj olib boruvchi pasayishi, ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga oluvchi sindromlar.
  • Mener sindromi/kasalligida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat vaqtida.

Betaver 8 mg – 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.

Betaver 16 mg – 1/2-1 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.

Yaxshilanish odatda davolashning boshidayoq kuzatiladi, barqaror terapevtik samara ikki haftalik davolashdan so‘ng boshlanadi va bir necha oy davolanish davomida oshib borishi mumkin.

Preparatni qabul qilishning davomiyligi shaxsiy ravishda tanlanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak buzilishlari. Juda kam hollarda teri qoplamlari tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini (toshma, qichishish, eshakemi) paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgan; Kvinke shishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktasiyada (ma‘lumotlarning yetishmasligi sababli) qo‘llash mumkin emas.

Samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risida yetarlicha ma‘lumotlar bo‘lmaganligi tufayli 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Ehtiyotkorlik bilan: me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, bronxial astma, feoxromositoma. Ushbu bemorlarni davolash davrida muntazam kuzatib turish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sir yoki nomutanosiblik hollari noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Betaver sedativ samaraga ega emas va avtomobilni boshqarish yoki stanok va mexanizmlarda ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, 640 mg dan yuqori dozalar qabul qilinganida tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 8 va 16 mg. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Betaver narxlari

Betaver barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Betaver savollari

Betaver fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil