Bifidumbakterin
Bifidumbakterin chiqarilish shakllari
Bifidumbakterin haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BIFIDUMBAKTERIN SUXOY
BIFIDUMBACTERINUM SICCUM
Preparatning savdo nomi: Bifidumbakterin suxoy
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bifidumbakterin (bifidumbacterinum).
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun bakterial massa liofilizati ampulalarda
Tarkibi:
1 ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 5 doza (1 dozada kamida 107 tirik bifidobakteriyalar mavjud);
yordamchi moddalar: saxaroza, konservasiyalangan sut, jelatin.
Ta‘rifi: jigarrang yoki oqish-kulrang rangli g‘ovak massa.
Farmakoterapevtik guruhi: Eubiotik. Mikrob preparati. ichak normal mikroflorasi komponenti.
ATX kodi: A07FA
Farmakologik xususiyatlari
Bifidumbakterin – ichak mikroflorasini normallashtiradi, immunitetni rag‘batlantiruvchi vositadir. Bifidumbakterin probiotik bo‘lib hisoblanadi va liofil quritilgan antagonistik faol tirik bifidobakteriyalar saqlaydi. Keng doiradagi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning antagonisti bo‘lib hisoblanadi; ovqat hazm qilish jarayoni va me‘da-ichak yo‘llarining funksiyasini, almashinuv jarayonlarini faollashtiradi, organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi.
Qo‘llanilishi
Bifidumbakterin me‘da-ichak yo‘llarining mikrobiosenozini normallashtirish (ichak mikroflorasini muvofiqlashtirish), organizmning nospesifik rezistentligini oshirish, ovqat hazm qilish yo‘llarining funksional faoliyatini rag‘batlantirish, tug‘ruqxonalar va kasalxonalar ichki infeksiyasini oldini olish uchun qo‘llanadi, detoksikasion xususiyatlarga ega. Kattalarga va bolalarga quyidagilarni davolash uchun qo‘llanadi:
- disbakteriozlar, shu jumladan antibiotiklar, gormonlar, nur bilan davolash va ximioterapiyada, stresslarda profilaktika uchun;
- o‘tkir ichak infeksiyalarida, shu jumladan etiologiyasi aniqlanmagan infeksiyalarda;
- surunkali qabziyatlarda;
- malabsorbsiya sindromlarida;
- disbakteriozlar bilan kechuvchi allergik kasalliklarda;
- O‘RVI bilan tez-tez kasallanuvchi bolalar va kattalarda disbakteriozni oldini olish uchun;
- emizikli bolalarni sun‘iy ovqatlantirishga erta o‘tkazilganda va donor suti bilan emizilganda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi, qabul qilishdan oldin preparat ovqatning suyuq qismi bilan aralashtiriladi, qatiq bilan aralashtirish afzal va ovqatdan oldin beriladi. Preparatni 30-50 ml xona haroratidagi qaynagan suvda aralashtirish va hosil bo‘lgan aralashmani ichish mumkin. Emizikli bolalarga ko‘krak suti bilan aralashtirib, emizish vaqtida beriladi.
Disbakteriozni oldini olish uchun bifidumbakterin 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga 2,5 dozadan kuniga 1-2 marta, 6 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 dozadan kuniga 1-2 marta, 3 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga – 10 dozadan kuniga 1-2 marta buyuriladi. Profilaktik kurs 2-3 xafta yiliga 2-3 marta o‘tkaziladi. Davolash uchun bifidumbakterin 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga 2,5 dozadan kuniga 2-6 marta, 6 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 dozadan kuniga 3-5 marta, 7 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga 10 dozadan kuniga 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi 5 kundan 15 kungacha, kasallikning xarakteri va og‘irlik darajasiga bog‘liq. Davolash kursi 3-4 xaftani tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursini 2-3 marta takrorlash mumkin. Har bir kurs avvalgi kurs yakunlangandan keyin bir oy o‘tgach o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni individual o‘zlashtiraolmaslikdan tashqari qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar yo‘q.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirida noxush samaralar kuzatilmaydi.
Nomutanosiblik
Ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan bolalarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Homiladorlik va laktasiya
Cheklovlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
5 dozadan ampulalarda. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +10°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
1 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Monoterapiya sifatida yoki majmuaviy terapiya tarkibida: — ichak disbakteriozi; — aniqlangan (shigellez, salmonellez, stafilokokkli enterokolit, rotavirus infektsiyasi) va aniqlanmagan etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalari; — ovqat toksikoinfektsiyalari; — O'RVI; — ichak disbakteriozi bilan kechuvchi MTY shikastlanishi bilan bog'liq surunkali kasalliklar (oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi, pankreatit, xoletsistit, jigar va o't yo'llari kasalliklari); — surunkali qabziyatlar; — malabsorbtsiya sindromi; — ichak disbakteriozi bilan kechuvchi allergik kasalliklar; — ichak disbakteriozi bilan kechuvchi pnevmoniya, o'tkir va surunkali bronxit, urogenital traktning yallig'lanish kasalliklari; — antibiotiklar, antibakterial preparatlar, gormonlar, NYaQV qabul qilish sababli yuzaga kelgan ichak disbakteriozi; — antibiotiklar va boshqa antibakterial preparatlar bilan uzoq vaqt davolangan bemorlarda diareya; — ichak mikrobiotsenozini korrektsiya qilish va yiringli-yallig'lanishlarning oldini olish
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (suppozitoriylar uchun); — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
- 1 kaps. Bifidobacterium longum 50 mln. KXB 1 kapsula saqlaydi: Faol modda: bifidobakteriyalar Bifidobacterium bifidum (faollashtirilgan ko‘mirga sorbsiyalangan) kamida 50 mln. KXB (5x10 7 KXB) Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati - 0,20 g gacha. 1 fl. Bifidobacterium bifidum 10 doza 1 fl. Bifidobacterium bifidum 10 doza 1 fl. Bifidobacterium bifidum 5 doza Bifidumbakterin bifidum tirik massasi quritilgan suspenziyasi tirik, antagonistik faol bifidobakteriyalar Bifidobacterium bifidum shtammining mikrob massasi, quritish muhiti - saxaroza-jelatin-sutli qo‘shilgan kultivatsiya muhitida liofilizatsiyalangan Tarkibi (1 doza): Faol modda: 1 x10(7) dan 5x10(7) gacha tirik bifidobakteriyalar yoki 5x10(7) dan ortiq tirik bifidobakteriyalar Yordamchi moddalar: quritish himoya muhiti komponentlari* (jelatin; saxaroza (qand); sut) Quritish himoya muhiti tarkibi (1 l muhitga): Oziq-ovqat jelatini, P-11 yoki K-13 markasi - 1,5 dan 3 % gacha; Oq chaqmoq qand yoki shakar-qum, yoki saxaroza - 5 dan 20 % gacha; Yog‘sizlantirilgan quruq sut yoki pasterizatsiyalangan yog‘sizlantirilgan ichimlik suti, yoki yog‘sizlantirilgan sut - pasterizatsiyalangan xom ashyo (quruq moddaga qayta hisoblanganda) - 8 dan 25 % gacha;
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Ko'rsatmalar bo'yicha tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda preparatning nojo'ya ta'siri aniqlanmagan.
Dozirovkasi
- 1 doza 5 doza 50 mln KJB/paket 500 mln KJB bifidobakteriyalar/paket
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Kapsulalar Turli xil bej, och-jigarrang yoki oqish-kulrang tusli, o'ziga xos hidli kristall yoki g'ovak massa. Preparat bifidobakteriyalarning tirik antagonistik faol shtammlarining mikrob massasini (Bifidobacterium bifidum 1 yoki Bifidobacterium bifidum 791) o'zida namoyon etadi, himoyalovchi saxaroza-jelatin-sutli quritish muhiti qo'shilgan holda kultivatsiya muhitida liofilizatsiya qilingan Ichish va mahalliy qo'llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat Ichish va mahalliy qo'llash uchun kukun Ichish uchun kukun och-kulrangdan to'q-kulranggacha, qora ko'mir zarrachalari va bo'lishi mumkin bo'lgan bej rangli dog'lar bilan, kuchsiz sut-qatiq hidli. Vaginal yoki rektal yuborish uchun suppozitoriylar tabletkalar Qattiq jelatinli, korpusi - oq rangli, qopqoqchasi - havorang; kapsula ichidagisi - och-kulrangdan to'q-kulranggacha bo'lgan kukun, qora ko'mir zarrachalari va bo'lishi mumkin bo'lgan bej rangli dog'lar bilan, kuchsiz sut-qatiq hidli.
Maxsus ko‘rsatmalari
Peroral shakllarni antibiotiklar bilan bir vaqtda qo'llash, shuningdek preparatni issiq suvda (40° dan yuqori) eritish va uni eritilgan holda saqlash tavsiya etilmaydi.
Suppozitoriylarni qo'llashni antibakterial, viruslarga qarshi va immunostimullovchi dori vositalarini bir vaqtda tayinlash bilan birga olib borish mumkin.
Achigan moy hidiga ega yoki o'rami buzilgan suppozitoriylar qo'llash uchun yaroqsiz.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Jarrohlik patologiyasi bo'lgan bemorlarga - operatsiyadan 3-5 kun oldin va undan keyin 10-15 kun davomida - 15-30 dozadan.
Oshqozon-ichak trakti surunkali kasalliklari: (oshirilgan dozalar) 25-50 dozadan kuniga 1-3 marta; davolash kursi - 10-14 kun.
Suppozitoriy 1 doza bifidobakteriy bifidumni o'z ichiga oladi. Ichak kasalliklarida - rektal, kuniga 3 marta 1-2 suppozitoriy, peroral shakllarni qabul qilish bilan birgalikda ovqatdan 20-30 daqiqa oldin kuniga 1-2 marta 5 dozadan. O'tkir ichak infeksiyalaridan keyin davolash davomiyligi - 7-10 kun, cho'zilgan va surunkali shakllarda - 15-30 kun va undan ko'proq.
Ginekologik amaliyotda - intravaginal, kuniga 2 marta 1 suppozitoriy 5-10 kun davomida.
Homiladorlarda qin sekreti tozaligining buzilishida III-IV darajagacha - kuniga 1-2 marta 1 suppozitoriy 5-10 kun va undan ko'proq, qin sekreti tozaligining I-II darajagacha tiklanishi va klinik belgilarning yo'qolishi nazorati ostida.
Rejali ginekologik operatsiyalarda yiringli-septik asoratlarning oldini olish maqsadida - intravaginal, kutilayotgan operatsiya yoki tug'ruqdan oldin 5-10 kun davomida kuniga 1-2 marta 1 suppozitoriy.
Antibiotikoterapiyadan keyin - intravaginal, kuniga 1-2 marta 1 suppozitoriy 10 kun davomida. Zarurat bo'lganda kursni 3-4 oydan keyin takrorlash mumkin.
Ichishga eritma tayyorlash va mahalliy qo'llash (orolash, applikatsiya, kompress ko'rinishida) uchun liofilizat urogenital disbakteriozda qo'llaniladi - intravaginal, eritmaga mo'l shimdirilgan tampon 2-3 soatga kiritiladi (5-10 doza 15-20 ml xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritiladi); davolash kursi - 8-10 kun.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













