Biojen ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BIOJEN-LIK
BIOJENUM-LIK
Preparatning savdo nomi: Biojen-LIK
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): aminokislotalar va o‘simlik komponentlarini saqlovchi vitaminlar va minerallar majmuasi.
Dori shakli: kapsulalar.
Tarkibi:
faol ingridientlar:
Ona asalari suti – 20 mg;
Jenshen ekstrakti – 40mg;
O‘stirilgan bug‘doy maysasi yog‘i – 50 mg;
Saflor yog‘i – 30 mg;
L-Arginin – 20 mg;
L-Lizin – 20 mg;
Deanol bitartrati – 25 mg;
Soya lesitini – 90 mg;
Metionin – 74 mkg;
Butillangan gidroksitoluen – 1 mg;
Gul changi – 25 mg.
Vitaminlar:
A vitamin palmitati – 5000 XB;
D3 vitamini (xolekalsiferol) – 400 XB;
Ye vitamini – 180 mg;
Biotin – 0,2 mg;
V1 vitamini – 15 mg;
V2 vitamini – 5 mg;
V6 vitamini – 4 mg;
V12 vitamini – 15 mg;
Nikotinamid – 20 mg;
Askorbin kislotasi – 150 mg;
Folat kislotasi – 0,5 mg;
Kalsiy pantotenati – 10 mg;
Orat kislotasi – 10 mg.
Makroelementlar:
Kaliy – 8 mg;
Kalsiy – 50 mg;
Fosfor – 38,71.
Mikroelementlar:
Temir – 14 mg;
Ftor – 0,2 mg;
Magniy – 1 mg;
Mis – 2 mg;
Yod – 150 mkg;
Marganes – 2,5 mg;
Molibden – 186 mkg;
Rux – 15 mg;
Selen – 50 mkg;
Xrom – 100 mkg;
Nikel – 4 mkg;
Bor – 130 mkg.
yordamchi moddalar: yeryongoq moyi, gidrogenlangan o‘simlik moyi, qisman gidrogenlangan o‘simlik moyi, oq asalari mumi.
jelatinlangan qobiq tarkibi: jelatin, sorbitol, natriy metilparagidroksibenzoati, gliserin, natriy propilparagidroksibenzoati, titan dioksidi, etilvanilin, karmazin, brilliant ko‘ki.
Ta‘rifi: bo‘ylama choki bo‘lgan uzunchoq shaklli, binafsha rangli, vanil ta‘mli silliq yumshoq jelatin kapsula, jigarrang rangli pastasimon massa saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar.
ATX kodi: A11A
Farmakologik xususiyatlari
Biojen-LIK tarkibida organizmni normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mineral moddalar va aminokislotalarning muvozanatlangan majmuasi, shuningdek infeksion, shu jumladan shamollash kasalliklariga, atrof-muxitning zararli ta‘sirlariga nisbatan organizmning qarshiligini oshiradigan va organizmning umumiy tonusini oshiradigan biologik faol moddalarni saqlaydi.
Organizmda turli biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadigan vitaminlarning rasional tanlab olingan majmuasi xar tomonlama ijobiy biologik ta‘sir ko‘rsatadi; mineral moddalar, tabiiy kimyoviy elementlar organizmda tabiiy kimyoviy muvozanatni ta‘minlaydi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi aminokislotalar to‘qima oqsillari, fermentlar, gormonlar va boshqa biologik muhim birikmalarni sintezi uchun asosiy qurilish materiali hisoblanadi.
Jenshen – keng farmakologik ta‘sir doirasiga ega. Jenshenning biologik faol moddalar majmuasi markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini kuchaytiradi. Organizmning tabiiy qarshilik ko‘rsatish va regenerativ qobiliyatini oshiradi.
A vitamini – ko‘rish pigmentlarini shakllanishida ishtirok etadi; epitelial hujayralarining butunligini ta‘minlaydi, organizmning o‘sishini boshqaradi.
V1 vitamini – koferment sifatida uglevodlar almashinuvida, nerv tiziminingfaoliyatida ishtirok etadi.
V2 vitamini – hujayra nafasi va ko‘rish jarayonining katalizatoridir; DNK shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, to‘qimalar (shu jumladan teri hujayralari) regenerasiyasi jarayonlariga yordam beradi.
V6 vitamini – koferment sifatida aminokislotalar, oqsillar metabolizmida, shuningdek neyromediatorlarni sintezida ishtirok etadi.
V12 vitamini – folat kislotasi bilan birga nukleotidlar sintezida qatnashadi; shuningdek eritrositlar va mielin hujayralarini shakllanishida ishtirok etadi, organizmning o‘sishi uchun zarur.
Folat kislotasi – megaloblastlarni normal yetilishi va normoblastlarni hosil bo‘lishi uchun kerak. Eritropoezni rag‘batlantiradi, aminokislotalar (shu jumladan metionin va serin), nuklein kislotalari, purin va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi.
Kalsiy pantotenati – koenzima A ning tarkibiy qismi sifatida asetillizasiya va oksidlanish jarayonlarida muxim rol o‘ynaydi; epiteliy va endoteliyni shakllanishi va regenerasiyasiga yordam beradi.
Askorbin kislotasi – oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda muxim rol o‘ynaydi; kollagen sintezini ta‘minlaydi; folat kislotasi va temir metabolizmida, shuningdek steroid gormonlar va katexolaminlarni sintezida qatnashadi.
Ye vitamini – antioksidant hususiyatlariga ega, membranalarda to‘yinmagan yog‘ kislotalarini lipoperoksidlanishidan himoyalaydi; hujayralararo modda, kollagen va elastik tolalarni shakllanishida ishtirok etadi.
D3 vitamini – ichaklardan kalsiy, fosfatlar va magniyni so‘rilishini rag‘batlantiradi va suyaklarning oqsil stromasi sintezini va kalsiyni suyak to‘qimasi va dentinda to‘planishini faollashtiradi, suyak to‘qimasini rezorbsiyasiga to‘sqinlik qiladi, organizmdan qo‘rg‘oshinni chiqarilishiga yordam beradi.
Biotin – yog‘lar va uglevodlar almashinuvida, piruvat kislotasini oksidlanishida ishtirok etadi.
Orat kislotasi – pirimidin asoslarining oraliq maxsuloti sifatida nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi, jigarda albuminlar xosil bo‘lishini, ayniqsa uzoq davom etgan gipoksiya sharoitlarida kuchaytiradi, regenerasiya faoliyatini yaxshilaydi, anabolizmni oshiradi
Nikotinamid – hujayra nafasi jarayonlarida, yog‘lar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi.
Magniy – neyronlar qo‘zg‘aluvchanligini va mushaklarga nerv impulslarini o‘tishini kamaytiradi, kofaktor sifatida ko‘pchilik fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadi.
Fosfor – metabolitik jarayonlarda, energiya almashinuvida, suyak to‘qimasiini shakllanishida, o‘sish jarayonlarida muxim rol o‘ynaydi.
Kalsiy – suyak to‘qimasi va tishlarni shakllanishi uchun zarur; qon ivishi jarayonlarini taminlaydi.
Kaliy – hujayra ichidagi osmotik bosimni tutib turishda, nerv impulslarini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etadi; mushaklar, shu jumladan miokard metabolizmi va faoliyatida muxim rol o‘ynaydi.
Temir – eritropoezda ishtirok etadi, gemoglobin tarkibida to‘qimalarga kislorod transportini ta‘minlaydi.
Rux – V guruh vitaminlarining o‘zlashtirilishini yaxshilanishiga yordam beradi, suyak to‘qimasini normal rivojlanishi uchun muhim, me‘da osti bezining sokining tarkibiy qismi bo‘lib, bir qator gormonlarni xosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Yod – qalqonsimon bez gormonlarini sintezi uchun zarur.
Xrom – qonda glyukozaning miqdorini va organizmning gormonal xolatini boshqarilish jarayonlarida ishtirok etadi, qonda xolesterin miqdorini pasayishiga yordam beradi, organizm hujayralarida yog‘larni to‘planishiga qarshilik qiladi.
Mis – hujayra nafasi jarayonida, qon hosil bo‘lishida, immun reksiyalarda ishtirok etadi.
Marganes – suyak to‘qimasining rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi, to‘qimalar nafasida, immun reaksiyalarda ishtirok etadi.
Molibden – oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarda ishtirok etadi, ferment kofaktori sifatida ta‘sir qilishi mumkin.
Selen – to‘qimalarning elastikligini boshqarilishida ishtirok etadi, yaqqol antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi.
Nikel – biologik tizimlar tarkibiga kiruvchi muhim element hisoblanadi (uning spesifik metallofermentlar tarkibiga kirishi taxmin qilinadi).
Ftor – tish emali va suyaklarning komponentidir.
Bor – suyak to‘qimasini shakllanishida muxim ahamiyatga ega, uning mustaxkamligini ta‘minlaydi, osteoporoz rivojlanishini oldini oladi. Bor, suyak to‘qimasi tomonidan kalsiyning assimilyasiyasini yaxshilaydi, deb taxmin qilinadi.
L-arginin – aminokislotasi oqsillar uchun qurilish blokidir. L-arginin normal arterial bosimni ta‘minlaydi va umuman yurak qon-tomir tizimining normal faoliyatini ta‘minlaydi. U qon tomirlarini kengayishiga yordam beradi va shunday qilib aterosklerotik blyashkalarni rivojlanishiga to‘skinlik qiladi. Ushbu aminokislota to‘qimalarni o‘sishi, qayta tiklanishi uchun, antitelolar, gormonlar va fermentlar hosil bo‘lishi uchun zarur.
Metionin – almashtirib bo‘lmaydigan aminokislota bo‘lib, u yog‘larni qayta ishlanishiga yordam berib, ularni jigarda va arteriya qon-tomirlarining devorlarida to‘planib qolishini oldini oladi. Metionin tarkibida erkin radikallarni faolsizlantiruvchi oltingugurt saqlaganligi sababli, yaqqol antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi.
L-lizin – to‘qimalarni o‘sishi, qayta tiklanishi uchun, antitelolar, gormonlar va fermentlarni ishlab chiqarilishi uchun zarur bo‘lgan aminokislotadir. Lizinni qo‘shimcha qabul qilish toliqishni oldini oladi, kalsiyni o‘zlashtirilishi hamda suyak va biriktiruvchi to‘qimalarning tiklanishiga yordam beradi.
Gul changi – organizmning chidamliligini oshiradi, immun tizimiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, ovqat xazm qilish jarayonini yaxshilaydi mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Ona asalari suti – tarkibida A, S, Ye, V guruhi vitaminlari, aminokislotalar, mineral tuzlar, kalsiy, temir, kremniy, organik kislotalarni saqlaydi. Qon tomirlarini kengaytiradi, arterial bosimni boshqaradi, hujayralarni oziqlanishini yaxshilaydi, toliqish va stressni yengishga yordam beradi, immun tizimi, xujayralar metabolizmini xamda regenerativ jarayonlarni rag‘batlantiradi. Yallig‘lanishga qarshi va adaptogen ta‘sirlarga ega. Immunitetni oshiradi.
Deanol – markaziy nerv tizimini yengil rag‘batlantiradi va nootrop vosita. Deanol kognitiv faoliyatlarni yaxshilaydi, almashinuv jarayonlarini faollashtiradi, bosh miyaning gipatalamus va boshqa soxalarida sinaptik o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi. Deanolni yuqori dozalarda qo‘llash sinaptikoxirlarda asetilxolinning miqdorini oshiradi, xolinoreseptorlarning zichligini oshiradi.
O‘stirilgan bug‘doy maysasining yog‘i (Ye vitaminining manbai) – hujayra membranalari butunligini saqlanishiga yordam beradi va xujayra tuzilmalarini erkin radikallar va lipidlarning peroksidli oksidlanishi oqibatida xosil bo‘lgan reaksion xususiyatga ega mahsulotlar bilan shikastlanishdan ximoya qiladi. O‘smalarga qarshi va immunitetni rahbatlantiradi ta‘sir ko‘rsatadi.
Saflor moyi – monoto‘yinmagan yog‘ kislotalarini ko‘p miqdorda saqlaydi, ular qonda yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning miqdorini («yaxshi xolesterin») o‘zgartirmasdan, past zichlikdagi lipoproteinlarning («yomon xolesterin») darajasini kamaytiradi.
Lesitinni tarkibiga essensial fosfolipidlar kiradi, ular xujayra membranalarining universal plastik materiali xisoblanadi. Fosfolipidlar hujayralar membranalarining tuzilishi va faoliyatini tiklanishiga yordam beradi va ko‘pchilik hayot uchun muhim bo‘lgan jarayonlarda qatnashadi. Lesitin jigarni surunkali gepatit, sirroz, oziq-ovqat, dorilar, alkogol va radiasion shikastlanishlarida jigarning faoliyatini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Biojen-LIK preparatining ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining umumiy ta‘siri bilan ifodalanadi, shuning uchun ushbu preparatning farmakokinetikasini o‘rganish imkoniyati yo‘k; tarkibiga kiruvchi barcha komponentlarini markerlar yoki biotekshirishlar yordamida kuzatish mumkin emas.
Qo‘llanilishi
– kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda gipo- va avitaminozlarni davolash va oldini olishda;
– aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishi, xolsizlik, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishida;
– sog‘ayish jarayonlarini tezlashtirish uchun, shu jumladan og‘ir kasalliklar, jarrohlik operasiyalari va radioterapiyadan keyin;
– turlicha rivojlangan anemiyada;
– sportchilarning jismoniy chidamliligini oshirish uchun;
– stress oqibatlarini oldini olish uchun;
– ayollardagi klimakterik davrda;
– erkaklar impotensiyasida;
– jinsiy asteniya va bepushtlikda;
– jinsiy yetilish davridagi vitaminlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lganida;
– parhezga qat‘iy rioya qiluvchi shaxslar uchun;
– muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda;|
– sochlarni to‘kilishi va sinuvchanligida;
– nevrozlar, qandli diabet, bug‘imlarni yallig‘lanish kasalliklari, ko‘z va teri kasalliklari va boshqa surunkali kasalliklarda;
– organizmning umumiy qarshiligini oshirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kuniga yoki kunora bir kapsuladan nonushtadan keyin qabul qilinadi.
Tavsiya etilgan davolash kursi 2-3 xaftani tashkil etadi.
Boshqa xolatlarda shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlari kam rivojlanadi.
Ayrim xollarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, taxikardiya, allergik reaksiyalar (eshakemi) namoyon bo‘lishi mumkin.
Og‘ir darajadagi nojo‘ya reaksiyalar rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarga;
– 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Xozirgi kungacha Biojen-LIK preparatini boshqa dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Boshqa vitamin va mineral preparatlari bilan bir vaqtda buyurilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Biojen-LIK preparatini kunning ikkinchi yarmida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Biojen-LIK preparatini xomiladorlik va laktasiya davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Agar bunday davolashni o‘tkazish zarur bo‘lsa, u xolda qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Biojen-LIK preparati tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida dozani oshirib yuborilish xollari kuzatilmagan. Dozasi tasodifan oshirib yuborilganida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan, chunki Biojen-LIK preparatini tarkibiga kiruvchi komponentlar (ayniksa yog‘da eruvchan vitaminlar va temir) ning organizmga toksik ta‘sir qilishi mumkinligini inobatga olish kerak.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riknomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°Sdan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari