BUMANOL
BUMANOL chiqarilish shakllari

BUMANOL haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BUMANOL
BUMANOL
Preparatning savdo nomi: Bumanol
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiya qilingan kukun erituvchi bilan majmuada.
Tarkibi:
Liofilizasiya qilingan kukunli har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 10 mg gidroksokobalamin;
yordamchi moddalar: mannit, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Erituvchili har bir ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 75 mg diklofenak kaliy, 2,63 mg betametazon natriy fosfati;
yordamchi moddalar: benzil spirti, suvsiz dinatriy fosfati, propilenglikol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: qizil-pushti rangli liofilizasiya qilingan kukun.
erituvchi: rangsiz yoki biroz pushti rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar. Diklofenak majmuada.
ATX kodi: M01AV55
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Bumanol preparati uchta faol komponent: diklofenak kaliy, betametazon natriy fosfati, gidroksokobalamin saqlaydi.
Diklofenak: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV) bo‘lib, yaqqol darajada yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, revmatizmga qarshi va o‘rtacha darajada isitma tushiruvchi va antiagregasion ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi araxidon kislotasi metabolizmining asosiy fermenti – siklooksigenazaning faolligini susaytirishi bilan bog‘liq, natijada araxidon kaskadi reaksiyasi bloklanadi. Og‘riq qoldiruvchi ta‘siri ikkita mexanizm bilan ifodalanadi: periferik (prostaglandin sintezini susayishi orqali) va markaziy (markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandin sintezini ingibisiya qilishi hisobiga) amalga oshadi.
Betametazon: glyukokortikoid vosita bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, antiekssudativ (shishga qarshi) va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatadi. Betametazon yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini (eozonofillar va semiz hujayralardan), interleykinlar 1 va 2, γ-interferonni ajralib chiqishini (limfositlar va makrofaglardan) pasaytiradi, gialuronidazaning faolligini tormozlaydi va qon-tomirlar devorining o‘tkazuvchanligini pasaytiradi. Hujayra sitoplazmasidagi spesifik reseptorlar bilan o‘zaro ta‘sir qiladi, RNK sintezini rag‘batlantiradi, oqsillar hosil bo‘lishini, shu jumladan hujayra samaralariga sabab bo‘ladigan lipokortin hosil bo‘lishini induksiya qiladi. Lipokortin fosfoliaza A2 ni susaytiradi, araxidon kislotasini liberasiyasini va yallig‘lanish, allergiya va boshqa patologik jarayonlarga sabab bo‘ladigan leykotrienlar, endoperoksidlar biosintezini bloklaydi.
V12 vitamini hujayrani o‘sishi va replikasiyasi uchun zarur. U yuqori biologik faollikka ega va uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida ishtirok etadi. To‘qimalar regenerasiyasini oshiradi, qon yaratilishi, jigar va nerv tizimining faoliyatini normallashtiradi. Organizmda kofaktor – kobamidga aylanadi, u ko‘pchilik fermentlarning tarkibiga, shu jumladan folat kislotasini tetragidrofolat kislotasiga qaytaradigan reduktazaning tarkibiga kiradi. Kobamid metil va boshqa bir uglerodli fragmentlarni tashishda ishtirok etadi va shuning uchun u dezoksiriboza va DNK, metionin va gomosisteinli S-adenozilmetionin, kreatinni hosil bo‘lishi, lipotrop faktor – xolinni sintezida, metilmalonat kislotasini mielinning tarkibiga kiruvchi qahrabo kislotasiga aylantirish uchun zarur.
Farmakokinetikasi
75 mg diklofenak mushak ichiga yuborilganidan so‘ng uning so‘rilishi darhol boshlanadi. Plazmada, o‘rtacha qiymati taxminan 2,5 mkg/ml (8 mkmol/l) ni tashkil etuvchi, maksimal konsentrasiyasiga taxminan 20 minutdan keyin erishiladi. Bu qiymatga erishgan zahoti plazmada diklofenakning konsentrasiyasini tez pasayishi kuzatiladi. So‘riladigan faol moddaning miqdori preparatning dozasiga proporsional bog‘liqlikda bo‘ladi.
Diklofenak mushak ichiga yuborilgandan so‘ng “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonining kattaligi peroral qabul qilingandan yoki rektal qo‘llangandan keyingi qiymatiga nisbatan 2 marta katta bo‘ladi, chunki diklofenak peroral qabul qilinganida yoki rektal yuborilganida diklofenak miqdorining taxminan yarmi jigar orqali birinchi marta o‘tganida metabolizmga uchraydi.
Diklofenakni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 99,7% ni tashkil etadi, u asosan albumin bilan (99,4%) bog‘lanadi. Taqsimlanish hajmi 0,12-0,17 l/kg ni tashkil etadi. Diklofenak sinovial suyuqlikka o‘tadi, u yerda maksimal konsentrasiyasiga qon plazmada erishadigan vaqtga nisbatan 2-4 soatga kechroq erishadi. Sinovial suyuqlikdan taxminiy yarim chiqarilish davri 3-6 soatni tashkil etadi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga erishganidan so‘ng 2 soatdan keyin sinovial suyuqlikdagi diklofenakning konsentrasiyasi plazmadagiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi va u yanada yuqoriroq qiymatda 12 soat davomida saqlanib turadi.
Diklofenakning metabolizmi qisman o‘zgarmagan molekulaning glyukuronizasiyasi yo‘li bilan, ammo asosan – bir martalik va ko‘p martalik metoksillanish orqali amalga oshadi, bunda bir qancha fenol metabolitlari (3′-gidroksi-, 4′-gidroksi-, 5′-gidroksi-, 4′,5-digidroksi- va 3′-gidroksi-4′-metoksidiklofenak) ni hosil bo‘lishiga olib keladi, ularning ko‘pchiligi glyukuronid kon‘yugatlariga aylanadi. Ushbu fenol metabolitlaridan ikkitasi biologik jihatdan faoldir, ammo diklofenakka nisbatan ahamiyatli kamroq darajada.
Diklofenakning umumiy tizimli klirensi 263 ± 56 ml/min ni tashkil etadi. Yakuniy yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil etadi. To‘rtta metabolitlari, shu jumladan ikkita farmakologik jihatdan faol metabolitlarining yarim chiqarilish davri davomli emas va 1-3 soatni tashkil etadi. Metabolitlaridan biri, 3′-gidroksi-4′-metoksidiklofenak davomli yarim chiqarilish davriga ega, ammo ushbu metabolit butunlay nofaoldir.
Preparatning taxminan 60% dozasi siydik bilan o‘zgarmagan faol moddaning glyukuron kon‘yugatlari ko‘rinishida, shuningdek metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi, ularning ko‘pchiligi glyukuron kon‘yugatlaridir. O‘zgarmagan holda diklofenakning 1% dan kamroq qismi chiqariladi. Preparatning qolgan dozalari safro va axlat bilan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Betametazon natriy fosfati – oson eruvchan komponent bo‘lib, yuborilgan joydan tez so‘riladi, bu terapevtik ta‘sirini tez boshlanishini ta‘minlaydi. Betametazon plazma oqsillari bilan 64% ga bog‘lanadi va 5-6 soatlik yarim chiqarilish davriga ega.
V12 vitamini asosan jigar parenximasining hujayralarida saqlanadi, uning asosiy zahirasini tashkil etadi. Qonda uni to‘qimalarga tashiydigan transkobalamin I va II lar bilan bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Yuborilgandan keyin maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti taxminan 1 soatni tashkil etadi. Jigardan safro bilan ichakka chiqariladi va yana qonga so‘riladi. Jigardan yarim chiqarilish davri – 500 kunni tashkil etadi. Buyrk faoliyati normal bo‘lganida 7-10% buyraklar orqali, taxminan 50% axlat bilan chiqariladi; buyrak faoliyati past bo‘lganida – 0-7% buyraklar orqali, 70-100% axlat bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Qo‘llanilishi
Revmatizmni zo‘rayishi, yallig‘langan mono- va polineyropatiyalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat kattalarga mushak ichiga yuboriladi. Flakondagi liofilizasiya qilingan kukun ampuladagi erituvchi yordamida eritiladi.
In‘eksiya bir necha soatlik interval bilan sutkada 1 yoki 2 marta amalga oshiriladi, mushakka (har bir dumbaga bir in‘eksiyadan) chuqur yuboriladi.
Bumanol preparati 2 kundan ortiq qo‘llanmaydi.
Preparatni, har bir alohida pasient uchun davolash masalasini hisobga olgan holda eng samarali dozalarda, qisqa vaqt davomida qo‘llash kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha).
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, meteorizm, qabziyatlar, diareya, me‘da-ichak yo‘llari (MIY) ning o‘tkir medikamentoz eroziyalari va yaralari, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: tirishishlar, bosh miya ichki bosimini oshishi ko‘ruv nervi diskini shishi bilan (odatda davolash tugaganidan keyin), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, ta‘sirchanlik.
Jigar tomonidan: tez-tez emas – transaminazalarning darajasini oshishi; kam hollarda – sariqlik bilan yoki usiz kechuvchi gepatitlar.
Teri tomonidan: tez-tez emas – terida eritema va toshma, dermatit, toshma, angionevrotik shish; kam hollarda – eshakemi. Stivens-Djonson sindromi, ekssudativ polimorf eritema va toksik epidermolizning ayrim holatlari, jarohatlarni bitishini yomonlashishi, terini yupqalashishi, petexiyalar va ekximozlar, yuz eritemasi haqida ta‘riflangan. Yuborilganida – achishish, infiltrat hosil bo‘lishi mumkin.
Buyraklar tomonidan: o‘tkir buyrak yetishmovchiligining ayrim holatlari, gematuriya va proteinuriya, oliguriya, interstisial nefrit, papillyar nekroz, azotemiya.
Qon va limfa tizimlari tomonidan: leykopeniya, gemolitik anemiya va agranulositozning ayrim holatlari.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi va yurak urishini tezlashishi.
Suv-elektrolitlar muvozanati tomonidan: natriyni ushlanib qolishi, edema, kaliyni chiqarilishini oshishi va gipokaliemik alkaloz.
Skelet-mushak tizimi tomonidan: mushaklarni bo‘shligi, miopatiya, mushak vaznini yo‘qolishi, osteoporoz, kompressiya natijasida umurtqani sinishi, son suyagi boshini aseptik nekrozi va/yoki uzun suyaklarni patologik sinishlari, paylarni uzilishi, bo‘g‘imlarni noturg‘unligi (ko‘p marta yuborilgandan so‘ng).
Endokrin tizimi tomonidan: hayz ko‘rish siklini buzilishi, kushingsimon konstitusiyani rivojlanishi, adrenal yetishmovchilik, ayniqsa stress holati (jarohatlar, jarrohlik aralashuvi, tizimli kasalliklardan keyin) rivojlanganida kuzatiladi. Karbogidratlarga tolerantlikni past bo‘lishi.
Psixonevrologik buzilishlar: eyforiya, kayfiyatni o‘zgarishi, depressiya (yaqqol psixotik reaksiyalar bilan), ta‘sirchanlikni oshishi, uyqusizlik.
Sezgi a‘zolari tomonidan: orqa subkapsulyar katarakta, ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma, ekzoftalm, va quloqlarni shang‘illashi.
Metabolizmni buzilishi: oqsil katabolizmi oqibatida manfiy azot balansi bo‘lishi mumkin.
Boshqalar: bronxospazm, tizimli anafilaktik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yoki boshqa NYAQVga yuqori sezuvchanlik;
- faol bosqichdagi gastroduodenal yara;
- gastrointestinal qon ketishlari yoki perforasiya;
- og‘ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligi;
- dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi;
- gipertoniya kasalligini og‘ir shakli;
- tizimli mikoz;
- faol tuberkulyoz;
- osteoporoz;
- Isengo-Kushing sindromi;
- qandli diabet;
- A, V gepatiti, A gepatiti ham emas, V gepatiti ham emas va boshqa virusli infeksiyalar;
- vaksinasiya davri;
- homiladorlik va laktasiya davri;
- idiopatik trombositopeniya purpura bo‘lgan pasientlarga mushak ichiga yuborish;
- podagra;
- tizimli antikoagulyantlar bilan davolash;
- bolalarga preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bumanol boshqa tizimli NYAQV bilan bir vaqtda qo‘llanganida nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligi oshadi. Peroral antikoagulyantlar bilan davolanadigan pasientlarda koagulyasiyani qat‘iy nazorat qilish tavsiya etilgan, chunki kortikosteroidlar va diklofenak gemorragiyalarni rivojlanish havfini oshiradilar.
Bumanol diuretiklarning farmakologik ta‘sirini ingibisiya qilishi mumkin. U shuningdek kaliyni tejovchi diuretiklar bilan buyurilganida qon zardobida kaliyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Bumanol metotreksatni qabul qilishdan 24 soat oldin va keyin qabul qilish buyurilganida qonda oxirgisining darajasi va uning toksikligi oshishi mumkin.
Bumanol va litiy preparatlari bir vaqtda qabul qilinganida dozani oshirib yuborilishini sezilarli belgilarisiz litiy preparatlarining darajasi oshishi mumkin.
Preparat eritromisin, astemizol, bepridil, galofantrin, pentamidin, terfenadin, sultoprid, vinkamin, amiodaron, bretilium, dispopiramid, guanidin, solatolol bilan bir vaqtda qabul qilinganida ikki tomonga yo‘nalgan duksimon qorinchalar taxikardiyasi (gipokaliemiya, bradikardiya va QT-oralig‘ini uzayishi aritmiyalarni rivojlanish havfini oshiradilar) ni rivojlanish havfi yuz beradi.
Qo‘llanganida ehtiyotkorlikni talab etadigan majmualar
Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida izoniazidning darajasi pasayadi, shuning uchun klinik va mikrobiologik nazorat qilinishi kerak.
Fenobarbital, fenitoin, primidon, karbamazepin, ribafurin, rifampisin kortikosteroidlarning samaradorligini pasaytiradigan fermentativ induktorlar hisoblanadilar, shuning uchun ushbu dori vositalari bilan davolanish vaqtida va davolangandan so‘ng preparatning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.
Asetilsalisil kislotasi: kortikosteroidlar salisilatlarni eliminasiyasini tezlashtiradilar, shuning uchun kortikosteroidlar bilan davolanishdagi tanaffusdan so‘ng salisilatlarning dozasini oshirib yuborilish havfi mavjud. Kortikosteroidlar bilan davolash to‘xtatilganida salisilatlarning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etilgan.
E‘tiborga olish kerak bo‘lgan o‘zaro ta‘sirlar
Antigipertenziv preparatlar: kortikosteroidlar gipotenziv preparatlarning terapevtik samaralarini kamaytiradilar.
α-interferon: kortikosteroidlar uning terapevtik ta‘sirini ingibisiya qilishi mumkin.
Mikroorganizmlar susaytirilgan vaksinalar: o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan tizimli kasalliklarni rivojlanish havfi mavjud. Rivojlanish havfi asosan immunodepressiv pasientlarda oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash kursini boshlashdan oldin me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini istisno qilin maqsadida pasientni sinchiklab tekshirish kerak. nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish havfini pasaytirish uchun, preparatni imkon boricha minimal dozalarda, ayniqsa holsizlangan pasientlarga va keksa yoshdagi odamlarga minimal dozalarda buyurish kerak.
Betametazon infeksiyaning belgilarini yashirishi mumkin. Bumanol bilan davolanish vaqtida immun javob reaksiyasi o‘zgarishi mumkinligi tufayli, immunizasiya o‘tkazish mumkin emas. Strongyloides chaqirgan infeksiyaga shubha qilingan pasientlarga preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki infeksiyani tarqalishini qo‘zg‘atishi va hayot uchun havf tug‘diruvchi holatni chaqirishi mumkin. Yashirin tuberkulyoz bilan xastalangan yoki tuberkulinga reaktivligi yuqori bo‘lgan pasientlar shifokor nazorati ostida bo‘lishlari kerak.
Bumanol tarkibida diklofenak saqlaydi, shuning uchun uni yurak-qon tomir tizimini buzilishlari, buyrak va jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga, jarrohlik aralashuvi o‘tkazilgandan keyin yoki qon-tomirlar ichidagi qon hajmi pasaygan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Diklofenak jigar porfiriyasi va bronxial astma bo‘lgan pasientlarda kasallikni zo‘rayish holatlarini chaqirishi mumkin.
Bumanol preparatini gemostatik tizimni buzilishlari, divertikul, ichakni yaqin vaqtda kuzatilgan anastomozi, me‘da yarasi, yarali kolit, abssess yoki boshqa yiringli kasalliklari, gipertoniya kasalligi, osteoporoz va gravis miasteniyasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ko‘z gerpesi, emosional beqarorlik yoki ruhiy buzilishlarga moyilligi bo‘lgan pasientlarga va gipotireoidizmda preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatni bir shprisda boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat bilan davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: preparatning dozasi oshirib yuborilganida tipik klinik manzara yo‘q. Dozani oshirib yuborilishi qusish, gastrointestinal qon ketishi, diareya, bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi yoki tirishishlarni chaqirishi mumkin. Og‘ir darajadagi zaharlanish kuzatilganida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va jigarni shikastlanishi kuzatilishi mumkin.
Davolash: NYAQV bilan o‘tkir zaharlanishni davolash birinchi navbatda tutib turuvchi davolash va simptomatik davolashdan iborat.
Jadallashtirilgan diurez, dializ yoki gemoperfuziya, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yuqori va jadal metabolizmga uchraganligi tufayli organizmdan chiqarilishiga kafolat berishi mumkin emas.
Betametazonning dozasini oshirib yuborilish simptomlari
Betametazonning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi hayot uchun havf tug‘diruvchi holatni yuzaga keltirmaydi. Bir necha kun davomida glyukokortikosteroidlarning yuqori dozalarini yuborish salbiy oqibatlarga olib kelmaydi (juda yuqori dozalarini qo‘llash holatlari yoki qandli diabet, glaukoma, MIY ning eroziv-yarali shikastanishlarini zo‘rayishi holatlari yoki bir vaqtda angishvonagul preparatlari, organizmda kaliyni haydovchi diuretiklar bilan davolanayotgan pasientlar bundan mustasno).
Davolash: pasientning ahvolini sinchiklab tibbiy nazoratdan o‘tkazish kerak. Organizmni suyuqlik bilan optimal ta‘minlanishini tutib turish va plazmada va siydikda elektrolitlarning miqdorini nazorat qilish, bunda organizmda natriy va kaliyning muvozanatiga alohida e‘tibor berish kerak. Ushbu ionlarning muvozanatini buzilishi aniqlanganida muvofiq davolash o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiya qilingan kukun sariq rangli shisha flakonda, brombutil tiqin bilan yopilgan va flip-off tipidagi majmuaviy qalpoqcha bilan bekitilgan, 3 ml dan erituvchi bilan majmuada.
Liofilizasiya qilingan kukunli 1 flakon va erituvchili 1 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga kartonli bo‘linmalarga ega bo‘lgan karton qutida.
3 yoki 5 liofilizasiya qilingan kukunli flakonlar va 3 yoki 5 erituvchili ampulalar kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi e
Resept bo‘yicha.














