Apteka.uz
SavatKirish

Depres

Depres chiqarilish shakllari

DEPRES kapsulalar  20mg N16
Retseptli
DEPRES kapsulalar 20mg N16
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nobel Pharmsanoat
•61 ta dorixonada bor
Narxi
39 700 so'm dan
- Depres qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Depresning tarkibi
- Depres ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Depres narxi Toshkent dorixonalarida

Depres haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DEPRES DEPRESUM

Preparatning savdo nomi: Depres

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Fluoksetin

Dori shakli: Kapsulalar 

Tarkibi:

Faol modda: Fluoksetin gidroxlorid (20 mg fluoksetinga ekvivalent).

Yordamchi moddalar: kraxmal, magniy stearat.

Tavsifi: To‘q sariq/sariq rangli, kuchsiz hidli oq kukun saqlovchi, №3 qattiq jelatinli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antidepressantlar.

ATX kodi: N06AB03

Farmakologik xususiyatlari

Propilamin hosilasi bo‘lmish antidepressantdir. Kayfiyatni yaxshilanishiga yordam beradi, qo‘rquvni kamaytiradi, disforiyani bartaraf etadi. Sedativ samarani chaqirmaydi. Ta‘sir mexanizmi markaziy nerv tizimi neyronlari sinapslarida serotoninni qayta qamrab olinishini tanlab bloklashi bilan bog‘liq. Fluoksetin xolino-, adreno- va gistamin- reseptorlarining antagonisti hisoblanadi. Fluoksetin ko‘pchilik antidepressantlardan farqli ravishda postsinaptik b-adrenoreseptorlarning funksional faolligini pasayishini chaqirmaydi. O‘rta terapevtik dozani qabul qilinganda yurak-qon tomir tizimi va boshqa tizimlar faoliyatiga deyarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Barqaror klinik samara preparatni 2-3 hafta davomida uzluksiz qabul qilinganda rivojlanadi.

farmakokinetikasi

Me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Jigardan «birinchi o‘tishda» sekin metabolizmga uchraydi. Ovqat qabul qilish so‘rilish darajasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi, ammo uni so‘rilish tezligini sekinlashtiradi. Plazmada maksimal konsentrasiyaga 6-8 soatdan keyin erishiladi. Plazmadagi muvozanatli konsentrasiyalariga bir necha hafta davomida uzuluksiz qabul qilinganidan keyin erishiladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 94,5% ni tashkil qiladi. Gematoensefalik to‘siqdan oson o‘tadi. Jigarda metil guruhini yo‘qotish (metilsizlantirish) orqali metabolizmga uchraydi va asosiy faol metaboliti norfluoksetin hosil bo‘ladi.

Fluoksetinning yarim chiqarilish davri 2-3 kunni, norfluoksetinniki esa – 7-9 kunni tashkil qiladi, jigar faoliyati susaygan pasientlarda chiqarilishi biroz pasaygan. Buyrak faoliyati susaygan pasientlarni uzoq davolaganda preparatni to‘planib qolish xolati (akkumulyasiya) kuzatilishi mumkin. 80% – buyrak, 15% – ichak orqali chiqariladi.

Preparatning farmakokinetikasi o‘zgarishi mumkinligi tufayli, bir vaqtda turli preparatlar qabul qilgan, surunkali kasalliklari bo‘lgan, keksa yoshdagi pasientlarda bittalik dozalarni buyurish samarasizdir.

 

Qo‘llanilishi

Turli genezli depressiyalar, bezovtalanish, obsessiv – kompulsiv buzilishlar, bulimik nevrozlarda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi, boshlang‘ich doza – 20 mg dan, sutkada bir marta, kunning birinchi yarmida qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida (klinik ta‘sir kam bo‘lganida), shifokor maslaxatidan so‘ng, bir necha haftadan keyin dozani oshirish mumkin.

Bulimik nevrozlarda – sutkalik doza 60 mg (3 marta) ni tashkil qiladi.

Maksimal doza sutkada 80 mg dan oshmasligi kerak.

Obsessiv-kompulsiv buzilishlarda – sutkada 20-60 mg ni tashkil kiladi.

Jigar yetishmovchiligida, shuningdek o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligida (buyrak kalava filtrasiyasi darajasi minutiga 10 dan 50 ml gacha bo‘lganida), preparatning dozasini kamaytirish yoki kunora buyurish lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bezovtalanish holati, tremor, asabiylashish, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, ishtahani yo‘qolishi, me‘da xazm qila olmasligi.

Modda almashinuvi tomonidan: ter ajralishini kuchayishi, gipoglikemiya, giponatriemiya (ayniqsa keksa yoshdagi kasallarda va gipovolemiyada).

Reprodukiv tizimi tomonidan: libidoni pasayishi, jinsiy ojizlik.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish mumkin.

Boshqalar: bo‘g‘im va mushaklardagi og‘riqlar, nafasni qiyinlashishi, tana haroratini ko‘tarilishi.

Umumiy: asteniya, isitma.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Glaukoma, qovuq atoniyasi, buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, MAO ingibitorlarini bir vaqtda buyurish, turli genezli tirishish sindromi, tutqanoq. homiladorlik, laktasiya, fluoksetinga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanilmaydi.

Buyrak faoliyati pasaygan pasientlarda (buyrak kalava filtrasiyasi darajasi <10 ml/min) preparatni to‘planib qolishi mumkinligi tufayli davolash kursi davomida buyurilmaydi.

Bolalarda qo‘llash mumkin emas (fluoksetinni bolalarda qo‘llash xavfsizlik darajasi aniqlanmagan).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Fluoksetinni markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadigan preparatlar, shuningdek etanol bilan bir vaqtda qo‘llaganda markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sirni sezilarli kuchaytiradi, shuningdek tutkanoqni rivojlanish ehtimolini oshiradi.

Oqsillar bilan yuqori darajada bog‘lana oladigan, ayniqsa antikoagulyantlar yoki digitoksinlar bilan birga qo‘llanilganda qon plazmasida erkin (bog‘lanmagan) preparatlarning konsentrasiyasini va ularning nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish havfi oshishi mumkin; litiy preparatlari bilan – litiyning konsentrasiyasi oshishi va toksik ta‘sir rivojlanishi mumkin, fenitonin bilan – qon plazmasida uning konsentrasiyasini oshishi va toksik ta‘sir rivojlanishi mumkin; triptofan bilan  – ajitasiyani kuchayishi, harakat bezovtaligi, me‘da – ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar kuzatilishi mumkin.

Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda qonda litiyning darajasini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Boshqa antidepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda ularning plazmadagi konsentrasiyasini oshishi kuzatiladi.

MAO ingibitorlari (shu jumladan selegin yoki moklobemid) bilan bir vaqtda qo‘llanganda serotonin miqdorini oshishi va uni qayta qamrab olinishini susayishi oqibatida serotoninni sinapslardagi miqdorini haddan tashqari oshishi – «serotoninli sindrom» yuzaga keladi, va bu gipertermiya, mushak rigidligi, mioklonus, shuningdek xatto o‘limgacha olib kelishi mumkin bo‘lgan organizmning ruhiy va fiziologik holatlarini beqarorligi holatlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida jigar va buyrak faoliyatini buzilishi, tutqanoq xurujlari, yurak–qon tomir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda qonda glyukoza darajasi o‘zgarishi mumkin, bu esa gipoglikemik preparatlarni dozalash tartibiga tuzatish kiritishni talab qiladi. Holsizlangan bemorlarda fluoksetinni qo‘llanganda tutqanoq xurujlarini rivojlanish xavfi oshadi.

Fluoksetinni MAO ingibitorlari bekor qilinganidan keyin kamida 14 kundan so‘ng qo‘llash mumkin. Fluoksetinni MAO ingibitorlari bilan davolash boshlanishidan oldin bekor qilish davri kamida 5 haftani tashkil qilishi kerak.

Keksa yoshdagi pasientlarda dozalash tartibini korreksiyalash talab qilinadi. Davolash davrida alkogolni is‘temol qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Fluoksetin tana vaznini kamayishiga olib kelishi mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Davolash davrida yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish lozim.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansimn  va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tirishishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, qo‘zg‘alish holati.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir berish, tirishishlarda trankvilizatorlarni buyurish lozim.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 20 mg dan, №16.

Saqlash sharoiti

Quruq,  yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- fluoksetinga yuqori sezuvchanlik.
- og'ir buyrak yetishmovchiligi (koptokchalar filtratsiyasi darajasi 10 ml/daq dan kam).
- ayni vaqtda yoki oldingi 2 hafta davomida monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini qabul qilish.
- homiladorlik va laktatsiya davri.
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar (preparat tarkibida 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash taqiqlangan bo'yoqlar mavjud).

Farmakokinetikasi

40 mg bir martalik doza qabul qilingandan so'ng, fluoksetinning eng yuqori plazma kontsentratsiyasiga 6 - 8 soat ichida erishiladi va 15 - 55 nanogramm/ml ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish fluoksetinning biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi, garchi uning so'rilishi kechikishi mumkin. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 94,5 % ni tashkil qiladi.
Fluoksetin jigarda tezda norfluoksetin va boshqa nofaol metabolitlargacha metabollanadi. Jigarda metabolizmdan so'ng fluoksetin buyraklar orqali chiqariladi. Fluoksetinning yarim chiqarilish davri 2 - 3 kunni, faol metabolit - norfluoksetinniki esa 7 - 9 kunni tashkil qiladi. Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda fluoksetin va norfluoksetinning yarim chiqarilish davri uzayadi. Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda fluoksetin bilan uzoq muddatli terapiya preparatning kumulyatsiyasiga olib kelishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Depres - antidepressant, propilamin hosilasi, kimyoviy jihatdan tritsiklik va tetratsiklik antidepressantlardan farq qiladi. Depresning ta'siri uning markaziy nerv tizimida serotoninning qayta neyronal qamrab olinishini ingibirlashi bilan bog'liq. Fluoksetin serotonin qamrab olinishini bloklaydi, ammo noradrenalinga ta'sir qilmaydi. Kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi, qo'rquv va taranglik hissini kamaytiradi, disforiyani bartaraf etadi. Sedativ samara chaqirmaydi. O'rtacha terapevtik dozalarda qabul qilinganda yurak-qon tomir va boshqa tizimlar faoliyatiga deyarli ta'sir qilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalari

DEPRES ni monoaminoksidaza ingibitorlari bekor qilingandan keyin kamida 14 kun o'tgach qo'llash mumkin. Fluoksetin bekor qilingandan keyin monoaminoksidaza ingibitorlari bilan terapiya boshlanishigacha bo'lgan davr kamida 5 haftani tashkil qilishi kerak. Monoaminoksidaza ingibitorlari fluoksetin bekor qilingandan keyin qisqa vaqt oralig'i o'tgach qo'llanilganda o'lim bilan yakunlanishi mumkin.
DEPRES anamnezida tirishishlar bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak. Nostabil epilepsiyasi bo'lgan bemorlarga fluoksetin tayinlashdan saqlanish kerak, nazorat qilinadigan epilepsiyasi bo'lgan bemorlar esa sinchkov monitoringni talab qiladi.
Antidepressantlar maniya/gipomaniyasi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak. Har qanday antidepressant kabi, fluoksetin maniya bosqichi paydo bo'lganda bekor qilinishi kerak.
Jigar disfunksiyasi sezilarli bo'lgan bemorlarda dozani kamaytirish tavsiya etiladi.
Anamnezida yurak kasalliklari mavjud bo'lganda, fluoksetin qo'llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Retrospektiv ravishda fluoksetin olgan bemorlarning elektrokardiogrammalari ko'rib chiqilgan va yurak blokadasiga olib kelishi mumkin bo'lgan hech qanday o'tkazuvchanlik buzilishlari aniqlanmagan.
DEPRES vazn yo'qotishni chaqirishi mumkin.
Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda qonda glyukoza darajasi o'zgarishi mumkin, bu gipoglikemik preparatlar dozalash tartibini korreksiya qilishni talab qiladi. Davolash jarayonida gipoglikemiya rivojlanishi mumkin, u to'xtatilgandan keyin esa - giperglikemiya.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri xususiyatlari
DEPRES fikrlash jarayonlarini buzishi mumkin, shuning uchun bemorlarga avtomobil haydash va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi boshqa faoliyat turlaridan saqlanish tavsiya etiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

DEPRES quyidagilar bilan bir vaqtda qo'llanilganda:
- markaziy asab tizimiga susaytiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar, shuningdek etanol bilan, markaziy asab tizimiga susaytiruvchi ta'sirning sezilarli kuchayishi, shuningdek tirishishlar rivojlanish ehtimolining oshishi mumkin;
- oqsillar bilan yuqori darajada bog'lanishga ega preparatlar, ayniqsa antikoagulyantlar yoki digitoksin bilan, qon plazmasida erkin (bog'lanmagan) preparatlar kontsentratsiyasining oshishi va noxush samaralar rivojlanish xavfining oshishi mumkin;
- litiy preparatlari bilan litiy kontsentratsiyasining oshishi va toksik samaralar rivojlanishi mumkin;
- fenitoin bilan, uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasining oshishi va toksik samaralar rivojlanishi;
- triptofan bilan, harakat bezovtaligi, oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlarning kuchayishi mumkin;
- boshqa antidepressantlar bilan, ularning plazmadagi darajalarining oshishi sodir bo'ladi;
- benzodiazepinlar bilan, ba'zi bemorlarda diazepamning yarim chiqarilish davri oshishi mumkin;
- monoaminoksidaza ingibitorlari (shu jumladan selegilin yoki moklobemid) bilan, serotonin miqdori oshishi va uning qayta qamrab olinishi bostirilishi oqibatida, sinapsda serotonin miqdorining sezilarli oshishi sodir bo'ladi - В«serotonin sindromiВ», bunda gipertermiya, mushak rigidligi, mioklonus, shuningdek organizmning ruhiy va fiziologik holati beqarorligi ko'rinishlari, o'limga olib kelguncha kuzatiladi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalar:
Depressiya va obsessiv-kompulsiv nevrozni davolash uchun tavsiya etilgan kunlik doza - 20 mg, ertalab. Agar 3-4 haftadan keyin samara kuzatilmasa, dozani kuniga 80 mg gacha oshirish mumkin. Kuniga 20 mg dan yuqori dozalar kuniga ikki marta, ertalab va kechqurun qabul qilinadi.
Bulimik nevrozni davolash uchun tavsiya etilgan doza - kuniga 60 mg. Maksimal sutkalik doza 80 mg dan oshmasligi kerak.
Uzoq yarim chiqarilish davri (2-3 kun) va uning faol metaboliti (7-9 kun) tufayli qon plazmasidagi preparat konsentratsiyasi bir necha hafta davomida saqlanib qoladi.
Keksa bemorlar:
Tavsiya etilgan sutkalik doza 60 mg dan oshmasligi kerak.
Bolalar:
Bolalar amaliyotida va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar:
O‘rta va o‘rtacha og‘irlikdagi buyrak funksiyasi buzilishida (koptokchalar filtratsiyasi darajasi <15 - 50 ml/daq) va jigar yetishmovchiligida dozani kamaytirish yoki preparatni kunora tayinlash kerak, ayniqsa bir vaqtning o‘zida bir nechta preparatlarni qabul qilayotgan yondosh kasalliklari bo‘lgan keksa bemorlarda.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Depres preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Depres narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
40 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
41 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
41 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
41 000 so'm
Bron qilish

Depres haqida savollar

Depres haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil