Ташкент
logo
SavatKirish

DERIVA-S-MS

DERIVA-S-MS chiqarish shakllari

DERIVA S MS gel 30g
DERIVA S MS gel 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
DERIVA S MS gel 15g
DERIVA S MS gel 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
DERIVA S gel 15g
DERIVA S gel 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
- DERIVA-S-MS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- DERIVA-S-MSning tarkibi
- DERIVA-S-MS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- DERIVA-S-MS narxi Toshkent dorixonalarida

DERIVA-S-MS qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DERIVA-S MS

DERIVA-C MS

 

Preparatning savdo nomi: Deriva-S MS

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): adapalen, klindamisin

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel, 30 g

Tarkibi:

1 g gel quyidagilarni saqlaydi

faol moddalar: 1,0 mg mikrosferik adapalen, 10,0 mg klindamisin fosfati (klindamisinga ekvivalent);

yordamchi moddalar: dinatriy edetati, karbomer 940 (karbopol 940), propilenglikol monostearati, metilparagidroksibenzoat, fenoksietanol, poloksamer 407, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: sarg‘ish-oq rangli bir xil gel.

Farmakoterapevtik guruhi: Husnbuzar toshmani davolash uchun preparatlar. Husnbuzar toshmani mahalliy davolash uchun preparatlar. Husnbuzar toshmani davolash uchun mikroblarga qarshi preparatlar. Klindamisin, majmualari.

ATX kodi: D10AF51

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Adapalen sintetik retinoid, naftoy kislotasining hosilasi hisoblanadi, komedonolitik va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. Preparat keratinizasiya va deskvamasiya jarayonlarini boshqarib, follikulyar giperkeratozga ta‘sir qiladi, mikrokomedonlarni hosil bo‘lishini oldini olib, ochiq va yopiq komedonlarga ta‘sir qiladi. Asosiy ta‘sir mexanizmi – epidermis xujayralarining yadrosidagi RAq-reseptorlarini bilan selektiv bog‘lanishdir, buning natijasida yog‘ bezi-soch follikulasining uchida epitelial xujayralarni “yopishishi” kamayadi va mikrokomedonlar hosil bo‘lishiga moyillik kamayadi. Ushbu mexanizm keratinositlarning yakuniy differensirovkasini boshqaradi, bu keratinizasiya jarayonini normallashishi va mikrokomedonlar hosil bo‘lishiga moyillik kamayishini ta‘minlaydi. Araxidon kislotasi metabolizmi va yallig‘lanish o‘chog‘ida leykositlar migrasiyasini ingibisiya qilish yo‘li orqali yallig‘lanishga qarshi samaraga ega.

Klindamisin – linkozamidlar guruhiga mansub bakteriostatik antibiotik, keng ta‘sir doirasiga ega, ribosomol membranananing 23S subbirligi bilan bog‘lanadi va mikrob xujayrasida oqsil sintezini susaytiradi. Bir qator grammusbat kokklarga nisbatan bakterisid ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Staphylococcus spp. (Enterococcus faecalis dan tashqari), Streptococcus pneumoniae, Corynebacterium diphtheriae, Mycoplasma spp., anaerob va mikroaerofil grammusbat kokklar (shu jumladan Peptococcus spp. va Peptostreptococcus spp.), Clostridium perfringens, Clostridium tetani, Vacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis va Prevotella melaninogenica), Fusobacterium spp., Propionibacterium spp., eubakterium va Actinomyces israelli ga nisbatan faol. Clostridium perfringens ning ko‘pgina shtammlari klindamisinga sezgir, lekin Clostridium spp. ning boshqa turlari (shu jumladan Clostridium sporogenes, Clostridium tertium) uning ta‘siriga chidamli, shuning uchun Clostridium spp. chaqirgan infeksiyalarda antibiotikogrammani aniqlash tavsiya etiladi.

Farmakokinetikasi

Adapalenni teri orqali so‘rilishi sekin amalga oshadi. Adapalenni uzoq vaqt mahalliy qo‘llagandan keyin dastlabki moddaning oz qismigina (<0,25 ng/ml) aniqlangan. Preparat asosan safro bilan chiqariladi.

5 kun davomida sutkada taxminan 3-12 g klindamisin mahalliy qo‘llanilganda klindamisinning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi 5,5 ng/ml dan kamroqqa erishilgan. Umumiy dozaning 0,04% dan kamrog‘i siydik bilan chiqarilgan.

Gel asosan biliar yo‘l orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • husnbuzar toshmada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llanadi. Deriva-S MS gelini qo‘llashdan oldin terini tozalash va quritish kerak. Preparatni ko‘zlarga, lablarga va boshqa shilliq qavatlarga tushishidan saqlanib gel terining shikastlangan sohalariga kuniga bir marta uyqudan oldin bir tekisdan yengil surtiladi. Davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.

Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez:

  • teri qoplamalarini qizarishi, kepaklanishi, qurishi, chiqishish va achishish
  • teri husnbuzarlarini yallig‘lanishli giperemiyasi
  • kontakt dermatit
  • qorinda og‘riq
  • grammanfiy mikroflora chaqirgan follikulit.

Kam hollarda:

  • terini ta‘sirlanishi, sanchish, husnbuzar toshmani kuchayishi
  • quyoshdan kuyish
  • diareya, melena, kolit
  • fotosensibilizasiya
  • akne

Noma‘lum:

  • eritema, qovoqlarda qichishish, qovoqlarni, yuzni shishi.

Davolashning birinchi xaftasida terini qisqa muddatli ta‘sirlanishi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu samara preparatni terining yashirish shikastlanishlariga ta‘siri bilan bog‘liq va davolashni to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik
  • linkomisinga o‘ta yuqori sezuvchanlik
  • buyrak va jigar yetishmovchiligi
  • yaqqol giperlipedemiya
  • regional enterit yoki yarali kolit
  • antibiotik-assosiasiyalangan kolit
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
  • homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Adapalen ayrim pasientlarda terini mahalliy ta‘sirlanishini chaqirishi mumkinligi tufayli, kumulyativ samarasidan saqlanish uchun qurituvchi yoki ta‘sirlovchi samaraga ega boshqa vositalar (davolovchi yoki abraziv sovunlar va yuvuvchi vositalar; qurituvchi samaraga ega sovunlar va kosmetik vositalar; duxi, etanol saqlovchi vositalar va boshqalar) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Adapalenni oltingugurt, rezorsin, salisil kislotasi saqlovchi moddalar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Agar bu vositalar oldinroq ishlatilgan bo‘lsa, bu preparatlarning teriga samarasi yo‘q bo‘lmaguncha adapalen bilan davolashni buyurish maqsadga muvofiq emas.

V guruhi vitaminlari majmuasi, aminoglikozidlar, ampisillin, kalsiy glyukonati va magniy sulfati eritmalari bilan nomutanosib. Eritromisin bilan antagonizm namoyon qiladi.

Preparatni sirtga qo‘llaganda tizimli so‘rilishi ahamiyatsiz ekanligi tufayli, tizimli qo‘llanadigan har qanday preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri ehtimoli kam. Preparat nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklovchi boshqa vositalarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun gelni bunday vositalar bilan birga qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Adapalenni qo‘llash vaqtida quyosh nuri ta‘siridan, shu jumladan oftobda qorayishni minimumga yetkazish kerak. Shamol yoki sovuq kabi noqulay ob-havo sharoitlari pasientlarda terini ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin.

Deriva-S MS ni ko‘zlar, lablar, burun burchaklari va shilliq qavatlar bilan kontaktidan saqlansin.

Mahsulotni kesilishlar, shilinishlar, ekzema yoki terining oftobda qoraygan sohalariga surtish mumkin emas, og‘ir darajadagi husnbuzar toshma, dermatit, seboreyasi bo‘lgan pasientlarda; kuyishni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

Preparatning tarkibida metilparagidroksibenzoat mavjud, u sekinlashgan tipdagi allergik reaksiya chaqirishi mumkin. Propilenglikol to‘ldiruvchisi terini ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davri

Qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat bilan davolash kursi davomida va davolash yakunlangandan keyin 1 oy davomida kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Homiladorlik rejalashtirilgan hollarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparatning transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi

Deriva-S MS transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Gelni haddan tashqari ko‘p surtish tezroq yoki yaxshiroq natijaga olib kelmaydi.

Simptomlari: yaqqol teri reaksiyalari – qizarish, kepaklanish, shuningdek achishish, diareya, qonli axlat va kolit (shu jumladan soxtamembranoz kolit).

Davolash: simptomatik, gelni mahalliy olib tashlash.

Chiqarilish shakli va o‘rami

30 g dan gel laminasiyalangan tubada.

1 tubadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

2 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

DERIVA-S-MS barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

DERIVA-S-MS savollari

DERIVA-S-MS fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil