Ташкент
logo
SavatKirish

Dip Rilif

Dip Rilif chiqarish shakllari

DIP RILIF gel 50g
Retseptsiz
DIP RILIF gel 50g
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
The Mentholatum Company Limited
DIP RILIF gel 15g
Retseptsiz
DIP RILIF gel 15g
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
The Mentholatum Company Limited
DIP RILIF gel 100g
Retseptsiz
DIP RILIF gel 100g
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
The Mentholatum Company Limited
D RILIF gel 100g
D RILIF gel 100g
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
The Mentholatum Company Limited
D RILIF gel 50g
D RILIF gel 50g
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
The Mentholatum Company Limited
D RILIF gel 15g
D RILIF gel 15g
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
The Mentholatum Company Limited
- Dip Rilif qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dip Rilifning tarkibi
- Dip Rilif ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dip Rilif narxi Toshkent dorixonalarida

Dip Rilif qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Buyuk Britaniya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIP RILIF

DEEP RILIEF

Preparatning savdo nomi: DIP RILIF

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ibuprofen/levomentol

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel

Tarkibi:

1 g gel quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:  ibuprofen – 50 mg, levomentol (mentol) – 30 mg

Yordamchi moddalar: tozalangan suv – 445 mg, denaturasiyalangan etanol – 300 mg, propilenglikol – 100 mg, diizopropanolamin – 55 mg, karbomer – 20 mg

Ta‘rifi: mentol hidli tiniq gel.

Farmakoterapevtik guruhi. Bo‘g‘im va mushak og‘riqlarida mahalliy qo‘llaniluvchi boshqa vositalar. Turli preparatlar.

ATX kodi: M02AX10.

Farmakologik xususiyatlari

Ibuprofen prostaglandinlar sintezini susaytiradi, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sirga ega.

Mentol mahalliy qo‘llanganda chalg‘ituvchi ta‘sir ko‘rsatadi va teri giperemiyasini chaqiradi. U mushaklar, paylar va bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamayishiga yordam beradi. Mentol teridagi nerv oxirlariga ta‘sir ko‘rsatadi.

Sirtga qo‘llash uchun gel shaklidagi ibuprofenning biokiraolishligi peroral qabul qilingandagiga nisbatan taxminan 5% ni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Yengil travmatik shikastlanishlar: paylarni cho‘zilishi, lat yeyishlar, sportda olingan jarohatlarda mushak va bo‘g‘im og‘riqlarini, shishlarni mahalliy simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.

Revmatizmda og‘riq sindromini kompleks davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga. Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar uchun. Gelning ozgina miqdorini (3-5 sm) og‘riq sohaga yupqa qilib surtiladi va yengil ishqalanadi. Har bir qo‘llash orasida 4 soatdan kam bo‘lmagan intervalni saqlagan holda, zaruratga qarab, sutkada 3 martagacha takrorlanadi.

Preparatni shifokor maslahatisiz ishlatish davomiyligi ko‘pi bilan 10 kun. Uzoqroq qo‘llash zarurati tug‘ilganida shifokor bilan maslahatlashing.

Qo‘llarni, agar ular davolash sohasi bo‘lmasa, DIP RILIFni qo‘llagandan so‘ng doimo yuvish lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Teri tomonidan mahalliy reaksiyalar: toshma, qichishish, eshakemi, terini qurishi, qizarish, achishish, kontaktli dermatit kuzatilishi mumkin.

Ibuprofen bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya samaralar:

  • nospesifik allergik va anafilaktik reaksiyalar;
  • astma, bronxial astmani zo‘rayishi, bronxospazm va xansirashni o‘z ichiga olgan nafas yo‘llari tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, ular dori vositasini qo‘llagan vaqtda bronxial astma yoki allergik kasalliklar bilan og‘rigan yoki anamnezida shunday kasalliklari bo‘lgan pasientlarda yuzaga kelishi mumkin;
  • teri qoplamalari tomonidan turli buzilishlar (toshma, qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi, kam hollarda bullyoz dermatozlar (toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema)), fotosensibilizasiya kuzatilishi mumkin.

Boshqa tizimli reaksiyalar ibuprofenni teri orqali kirib borishi bilan bog‘liq va gelning qo‘llanilayotgan miqdoriga, terining ishlov berilayotgan yuzasini kattaligiga, teri butunligining darajasiga, davolash davomiyligiga va okklyuzion bog‘lam ishlatilishiga bog‘liq. Juda kam hollarda ibuprofen mahalliy qo‘llanganda qorinda og‘riq, dispepsiya va buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ibuprofenga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQV ni qabul qilish oqibatida qo‘zg‘algan bronxial astma; ekssudativ dermatit, ekzema, terining infeksiyalangan shikastlanishlari, kuyishlarda; homiladorlik, laktasiya davri, bolalar (15 yoshgacha), teri qoplamalarining butunligini buzilishida qo‘llash mumkin emas.

Mahalliy qo‘llash uchun boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda terining bir sohasiga qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan. Jigar porfiriyasi (zo‘rayishi), me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalik yoshida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish noxush nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi havfini oshirishi mumkin. Preparat fotosensibilizasiyani chaqiruvchi preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Boshqa dorilar bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar Sizda buyrak kasalligi bo‘lsa, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim. Gelni ochiq jarohatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymasdan, shikastlanmagan teriga surtish lozim. Surtilgandan so‘ng okklyuzion (havo o‘tkazmaydigan) bog‘lov qo‘yish mumkin emas!

Preparatni ko‘zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparatning katta miqdori uzoq vaqt qabul qilinganida tizimli nojo‘ya samaralarning rivojlanishini xavfi paydo bo‘ladi.

Ibuprofen peroral qo‘llanganda mavjud buyrak yetishmovchiligini kuchaytirishi va me‘da yara kasalligini zo‘rayishini chaqirishi mumkin. Anamnezida buyrak faoliyatini buzilishi yoki peptik yarasi bo‘lgan pasientlar DIP RILIF dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilishlari kerak.

DIP RILIF ta‘sir etuvchi modda sifatida ibuprofen saqlaydi, u siklooksigenaza sintezining ingibitori hisoblanadi, va tizimli kirib borishida fertillikka ta‘sir qilishi mumkin. Homilador bo‘lish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan ayollarga yoki bepushtlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgan ayollarga DIP RILIF ni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Nojo‘ya samaralar minimal samarali dozalarni maksimal qisqa davolash vaqtida qo‘llash yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin.

Agar dori vositasini qo‘llash vaqtida holat yaxshilanmasa, yoki agar holat yomonlashsa, davolash qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

Dori vositasi propilenglikol saqlaydi, u terini ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin.

DIP RILIF ni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri.

Mahalliy qo‘llash uchun ibuprofenni qo‘llash avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy qo‘llaganda dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

Ibuprofen bilan bog‘liq simptomlar: ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, arterial gipotenziya.

Davolash simptomatik. Elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish buyuriladi.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun gel.

15 g, 50 g yoki 100 g dan alyumin tubalarda.

Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti 

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Dip Rilif barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Dip Rilif savollari

Dip Rilif fikr-mulohazalari

Reyting 4.4, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil