Ташкент
logo
SavatKirish

Ekdisten

Ekdisten chiqarish shakllari

EKDISTEN tabletkalari 5mg N10
Retseptli
EKDISTEN tabletkalari 5mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks
- Ekdisten qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Ekdistenning tarkibi
- Ekdisten ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Ekdisten narxi Toshkent dorixonalarida

Ekdisten qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

 QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

EKDISTEN

ECDISTENUM

 

Preparatning savdo nomi: Ekdisten

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ekdisten (2β, 3β, 14α, 20R, 22R, 25-geksagidroksi-5β-xolesten – 7ON6).

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ekdisten – 5 mg;

yordamchi moddalar: qand, kalsiy stearati, kartoshka kraxmali.

Ta‘rifi: oq rangli yoki och sariq tusli oq rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni mufiqlashtiruvchi vosita.

Farmakologik hususiyatlari

Ekdisten – oksisteroid tuzilishiga ega tabiiy birikma, tonusni oshiruvchi va adaptogen ta‘sir ko‘rsatadi. Organizmda oqsil sintezini kuchaytirib, jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Anabolik steroidlardan farqli ravishda, gormonsimon hususiyatlarga ega emas, androgen, antigonadotrop va timolitik ta‘sirlarni namoyon qilmaydi. Preparatga, shuningdek membranani mustahkamlovchi, antioksidant va gipoksiyaga qarshi ta‘sirlar xosdir.

Klinika sharoitida miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda o‘tkir bosqichida miokardning nekrozga uchragan sohalarini kamaytiradi, depolyarizasiya jarayonlarini tiklanishini va miokardning sog‘lom sohalarini elektr faolligini oshishini tezlashtiradi, miokard ishemiyasini kamaytiradi. Ilk stasionar reabilitasiya bosqichida, jismoniy ish qobiliyati ko‘rsatkichlarini (veloergometrik sinama) ishonchli oshiradi. Miokard infarktini o‘tkazgan erkaklarda jinsiy qo‘zg‘aluvchanlik va jinsiy faollik jarayonlarini tiklaydi.

Ekdisten homilani ona qornida rivojlanishini kechikishini majmuaviy davolashda homila gipotrofiyasini kamaytiradi, homiladorlarda anemiya tez-tezligini kamaytiradi, gormonal gomeostazga, immun tizimiga normallashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va sinsitiotrofoblastning regenerativ imkoniyatlarini oshiradi, homiladorlikda chala tug‘ishni kamaytiradi, chaqaloqlarda asfiksiyani pasaytiradi.

Qo‘llanilishi

Kattalarga, oqsil sintezi jarayonlarini susayishi bilan bog‘liq astenik va asteno-depressiv holatlarda, uzoq muddatli intoksikasiyalarda, infeksiyalarda. Nevrasteniyalarda, nevrozlarda, arterial gipotenziyada. Miokard infarktining o‘tkir davrida nekroz sohasini cheklash maqsadida; miokard infarktidan keyin stasionar reabilitasiyaning ilk davrida reabilitasiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida. Infarktdan keyingi impotensiyada jinsiy sohani tiklash maqsadida. Zo‘riqish stenokardiyasi va infarktdan keyingi kardiosklerozda qo‘llanadi.

Homiladorlarda homilani ona qornida rivojlanishini kechikishini oldini olish  va davolash uchun. Jadal sport mashg‘ulotlari vaqtida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan oldin 5-10 mg (1-2 tabletka) dan kuniga 3 marta qo‘llanadi. Davolash kursi 15-20 kun, zarurati bo‘lganida kursni 1-2 haftalik tanaffusdan keyin takrorlash mumkin.

Kattalar uchun yuqori dozalari: bir martalik 25 mg, sutkalik 100 mg ni tashkil qiladi.

O‘tkir miokard infarktida stasionarga tushgan kundan boshlab, umumiy qabul qilingan davolash fonida – 10 mg (2 tabletka) dan kuniga 3 marta 28-30 kun davomida qo‘llanadi.

O‘tkazilgan miokard infarktidan keyin reabilitasiya maqsadida, shuningdek zo‘riqish stenokardiyasi va infarktdan keyingi kardiosklerozi bo‘lgan bemorlarga 1 yoki 2 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Davolash kursi 4 haftani tashkil qiladi. Akusherlik stasionar sharoitda homilani ona qornida rivojlanishini kechikishini oldini olish va davolash maqsadida tashxis qo‘yilgan birinchi kundan boshlab, umumiy qabul qilingan davolash fonida ikki hafta davomida 2 tabletkadan kuniga 3 marta (sutkalik 30 mg dozada) buyuriladi.

Agar davolash kursi homiladorlikning II uch oyligida o‘tkazilgan bo‘lsa, uni 2-3 haftalik tanaffusdan keyin homiladorlikning 32-34 haftasida takrorlash zarur. Davolashni homiladorlikning 35-36 haftasida boshlash, homilani rivojlanishiga ta‘sir qilmaydi, ammo uni holatini yaxshilaydi va gipoksiyaga bo‘lgan chidamlilikni oshiradi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni nerv tizimi labil (o‘zgaruvchan) bo‘lgan bemorlarda qo‘llanganda uyqusizlik, arterial bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda dozani kamaytiriladi yoki preparatni kechqurungi qabul qilishni to‘xtatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Nerv qo‘zg‘alishi, uyqusizlik, gipertenziya, tutqanoq, giperkinezlar va preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Ma‘lumotlar yo‘q. Ammo nojo‘ya ta‘sirining belgilari kuchayishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 5 mg dan, kontur uyali va uyasiz o‘ramlarda, bankalarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Ekdisten barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Ekdisten savollari

Ekdisten fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil