Ташкент
logo
SavatKirish

Entero-D

Entero-D chiqarish shakllari

ENTERO D DETSKIY PAKET sashe N10
ENTERO D DETSKIY PAKET sashe N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Naturex»
ENTERO D kapsulalar  400mg
ENTERO D kapsulalar 400mg
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Naturex»
- Entero-D qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Entero-Dning tarkibi
- Entero-D ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Entero-D narxi Toshkent dorixonalarida

Entero-D qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

BFQ komponentlariga individual taʼsirchanlikda qoʻllanilmaydi.

Farmakologik ta'siri

Disbakterioz, oshqozon-ichak yoʻli ishining buzilishlarida organizmda bakteriyalar muvozanatini tiklash uchun foydalanilsin.
Ichakning normal mikroflorasi tiklanishiga yordam beradi, K vitamini sintezini yaxshilaydi, organizmga kasallik chaqiruvchi bakteriyalar va viruslar joylashib olishiga toʻsqinlik qiladi, oshqozon-ichak yoʻli ishini tartibga solishga koʻmaklashadi.
Immun himoya mexanizmlarida, toksinlarni zararsizlantirishda muhim rol oʻynaydi. Bakteriyalarga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatida kelib chiqqan diareyada; infeksiyalar natijasidagi diareyada; taʼsirlangan ichak sindromida; meteorizm va qorin dam boʻlishida; allergik kasalliklarda, ayniqsa bolalarda; qin mikroflorasi buzilganida; ichakning yalligʻlanish kasalliklarida; sayyohlar diareyasi; ichak disbakteriozida qabul qilinadi.

Dozirovkasi

Emizish yoshidagi bolalarga emizish vaqtida paket yoki kapsula ichidagi kukunni koʻkrak suti yoki bolalar ovqati bilan aralashtirib beriladi.
Katta yoshdagi bolalarga va kattalarga sashe paketlardagi Entro-D kukuni qabul qilishdan oldin sovitilgan qaynagan suvda (temperaturasi 45°С dan yuqori emas) 1 paketga 40-50 ml suv hisobidan eritiladi. Kapsulalar yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qilinadi.
7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun dozalash: 0,8 g paketda:
- 6 oylikkacha boʻlgan bolalarga 1 ta paket (kapsula) dan bir kunda 1-marta;
- 6 oylikdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 1 ta paket (kapsula)dan bir kunda 2-marta;
- 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga –1 ta paket (kapsula) dan bir kunda 3-marta.
7 yoshdan katta bolalarga va kattalaga: 400 mg li kapsulalar.
2 ta paket (kapsula)dan bir kunda 2-3-marta qabul qilinsin.
Qabul qilish davomiyligi 1 dan 3 haftagacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Bitta kapsula (400 mg) yoki sashe paket (0,8 g) tarkibi:
Taʼsir etuvchi moddalar:
Hujayralardan iborat kompleks: - Bifidobacterium bifidum bifidobakteriya shtammi kamida 1X109 - 100 mg;
Escherichia coli ichak tayoqchalari - kamida 1X109 - 100 mg.
Yordamchi moddalar: Maltodekstrin.

Dori shakli

Paketlar yoki kapsulalarda kukun shaklida ishlab chiqariladi.

Entero-D barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Entero-D savollari

Entero-D fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil