Enterosgel
Enterosgel chiqarish shakllari

Enterosgel qo'llanmasi
- Kattalar va bolalarda detoksikatsiya vositasi sifatida: • turli kelib chiqishli o'tkir va surunkali intoksikatsiyalar; • kuchli ta'sir qiluvchi va zaharli moddalar, shu jumladan dori preparatlari va alkogol, alkaloidlar, og'ir metallar tuzlari bilan o'tkir zaharlanishlar; • har qanday genezli o'tkir ichak infektsiyalari majmuaviy terapiya tarkibida (toksikoinfektsiyalar, salmonellyoz, dizenteriya, noinfektsion kelib chiqishli diareya sindromi, disbakterioz); • yaqqol intoksikatsiya bilan kechuvchi yiringli-septik kasalliklar, majmuaviy terapiya tarkibida; • ovqat va dori allergiyasi; • giperbilirubinemiya (virusli gepatitlar) va giperazotemiya (surunkali buyrak yetishmovchiligi); • zararli ishlab chiqarish xodimlarida surunkali intoksikatsiyalar profilaktikasi maqsadida (politrop ta'sirli kimyoviy agentlar, ksenobiotiklar, inkorporatsiyalangan radionuklidlar, qo'rg'oshin, simob, mishyak birikmalari, neft mahsulotlari, organik erituvchilar, azot oksidlari, uglerod, ftor bilan professional intoksikatsiyalar
- • 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, preparatni individual o‘zlashtira olmaslik, ichak atoniyasi, sulfanilamid preparatlarini o‘zlashtira olmaslik. Homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida qo‘llanilishi: Homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida mumkin emas. • Preparatni individual o‘zlashtira olmaslik, ichak atoniyasi. Homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida qo‘llanilishi: Enterosgel® homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida qarshi ko‘rsatilmagan.
- 100 g preparat saqlaydi: • Faol modda: Polimetilsiloksan poligidrati 69,90 g. Yordamchi moddalar: Tozalangan suv 29,90 g. Natriy siklamat (tatlandiruvchi E-952) 0,14 g. Natriy saxarinat (tatlandiruvchi E-954) 0,06 g. • Faol modda: Polimetilsiloksan poligidrati 70 g. Yordamchi modda: Tozalangan suv 30 g.
- Ko'ngil aynishi, qabziyat, teri qichishishi, eshakemi bo'lishi mumkin. Og'ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida preparatga nisbatan nafrat hissi paydo bo'lishi mumkin. Dozani oshirib yuborish holatlari aniqlanmagan.
- Enterosgel® pastasi ovqatdan yoki boshqa dorilarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin, suv bilan ichga qabul qilinadi. Qabul qilish uchun zarur bo'lgan preparat miqdorini stakanda uch baravar hajmdagi xona haroratidagi suvda aralashtirish yoki suv bilan ichish tavsiya etiladi. • Dozalash Enterosgel 225,0 Pasta va Enterosgel 22,5 N10 Ichga qabul qilish uchun pasta paketda: Kattalarga – 15 g (1 osh qoshiq) yoki 1 paketdan sutkasiga 3 marta. Sutkalik doza 45 g (3 paket). 5 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 10 g (1 desert qoshiq) sutkasiga 3 marta. Sutkalik doza 30 g (2 paket). 1 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 5 g (1 choy qoshiq) sutkasiga 3 marta. Sutkalik doza 15 g (1 paket). Surunkali intoksikatsiyalarning oldini olish uchun – 15 g (1 paket) dan kuniga 2 marta har oyda 7-10 kun davomida. • Dozalash Enterosgel 225,0 Shirin Pasta: Kattalarga – 22,5 g (1,5 osh qoshiq) yoki 1 paketdan sutkasiga 3 marta. Sutkalik doza 67,5 g (3 paket). 5 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 15 g (1 osh qoshiq) sutkasiga 3 marta. Sutkalik doza 45 g (2 paket). 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 7,5 g (0,5 osh qoshiq) sutkasiga 3 marta. Sutkalik doza 22,5 g (1 paket). Emizikli bolalarga 2,5 g (0,5 choy qoshiq) preparatni uch baravar hajmdagi ona suti yoki suvda aralashtirib, har oziqlantirishdan oldin (sutkasiga 6 marta) berish tavsiya etiladi. Surunkali intoksikatsiyalarning oldini olish uchun – 22,5 g (1 paket) dan kuniga 2 marta har oyda 7-10 kun davomida. Og'ir intoksikatsiyalarda birinchi uch sutka davomida preparat dozasi ikki baravar oshirilishi mumkin. O'tkir zaharlanishlarda davolash davomiyligi 3-5 sutka, surunkali intoksikatsiyalar va allergik holatlarda esa 2-3 hafta. Takroriy kurs shifokor tavsiyasiga ko'ra.
- Ichish uchun suspenziya tayyorlash uchun gel oq rangli nam massa ko'rinishida, turli o'lchamdagi jele simoni qumoqlardan iborat, hidsiz. Bir xil pastasimon massa oqdan deyarli oq ranggacha, hidsiz bir xil pastasimon massa oqdan deyarli oq ranggacha, hidsiz, shirin. bir xil pastasimon massa oqdan deyarli oq ranggacha, hidsiz.
Preparatni boshqa dori preparatlarini qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin vaqt bo'yicha aloxida qabul qilish qoidalariga rioya qilganda boshqa dori vositalari bilan majmuaviy davolaganda qo'llash mumkin.
Shifokor kursatmasi buyicha qo'llanilsin.
Xomiladorlik va laktasiya davri
Enterosgel® xomiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati p'tgach ishlatilmasin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ENTEROSGEL®
ENTEROSGEL®
Preparatning savdo nomi. Enterosgel®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): polimetilsiloksan poligidrati.
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun pasta.
Tarkibi:
100 g preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda:
polimetilsiloksan poligidrati 70 g;
yordamchi modda:
tozalangan suv 30 g.
Ta‘rifi: oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, hidsiz bir xil pastasimon massa.
Farmakoterapevtik guruhi: zaxarlanish va intoksikasiyada qo‘llanadigan vosita (enterosorbent vosita).
ATX kodi: A07V.
Farmakologik xususiyatlari.
Enterosgel® tabiatli kremniy organik matrisasini g‘ovaksimon gidrofob strukturasiga (molekulyar gubka) ega bo‘lib, faqat o‘rta molekulyar toksik (70 m.m. dan 1000 m.m. gacha bo‘lgan) metabolitlarga nisbatan sorbsion ta‘siri bilan xarakterlanadi. Enterosgel® yaqqol sorbsion va detoksikasion xususiyatlarga ega. Me‘da-ichak yo‘llarining bo‘shlig‘ida preparat turli tabiatli endogen va ekzogen zaharli moddalarni, shu jumladan bakteriyalar va bakterial toksinlar, ovqat allergenlari, dori preparatlari va zaharlar, og‘ir metall tuzlari, radionuklidlar, alkogolni bog‘lab oladi va organizmdan chiqaradi. Preparat shuningdek organizmning modda almashinuvining ayrim mahsulotlarini, shu jumladan ortiqcha bilirubin, mochevina, xolesterin va lipid kamplekslarini, shuningdek endogen toksikoz rivojlanishiga ma‘sul bo‘lgan metabolitlarni ham sorbsiya qiladi. Enterosgel® vitaminlar va mikroelementlarni so‘rilishini kamaytirmaydi, buzilgan ichak mikroflorasini tiklanishiga yordam beradi va uning harakat faoliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va bolalarda detoksikasion vosita sifatida:
- kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir va surunkali intoksikasiyalar;
- kuchli ta‘sir qiluvchi va zaharli moddalar, shu jumladan dori preparatlari va alkogol, alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqalar bilan o‘tkir zaharlanish;
- har qanday genezli o‘tkir ichak infeksiyalarini (toksikoinfeksiyalar, salmonellez, dizenteriya, kelib chiqishi noinfeksion bo‘lgan diareya sindromi, disbakterioz va boshqalarni) kompleks davolash tarkibida;
- yaqqol intoksikasiya bilan kechuvchi yiringli-septik kasalliklarni kompleks davolash tarkibida;
- ovqat va dori allergiyasi;
- giperbilirubinemiya (virusli gepatit) va giperazotemiya (surunkali buyrak yetishmovchiligi);
- zararli ishlab chiqarish sharoitida (politrop ta‘sirli kimyoviy agentlar, ksenobiotiklar, inkorporlangan radionuklidlar, qo‘rg‘oshin, simob, margumish birikmalari, neft mahsulotlari, organik erituvchilar, azot, karbonoksidlari, ftoridlar, og‘ir metall tuzlari bilan kasbiy zaharlanish) ishchilarni surunkali zaharlanishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Enterosgel® pastasi ichga, ovqatdan yoki boshqa dorilarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin suv bilan qabul qilinadi.
Kattalar uchun dozalar – 1 osh qoshiqdan (15 g) sutkada 3 marta (45 g) buyuriladi.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 choy qoshiqdan (5 g) sutkada 3 marta (15 g), 5 yoshdan 14 yoshgacha esa bir desert qoshiqdan (10 g) sutkada 3 marta (30 g) buyuriladi.
Surunkali intoksikasiyalarni oldini olish uchun – sutkada 30 g yoki 15 g dan 2 qabulda har oyda 7-10 kun davomida buyuriladi.
Og‘ir intoksikasiyalarda birinchi 3 sutka davomida preparatning dozasini ikki marta oshirish mumkin.
O‘tkir zaharlanishlarda davolash davomiyligi – 3-5 sutka, surunkali zaharlanish va allergik holatlarda esa – 2-3 haftani tashkil etadi. Takroriy kurs shifokor tavsiyasiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘ngil aynishi, qabziyat bo‘lishi mumkin. Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligida preparatdan jirkanish hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar.
Preparatni individual o‘zlashtiraolmaslik, ichak atoniyasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Enterosgel® boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning so‘rilishi kamayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni boshqa dori vositalari bilan vaqt bo‘yicha alohida qabul qilish qoidalariga rioya qilinganida – boshqa dorilarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin, kompleks davolashda ishlatilishi mumkin.
Shifokor tavsiyachiga ko‘ra qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktasiya.
Homiladorlik va laktasiyada Enterosgel® pastasini qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun pasta 225 g dan majmuaviy materiallardan bo‘lgan tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
4°S dan past bo‘lmagan va 30°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. O‘ram ochilganidan keyin preparatni qurib qolishidan himoya qilish kerak. Muzlashdan saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
retseptsiz
Ichga qabul qilish uchun pasta 225 g dan majmuaviy materialli tubalarda yoki 22,5 g dan alyumin folga va plyonka asosidagi ikki qavatli majmuaviy materialli paketlarda.
225 g li xar bir Tuba yoki 22,5 g dan 10 paketlar qo'llashga doir yo'riknomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Enterosgel® preparati bilan bir vaqtda qo'llaganda boshqa preparatlarni so'rilishi kamayishi mumkin.
Kattalar va bolalarda detoksikasion vosita sifatida: - turli tabiatli o'tkir va surunkali intoksikasiyalar;
- kuchli ta'sir etuvchi va zaxarli moddalar, shu jumladan dori preparatlari va alkogol,
alkaloidlar, og'ir metall tuzlari bilan o'tkir zaxarlanishlar;
- xar qanday genezli o'tkir ichak infektsiyalarini (toksikoinfektsiyalar, salmonellyoz, dizenteriya, noinfektsion tabiatli diareya sindromi, disbakterioz) majmuaviy davolash tarkibida;
- yaqqol intoksikasiya bilan kechuvchi yiringli-septik kasalliklarni majmuaviy davolash tarkibida;
- ozuqa va dori allergiyasi;
- giperbilirubinemiya (virusli gepatitlar) va giperazotemiya (surunkali buyrak
etishmovchiligi);
- zararli ishlab chikarish ishchilarida surunkali intoksikasiyalarni (politrop
tavsirli kimyoviy agentlar, ksenobiotiklar, inkorporirlangan radionuklidlar, kugoshin, simob, mishyak birikmalari, neft maxsulotlari, organik erituvchilar, azot oksidlari, uglerod, ftoridlar, ogir metall tuzlari bilan kasbiy intoksikasiyalar) oldini olish maksadida kullanadi.
oqdan deyarli oq ranggacha, xidsiz, bir xil pastasimon massa.
Enterosgel narxlari
Enterosgel barcha rasmlari













