Apteka.uz
SavatKirish

Finasterid

- Finasterid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Finasteridning tarkibi
- Finasterid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Finasterid narxi Toshkent dorixonalarida

Finasterid haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (prostata bezi o'lchamlarini kichraytirish; siydik oqimini yaxshilash va giperplaziya bilan bog'liq simptomlarni kamaytirish; kateterizatsiya yoki jarrohlik aralashuvini, shu jumladan prostata bezi transuretral rezektsiyasi va prostatektomiyani talab qiluvchi o'tkir siydik tutilishi yuzaga kelish xavfini kamaytirish maqsadida).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Finasteridga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, prostata bezi saratoni, siydik yo‘llari obstruksiyasi, bolalar yoshi.

Tarkibi

  • 1 tab. finasterid 5 mg Finasterid - 5,0 mg Yordamchi moddalar: Laktoza monogidrati - 79,0 mg kaltsiy gidrofosfati digidrati - 21,0 mg natriy kroskarmelloza - 0,7 mg natriy dodetsilsulfat - 1,2 mg mikrokristall tsellyuloza - 20,0 mg giproloza (gidroksipropiltsellyuloza) - 1,8 mg magniy stearati - 1,3 mg ______________________________________________ qobiqsiz tabletka o‘rtacha massasi 130 mg Qobiq uchun yordamchi moddalar: kopovidon 1,6 mg giproloza (gidroksipropiltsellyuloza) 1,6 mg talk 0,6 mg titan dioksidi 1,198 mg bo‘yoqchi azorubin 0,002 mg _____________________________________________ qobiqli tabletka o‘rtacha massasi 135 mg finasterid 5 mg

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi: preparat ichga qabul qilingandan so‘ng finasterid me'da-ichak traktidan tez absorbtsiya qilinadi. Biokiraolishligi taxminan 80% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. Plazmada maksimal konsentratsiya preparat ichga qabul qilingandan so‘ng 1-2 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90% ni tashkil qiladi. Metabolizmi va chiqarilishi: finasterid jigar tomonidan metabolizmga uchraydi va metabolitlar ko‘rinishida siydik va axlat bilan chiqariladi. 60 yoshdan katta bemorlarda preparatning yarim chiqarilish davri 6 soatni tashkil qiladi, 70 yoshdan katta bemorlarda 8 soatgacha uzayishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Finasterid-sintetik 4-azasteroid birikma, steroid 5-alfa-reduktaza - testosteronni faol androgen 5-digidrotestosteronga aylantiruvchi hujayra ichidagi fermentning raqobatli va o'ziga xos ingibitoridir. Prostata bezi to'qimasining o'sishi va xavfsiz giperplaziya rivojlanishi prostata bezi hujayralarida testosteronning digidrotestosteronga aylanishi bilan bog'liq. Preparat ta'sirida digidrosteron kontsentratsiyasining ham qon plazmasida, ham bez to'qimasida sezilarli pasayishi sodir bo'ladi. Finastirid androgen retseptorlari bilan bog'lanmaydi. Preparatni qo'llash natijasida prostata bezi o'lchamlari kichrayadi, prostata bezi giperplaziyasi bilan bog'liq simptomlarning namoyon bo'lishi kamayadi. Preparat plazma lipidlari kontsentratsiyasiga, shuningdek qon plazmasidagi kortizol, estradiol, prolaktin, tireotrop gormon, tiroksin miqdoriga ta'sir qilmaydi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Jinsiy tizim tomonidan: kamdan-kam hollarda - impotentsiya, libido pasayishi, eyakulyat hajmining kamayishi, ginekomastiya. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, angionevrotik shish bo'lishi mumkin Jinsiy tizim tomonidan: kamdan-kam hollarda - impotentsiya, libido pasayishi, eyakulyat hajmining kamayishi, ginekomastiya. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, angionevrotik shish bo'lishi mumkin

Dori shaklining ta'rifi

  • Qobiq bilan qoplangan tabletkalar Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar,

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Finasteridning propranolol, digoksin, gliburid, varfarin, teofillin va antipirin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Aftidan, finasterid sitoxrom R450 ferment tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi va mos ravishda jigar mikrosomal fermentlari yordamida metabolizmga uchraydigan preparatlarning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta’sir qilmaydi. Finasterid AAF ingibitorlari, alfa-adrenoblokatorlar, beta-adrenoblokatorlar, kalsiy kanallari blokatorlari, nitratlar, diuretiklar, gistamin H2-reseptorlari blokatorlari, GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari, NYQV, xinolonlar va benzodiazepinlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda klinik ahamiyatli dori o‘zaro ta’siri qayd etilmagan
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Finasterid preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Finasterid haqida savollar

Finasterid haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil