Ташкент
logo
SavatKirish

Fitobalans

Fitobalans chiqarish shakllari

FITOBALANS kapsulalar  720mg N14
FITOBALANS kapsulalar 720mg N14
AQSh
Ishlab chiqaruvchi:
«Yunifarm, Ink.» SSHA
- Fitobalans qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Fitobalansning tarkibi
- Fitobalans ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Fitobalans narxi Toshkent dorixonalarida

Fitobalans qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Dori vositasi tarkibiy moddalariga shaxsiy chidamsizlik, homiladorlik va emizish davri.

Farmakodinamikasi

Fitobalans tarkibidagi har bir tabiiy tarkibiy modda tufayli ichaklarga yengil tabiiy yordam ko’rsatadi: peristaltikani kuchaytiradi, ichaklarning evakuatorlik funksiyasini yaxshilaydi, ichni tozalaydigan, bo’shashtiradigan va sorbsion xossalarga ega.

Xonaki olxo’ri ifodalangan bog’lovchi, tozalovchi va yengil bo’shashtiruvchi xossalarga ega. Tarkibida biriktiruvchi to’qimalar, fermentlar va fitonsidlar miqdori yuqori bo’lganligi hisobiga xonaki olxo’ri mevalari ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi, ichakni dezinfeksiyalaydi va uning peristaltikasini kuchaytiradi, ichni bo’shashtiradigan va tozalaydigan ta’sir ko’rsatadi. Pektinlar borligi tufayli olxo’ri organizmdan radionuklidlarni chiqarib yuborish xossasiga ega bo’lib, og’ir metallar tuzlariga nisbatan detoksinlovchi ta’sir ko’rsatadi.

Burga bargizub yetarlicha miqdorda shilliq ishlab chiqarishi hisobiga ichni yengil bo’shashtiradigan va o’rab oladigan harakatlarga ega. Burga bargizub yo’g’on ichakda najas massasi va yumshoqligini oshirgan holda ich kelishini me’yorlashtiradi. Burga bargizub urug’lar shillig’i tarkibidagi iridoidli glikozid aukubin hisobiga kasallikni qo’zg’atadigan bakteriyalar shimilishiga hamda organizmdan shlaklar va “zararli” xolesterinni chiqarib yuborishga yordam beradi. Bargizub tarkibidagi oleanol kislotasi bo’shashtiruvchi ta’sirga ega.

Oddiy “zolototisyachnik” ovqatni hazm qilish bezlari sekresiyasini, ichaklar peristaltikasini kuchaytiradi va yengil bo’shashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi. “Zolototisyachnik” yengil safro haydaydigan ta’sirga ega. Oddiy “zolototisyachnik” o’tlari tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalari moddalar almashinuvi jarayonlarini me’yorlashtirishga yordam beradi, ovqatni hazm qilish fermentlari faoliyatini yaxshilaydi. “Zolototisyachnik” ovqatni hazm qilishga tetiklantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Antioksidant xossasiga ega.

Itburun mevalari oshqozon-ichak yo’li faoliyatini tartibga soladi va yengil safro haydaydigan ta’sirga ega. Itburun mevalarining flavonoid birikmalari askorbin kislotasi bilan birga tomir devorlarini mustahkamlashga yordam beradi, antioksidant va umumiy mustahkamlovchi xossalarga ega. Itburun mevalari tetiklantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, to’qimalar qayta tiklanishiga yordam beradi, me’da shirasi sekresiyasini yaxshilaydi, qonda xolesterin konsentrasiyasini pasaytiradi.

Laminariya tarkibida polisaxaridlar mavjudligi tufayli yengil bo’shashtiradigan ta’sirga ega bo’lib, ular oshqozon-ichak yo’lida bo’rtadi va hajmi kattalashgan holda ichaklar bo’shalishiga yordam bergan holda ichak shilliq pardasi reseptorlari kuchayishini qo’zg’atadi. Polisaxaridlar gidrofil va adsorbsiya xossalariga ega bo’lib, ichaklardan turli endo- va ekzogen toksinlarni singdirib oladi. Laminariya tarkibidagi fitogormonlar ichak shilliq pardasi tiklanishini kuchaytiradi. Laminariya qonda umumiy xolesterin tarkibini kamaytirishga, organizmdan radionuklidlar va og’ir metallarni chiqarib yuborishga yordam beradi.

Lavlagi ichni yengil bo’shashtiradigan va tozalaydigan ta’sir ko’rsatadi. Lavlagi tarkibidagi biriktiruvchi to’qima va organik kislotalar oshqozon sekresiyasi va ichaklar peristaltikasini kuchaytiradi. Tarkibida magniy va betain mavjudligi tufayli lavlagi yog’ almashinuvini tartibga solishda ishtirok qiladi va oqsillar singishini yaxshilaydi. U organizmdan toksinlar, shlaklar va “zararli” xolesterinni chiqarib yuborishga yordam beradi.

 

FITOBALANS, uning tarkibiga kiruvchi tabiiy tarkibiy moddalar tufayli quyidagilarga yordam beradi:

· ichaklar tarkibi shakllanishiga;

· ich kelishini yumshatishga;

· ichaklar devorlari qamrab olinishiga;

· ichaklar peristaltikasini me’yorlashtirishga, ichaklar evakuatorlik funksiyasini yaxshilashga:

· organizmdan toksinlar, parchalanish mahsullari va radionuklidlarni chiqarib yuborishga;

· kasallikni qo’zg’atadigan bakteriyalar shimilishiga ko’maklashadi.

Dozirovkasi

Kattalar kuniga ovqatlanish vaqtida 2 marta 1 ta kapsuladan yoki kechki payt 2 ta kapsula qabul qiladi, ustidan yetarli miqdorda suv ichiladi. Qabul qilish davomiyligi – 2-4 hafta. Zarur hollarda, qabul qilish takrorlanadi.

Qo’llanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Qalqonsimon bez kasalliklariga ega shaxslar endokrinolog shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

FITOBALANS – ichaklarni tozalash va tabiiy faoliyatini me’yorlashtirish uchun yengil bo’shashtiruvchi ta’sirga ega 6 ta o’simlikning tarkibiy moddalari kombinasiyasidan iborat.

Har bir Fitobalans kapsulasi tarkibida quyidagi moddalar mavjud:

Tavsiya etiladigan qabul qilish (1 ta kapsula) tarkibida quyidagi moddalar mavjud

Tarkibi

Xonaki olxo’ri ekstrakti (Prúnus doméstica)

200 mg

Itburun mevalari ekstrakti (Rosa)

165 mg

Barmoqsimon sitilgan laminariya qatlami ekstrakti (Laminaria digitata)

150 mg

Oddiy lavlagi ildizmevasi ekstrakti (Beta vulgaris)

150 mg

Burga bargizub urug’lari ekstrakti (Plantago psyllium)

150 mg

Oddiy “zolototisyachnik” o’tlari ekstrakti (Centaurium erythraea)

50 mg

Yordamchi moddalar: mikrokristalli sellyuloza (tashuvchi), jelatin, dioksid kremniy (yopishib qolishga qarshi agent), yog’ kislotalari magniy tuzlari (yopishib qolishga qarshi agent), titana dioksid (bo’yoq modda), sariq temir oksidi (bo’yoq modda).


Dori shakli

1 ta blisterda har biri 720 mg massali 14 tadan kapsula, kartonli qutichada 1 tadan blister. 

Qo'llanilishi

FITOBALANS tarkibiga kiruvchi tabiiy tarkibiy moddalarning foydali xossalari hisobga olingan holda quyidagi:

•  ichaklar funksiyasi buzilgan holatda ichni yengil bo’shashtiradigan vosita sifatida;

• ichaklar faoliyatini me’yorlashtirish;

•  ichaklar peristaltikasini yaxshilash;

•  ichaklarni muntazam bo’shatish va tozalash;

•  ovqatni hazm qilish funksiyasini yaxshilash maqsadlarida qo’llanishi mumkin.

    Qo’llanish sohasi: oziq-ovqatga biologik faol qo’shimcha – flavonoidlar manbai, yod, C vitamini qo’shimcha manbai sifatida qo’llanadi.Atonik va spastik ich qotishlarda ichni yengil bo’shatadigan vosita sifatida foydalaniladi.

Dori vositasi hisoblanmaydi. Oziq-ovqatga biologik faol qo’shimcha.

Fitobalans barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Fitobalans savollari

Fitobalans fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 6 ta sharh asosida
Мохизар
06.06.2020 05:51
5
Действует быстро, мягко и эффективно. Мне нравится больше таблетки, чем клизмы, капли и тд. И фитобаланс с хорошими ингредиентами: сливы, свекла, шиповник и еще три натуральных компонента. Пользы много, побочек нет.
Жозиба
24.04.2021 04:13
5
Как сказала врач, нужно не просто заставить организм в туалет сходить. А помочь запустить, то есть привести в порядок работу жкт. С этим фитобаланс точно справляется. У меня не один год проблемы с запорами, а когда стала пить капсулы, то все стало хорошо.
Муаззам
29.04.2020 11:59
5
Сажусь на диету и сразу запор. Не понимаю почему, наоборот должно быть, овощей ем много и воду пью. Ну не судьба видимо. Тогда на помощь приходит фитобаланс. Причем здорово, что у него состав такой натуральный: свекла, слива. Да и остальные составляющие на пользу. С ним туалет налаживается за пару дней, потом принимаю, чтобы закрепить результат.
Холбуви
21.02.2021 06:01
5
Очень волновало, что будет по окончанию, не вернутся ли ко мне мои прежние проблемы. Но все обошлось, никаких последствий не было, проблемы с кишечником прошли. Все потому что фитобаланс не просто помогает в туалет сходить, он нормализует работу кишечника.
Халоват
12.03.2021 22:15
5
Надеюсь, состав на упаковке соответствует содержимому самой упаковки. Все, что есть в Фитобалансе, мне очень нравится. Я бы и по отдельности применяла и в натуральном виде, но обычно спешу, из-за этого думаю и запоры постоянно. А так свекла, шиповник, слива - мне эти составляющие по душе. И помогают здорово, мне уже на следующий день легче. При этом никакого дискомфорта в желудке, Фитобаланс щадящий.
Дильбар
27.12.2019 20:49
5
Часто вне дома случаются запоры. Когда уезжаю в командировку беру с собой фитобаланс, пить удобно, помогает. Мягко помогает, не болит живот и не скручивает.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil