Ташкент
logo
SavatKirish

Gastrareks

Gastrareks chiqarish shakllari

GASTRAREKS kapsulalar  N30
GASTRAREKS kapsulalar N30
AQSh
Ishlab chiqaruvchi:
Unipharm, Inc
- Gastrareks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Gastrareksning tarkibi
- Gastrareks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Gastrareks narxi Toshkent dorixonalarida

Gastrareks qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Dori vositasi tarkibiy moddalariga shaxsiy chidamsizlik, homiladorlik va emizish davri. 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga qullash mumkin emas.

Qo’llanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Farmakodinamikasi

Metilmetioninsulfoniya xlorid – vitaminsimon modda (U vitamini), barcha oqsilli birikmalar sintezi uchun juda kerakli aminokislota – metioninning faollashtirilgan shakli bo’lib, oshqozonning sekretor funksiyasiga faol ta’sir ko’rsatadi.

 

Oshqozon va ichaklar shilliq pardasi hujayralariga ta’siri

Sintez jarayonlari uchun kerakli o’z metil guruhlarini berish xossasi va xolin almashinuviga ta’siri tufayli metilmetioninsulfoniya xlorid oshqozon-ichak yo’li shilliq pardasi hujayralari tomonidan musin hosil qilinishini kuchaytiradi, bu uning ichki va tashqi muhit agressiv faktorlaridan himoya funksiyasini oshirishga ko’maklashadi hamda oshqozon va o’n ikki barmoq ichak hujayralarining regenerasiya jarayonini bevosita kuchaytirgan holda oshqozon va ichaklar shilliq pardasi hujayralarining tiklanish jarayonlarini faollashtiradi.1,2,11,12,13,14

 

Kislotalilik darajasiga va dispeptik alomatlarga ta’siri

Metilmetioninsulfoniya xlorid tuz kislotasi mahsulini kuchaytiradigan gistaminni nofaol shaklga aylantirgan holda metillaydi. Gistaminning nofaol shakl – metilgistaminga aylanishi tuz kislotasi sekresiyasining kamayishiga olib keladi hamda oshqozon va ichaklar hujayralarining shikastlanish ehtimolini pasaytiradi. Buning oqibatida qorindagi og’irlik, me’da qaynashi, qorin shishishi va ichaklar motorikasi buzilishi kabi ortiqcha gistamin uchun xos bo’lgan oshqozon-ichak faoliyati buzilishlari kamayadi.1,11,12,13 Tuz kislotasi sekresiyasi yetarlicha bo’lmagan holatda metilmetioninsulfoniya xlorid uning hosil qilinishini kuchaytiradi.

 

Etanolga ta’sir ko’rsatishda oshqozon-ichak yo’liga ta’siri

Metilmetioninsulfoniya xlorid lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonlarini kechiktirgan holda antioksidant faollikka ega bo’lib, oshqozon shilliq pardasi hujayralarini etanol va uning hosilalari agressiv ta’siridan himoya qiladi. 1,3,4,9,10

Jigar hujayralariga ta’siri

Metilmetioninsulfoniya xlorid lipotrop ta’sirga ega bo’lib, jigar hujayralariga himoyaviy ta’sir ko’rsatadi.4 Tadqiqotlarda uning qonda umumiy xolesterin va past zichlikka ega lipidlar (zararli xolesterin) darajasini pasaytirishi tasdiqlangan.5,6,7 Jigar to’qimalarining yog’ to’qimasi bilan almashinishiga to’sqinlik qilgan holda, hujayra membranalari o’tkazuvchanligi barqarorlashadi, jigarda uglevod, oqsil va lipid almashinuvi yaxshilanadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Dori vositasi tarkibiy moddalariga shaxsiy chidamsizlik, homiladorlik va emizish davrida qullash mumkin emas.

Qo’llanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Dozirovkasi

kattalar kuniga ovqatlanish vaqtida 1 ta kapsuladan qabul qiladi.

Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zarur hollarda, qabul qilish bir oydan keyin takrorlanadi.

Tavsiya etiladigan qabul qilish: 1 ta kapsula tarkibida metilmetioninsulfoniya (U vitamini) – 300 mg.

Maxsus saqlash sharoitlari

bolalar ololmaydigan joyda, 15°C dan 25°C gacha harorat ostida va 75%dan yuqori bo’lmagan nisbiy namlik sharoitida saqlansin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

U vitamini (metilmetioninsulfoniya xlorid), mikrokristall sellyuloza (tashuvchi), kapsula qobig’i (jelatin, kumush rangli yaltiroq kandurin (dioksid titana (bo’yoq modda), alyumosilikat kaliy (yopishib qolishga qarshi agent)), kremniy dioksid (yopishib qolishga qarshi agent), stearin kislotasi magniy tuzlari (yopishib qolishga qarshi agent).

Dori shakli

1 ta blisterda har biri 524 mg massali 15 tadan kapsula, kartonli qutichada 2 tadan blister;

Qo'llanilishi

oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliq pardasini mustahkamlashga va agressiv faktorlar ta’siridan himoya qilishga;

me’da shirasining yuqori yoki past kislotalilik darajasini me’yorlashtirishga;

oshqozon va o’n ikki barmoq ichakning sekretor funksiyasini yaxshilashga;

oshqozon va ichaklar motorikasini me’yorlashtirishga;

oshqozon va ichaklar shilliq pardasida hujayra darajasida tiklanish jarayonlarini faollashtirishga;

oshqozon-ichak yo’lidagi noqulaylik alomatlarini kamaytirishga;

jigarda uglevod, oqsil va lipid almashinuvini yaxshilashga ko’maklashadi.

Xususiyatlari

Biologik faol qo’shimcha. Dori vositasi emas.

Gastrareks barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Gastrareks savollari

Gastrareks fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil