Gelmintoksning aptekalardagi narxlari
GELMINTOKS tabletkalari 250 mg N3
|
|
197 ta dorixonada bor
|
24 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
32 000 so'mdan
Bron qilish
|
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
|
|
213 ta dorixonada bor
|
25 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
41 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
30 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Gelmintoks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GELMINTOKS
HELMINTOX
Preparatning savdo nomi: Gelmintoks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pirantel (pyrantel)
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 125 mg va 250 mg
1 tabletkaning tarkibi 125 mg 250 mg
Faol modda:
Pirantel embonati 360,5 mg 721,0 mg
(pirantelga qayta hisoblanganda) (125,0 mg) (250,0 mg)
Yordamchi moddalar:
O‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali 19,95 mg 39,9 mg
Povidon 15,75 mg 31,5 mg
Natriy kroskaramellozasi 16,8 mg 33,6 mg
Magniy stearati 7,00 mg 14,0 mg
Plyonka qobiqning tarkibi:
SepifilmTM 002 (gipromelloza, 12,5 mg 25,0 mg
mikrokristall sellyuloza,
makrogol 8 stearati, I turi)
SepispersTM AR3065 sariq (propilenglikol, 8,3 mg 16,6 mg
titan dioksidi (Ye 171), sariq “shafaq”
bo‘yovchisi (Ye 110)
suvsiz substansiyasiga qayta hisoblanganda 7,5 mg 15,0 mg
Ta‘rifi: uzunchoq, sarg‘ish-to‘q sariq rangli, bir tomonida riskali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida limon-sariq rangli yadrosi mavjud.
Farmakoterapevtik guruhi: antigelmint vosita.
ATX kodi: R02SS01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Gelmintlarga (gijjalarga) qarshi preparat, unga sezgir bo‘lgan gelmintlarda nerv-mushak blokadasini chaqiradi va shikastlangan gijjalarni preparat ta‘sirida qo‘zg‘alishsiz va migrasiyasini rag‘batlantirmasdan, ularni ichakdan haydab chiqarilishini ta‘minlaydi. Ichak bo‘shlig‘ida preparatga sezgir bo‘lgan yetilgan va yetilmagan ikkala jinsga mansub gelmintlarga qarshi faol. Ostrisalar (Enterobius vermicularis), askaridalar (Ascaris lumbricoides), ankilostomalar (Ankylostoma duodenale va Necator americanus) chaqirgan invaziyalarda yuqori samarali.
Farmakokinetikasi
Me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi. Tana vazniga 12,5 mg/kg bo‘lgan bir martalik dozani qabul qilingandan keyin qon plazmasida pirantelning konsentrasiyasi 1-3 soat davomida 0,05-0,13 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigarda N-metil-1,3-propadiamingacha qisman metabolizmga uchraydi. Ichak orqali chiqarilishi – taxminan 90% o‘zgarmagan holda, 7% – buyraklar orqali o‘zgarmagan holda yoki metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Askaridoz, enterobioz (ostrisalarni yuqishi), ankilostomidozda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
Tabletkalar kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
Gelmintoksni sutkaning har qanday vaqtida, oldindan surgi vositalarni qabul qilmasdan qo‘llash mumkin, nahorga qabul qilish shart emas.
Ostrisalar va askaridalar:
Enterobioz va askaridozni davolash uchun preparatni bir marta tavsiya qilingan dozada buyuriladi:
Odatdagi dozalash – tana vazniga 12,5 mg/kg bir marta, ya‘ni:
– 6 yoshdan oshgan bolalar: 10 kg tana vazniga 125 mg li 1 tabletka, bir marta;
– tana vazni 75 kg dan kam bo‘lgan kattalarga: 250 mg dan 3 tabletka, bir marta;
– tana vazni 75 kg dan ortiq bo‘lgan kattalarga: 250 mg dan 4 tabletka, bir marta buyuriladi;
Qayta yuqishini oldini olish uchun, preparat qabul qilishni 3 xaftadan keyin takrorlash tavsiya qilinadi.
Ankilostomalar:
Endemik hududida, Necator americanus ni yuqishi hollarida yoki Ankylostoma duodenale ni og‘ir darajali yuqishi hollarida dozalash ikki-uch kun davomida kuniga 25 mg/kg ni (bir yoki ikki qabulga) tashkil qiladi, ya‘ni:
– bolalarga: 10 kg tana vazniga 250 mg har kuni;
– tana vazni 75 kg dan kam bo‘lgan kattalarga: kuniga 1,5 g;
– tana vazni 75 kg dan ortiq bo‘lgan kattalarga: kuniga 2 g buyuriladi.
Endemiya hududidan tashqarida Ankylostoma duodenale ni yuqishi hollarida bir marta qabul qilishga 12,5 mg/kg dozada buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya va ishtahani yo‘qolishi (ko‘pincha bu simptomlar gijjalarni nobud bo‘lishi bilan bog‘liq) kam qayd qilinadi;
Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi, ekzantema.
“Jigar” transaminazalarining faolligini biroz qisqa muddatli oshishi;
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik hissi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, eshitishni buzilishi, gallyusinasiyalar, ongni xiralashishi, parasteziyalar, gipertermiya.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralarning birontasi og‘irlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Pirantel va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; miasteniya; jigar yetishmovchiligi; emizish davri.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Levamizol, piperazinni bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Plazmada teofillinning konsentrasiyasini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gelmintoksni buyurishda maxsus tayyorgarlik va parhez talab qilinmaydi. Jigar kasalliklari mavjud bo‘lgan hollarda shifokorni ogohlantirish kerak.
Har qanday boshqa gelmintlarga qarshi preparatlar kabi, Gelmintoksni buyurishdan oldin xonani sinchkovlik bilan tozalash, bolalar o‘yinchoqlarini yuvish, uyqudan oldin va uyqudan keyin dush qabul qilish va ichki kiyimlarni almashtirishni yodda tutish kerak. Davolash kunlari va preparatni qabul qilgandan keyin bir necha kun davomida choyshablarni issiq dazmol bilan dazmollash maqsadga muvofiqdir.
Qayta yuqishdan saqlanish maqsadida gigiena qoidalariga qat‘iy rioya qilish kerak: qo‘llarni yuvish, tirnoqlarni olish va tozalash, chov sohasi qichishiga yo‘l qo‘ymaslik, choyshab va ichki kiyimlarni har kuni almashtirish kerak. Bir vaqtda oilaning hamma a‘zolarini davolash tavsiya qilinadi. Kasallikni yuqishi ko‘pincha hech qanday simptomlar bilan namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Davolash tugatilganidan keyin ahlatni gelmint tuxumlarini borligini tekshirish yuzasidan nazorat tekshirishlarini o‘tkazish kerak.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik vaqtida agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni ona sutiga kirishi haqida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun emizish davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hatto dozani yaqqol oshirib yuborilishi ham jiddiy intoksikasiyani chaqirmaydi. Spesifik antidoti yo‘q. Me‘dani yuvish va shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
250 mg dan 3 tabletkalar yoki 125 mg dan 6 tabletka PVX/alyumin folga blisterda.
Bir blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari