Ташкент
logo
SavatKirish

KYURAVORM

KYURAVORM chiqarish shakllari

KYURAVORM tabletkalari 400mg N1
KYURAVORM tabletkalari 400mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Biomedicare Pvt. Ltd
- KYURAVORM qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- KYURAVORMning tarkibi
- KYURAVORM ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- KYURAVORM narxi Toshkent dorixonalarida

KYURAVORM qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KYURAVORM

 

Preparatning savdo nomi: Kyuravorm

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): albendazol

Dori shakli: tabletkalar va suspenziya

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: albendazol – 400 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, saxaroza, kraxmal, Solnechnыy sariq bo‘yovchisi, magniy stearati, tozalangan talk, quruq malina aromatizatori.

Har bir 5 ml 4% li suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: albendazol – 210mg;

yordamchi moddalar: natriy benzoati, natriy saxarini, limon kislotasi, guar kamedi, ksantan kamedi, suvsiz kremniy dioksidi, yalpiz moyi, sukroza, mentol, polisorbat 80, sorbitol eritmasi, metilparaben, propilparaben, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Tabletka ta‘rifi: och sariqdan to‘q sariq ranggacha bo‘lgan, dumaloq, yassi, qobiq bilan qoplanmagan chaynaladigan tabletkalar.

Suspenziya ta‘rifi: oq rangli suspenziya flakonda.

Farmakoterapevtik guruhi: antigelmint vosita.

ATX kodi: R02SA03

 

Farmakologik xususiyati

Albendazol deyarli so‘rilmaydi. Plazmadagi albendazol miqdorining eng yuqori darajasiga preparat qabul qilingandan 2-4 soatdan so‘ng erishiladi. Qabul qilingan dozaning faqat 10% siydikda 24-48 soat davomida dekarboksilashgan hosilalar shaklida ajraladi, 90% esa najas bilan ajraladi.

 

Ta‘sir mexanizmi

Preparat glyukozani nematodalar tomonidan o‘zlashtirilishini qaytmas ingibisiya qilish yo‘li bilan nematosid ta‘sir qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Quyidagi gelmintlarni tushiradi:

Trichuris trichiura (trixosefallar)

Enterobius vermicularis (nematodlar)

Ascaris lumbricodes (askaridlar)

Ancylostoma doudenale (umumiy ankilostomlar) ili

Necator americanus (amerika nekatori) yagona yoki aralash infeksiyalarda.

Strongiloidoz-Tenioz-Exinokok kistasi – Aralashgan gelmintli invaziyalar.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Albendazol yomon so‘rilishi sababli klinik sinovlarda hech qanday nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmadi. Yoppasiga infeksiya tushgan holatlarda qorin qismida vaqtinchalik og‘riq va diareya belgilari kuzatilgan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Albendazolni homilador ayollar va ushbu preparatga allergik reaksiyasi bor bemorlar qo‘llashlari mumkin emas.

 

Dozalash

400 mg (1 tabletka) kuniga 1 marta.

Kuniga 10 ml 1 marta. Agar infeksiya davolashdan keyin 3 haftadan so‘ng yo‘qolmasa, ikkinchi davolash kursini o‘tkazish tavsiya etiladi.

 

Eslatma

Agar infeksiya davolashdan keyin 3 haftadan so‘ng yo‘qolmasa, ikkinchi davolash kursini o‘tkazish lozim. Ovqat yemaslik va oshqozonni tozalash talab etilmaydi.

Ulashish:

KYURAVORM barcha rasmlari

Barcha rasmlar

KYURAVORM savollari

KYURAVORM fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil