GIDRASEK ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GIDRASEK
HIDRASEC
Preparatning savdo nomi: Gidrasek
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rasekadotril
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 100 mg rasekadotril
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati; o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali; magniy stearati; suvsiz kolloidli kremniy dioksidi; temir II oksidi (Ye172), titan dioksidi (Ye171) jelatin.
Ta‘rifi: qopqog‘i va korpusi fil suyagi rangiga ega, kuchli oltingugurt hidiga ega oq kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar №2.
Farmakoterapevtik guruhi: diareyaga qarshi vosita.
ATX kodi: A07XA04.
Farmakologik xususiyatlari
Rasekadotril – bu turli to‘qimalarda, ayniqsa ingichka ichak epiteliysida joylashgan, hujayra membranalarining enkefalinazasi, peptidazasi ingibitori hisoblangan faol metabolit tiorfanni hosil bo‘lishi uchun gidrolizni talab etuvchi old doridir. Bu ferment ham ekzogen peptidlarni gidroliziga, ham enkefalinlar kabi endogen peptidlarni parchalanishiga yordam beradi. Rasekadotril ovqat hazm qilish yo‘llarida fiziologik faol hisoblangan endogen enkefalinlarni himoya qilib, ularning antisekretor faoliyatini uzaytiradi.
Rasekadotril – bu antisekretor modda bo‘lib, faqat ichakda ta‘sir ko‘rsatadi. U ichakda yallig‘lanish oqibatidagi yoki toksinlar tomonidan chaqirilgan suv va elektrolitlarning gipersekresiyasini pasaytiradi va bazal sekretor faollikka ta‘sir ko‘rsatmaydi. Rasekadotril ichak bo‘ylab moddalarni o‘tish (tranziti) davomiyligini o‘zgartirmay, diareyaga qarshi tez ta‘sir qiladi.
Rasekadotril qorin dam bo‘lishini chaqirmaydi. Klinik tadqiqotlarda rasekadotrilni qo‘llash fonidagi ikkilamchi qabziyat tez-tezligi plasebo guruhidagilar bilan bir bo‘lgan.
Peroral qo‘llanganida preparat markaziy nerv tizimiga ta‘sir qilmay, faqat periferik faollikni namoyon etadi.
So‘rilishi
Rasekadotril og‘iz orqali qo‘llanganidan keyin tez so‘riladi. Plazma enkefalinazasini susayishigacha bo‘lgan boshlang‘ich vaqt – 30 minutni tashkil qiladi.
Rasekadotrilning biokiraolishligi ovqat qabul qilish oqibatida o‘zgarmaydi, lekin maksimal faollikka erishishi taxminan bir yarim soatga kechikadi.
Taqsimlanishi
14S radioaktiv izotopi bilan nishonlangan rasekadotril qo‘llaganidan keyin qon plazmasida radiouglerod miqdori qon hujayralaridagi miqdoriga nisbatan bir necha marta va butun qondagiga nisbatan 3 marta yuqori bo‘lgan. Shunday qilib, preparat qon hujayralari bilan juda oz darajada bog‘lanadi. Rasekadotrilning faol metaboliti tiorfan (RS)-N-(1-okso-2-(merkaptometil)-3-fenilpropil) glisinning to‘qson foizi, qon plazmasi oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan bog‘lanadi. Rasekadotrilning farmakokinetik xususiyatlari takror qabul qilinganda yoki keksa pasientlarda qo‘llaganda o‘zgarmaydi.
Rasekadotrilning ta‘sir davomiyligi va darajasi dozaga bog‘liq.
Bolalarda plazma enkefalinazasining susayish (ingibirlanish) cho‘qqisigacha bo‘lgan vaqt taxminan 2 soatni tashkil qiladi va 1,5 mg/kg dozada 90% susayishiga mos keladi. Kattalarda plazma enkefalinazasining ingibirlanish cho‘qqisigacha bo‘lgan vaqt taxminan 2 soatni tashkil qiladi va 100 mg dozada 75% ingibirlanishiga mos keladi.
Plazma enkefalinazasini susayish davomiyligi taxminan 8 soatni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Rasekadotrilning biologik yarim chiqarilish davri, plazma enkefalinazasining susayish darajasidan kelib chiqib, taxminan 3 soatga teng.
Rasekadotril o‘zining faol metaboliti tiorfanga tez gidrolizlanadi, u o‘z navbatida nofaol metabolitlarga aylanadi. Rasekadotrilni takror qo‘llanilishi moddani organizmda to‘planishiga olib kelmaydi.
In vitro tadqiqotlari natijasida olingan ma‘lumotlar rasekadotril/tiorfan va to‘rt asosiy nofaol metabolitlar CYP fermentining izoformalarini (3A4, 2D6, 2C9, 1A2 va 2S19) klinik ahamiyatli darajada ingibirlamasligini ko‘rsatdi.
In vitro tadqiqotlari natijasida olingan ma‘lumotlar rasekadotril/tiorfan va to‘rt asosiy nofaol metabolitlar CYP fermentining izoformalarini (3A, 2A6, 2V6, 2S9/2S19, 1A, 2Ye1) va kon‘yugasiyaga uchratuvchi fermentlari uridin glyukuroniltransferazaning (UGTs) ni klinik ahamiyatli darajada kuchaytirmasligini (induksiyasini chaqirmasligini) ko‘rsatdi.
Rasekadotril tolbutamid, varfarin, niflumov kislotasi, digoksin yoki fenitoin kabi oqsillar bilan ahamiyatli darajada bog‘lanuvchi faol moddalarni oqsillar bilan bog‘lanishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda [Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V darajasidagi sirroz] rasekadotrilning faol metabolitini kinetika profili sog‘lom shaxslarning shunday ko‘rsatkichiga nisbatan, o‘xshash Tmax va T1/2 ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, lekin Smax (-65%) va AUC (-29%) ko‘rsatkichlari pastroq bo‘lgan.
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 11-39 ml) bo‘lgan pasientlarda sog‘lom ko‘ngillilarga qaraganda (kreatinin klirensi >70 ml/min) rasekadotrilning faol metabolitini AUC (+16%) va T1/2 yuqoriroq va Smax (-49%) pastroq kinetika profili aniqlandi.
Bolalarda farmakokinetik ko‘rsatkichlar kattalardagi ko‘rsatkichlar bilan bir xil bo‘lib, qonda preparatning maksimal konsentrasiyasiga (Smax) qo‘llanganidan keyin 2 soat 30 minut o‘tgach erishiladi.
Preparat 7 kun davomida har 8 soatda ko‘p marta qo‘llanganidan keyin to‘planish belgilari kuzatilmagan.
Chiqarilishi
Rasekadotril faol va nofaol metabolitlar shaklida chiqariladi. Preparat asosan buyrak orqali, ancha kam miqdorda ahlat bilan chiqariladi. O‘pka orqali juda oz chiqariladi.
Xavfsizlik bo‘yicha klinika oldi tadqiqotlarining ma‘lumotlari
Preparatni maymunlarda kuniga 500 mg/kg dozada muntazam qo‘llanilishi tarqalgan infeksiyalarni yuz berishiga va vaksinaga javoban antitelalarni ishlab chiqarilishini susayishiga olib kelgan, biroq kuniga 120 mg/kg dozada qo‘llanganda infeksiyani yuz berishi/immunitetni pasayishi kuzatilmagan. Ushbu natijaning klinik ahamiyati ma‘lum emas. Rasekadotrilni 1 oy davomida qabul qilgan sichqonlarda immunotoksik ta‘siri qayd qilinmagan.
Pasientlarni davolash davomiyligiga muvofiq keluvchi, to‘rt hafta davomida preparatni maymunlar va itlarda toksikligini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar, kuniga muvofiq ravishda 1250 mg/kg va 200 mg/kg gacha bo‘lgan dozalarda uning toksik ta‘sirini aniqlamagan.
Klinika oldi samaralari (masalan, og‘ir aplastik anemiya, diurezni oshishi, ketonuriya, diareya) faqat odam uchun maksimal dozalardan ancha yuqori dozalarda kuzatilgan. Ushbu kuzatuvlarning klinik ahamiyati ma‘lum emas.
Standart in vitro va in vivo sharoitidagi tadqiqotlarning natijasida rasekadotrilning mutagen yoki klastogen ta‘siri aniqlanmagan.
Preparatning reproduktiv toksikligi va uning homila rivojlanishiga noxush ta‘sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar rasekadotril tomonidan hech qanday samaralarni aniqlamadi.
Yosh kalamushlarda o‘tkazilgan toksiklik yuzasidan tadqiqotlar, bolalar uchun odatdagi doza (kuniga 4,5 mg/kg) dan 35 marta yuqori bo‘lgan, kuniga 160 mg/kg gacha dozada qo‘llanganda rasekadotrilning ahamiyatli samarasini aniqlamagan.
Qo‘llanilishi
Kattalarda diareyani simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Rasekadotril etiotrop davolashga qo‘shimcha sifatida buyurilishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral qo‘llash uchun buyuriladi.
Davolashni boshida sutkalik vaqtdan qat‘iy nazar, bir kapsula qabul qilinadi. Keyinchalik bir kapsuladan sutkada 3 marta qabul qilinadi, ovqatdan oldin qabul qilgan afzal. Davolashni normal konsistensiyali ikki marta ich kelishigacha davom ettirish kerak. Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak. Rasekadotrilni uzoq vaqt qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Agar preparatni qo‘llashni boshlanganidan keyin 3 kun o‘tgach, ahvol yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Maxsus guruhlar:
Bolalar: chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar uchun maxsus dori shakllari mavjud.
Keksa yoshdagi pasientlar: keksa yoshdagi pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Quyida keltirilgan nohush samaralar rasekadotrilni qabul qilinganda plasebo qabul qilinganda yoki postmarketing kuzatuvlarda qayd qilingan nohush samaralarga qaraganda ko‘proq kuzatilgan. Nohush samaralarni yuz berish tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha ), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlarni hisobga olib, tez–tezligini aniqlash mumkin emas).
Nerv tizimi tomonidan
Tez–tez: bosh og‘rig‘i.
Teri va teri ostiyog‘ kletchatkasi tomonidan
Tez-tez emas: toshma, eritema.
Ma‘lum emas: ko‘p shaklli eritema, tilni shishi, yuzni shishi, lablarni shishi, qovoqlarni shishi, angionevrotik shish, eshakemi, nodoz eritema, tugunchali toshma, prurigo, terini qichishishi, toksik dermatit.
Bolalar
Rasekadotril bilan davolangan chaqaloqlar yoki bolalarda tonzillitni yuz berishi ko‘p uchramaydigan nojo‘ya reaksiya sifatida qayd qilingan. Ushbu yosh guruhidagilar uchun maxsus dori shakli mo‘ljallangan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta‘sir etuvchi modda yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bugungi kunga kelib odamda boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri qayd qilinmagan. Rasekadotrilni va loperamidni yoki nifuroksazidni birga qo‘llash rasekadotrilning farmakokinetikasini o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gidrasekni qo‘llanilishi suv muvozanatini tiklanishining odatdagi tartibini o‘zgartirmaydi.
Qon yoki yiring aralash ich kelishi va/yoki isitma og‘ir kasallik borligidan dalolat beradi, bu etiotrop davolash (masalan, antibiotiklarni qo‘llash) yoki keyingi tekshiruvlarga asos bo‘lib hizmat qiladi. Shuning uchun rasekadotrilni bunday hollarda qo‘llash mumkin emas.
O‘tkir bakterial diareyani qo‘shimcha davolash sifatida rasekadotril antibiotiklar bilan birga qo‘llanishi mumkin.
Ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli rasekadotrilni antibiotiklarni qabul qilish oqibatidagi diareyada va surunkali diareyada qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash haqidagi ma‘lumotlar cheklangan. Bunday pasientlarda rasekadotrilni qo‘llash ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Uzoq muddat davomida qusishda rasekadotrilni so‘rilishi pasayishi mumkin.
Ogohlantirish:
Bu dori vositasi laktoza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy laktozani o‘zlashtiraolmaslik muammolari bo‘lgan, laktoza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari lozim.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Rasekadotrilni homilador ayollarda qo‘llash yuzasidan kerakli ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlik, homilani rivojlanishi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrga nisbatan bevosita yoki bilvosita zararli ta‘sirini aniqlamagan. Biroq, tegishli klinik tadqiqotlarni yo‘qligi sababli, rasekadotrilni homiladorlarga buyurish mumkin emas.
Emizish davri
Rasekadotrilni ko‘krak sutiga chiqishi haqida ma‘lumotlar yetarli emasligi sababli, emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Bolalar.
Bolalarga preparat oral suspenziya tayyorlash uchun granulalarda chiqariladi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.
Rasekadotril avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmagan yoki sezilarsiz ta‘sir ko‘rsatgan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi hollari qayd qilinmagan.
Kattalarda 2 g dan ortiq bir martalik doza, ya‘ni terapevtik dozadan 20 marta ortiq doza nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib kelmagan.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan blisterda. 1 blisterdan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari