Grizeofulvinning aptekalardagi narxlari
GRIZEOFULVIN tabletkalari 125mg N40
|
|
37 ta dorixonada bor
|
26 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
30 000 so'mdan
Bron qilish
|
GRIZEOFULVIN tabletkalari 0,125mg N40
|
|
16 ta dorixonada bor
|
32 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Grizeofulvin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GRIZEOFULVIN
GRISEOFULVIN
Preparatning savdo nomi: Grizeofulvin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): grizeofulvin
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 125 mg grizeofulvin;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, polietilenglikol, povidon, magniy stearati.
Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yuzasi qavariq tabletkalar. Tabletkalar yuzasida marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar.
ATX kodi: D01VA01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Grizeofulvin mog‘or zamburug‘i Penicillinum nigricans tomonidan ishlab chiqariluvchi antibiotik, turli dermatomisetlar (trixofitonlar, mikrosporumalar, epidermofitonlar) ga nisbatan faol fungistatik vosita hisoblanadi. Preparat zamburug‘ xujayrasini mitotik sikl strukturasini buzib, uni bo‘linishini metafaza bosqichida ingibisiya qiladi. Grizeofulvin zamburug‘li infeksiyalarga nisbatan rezistentlikni ta‘minlab, teri, soch, tirnoq xujayralarida turli darajada to‘planadi. Shikastlangan keratin yo‘q bo‘lgani sayin, uni sog‘lom keratin bilan almashinishi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
Jigarda metabolizmga uchraydi va asosiy metabolitlari: 6-metilgrizeofulvin va glyukuronidni hosilasini hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri 24 soatni tashkil qiladi. Buyrak orqali chiqariladi. Siydik bilan o‘zgarmagan holda 1% dan kamrog‘i, ahlat bilan 36% chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton oilasiga mansub zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan teri, soch va tirnoq mikozlari: trixofitiya, favus, boshning sochli qismi va silliq terining mikrosporiyasi, teri qoplamalari epidermofitiyasi (shu jumladan chov epidermofitiyasi), oyoq va qo‘l panjalari dermatomikozlari, onixomikozlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkani ovqatlanish vaqtida va ovqatdan keyin (1 choy qoshiqda o‘simlik yog‘i bilan) qabul qilinadi.
Mikrosporiyada kattalarga Grizeofulvin preparati sutkada 1 g buyuriladi. Sutkalik dozani 2 martaga taqsimlab qabul qilish afzal.
Preparat har kuni mikologik tekshiruvning birinchi manfiy natijasi namoyon bo‘lgunicha qabul qilinadi, so‘ngra xuddi shu dozada 2 hafta davomida kunora va keyingi 2 hafta davomida 4 marta qabul qilinadi.
Onixomikoz, trixofitiyalar, boshning sochli qismi favusida tana vazni 50 kg bo‘lgan kattalar uchun Grizeofulvinning sutkalik dozasi 625 mg (5 tabletka) ni tashkil qiladi, tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lganida har 10 kg ga qo‘shimcha 125 mg dan buyuriladi.
Og‘ir darajali mikozlarni davolash muddati 12 oygacha davom etadi. Tana terisi shikastlanishlarini davolash kursi – 2-4 hafta, boshning sochli qismini – 4-6 hafta, oyoq panjasi terisini – 4-8 hafta, qo‘l barmoqlarining tirnoqlarini – kamida 4 oy, oyoq barmoqlarining tirnoqlarini davolash muddati – kamida 6 oyni tashkil qiladi.
Preparatni klinik va laborator jihatidan to‘liq sog‘ayishgacha qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastriyada diskomfort/og‘riq, anoreksiya, ta‘m sezishni o‘zgarishi, glossit.
Immun tizimi tomonidan: yuqori suzuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik reaksiyalar, allergik reaksiyalar.
Teri va teri osti kletchatkasi: eshakemi, teri toshmalari, shu jumladan eritematoz toshmalar, fotosensibilizasiya reaksiyalari, angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema, ekzema, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi. Allopesiya, purpura, akne kuzatilishi mumkin.
Nerv tizimi va ruhiy buzilishlar: bosh og‘rig‘i, u davolashni davom ettirishda o‘tib ketadi, toliqish hissi, holsizlik, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, uyquni buzilishi (shu jumladan uyquchanlik), jizzakilik, vahima, qo‘zg‘aluvchanlik, dahshatli tushlar ko‘rish, depressiya; periferik neyropatiya (shu jumladan oyoq-qo‘llarning paresteziyalari), migren, koordinasiyani buzilishi.
Qon yaratish tizimi: granulositopeniya, leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya, anemiya, porfiriyani va tizimli qizil yugurikni zo‘rayishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, proteinuriya, interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Reproduktiv tizim va sut bezlari: nomuntazam xayz ko‘rish, metroragiya, erektil disfunksiya, homilani tushishi, rejalashtirilmagan homiladorlik.
Gepatobiliar tizim: gepatotoksiklik namoyon bo‘lishi mumkin, shu jumladan jigar transaminazalari faolligini oshishi, gepatit, jigar ichi xolestazi.
Yurak-qon tomir tizimi: palpitasiya, taxikardiya, aritmiya, ekstrasistoliya, sinkope, kardiomiopatiya, qizib ketishlar, vaskulitlar.
Sezgi a‘zolari: quloqlarda shovqin, vertigo, kon‘yunktival gemorragiyalar, kon‘yunktivit, ko‘zda og‘riq.
Nafas tizimi: dispnoe, bronxospazm/bronxial astmani zo‘rayishi, pnevmofibroz.
Boshqalar: alkogolni o‘zlashtiraolmaslik, kandidozli stomatit, gipertermiya, ko‘krak qafasida og‘riq, yuzda shish; artropatiya xolatlari grizeofulvin-induksiyalangan miozitlar, podagra, bosh og‘rig‘i, artralgiya, mialgiya, tomoqda og‘riq bilan namoyon bo‘luvchi grippsimon sindrom xaqida xabarlar berilgan.
Grizeofulvin qo‘llanganida jiddiy nojo‘ya reaksiyalar kam ro‘y beradi va odatda preparatning yuqori dozalari va/yoki uzoq muddatli davolash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Grizeofulvin va preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- yaqqol leykopeniya va qonning tizimli kasalliklari;
- jigar va buyrakning og‘ir kasalliklari;
- porfiriya;
- tizimli qizil yugurik;
- xavfli o‘smalar;
- laktaza tanqisligi, galaktozemiya, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromida (preparat laktoza saqlaydi) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Grizeofulvinning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Grizeofulvin sitoxrom R450 ni induksiya qiladi, shuning uchun jigarda metabolizmni kuchaytirishi va demak qator preparatlarning ta‘sirini susaytirishi mumkin.
Siklosporin: qon plazmasida siklosporinning konsentrasiyasi pasayadi; uni qon plazmasidagi darajasini grizeofulvin bilan davolaganda monitoring qilish va zarur bo‘lganda siklosporinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Metadon: bekor qilish sindromi paydo bo‘lish xavfi bilan metadonning plazmadagi darajasi pasayadi. Metadonni qabul qilish sonini sutkada 2-3 marta gacha oshirish kerak.
Peroral antikoagulyantlar: ularning samarasi pasayadi; protrombin vaqtini XNN tez-tez nazorat qilish va grizeofulvin bilan davolash vaqtida va u bekor qilingandan keyin 8 kun davomida peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Gormonal kontraseptiv preparatlar: kontrasepsiyaning samaradorligi pasayishi va xayz ko‘rish sikli buzilishi mumkin. Batafsilroq – “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limida keltirilgan.
Estrogenlar va progestinlar (nokontraseptiv vositalar) jigarda metabolizmni oshishi hisobiga, ularning samaralarini kamayishi kuzatiladi. Pasientni klinik monitoringini o‘tkazish zarur, grizeofulvin bilan davolashda va u bekor qilinganidan keyin progestin yoki estrogenning dozasiga tuzatish kiritish mumkin.
Shuningdek peroral antidiabetik preparatlarning samaradorligi (bu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish bilan birga qonda glyukoza darajasini nazorat qilish lozim) va teofillinning samaradorligi (preparatning dozasiga tuzatish kiritish bilan birga uning qondagi konsentrasiyasini monitoringini o‘tkazish lozim) pasayishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan grizeofulvinning o‘zaro ta‘siri
Mikrosomal fermentlar induktorlari (shu jumladan barbituratlar, rifampisin, dokserkalsiferol, fenilbutazon, primidon, boshqa mikrosomal fermentlar induksiya qiluvchi sedativ va uxlatuvchi preparatlar), grizeofulvinning metabolizmini kuchaytirishi va uning fungistatik faolligini pasaytirishi mumkin.
Alkogol: bir vaqtda qo‘llanganda isitma, qizib ketishlar hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, oyoq-qo‘llarni paresteziyasi bilan namoyon bo‘luvchi disulfiramsimon reaksiyalar yuz berishi mumkin. Etanolning ta‘sirini kuchaytiradi.
Nikotinamid (V3 vitamini), alfa-tokoferol (Ye vitamini) ni grizeofulvin bilan bir vaqtda qo‘llanilishi grizeofulvinning qon zardobi va teridagi konsentrasiyasini oshiradi.
Laborator tekshiruvlar natijasiga ta‘siri
Siydikda vanililmindal kislotasini aniqlashda soxta-musbat natija kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Grizeofulvinni profilaktika maqsadida qo‘llash mumkin emas, uni mahalliy zamburug‘larga qarshi vositalarni buyurish yetarli bo‘lgan yengil darajali mikozlarni davolash uchun qo‘llanilmaydi.
Davolashni boshlashdan oldin kasallikni chaqirgan zamburug‘ turini albatta aniqlash kerak.
Kandidoz, bakterial infeksiyalar, gistoplazmoz, aktinomikoz, sporotrixoz, xromoblastomikoz, koksidioidomikoz, shimoliy amerika blastomikozi, kriptokokkoz (torulezda), kepaklanuvchi temiratki, nokardiozda preparat samarasiz!
Uzoq muddatli davolashni boshlashdan oldin pasientlarni sinchiklab tekshirish kerak. Penisillinlarga yuqori sezuvchanlikda, gipokoagulyasion holatlarda, jigar funksiyasini yengil va o‘rtacha buzilishida preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (jigar funksiyasini og‘ir buzilishlarida preparatni qo‘llash mumkin emas).
Keksa yoshdagi pasientlarda jigar funksiyasini yoshga bog‘liq o‘zgarishlari preparatning gepatotoksik ko‘rinishlari (anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, toliqish, sariqlik, qorinda og‘riq, to‘q rangli siydik, jigar transaminazalari faolligini oshishi) xavfi oshadi. Shuning uchun, jigar funksiyasini vaqti-vaqti bilan sinchiklab klinik va laborator nazorat qilish zarur.
Grizeofulvinni yaxshiroq o‘zlashtiraolinishi uchun xazm yo‘llari tomonidan buzilishlarni minimallashtirish uchun parhezga ko‘proq yog‘ saqlovchi mahsulotlarni (masalan, sut, muzqaymoq) qo‘shish maqsadga muvofiqdir. Preparatni qo‘llaganda vitamin vositalarini: askorbin kislotasi va V guruhi vitaminlarini qabul qilish tavsiya qilinadi.
Granulositopeniya rivojlanganda grizeofulvin bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Grizeofulvin terini quyosh nurlariga sezuvchanligini oshirishi mumkin, shuning uchun davolash vaqtida bevosita quyosh nurlaridan va sun‘iy ultrabinafsha nurlaridan saqlanish kerak.
Grizeofulvin homiladorlik vaqtida ayollar tomonidan qo‘llanganda, u bolada jiddiy tug‘ma nuqsonlar chaqirishi, shuningdek spermatositlarda xromosomalar abberasiyasini induksiya qilishi mumkin. Grizeofulvin gormonal kontrasepsiyalarni (peroral, parenteral) samarasini pasaytirishi sababli, davolanish vaqtida qo‘shimcha himoya vositalaridan (masalan, prezervativlardan) foydalanish kerak. Ayollar davolash kursi tugaganidan keyin kamida 1 oydan keyin homiladorlikni rejalashtirishlari maqsadga muvofiqdir: erkaklar ota bo‘lishni davolash vaqtida va preparatni qabul qilishni to‘xtatganidan keyin 6 oy davomida rejalashtirmasliklari kerak.
Grizeofulvinni qo‘llash bilan va yurak urishini to‘xtab qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan, Spina bifida, ko‘pgina tug‘ma nuqsonlar, buyrak usti bezi po‘stloq yetishmovchiligi, birlamchi biliar sirroz, tizimli qizil yugurik va periferik neyropatiya bilan assosiasiyalangan kamdan-kam letal holatlar haqida xabar qilingan.
Preparat bilan uzoq davolanganda va/yoki yuqori dozalar qo‘llanganda gemopoez tizimini, buyrak va jigar funksiyasi ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.
Boshqa antibiotiklarni qo‘llaganda bo‘lgani kabi, Grizeofulvin preparati bilan uzoq davolanganda rezistent mikroflorani, xususan zamburug‘larni kuchli o‘sishiga va superinfeksiyani rivojlanishiga olib keladi, bu tegishli choralarni ko‘rishni talab qiladi.
Qayta infeksiyalanishni oldini olish uchun kiyimlar, choyshab, ich kiyimlar, oyoq kiyimlarni dezinfeksiya qilishni o‘tkazish kerak.
Grizeofulvin bilan davolanish davrida alkogolni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak!
Laktaza tanqisligi, galaktozemiya, glyukozo-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi kabi uglevodlarga tolerantlikni buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas (preparat laktoza saqlaydi).
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Grizeofulvin yo‘ldosh orqali o‘tadi. Homiladorlik davrida uni qo‘llash xavfsizligini o‘rganish yuzasidan tadqiqot o‘tkazilmagan. Cheklangan ma‘lumotlar, ayollar tomonidan homiladorlik davrida qo‘llaganda grizeofulvin jiddiy tug‘ma nuqsonlarga olib kelishini ko‘rsatgan. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi ayollar davolanish vaqtida va davolanish tugaganidan so‘ng 1 oy davomida, erkaklar esa preparat bekor qilingandan so‘ng 6 oy davomida samarali kontraseptiv usullardan foydanishlari kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Grizeofulvin ko‘krak sutiga o‘tish-o‘tmasligi noma‘lum, shuning uchun preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganida emizishni davolanish davrida to‘xtatib turish kerak.
Bolalar.
Preparat tana vazni 25 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga sutkada 10 mg/kg, 2 marta qabulga bo‘lingan dozada buyuriladi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.
Preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga salbiy ta‘sir qilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Grizeofulvinning dozasini oshirib holatlari xabar qilinmagan.
Ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, paresteziya, ongni chalkashishi, vertigo, eshakemi, porfiriya kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
20 tabletkadan blisterda, 2 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari