Guttalaksning aptekalardagi narxlari
GUTTALAKS tomchilar 30ml
|
|
1 ta dorixonada bor
|
51 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
GUTTALAKS tomchilar 7,5mg/ml 15ml N1
|
|
4 ta dorixonada bor
|
40 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
GUTTALAKS tomchilar 7,5mg/ml 30ml N1
|
|
3 ta dorixonada bor
|
52 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Guttalaks ko'rsatmalar
Homilador ayollar ishtirokida adekvat klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar 10 mg/kg va undan yuqori sutkalik dozalarda qo'llanganida reproduktiv toksiklikni ko'rsatdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, GUTTALAKSNI homiladorlik vaqtida qabul qilish mumkin emas.
Emizish davri
Klinik ma'lumotlar, natriy pikosulьfatning na faol metaboliti, na uning glyukuronidlarini ko'krak suti bilan ajralib chiqmasligini ko'rsatdi. Demak, GUTTALAKS preparati emizish davrida qo'llanishi mumkin.
Fertillik
Dori vositasini odamning fertilligiga ta'siri yuzasidan tadqiqotlar o'tkazilmagan. Klinika oldi tadqiqotlarda, dori vositasini fertillikka biron-bir ta'siri aniqlanmagan.
Guttalaks®
dori vositasini qo‘llash bo‘yicha ilova-varaqa
Savdo nomi: GUTTALAKS
Xalqaro patentlanmagan nomi: natriy pikosulfati
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tomchilar
Tarkibi
1 ml (= 15 tomchi) da ta‘sir etuvchi modda 7,5 mg natriy pikosulfati saqlanadi.
Yordamchi moddalar: natriy benzoati (Ye 211), suyuq parafin (kristallanmaydigan) (Ye 420), natriy sitrati digidrati (Ye 331), limon kislotasi monogidrati (Ye 330), tozalangan suv.
Ta‘rifi
Biroz qovushqoq, rangsizdan sarg‘ish yoki och sariq-jigarrang rangligacha bo‘lgan tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi:
Kontakt ta‘sir qiluvchi surgi vositalari. Natriy pikosulfati.
ATX kodi: A06AV08.
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Guttalaks preparatining ta‘sir etuvchi moddasi natriy pikosulfati, yo‘g‘on ichakning shilliq qavatidagi mikroorganizmlar ta‘sirida metabolizmga uchraganidan so‘ng ichak peristaltikasini rag‘batlantiradigan va yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘ida suv va elektrolitlarni to‘planishiga olib keladigan triarilmetan guruhiga mansub kontakt ta‘sir qiluvchi surgi vositalariga kiradi. Buning natijasida ichak ichidagi moddani harakatlanishi tezlashadi va axlat yumshaydi, ich kelishi yaxshilanadi.
Natriy pikosulfati yo‘g‘on ichakda ta‘sir qiladi va ichakning ichidagini evakuasiyasini rag‘batlantiradi. Shunday qilib, ushbu dori vositasi ingichka ichakda asosiy ozuqa moddalarini so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi va taqsimlanishi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng natriy pikosulfati ahamiyatli darajada so‘rilmay, yo‘g‘on ichakka tushadi.
Biotransformasiyasi
Natriy pikosulfatini ichakning distal qismida bakterial parchalanishi natijasida uning faol metaboliti – bis-(r-gidroksifenil)-piridil-2-metan hosil bo‘ladi.
Chiqarilish
Metabolizmga uchraganidan so‘ng faol metabolitning faqat ozgina qismi so‘riladi.
10 mg natriy pikosulfati ichga qabul qilinganidan so‘ng qabul qilingan dozaning 10,4% faol metabolitning glyukuronidi ko‘rinishida 48 soatdan keyin siydik bilan chiqarilgan.
Farmakokinetikasi va farmakodinamikasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik
Preparatning ta‘siri faol metabolitni ajralib chiqishiga qarab 6-12 soatdan keyin kuzatiladi.
Qon plazmasida faol metabolitning konsentrasiyasi va surgi samarasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yo‘q.
Qo‘llanilishi
Qabziyatda, shuningdek defekasiya jarayonini yengilashtirish zarurati bo‘lganida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Boshqa surgi vositalari kabi, GUTTALAKS ichga qabul qilish uchun tomchilarni har kuni muntazam ravishda yoki diagnostik tekshiruvlarsiz uzoq vaqt qabul qilish mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Agar o‘zgacha buyurilmagan bo‘lsa, u holda kattalar uchun dozasi 10-18 tomchini tashkil etadi (bu 5-10 mg natriy pikosulfatiga to‘g‘ri keladi).
Ushbu dori vositasini faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilishi kerak bo‘lgan 4 yosh va undan katta bolalar uchun dozasi 5-9 tomchini tashkil etadi (bu 2,5-5 mg natriy pikosulfatiga to‘g‘ri keladi).
Dori vositasini eng kichik dozalarini qabul qilishdan boshlash tavsiya etiladi. Ichni muntazam kelishiga erishish uchun preparatning dozasi maksimal tavsiya etilgan dozaga erishilgunicha tuzatish kiritilishi mumkin. Kattalar uchun 18 tomchi hamda 4 yosh va undan katta bolalar uchun 9 tomchini tashkil etuvchi maksimal sutkalik dozani oshirish mumkin emas.
GUTTALAKS ichga qabul qilish uchun tomchilarni har kuni muntazam ravishda yoki qabziyatning sababini aniqlamasdan uzoq muddat qabul qilish mumkin emas.
Qo‘llash usuli
GUTTALAKS ichga qabul qilish uchun tomchilarini kechqurun suyuqlik bilan yoki suyuqliksiz qabul qilgan afzal. Qabul qilingandan so‘ng ta‘siri odatda taxminan 10-12 soatdan keyin boshlanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligi quyidagicha keltirilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000), yoki noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan
Noma‘lum: teri reaksiyalari, masalan, angionevrotik shish, dori oqibatidagi toshma, toshma, qichishish.
Immun tizimi tomonidan
Noma‘lum: allergik reaksiyalar.
Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Tez-tez emas: bosh aylanishi.
Noma‘lum: xushdan ketish.
Natriy pikosulfatini qabul qilgandan so‘ng rivojlanadigan bosh aylanishi va xushdan ketish belgilari parasimpatik qon-tomirlar reaksiyasi (masalan, qorinda spastik og‘riq, defekasiya) bilan namoyon bo‘ladi.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Juda tez-tez: diareya.
Tez-tez: qorinda og‘riq va diskomfort, qorinda spastik og‘riqlar.
Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish.
GUTTALAKS dori vositasini uzoq muddat va haddan tashqari ko‘p qo‘llash suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlarni yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Bu, ayniqsa, GUTTALAKS diuretiklar yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, mushaklar bo‘shligiga, yurak faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanganida, dori vositasini qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Ta‘sir etuvchi moddaga, boshqa triarilmetanlar yoki preparatning yordam moddalaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik.
- Ichak stenozi yoki ichak tutilishi.
- Tana haroratini oshishi, ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechishi mumkin bo‘lgan qorinda kuchli og‘riq (masalan, appendisit).
- Me‘da-ichak yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari.
- Og‘ir darajadagi suvsizlanish.
- Preparatning yordamchi moddalaridan birortasini nasliy o‘zlashtirolmaslik hollari.
GUTTALAKS preparatini 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish mumkin emas. Kattaroq yoshdagi bolalarga GUTTALAKS preparatini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qo‘llash kerak.
Suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarda (masalan, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi), dori vositasi faqat shifokorning nazoratida qo‘llanishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi axlatni suyuq kelishiga (diareya), qorinda spastik og‘riqlarga va suyuqlik, kaliy hamda boshqa elektrolitlarni klinik jihatdan ahamiyatli darajada yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.
Dozasi o‘tkir oshirib yuborilganida, agar qabul qilinganidan so‘ng qusish suniy ravishda chaqirilsa va me‘da imkon boricha tezroq yuvilsa, GUTTALAKSNING ta‘siri kamaytirilishi yoki bartaraf qilinishi mumkin. Yo‘qotilgan suyuqlikni o‘rnini to‘ldirish va elektrolitlar muvozanatini to‘g‘rilash tavsiya etiladi. Ma‘lum bir holatlarda spazmolitik vositalarni qo‘llashni ko‘rib chiqish mumkin.
Natriy pikosulfati qabziyatni davolash uchun tavsiya etilgan dozalardan ahamiyatli darajada yuqori dozalarda qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘g‘on ichakning shilliq qavatini ishemiyasi rivojlanganligi yuzasidan ayrim xabarlar olingan.
GUTTALAKSNING dozasini surunkali oshirib yuborilishi, boshqa surgi vositalari kabi surunkali diareya, qorinda og‘riq, gipokaliemiya, ikkilamchi giperaldosteronizm va siydik tosh kasalligini chaqirishi mumkin. Surgi vositasini haddan tashqari yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llash buyrak naychalarini shikastlanishi, metabolik alkaloz, gipokaliemiya va mushak kuchsizligiga olib kelishi mumkin.
Ehtiyotkorlik choralari
GUTTALAKS dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Agar simptomlari dori vositasini qabul qilish fonida saqlanib tursa yoki ahvolini yomonlashishi kuzatilsa, dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Surgi vositasi qabul qilingandan so‘ng to‘g‘ri ichakdan qon ketishi yoki ich kelmasligi jiddiy kasallik borligidan dalolat berishi mumkin.
Surunkali qabziyat bilan xastalangan pasientlar to‘liq diagnostik tekshiruvdan o‘tishlari kerak. GUTTALAKS dori vositasini uzoq muddat qo‘llash suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishiga va gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin. Guttalaks preparatini qabul qilish to‘xtatilganida kasallik simptomlari yana paydo bo‘lishi mumkin. Agar GUTTALAKS surunkali qabziyatda uzoq muddat qabul qilingan bo‘lsa, simptomlarni qaytadan paydo bo‘lishi qabziyatni og‘irlashishiga olib kelishi mumkin.
Natriy pikosulfatini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan vaqtga qarab bosh aylanishi va/yoki xushdan ketish holatlari xaqida xabar berilgan. Mavjud bo‘lgan ma‘lumot, ushbu holatlar defekasiya vaqtida xushdan ketish (Valsalva sinamasi bilan assosiasiyalanadi) yoki abdominal og‘riqqa nisbatan parasimpatik qon tomirlar reaksiyasi bilan bog‘liq holda yuz berganidan dalolat beradi.
Ushbu dori vositasi 1 ml da taxminan 450 mg sorbitol saqlaydi (kattalar uchun maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozalarda qabul qilinganida 600 mg ga to‘g‘ri keladi). Fruktozani nasliy o‘zlashtirolmasigi bo‘lgan pasientlar GUTTALAKSNI qabul qilishlari mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homilador ayollar ishtirokida adekvat klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar 10 mg/kg va undan yuqori sutkalik dozalarda qo‘llanganida reproduktiv toksiklikni ko‘rsatdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, GUTTALAKSNI homiladorlik vaqtida qabul qilish mumkin emas.
Emizish davri
Klinik ma‘lumotlar, natriy pikosulfatning na faol metaboliti, na uning glyukuronidlarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqmasligini ko‘rsatdi. Demak, GUTTALAKS preparati emizish davrida qo‘llanishi mumkin.
Fertillik
Dori vositasini odamning fertilligiga ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Klinika oldi tadqiqotlarda, dori vositasini fertillikka biron-bir ta‘siri aniqlanmagan.
Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘siri
Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasining ta‘sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Biroq parasimpatik qon tomirlar reaksiyasi (masalan, abdominal spazmlar) vaqtida pasientlarda bosh aylanishi va/yoki xushdan ketish holatlari bo‘lishi mumkinligi yuzasidan ular ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Agar pasientlar abdominal spazmlarni his etayotgan bo‘lsalar, ular avtomobil yoki mexanizmlarni boshqarish kabi, potensial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
GUTTALAKS ortiqcha dozalarda qabul qilinganida, diuretiklar yoki kortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llash elektrolitlar muvozanatini buzilishini rivojlanish havfini oshirishi mumkin. Elektrolitlar muvozanatini buzilishi yurak glikozidlariga sezuvchanlikni oshishiga olib kelishi mumkin.
Antibiotiklarni bir vaqtda qo‘llash GUTTALAKSNING surgi samarasini pasaytirishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilari 7,5 mg/ml 15 ml yoki 30 ml dan plastmass flakonlarda. Flakon tiqin-tomchilagich va buraladigan qopqoq bilan berkitilgan, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Yordamchi moddalar: natriy benzoati (E 211), suyuq parafin (kristallanmaydigan) (E 420), natriy sitrati digidrati (E 331), limon kislotasi monogidrati (E 330), tozalangan suv.
Natriy pikosulьfati yo'g'on ichakda ta'sir qiladi va ichakning ichidagini evakuatsiyasini rag'batlantiradi. Shunday qilib, ushbu dori vositasi ingichka ichakda asosiy ozuqa moddalarini so'rilishiga ta'sir qilmaydi.
Dozasi o'tkir oshirib yuborilganida, agar qabul qilinganidan so'ng qusish sunьiy ravishda chaqirilsa va me'da imkon boricha tezroq yuvilsa, GUTTALAKSNING ta'siri kamaytirilishi yoki bartaraf qilinishi mumkin. Yo'qotilgan suyuqlikni o'rnini to'ldirish va elektrolitlar muvozanatini to'g'rilash tavsiya etiladi. Ma'lum bir holatlarda spazmolitik vositalarni qo'llashni ko'rib chiqish mumkin.
Natriy pikosulьfati qabziyatni davolash uchun tavsiya etilgan dozalardan ahamiyatli darajada yuqori dozalarda qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan yo'g'on ichakning shilliq qavatini ishemiyasi rivojlanganligi yuzasidan ayrim xabarlar olingan.
GUTTALAKSNING dozasini surunkali oshirib yuborilishi, boshqa surgi vositalari kabi surunkali diareya, qorinda og'riq, gipokaliyemiya, ikkilamchi giperalьdosteronizm va siydik tosh kasalligini chaqirishi mumkin. Surgi vositasini haddan tashqari yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llash buyrak naychalarini shikastlanishi, metabolik alkaloz, gipokaliyemiya va mushak kuchsizligiga olib kelishi mumkin.
Chiqarish shakllari