Intralin analoglari

Guruh analoglari
Intralin
Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari: •yuqori va quyi nafas yullarining kasalliklari (o'tkir va surunkali bronxitlar, pnevmoniyalar, plevra empiemalari, o'pka empiema va abstsesslari, bronxoektazalar); •siydik-tanosil hamda kichik chanoq a'zolari kasalliklari (shu jumladan o'tkir va surunkali pielonefritlar, sifilis, gonoreya); •o't chiqarish yullarining kasalliklari; teri va yumshoq to'qimalarning kasalliklari (shu jumladan tsellyulit, saramas, karbunkul, flegmona); •suyak va bo'g'imlarning kasalliklari (shu jumladan osteomielit, septik artrit); •ginekologik va tug'ruqdan keyingi infektsiyalar (shu jumladan septik abort, endometrit), mastit; •endokardit; peritonit; sepsis; septitsemiya; •o'rta otit; mastoidit; •jarohat infektsiyalari; kuyish infektsiyalari. •Immuniteti susaygan patsientlardagi infektsiyalarda. Jarrohlik aralashuvlaridagi infektsiyalarni va operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olishda qo'llaniladi.
Retseptli
- Kukun
Sefazolin
- Tsefazolinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial infektsiyalar: yuqori va quyi nafas yo'llari, LOR-a'zolari (sh.j. o'rta otit), siydik chiqarish va o't chiqarish yo'llari, kichik tos a'zolari, teri va yumshoq to'qimalar, suyak va bo'g'imlar (sh.j. osteomielit), endokardit, sepsis, peritonit, mastit, yara, kuyish va operatsiyadan keyingi infektsiyalar, sifilis, gonoreya. Operatsiyadan oldingi va keyingi davrda jarrohlik infektsiyalari profilaktikasi.
- Allergik reaktsiyalar: gipertermiya, teri giperemiyasi, teri toshmasi, eshakemi, teri qichishishi, toksikodermiya, bronxospazm, eozinofiliya, angionevrotik shish, artralgiya, anafilaktik shok, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi). Nafas olish tizimi a'zolari tomonidan: bo'g'ilish, hansirash. Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, tirishishlar. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlarda katta dozalar (6 g) bilan davolashda - buyrak funktsiyasining buzilishi (bunday hollarda doza kamaytiriladi va davolash qonda azot mochevinasi va kreatinin kontsentratsiyasi dinamikasi nazorati ostida o'tkaziladi). Oshqozon-ichak trakti tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riq, soxtamembranoz kolit, xolestatik sariqlik, gepatit. Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitemiya, trombotsitoz, gemolitik anemiya. Uzoq muddatli davolashda - disbakterioz, antibiotikka chidamli shtammlar chaqirgan superinfektsiya, kandidamikoz (shu jumladan kandidozli stomatit). Laboratoriya ko'rsatkichlari: soxtamusbat Kumbs reaktsiyasi, «jigar» transaminazalari faolligining oshishi, giperkreatininemiya, protrombin vaqtining oshishi, siydikning glyukozaga soxtamusbat reaktsiyasi. Mahalliy reaktsiyalar: m/o yuborilganda – og'riqlilik (yuborish joyida), v/i yuborilganda - flebit.
Retseptli
- Kukun














