IRRIGOL
IRRIGOL chiqarilish shakllari
IRRIGOL haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
•anuriyada qo'llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan • yurak-qon tomir tizimi kasalliklari; • buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Tarkibi
faol moddalar: sorbitol - 27 g; mannitol - 5,4 g; yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv - 1000 ml gacha.
Farmakodinamikasi
Irrigol - mannit va sorbit qandlar tutuvchi olti atomli spirtlar assosidagi steril, apirogen irrigatsion eritma. Bu ikkala modda buyrak naychalari orqali qayta so'rilmaydi va osmotik diuretik vosita sifatida ta'sir qiladi. Irrigol elektrolitlar saqlamaydi, endoskopik operatsiyalar va diagnostik muolajalar vaqtida qon tomirlar va to'qimalarni rezektsiyasida elektrokoagulyatsiya ishlatilganda o'zining elektr jihatdan nisbatan neytralligi hisobiga atrofdagi to'qimalarni elektr bilan shikastlanish havfini kamaytiradi. Irrigol operatsiya vaqtida qon va rezektsiya qilingandagi qoldiqlarni bartaraf qilinishiniga va operatsiya maydonini tozalab juda yaxshi ko'rinishiga imkon yaratadi.
Farmakokinetikasi
Preparat qon tomir havfzasiga so'rilganda mannitol jigarda juda oz darajada metabolizmga uchraydi va natijada glikogen hosil bo'ladi. Asosan buyrak orkali siydik bilan chiqariladi. Sorbitol piruvatdan metabolzmlanib laktat hosil bo'lishi tufayli, sorbitolni so'rilishi qon plazmasidagi laktatni darajasini bir oz oshishga olib keladi, lekin laktatni bunday kontsentratsiyasi atsidoz rivojlanishi uchun yetarli hisoblanmaydi. Preparat so'rilgandan keyin uning tarkibidagi moddalari buyrak orqali tezda chiqariladi.
Bolalar uchun qo'llanilishi
Preparatni bolalarda qollanilishi o'rganilmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparatni homiladorlik va laktaciya davrida qўllanilishi organilmagan
Dozirovkasi
Irrigol preparatini qo'llanganda bir martalik, steril sistema ishlatiladi. Operatsiya maydonidan tavsiya qilingan konteynerning balandligi 60 sm dan oshmasligi kerak. Bu preparatni qon tomir ichiga so'rilishini (absorbtsiyalanishini) yo'l qo'ymaydi. Preparatning ishlatiladigan miqdori operativ aralashuvning hajmiga va davomiyligiga bog'liq.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni 5000 mg dan yuqori dozalarda tez yuborish xujayradan tashqari suyuqlik xajmini oshishi, giponatriemiya va giperkaliemiya, shuningdek yurakni xajmi ortiqchi suyuqlik bilan zo'riqishi, o'pka shishiga, ayniqsa o'tkir yoki surunkali bo'yrak yetishmovchchiligi bo'lgan bemorlarda, organizmni suvsizlanishiga olib kelishi mumkin. Davolash – siptomatik.
Maxsus saqlash sharoitlari
Qo'llanadigan eritma tiniq va hona haroratida bo'lishi, paket esa germetikligi saqlanishi kerak. Eritma hiralashgan va paket shikastlangan bo'lsa preparat qo'llanilmasin. Preparatni statsionar sharoitida qo'llash kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi o'rganilmagan. Pediatriyada qo'llanilishi. Preparatni bolalarda qo'llanilishi o'rganilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
O'rganilmagan.
Sotish shartlari
Retsept bo'yicha.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
faol moddalar: sorbitol - 27 g; mannitol - 5,4 g;
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv - 1000 ml gacha.
Сhiqarilish shakli1000, 3000 ml dan polipropilen paketlarda.
Farmakoterapevtik guruh
Erituvchi vositalar (shu jumladan irrigatsion eritmalar).
Dori shakli
Irrigatsiya uchun eritma.
Nojo'ya samaralari
Nojo'ya reaktsiyalar preparat qon tomir ichiga so'rilganda (absorbtsiyalanganida) kuzatilishi mumkin bo'ladi va og'iz qurishi, chanqoq, suvsizlanish, arterial gipotenziya, taxikardiya, yurak sohasida og'riq, ko'ngil aynishi, qusish ko'rinishda namoyon bo'ladi.
Qo'llanilishi
Endoskopik operatsiyalar va diagnostik muolajalarda irrigatsion suyuqlik sifatida: - prostataning transuretral rezektsiyasi va boshqa transuretral jarohlik muolajalar (qovuq o'smasini transuretral rezektsiyasi va boshq.); - qov usti prostatektomiyasi; - tsistoskopik tekshirishlar; - litotripsiya; - gisteroskopiya; - artroskopiyada qo'llanadi.
Ta'rifi
Tiniq, rangsiz suyuqlik.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)








