Apteka.uz
SavatKirish

Kanamitsin analoglari

Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Kanamitsin

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Og'ir yiringli-septik kasalliklarni (sepsis, meningit, peritonit, septik endokardit), nafas olish a'zolari infektsion-yallig'lanish kasalliklarini (pnevmoniya, plevra empiemasi, o'pka xo'ppozi), buyrak va siydik chiqarish yo'llari infektsiyalarini (pielonefrit, tsistit, uretrit) davolash, operatsiyadan keyingi davrdagi yiringli asoratlarni, infektsiyalangan kuyishlarni va asosan grammanfiy mikroorganizmlar (E.coli, Enterobacter aerogenes, Serratia, Salmonella, KL.pneumonia, Proteus spp., Shigella va b.) chaqirgan, boshqa antibiotiklarga chidamli yoki grammusbat va grammanfiy qo'zg'atuvchilar assotsiatsiyasi chaqirgan boshqa kasalliklarni davolash. I va II qator silga qarshi preparatlarga va florimitsindan tashqari boshqa silga qarshi preparatlarga chidamli sil mikobakteriyalari chaqirgan o'pka sili va boshqa a'zolar sil kasalliklari.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, jigar funktsiyasining buzilishi ("jigar" transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya); uzoq muddat ichga qabul qilinganda - malabsorbtsiya sindromi (diareya, meteorizm, och rangli, ko'pikli, moyli axlat). Qon yaratish organlari tomonidan: anemiya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya. Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, uyquchanlik, holsizlik, neyrotoksik ta'sir (mushaklarning tortishishi, uvishish hissi, sanchish, paresteziyalar, epileptik xurujlar), nerv-mushak o'tkazuvchanligining buzilishi (nafas to'xtashi). Sezgi a'zolari tomonidan: ototoksiklik (quloqlarda jaranglash yoki bitish hissi, eshitishning pasayishi, qaytmas karlikkacha), vestibulyar apparatga toksik ta'sir (harakatlar koordinatsiyasining buzilishi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish). Siydik chiqarish tizimi tomonidan: nefrotoksiklik - buyrak funktsiyasining buzilishi (siydik ajralishining tezlashishi yoki kamayishi, chanqoqlik, tsilindruriya, mikrogematuriya, albuminuriya). Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish va teri giperemiyasi, isitma, angionevrotik shish. Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa, yoki yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, darhol bu haqda shifokorga xabar berish kerak.
Batafsil

Retseptli

Kategoriya
Antibiotiklar
Mavjud chiqarilish shakllari
  • Kukun
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil