Apteka.uz
SavatKirish

Kloveyt

Kloveyt chiqarilish shakllari

KLOVEYT krem 25g 0,05%
Retseptli
KLOVEYT krem 25g 0,05%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
•127 ta dorixonada bor
Narxi
42 000 so'm dan
KLOVEYT maz 25g 0,05%
Retseptli
KLOVEYT maz 25g 0,05%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
•52 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
KLOVEYT maz 25g 0,05%
Retseptli
KLOVEYT maz 25g 0,05%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Farmzavod Yelfa A.O.
•52 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
KLOVEYT krem 25g 0,05%
Retseptli
KLOVEYT krem 25g 0,05%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Farmzavod Yelfa A.O.
•127 ta dorixonada bor
Narxi
42 000 so'm dan
- Kloveyt qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Kloveytning tarkibi
- Kloveyt ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Kloveyt narxi Toshkent dorixonalarida

Kloveyt haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — psoriaz (pustulyoz va keng ko'lamli pilakchali psoriazdan tashqari); — ekzema (turli shakllari); — qizil yassi temiratki; — diskoid qizil yuguruk; — mahalliy qo'llash uchun kamroq faol GKS bilan terapiyaga chidamli teri kasalliklari.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — pushti husnbuzarlar; — oddiy husnbuzarlar; — teri saratoni; — Gaydning tugunli qichimasi; — perioral dermatit; — perianal va genital qichishish; — zaxm (sifilis)ning teri ko‘rinishlari; — yo‘rgak toshmasi; — terining bakterial, virusli va zamburug‘li kasalliklari (shu jumladan oddiy gerpes, suvchechak, teri tuberkulyozi, aktinomikoz); — tarqalgan blyashkali va pustulyoz psoriaz; — 1 yoshgacha bo‘lganlar; — homiladorlik; — laktatsiya davri; — preparatning faol va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • 1 g klobetazol propionat 500 mkg Yordamchi moddalar: propilenglikol, dinatriy edetat, xlorokrezol, suyuq parafin, oq vazelin, glitseril monostearat, tsetosteril spirti (tsetil spirti 60%, stearil spirti 40%), polisorbat 40, dekan va oktan kislotalar triglitseridlari, kolloid kremniy dioksidi, natriy sitrat, limon kislotasi, xemoderm 841 aromatizatori, tozalangan suv. 1 g klobetazol propionat 500 mkg Yordamchi moddalar: propilenglikol, sorbitan seskvioleat, oq vazelin. 1 g klobetazol propionat 500 mkg Yordamchi moddalar: propilenglikol, sorbitan seskvioleat, oq vazelin.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Klobetazol propionatning o‘rtacha Cmax 0,63 ng/ml ni tashkil qiladi va 0,05% li malham ko‘rinishidagi 30 g klobetazol propionat sog‘lom teriga birinchi marta surtilgandan so‘ng plazmada 13 soatdan keyin va takroriy surtilgandan so‘ng 8 soatdan keyin erishiladi. Krem ko‘rinishidagi klobetazol propionatning ikkinchi dozasi (30 g) surtilgandan so‘ng 10 soat o‘tgach uning plazmadagi o‘rtacha Cmax malham surtilgandan keyingiga qaraganda biroz yuqoriroq bo‘ladi. Psoriaz va ekzema bilan og‘rigan bemorlarda 25 g 0,05% li klobetazol propionat malhami bir marta qo‘llanilgandan so‘ng 3 soat o‘tgach preparatning plazmadagi o‘rtacha Cmax mos ravishda 2,3 ng/ml va 4,6 ng/ml ni tashkil qiladi. Katta sohalarga surtilganda so‘rilishi (teri qoplamlarining butunligi buzilishi yoki yallig‘lanish absorbtsiyani kuchaytiradi) va tizimli ta'sir namoyon bo‘lishi mumkin. Metabolizmi va chiqarilishi: Asosan jigarda, oz qismi - buyraklarda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Sirtqi qo'llash uchun GKS (glyukokortikosteroid). Neytrofillarning chekka to'planishini oldini oladi, yallig'lanish ekssudatsiyasini va limfokinlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi, makrofaglar migratsiyasini tormozlaydi, infiltratsiya va granulyatsiya jarayonlari jadalligini pasaytiradi, mahalliy yallig'lanishga qarshi, qichishishga qarshi, allergiyaga qarshi antiekssudativ samaralar ko'rsatadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Dermatologik reaktsiyalar: achishish, teri qichishishi, steroid husnbuzarlar, terining qurishi; uzoq muddat qo'llanilganda - terining to'siq funktsiyasining susayishi; uzoq muddat yuqori dozalarda qo'llanilganda - terining atrofik o'zgarishlari, xususan, uning ingichkalashishi, atrofik chiziqlar (striyalar) paydo bo'lishi, yuzaki qon tomirlarining kengayishi, ayniqsa okklyuzion bog'lamlar qo'yilganda va preparat terining burmalari bo'lgan joylarga surtilganda; teri pigmentatsiyasi va gipertrixoz rivojlanishi mumkin. Kamdan-kam hollarda psoriazni sirtqi qo'llash uchun GKS bilan davolash (yoki ularni bekor qilish) pustulyoz psoriaz rivojlanishini qo'zg'atadi. Katta yuzalarga surtilganda tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi mumkin: gastrit, OHT shilliq qavatining yaralanishi, ko'z ichki bosimining oshishi, giperkortitsizm simptomlari. Sirtqi qo'llash uchun GKSni uzoq muddat katta dozalarda tayinlash yoki ularni terining keng maydonlariga surtish giperkortitsizm simptomlari rivojlanishi bilan kechuvchi tizimli so'rilish bilan kuzatilishi mumkin. Ushbu asoratning rivojlanish xavfi bolalarda, ayniqsa okklyuzion bog'lam qo'llanilganda yuqori, bunda yo'rgak shunday bog'lam rolini o'ynashi mumkin. Kloveyt® preparati katta yoshdagi bemorlarga haftasiga ko'pi bilan 50 g dozada tayinlanganda, gipofiz va buyrak usti bezlari funktsiyasining susayishi o'tkinchi xarakterga ega bo'lib, davolash kursi tugagandan so'ng darhol tez tiklanadi. Kamdan-kam hollarda Kloveyt® preparati kasallik simptomlarining kuchayishini keltirib chiqarishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

O‘tkir doza oshib ketishining rivojlanishi ehtimoli kam. Biroq, surunkali doza oshib ketganda yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganda giperkortitsizm belgilari rivojlanishi mumkin, bu esa shifokor nazorati ostida preparatni asta-sekin bekor qilishni talab qiladi.

Dori shaklining ta'rifi

  • Sirtga qo'llash uchun 0.05% li krem, oq, bir xil massa ko'rinishida. Sirtga qo'llash uchun 0.05% li maz, oq, yarim shaffof, yog'li, yumshoq bir xil massa ko'rinishida.

Maxsus ko‘rsatmalari

Kloveйт® maz preparatini terining quruqligi, giperkeratoz, qalinlashishi bilan kechuvchi teri shikastlanishlarida qo'llash tavsiya etiladi.

Kloveйт® krem o'tkir yallig'lanish teri kasalliklarini, shu jumladan ho'llanish rivojlanishi bilan kechuvchi, shuningdek boshning sochli qismi terisi yallig'lanishini davolash uchun tavsiya etiladi.

Preparat qisqa muddatli qo'llash uchun tavsiya etiladi.

Sirtga qo'llash uchun GKS ni uzoq vaqt davomida tayinlashdan saqlanish kerak, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarni davolashda, chunki bunda buyrak usti bezlari faoliyati susayishi mumkin. Kloveйт® preparatini bolalarda qo'llash haftasiga kamida 1 marta shifokor nazoratini talab qiladi.

Sirtqi GKS shakllarini uzoq muddat qo'llash natijasida yuzda tananing boshqa qismlariga qaraganda tez-tez terining atrofik o'zgarishlari paydo bo'lishi mumkin.

Preparatni ko'z sohasiga surtmaslik kerak, chunki preparatni periorbital sohada ishlatish glaukoma rivojlanishini chaqirishi mumkin.

Psoriazni sirtga qo'llash uchun GKS bilan davolash kasallik qaytalanishi, preparatga tolerantlik, kasallikning generalizatsiyalangan pustulyoz shakli, teri to'siq funktsiyasi buzilishi tufayli mahalliy yoki tizimli toksik reaktsiyalar rivojlanishi bilan kechishi mumkin, shuning uchun bemorni diqqat bilan kuzatish ayniqsa muhimdir.

Ikkilamchi infektsiya qo'shilganda tegishli antibakterial terapiya o'tkazish kerak. Infektsiya generalizatsiyasining har qanday belgilarida GKS sirtga qo'llashni to'xtatish va antibakterial preparatlar bilan tegishli davolashni o'tkazish zarur. Okklyuzion bog'lov qo'yilganda hosil bo'ladigan iliq nam sharoitlar bakterial infektsiya paydo bo'lishiga yordam beradi, shuning uchun yangi bog'lov qo'yishdan oldin terini albatta tozalash kerak.

Kremni suyultirish tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparatni qo'llash bemorning yuqori diqqat va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kloveytni CYP3A4 ingibitorlari (itrakonazol, ritonavir) bilan bir vaqtda qo'llash kortikosteroidlar metabolizmi jarayoni tormozlanishiga olib keladi, tizimli asoratlar rivojlanishiga yordam beradi. Preparat mahalliy qo'llanilganda tashqi qo'llash uchun boshqa DVs bilan qandaydir o'zaro ta'sirlari qayd etilmagan. Preparatdan foydalanish vaqtida adekvat immunologik javob buzilishi mumkinligi sababli qandaydir immunizatsiya o'tkazish tavsiya etilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Preparat terining zararlangan sohalariga kuniga 1-2 marta 20-30 kun davomida surtiladi. Kloveyt mazi okklyuzion bog'lam yordamida surtilishi mumkin. Bunday holda preparatning yallig'lanishga qarshi ta'siri kuchayadi va ijobiy samara bilan kechadi, ayniqsa rezistent holatlarda va giperkeratoz mavjud bo'lganda. Yangi okklyuzion bog'lam qo'yishda terini oldindan tozalash kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Kloveyt preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Kloveyt narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
47 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
47 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
47 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
47 000 so'm
Bron qilish

Kloveyt haqida savollar

Kloveyt haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil