Apteka.uz
SavatKirish

KOLOSPAS

KOLOSPAS chiqarilish shakllari

KOLOSPAS FIBRO poroshok so vkusom apelsina 5,0g N10
Retseptsiz
KOLOSPAS FIBRO poroshok so vkusom apelsina 5,0g N10
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
- KOLOSPAS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- KOLOSPASning tarkibi
- KOLOSPAS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- KOLOSPAS narxi Toshkent dorixonalarida

KOLOSPAS haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

12 yoshgacha bo'lgan bolalar;
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Farmakologik ta'siri

Spazmolitik miotrop ta'sirga ega. MIY (eng avvalo yo'g'on ichak) ning silliq mushaklariga bevosita ta'sir ko'rsatadi, spazmni bartaraf qiladi, ichakning normal harakatiga ta'sir qilmaydi. Antixolinergik ta'sirga ega emas.
Isfagul shulxasi – surgi vositasi bo'lib, qabziyat (axlatni uzoq muddatli, ikki sutkadan ortiq muddatga ushlanib qolishi, yoki axlat har kuni kelganida, ichakni qiyinchilik bilan bo'shashi va butunlay bo'shashish hissini bo'lmasligi), divertikulit (bir yoki bir necha divertikullarni yallig'lanishi. Ko'proq 40 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi va divertikulda hazm bo'lmagan ovqat qoldiqlarini ushlanib qolishi, shuningdek axlat toshlarini hosil bo'lishi bilan bog'liq) va ichakni ta'sirlanish sindromini davolash uchun qo'llanadi. Qabziyat axlatni shakllanishi, shuningdek ichak bo'ylab harakatlanish jarayonlarini buzilishi bilan chaqiriladi. Lohaslikning asosiy sabablari bo'lib ichak mushaklarining harakatlanishini buzilishi, ichak yoki unga yaqin joylashgan a'zolarning tuzilishini o'zgarishi, defekatsiyaga qistovlarni susayishi hisoblanadi. Preparat ichga buyuriladi va ichak faoliyatini rag'batlantirish, ichakni bo'shashish tezligini oshirish, chiqariladigan axlat massalarining hajmi yoki hajmini yumshatish uchun qo'llanadi.
Farmakokinetikasi
So'rilishi va taqsimlanishi
Ichga qabul qilinganida tizim oldi gidroliziga uchraydi va plazmada aniqlanmaydi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Jigarda veratrat kislotasi va mebeverin spirtigacha metabolizmga uchraydi.
Asosan buyraklar orqali metabolitlar holida, oz miqdorlarda – jigar orqali safroning tarkibida chiqariladi.

Bolalar uchun qo'llanilishi

12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikda preparatni ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan holatdagina preparatni qo'llash mumkin.
Terapevtik dozalarda qo'llanganida mebeverin ko'krak sutiga o'tmaydi, shuning uchun laktatsiya davrida ushbu preparatni qo'llash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Kolospas Fibro avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri ta'riflanmagan.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Sashening ichidagisi bir stakan sovuq suvga bo'shatiladi. Yaxshilab aralashtiriladi va darhol ichiladi.
Kolospas Fibro kuniga ikki marta ovqatdan yarim soat oldin yoki shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha buyuriladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KOLOSPAS preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

KOLOSPAS haqida savollar

KOLOSPAS haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil