Preparatni qo'llash faqat tibbiy yordamning statsionar sharoitidagina mumkin. Nojo'ya ta'sir rivojlanganda, farmakonazorat bo'yicha tadbirlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda xabar qilinishi kerak.
Kovidafavir preparatini qabul qilishdan oldin patsientga preparatning samaradorligi va uni ishlatish bilan bog'liq xavflar (shuningdek, embrion va homilaga ta'sir qilish xavfi) haqida yozma ma'lumot berishi va preparatni qo'llash uchun yozma rozilik olish kerak.
Favipiravirning hayvonlardagi tadqiqotlari embrion o'limini va teratogenligini ko'rsatganligi sababli, Kovidafavir preparati homilador va homiladorlikka gumon qilingan ayollarga buyurilmasligi kerak.
1) Tug'ruq yoshidagi ayollarda Kovidafavir preparatini tavsiya etishda(shu jumladan, 2 yildan kam postmenopauzal davrdagi ayollar) davolash boshlashdan oldin homiladorlik testini manfiy natijasini tasdiqlash zarur. Tug'a oluvchi ayollarga xavflarni to'liq tushuntirish va preparatni qo'llash paytida va uning tugagandan so'ng 1 oy ichida (spermitsid bilan prezervativ) juftlari bilan kontratseptsiyaning eng samarali usullaridan foydalanish kerakligin yaxshilab tushuntirilishi kerak. Homiladorlikka gumon qilinganda, darhol preparatni ichishni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
2) Kovidafavir preparati odam organizmida tarqalganda spermaga kiradi. Preparatni erkak patsientlarga buyurganda, xavflarni to'liq tushuntirish va preparatni qo'llash paytida va tugagandan 3 oydan keyin (spermitsid bilan prezervativ) jinsiy aloqa uchun eng samarali kontratseptsiya usullaridan foydalanishni kerakligini tushuntirish kerak. Qo'shimcha tarzda, erkak patsientlarga homilador ayollar bilan jinsiy aloqa qilmaslik haqida ko'rsatma berish kerak.
3) Kovidafavir preparati odam organizmida tarqalganda ona sutiga o'tadi. Preparatni emizikli ayollarga buyurganda, xavf-xatarlar to'liq tushuntirilishi va preparatni qabul qilishda va qabul tugagandan keyin 7 kun davomida emizishni to'xtatish haqida diqqat bilan ko'rsatma berilishi kerak.
Transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatish
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.