LAEN analoglari




Guruh analoglari
LAEN
Касалхонадан ташқари пневмония ва нозокомиал пневмония таъсирчан граммусбат бактериялар томонидан келтириб чиқарилгани маълум бўлса ёки гумон қилинса, уларни даволашда қўлланилади.
Микробиологик тестдан ўтказиш ишлари натижасида инфекция таъсирчан граммусбат бактериялар томонидан келтириб чиқарилгани аниқланган тақдирдагина асоратли тери инфекциялари ва юмшоқ тўқималарни даволашда қўлланади.
Линезолид грамманфий патогенлар томонидан келтириб чиқарилган инфекцияларга нисбатан фаол эмас. Линезолидни муқобил даволаш вариантлари бўлмаганида, грамманфий организмларнинг маълум ёки эҳтимолий коинфекцияси билан мураккаб тери ва юмшоқ тўқималар инфекцияларига эга пациентларда қўллаш зарур. Инфекциянинг грамманфий қўзғатувчилари мавжуд бўлганида мажмуавий даволаш кўрсатилган.
Retseptli
- Tabletkalar
ZOLOZID
Retseptli
- Tabletkalar
AMIZOLID
Agar infektsion-yallig'lanish kasalliklari linezolidga sezgir aerob va anaerob grammusbat mikroorganizmlar (shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi infektsiyalar) tomonidan chaqirilganligi ma'lum bo'lsa yoki shubha qilinsa, quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklarni davolash uchun qo'llanadi:
Streptococcus rpeimopіae (shu jumladan polirezistent shtammlari), jumladan, bakteriemiya bilan kechuvchi holatlar, yoki Staphylococcus aureus (faqat metisillinga sezgir shtammlari) tomonidan chaqirilgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga sezgir va metisillinga rezistent shtammlari) yoki Streptococcus rpeimopіae (shu jumladan polirezistent shtammlari) tomonidan chaqirilgan gospital pnevmoniya;
Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga sezgir va metisillinga rezistent shtammlari), Streptococcus pyogenes yoki Streptococcus agalactiae tomonidan chaqirilgan teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan infektsiyalari, shu jumladan osteomielit bilan kechmaydigan diabetik oyoq kafti sindromidagi infektsiyalar;
Enterococcus faecium tomonidan chaqirilgan, vankomisinga rezistent infektsiyalar, shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi infektsiyalarda qo'llanadi.
Agar infektsiyani qo'zg'atuvchilari grammanfiy mikroorganizmlar bo'lsa, majmuaviy davolash o'tkazish klinik jihatdan ko'rsatilgan.
Retseptli
- Tabletkalar
- Eritma
















